Mir Arab faxri ajam onki kard,
Madrasai oliy bas bul ajab
Bui ajab on ast ki tarixi u:
Madrasasi oliy Mir Arab
Madrasa o‘lkan peshtoq, besh gumbazli miyonsaroy, ikkita darsxona, masjid va go‘rxonadan iborat. Go‘rxonada Ubaydullo xonning yog‘ochdan ishlangan sag‘anasi, shuningdek, Mir Arab va uning qarindoshlari qabrlari bor.
Rivoyatlarga ko‘ra madrasaning asosi chuqur kovlanib, tog‘ toshlari bilan mustahkamlangan. Qor va yom glr suvini qochirish uchun tazaralar ishlangan, ular orqali esa suvlar shahar tashqari-siga chiqarilib tashlangan.
Mir Arab madrasasi hozirda ham o‘zining vazifasini bajarib kelmoqda. Madrasadiniy o‘quv yurti hisoblanib, 0 ‘zbekiston Mu-sulmonlar idorasi tasarrufida. Madrasa faoliyatiga nazar tashlasak, sho‘rolar davrida madrasaning faoliyati to‘xtatiladi. Madrasada ta’lim muddati to‘rt yil bo‘lib, o'qishga J5 yoshdan 36 yoshga-cha bo‘lgan o‘rta va toMiqsiz ma’lumotli kishilar qabul qilinadi. Bu yerda diniy fanlar bilan bir qatorda, umumta'lim fanlari ham o‘qitilgan. Darslar o‘zbek va arab tillarida olib borilib, ingliz, ms hamda fors tillari ham o‘rgatiladi.
Minorai Kalon (forschada «Katta minora»).-Buxorodagi eng mashhur yodgorliklardan biri hisoblanadi. Balandligi 50 metr bo‘lgan bu minora, tarixchi Narshaxiy yozishicha, hijriy 521-yil, (1127-yilda) Qoraxoniy hukmdor Muhammad Arslonxon (П 02 - 1130-y.y) bo‘yrug‘iga binoan, muhandis va me'mor Bako loyihasi asosida bunyod etilgan. Minorai Kalon o‘mida u qurilgunga qa-dar ham minora bo‘lgan. Ammo minora qulab tushgach, hozirgisi mustahkam qilib qayta qurilgan.
170
Minora pishiq g‘ishtdan, (27x27x4x5) changxok (alebastr) loyi-da terilgan. Minora yuqoriga qarab ingichkalashib borib, muqamas biian tugaydi. 16 ravoqli darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Minora tepasiga eni 1 metrboMgan, 104 pillapoya orqali chiqiladi. Zinalar minoradagi 5 ta tor darchalar orqali yoritiladi..
Darchalar ichkariga qarab keskin kengaygan bo‘lib, bunda ich-kariga quyosh nurining ko'proq kirishiga mo‘ljallangan. Minorani bezash iehlari ham silliqlangan g‘isht yordamida amalga oshiril-gan. Bezak g‘ishtning o‘rniga qarab turli shaklda, sirti silliq par-dozlangan. Minora 14 ta ustma-ust joylashgan turli xil matematik shakldagi bejirim bezaklar bilan bezatilgan. Bezaklar orasida tari-xiy va diniy mavzudagi kufiy uslubidagi yozuvlar uchraydi.
Xususan, imoratning qoq belida minoraning qurilgan vaq-ti va uni qurdirgan Arslon Muhammadxonning ismi yozilgan. Ammo bu yozuv bo‘lak-bo‘lak holatda saqlangan bo‘lib, quril gan davridagi yozilgan yozuvdan faqat «besh yuz» so‘zi qolgan. Minoraning yuqori qismida qandaydir yozuv bo‘lgan. Ammo bu yozuv 1920-yilda, sho‘rolar bosqini davrida minoraga qarab otil-gan snaryad natijasida vayron etilgan. Minora 1924, 1960 hamda 1997-yillarda ta’mirlangan.
(Ekskursantlarga tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt beriladi. Savollarga javob beriladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |