11.1. Ekologik resurslarning ekskursiyani tashkil
qilishdagi o ‘rni
Ekologik turizm o'tgan asming oxirlaridan boshlab jahon tu-
rizmi industriyasiga asta-sekin kira boshladi. Butunjahon turizm
tashkilotining m a’lumotlari bo‘yicha keyingi besh yilda ekologik
turizmda turistlar oqimi tobora ko ‘payib borayotganligi haqida
hisob-kitob natijalari keltirilgan. Ushbu turizm yo ‘nalishida janu-
biy Yevropa, Janubiy - sharqiy Osiyo, kichik Osiyo, Xitoy va Af-
rika qit’asidagi davlatlar oldingi o ‘rinlarda borishmoqda. Albatta,
qayd qilingan geografik tabiiy manzillar betakror tabiat mintaqa-
lar bo‘Iib, doimiy bahor va yoz iqlimiga ega boigan davlatlarning
tabiatdagi biologik xilma-xillik resurslari, sharoitlari bu mintaqa-
larda yil davomida turistlar oqimining ko‘payishini ta’minlaydi,
imkoniyatlar yaratadi. Hozirgi kunga kelib jahonda ekologik tu
rizm jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan turizmning tarmoq-
laridan biriga aylandi.
0 ‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
ta ’kidlagandek «Go‘zal geografik va tabiiy sharoitlar Respub-
likamiz hududida ekologik turizmni rivojlantirish uchun g‘oyat
qulaydir. Bu borada mamlakatning tog‘li hududlarida joylashgan,
zamonaviy jihozlangan sayyohlik majmualarida qishki va noyob
sayyohlik dasturlari tashkil etilgan. Sayyohlikningyangi y o ‘nalishi
200
yirik qo‘riqxonalar va bog Mar hududida tashkil etilgan tabiatshu-
noslik turizmi rivojlanmoqda»24.
Darbaqiqat, 0 ‘zbekistonda ekologik turizm rivojlanib borishi-
ning у ana bir sababi turist o ‘zi qiziqqan tabiat va uning tabiiy sha-
roiti, biologik resurslari bilan tanishibgina qolmasdan, bu tabiat
bag‘rida dam oladi, tabiat go'zalligini chuqur his qiladi. Uning
resurglarini avaylash xohish-istagi paydo boiadi. Respublika-
mizning ekologik turizm salohiyatini hisobga olganimizda ekologik
turizmni rivojlantirishning asosiy resurslari - 4 faslli tabiat mav-
sumlari, o‘zining ekologik tizimlariga ega bo‘lgan 5 ta tabiiy land-
shaft bio-xilma-xilliklarida endemik (faqat 0 ‘zbekiston tabiatida)
turlarning mavjudligidan iborat. 0 ‘zbekistonning ekologik tu-
rizmdagi resurslar salohiyatiga alohida to'xtalganimizda, quyidagi
ekoturizm manbalarini keltirish, tavsifiash masalaga ravshanlik
kiritadi.
O'zbekiston 3,8 mln. gektarga ega boMgan ovcbilik-baliqchilik
yer maydonlariga ega, ulardan 1 mln. gektarini suv fondi tashkil
etadi. Respublikamiz faunasi 97 turdagi o ‘txo‘r hayvonlar, 424
turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar va 83 tur baliqlarga
ega. Bulardan, 0 ‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobiga» o ‘txo‘r
hayvonlarning 24 turi, qushlaming 48 turi, sudralib yuruvchilar-
uing 10 turi, bafiqlaming 18 turi va 78 turdagi umurtqasizlar kiri-
tilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika insti-
tuti ma’lumotlari bo ‘yicha, O ‘zbekistonda hozirgi kunda 4148 tur
o £simiiklar mavjud. Shulardan, 3000 turlari oliy, yow oyi o ‘suvchi
o‘simliklar, ulardan 9 foizi endemiklardan iborat. 0 ‘zbekiston
hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar tarkibida 2164
km2 ni tashkil qilgan 10 ta davlat qo‘riqxonasi, 6061 km2 ni tash-
ki! etgan 2 ta milliy bog‘ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni
ko‘paytirish respublika markaziy - «Jayron» ekomarkazi, 12186
km2 maydonni tashkil etgan 17 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud.
29 Экологический вестник. Ж. Тошкент, № 6, 2007.
201
Keltirilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha qilib qayd qilish mumkinki,
0 ‘zbekiston Markaziy Osiyoning o ‘rtasida, ekologik turizmning
rivojlanishi uchun qulay transport, geografik hududlarida joylash
gan. Ekspertlaming m a’lumotiga qaraganda ekoturizm sayyohlik
bozorining 10-20 %ini qamrab olgan, o ‘sish sur’ati esa umumiy
turizm industriyasining o ‘sish sur’atidan 2 - 3 marotaba oshib ket-
di. Shuning uchun ham bugungi kunda ekologik turizmni rivojlan
tirish asoslarini va ekologik resurs maskanlariga turistik marshrut-
lar tuzishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish zarur bo‘lnioqda.
0 ‘zbekistonlik ekolog olimlarning fikricha, - ekoturizm
m a’rifiy-ma’naviy tushunchalar ostida ekoturisdarning ekzotik
tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o‘simliklar dunyosiga,
tabiiy hududlarning tarixiy yodgorliklariga, arxeologik topilma-
lariga, geologiyasiga, paleontalogiya qoldiqlariga sayohatlari kabi
tabiat bilan bog‘Iiq majmualar kiradi.
Ekoturizmning maqsadi - hozirgi va kelajak avlodlaming
ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta ’minlash uchun
tabiatdan turistik yo‘nalishda oqilona foydalanishdir. Ekoturizm
ning maqsadini amalga oshirish uchun «O'zbekistonda ekologik
turizmni rivojlantirish konsepsiyasi» da keltirilgan rejaviy dastumi
keltirish kifoya qiladi. Bu konsepsiyada respublikamizda ekologik
turizmni rivojlantirish uchun quyidagi vazifalami bajarish muhim-
ligi alohida qayd qilingan:
• ekoturizm industriyasini shakllantirish uchun maxsus qo-
nunlami ishlab chiqish va ularning huquqiy mexanizmini yaratish;
• ekoturistik fan, ta’lim va amaliyotning nazariy asoslarini
ishlab chiqish;
• aholining ekologik ongi va madaniyatini ekoturizm orqali
o ‘stirish;
• ekoturizm yo‘nalishidagi ta ’ lim va tarbiyani yo‘lga qo‘yish;
• ekoturizm bo'yicha mutaxassislami tayyorlash va qayta
tayyorlash;
202
• ekoturistik obyektlami har tomonlama baholash va ular-
tijjig kadastrini olib borish;
• ekoturizm monitoringi va istiqbolini olib borishni yo‘lga
qo‘yish;
• milliy davlat hududlarini ekoturizm bo‘yicha rayonJashtirish;
• davlatlaming va xalqaro jamiyatning ekoturizmga oid tak-
tik reja va strategik dasturlar hamda tadbirlarini ishlab chiqish;
• biplogik xilma-xillikni saqlash.
Qayd qilingan vazifalami bajarishda quyidagi ekoturistik
tamoyillami, ya’ni ekologik munosabatlami turizm orqali tartibga
solishga yo‘naltirilgan qoidalarga qattiq, mas’uliyat bilan rioya
qilish talab qilinadi:
• ekoturizmda tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojla-
nish masalalarining ustuvorligi;
• ekoturizmning tarixiy, madaniy va boshqa turizm turlari bi
lan bogManganligi;
• turizm va servis sohasi yo'nalishidagi barcha ta’lim muas-
sasalarida ekoturistik o ‘quv kiritilishining maqsadga muvofiqligi;
• mahalliy aholining ekologik ongi va madaniyatini
o ‘stirishda ekoturizmni jalb qilish zaruriyati;
• tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish-
ning mazmunini ekoturistik marshrutlarda aks ettirish;
• davlat, jamiyat, mahalliy boshqaruv idoralarining ekologik
turizmdan manfaatdorligi;
• ekoturizmda ekologik ijtimoiy-iqtisodiy manfaatdorlikning
yagonaligi;
• ekoturizmda milliy g ‘urur va ifitixomi shakllantirishning
zarurligi.
Qayd qilingan tamoyillarning
bajarilishi 0 ‘zbekistonda
ekologik turizmni jadal rivojlantirishning asoslarini ta’minlaydi.
Ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha « 0 ‘zbekistonda ekologik
turizmni rivoj lantirish konsepsiyasi» qabul qilingan. Ushbu kon-
sepsiyaning
1.4.
bandida - ekoturizmning ijtimoiy-iqtisodiy ma-
203
salalari yechimini topishi lozim boigan dolzarb masaialari qayd
qilingan. Ular quyidagilar:
ekoturizm obyektlarida aholini ish bilan ta’minlash, ijtimoiy
muhofaza qilish muammolarini ha! qilish;
ekoturizm qadamjoylarida kichik va o'rta biznesni rivojlanti
rish orqali qo‘shimcha ish o‘rinIarini yaratish, turistik infiratuzil-
malami hosil qilish;
ekoturizmning jahon talablariga javob beraoladigan moddiy-
texnik, axborot-tahliliy bazasini yaratish xlzmat ko‘rsatish va ser-
vis sohasini rivojlantirish;
ekoturizm maskanlarini elektr energiyasi va issiq suv bilan
ta ’minlash maqsadida ekologik toza, qayta tiklanuvchi muqobil
energiya qurilmalari yordamida foydalanishni keng yo'lga qo‘yish.
Do'stlaringiz bilan baham: |