xshatib lol qoldirar. Garchi Yalangtush Bahodir uning asoschisi ekan, uning asos sanalari Yalangtush Bahodir so ‘zlaridan bosh-lanur». Haqiqatan ham, Yalangtush Bahodir ismidagi harflami o'miga to‘g‘ri keladigan raqamlarni qo‘ysak, Sherdor madrasasi asos solingan hijriy 1028, melodiy 1619-yilni ko‘ramiz.
Ulugbek madrasasi bilan taqqoslaganda Sherdor madrasasining hovlisidagi g‘arb devorlari sirsopol qoplamalaridagi bezaklarida umuman yangicha mavzu qo‘llanilgan. 200-yil davomidagi aynan Samarqand naqsbinkor bezaklaridagi o‘zgarishlami farqlash oson. Naqshlarda ochiq sariq rang ko£p ishlatilgan. Ulug‘bek madrasa-sida ochiq sariq rang deyarli ishlatilmagan. Sherdor madrasasining ichki hovlisi katta - katta boMaklardan iborat marmar toshlar bilan qoplangan. E’tibor qaratgan bo‘lsangiz tashqaridagi shovqin ich-kariga, ya’ni madrasaga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi. Ko‘rib turganingizdek, bino panjara bilan to‘silgan bo‘lib, o‘sha paytlarda hamma madrasalarda dars davomida hamma eshiklar berkitilib, tashqarida shovqin -so‘ron bo‘lib turgan bo‘lsada, ichkarida faqat tinchlik muhiti saqlanishiga alohida e’tibor qaratilgan.
(Ekskursantlarga tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt beriladi. Savollarga javob beriladi).
151
TILLAKORI MAJMUASI (1646-1660-yillar)
Tillakori majmuasi peshtoqi. Hurmatli ekskursantlar! Qar-shingizdagi masjid-madrasa Registonning uchinchi tarafida Ba-hodir Yalangtush farmoniga binoan 1646-1660-yillarda (14-yii davomida) qurilgan, Tillakori nomi bilan atalgan yangi masjid-madrasa binosi hisoblanadi. Binoning bosh tomoni maydon tomo-nini yopib, Registon maydonining ko‘rinishini mukammalashtirishi lozim edi. Asta-sekin to‘kilayotgan Bibixonim jome" masjidining holati shunday darajada yomon ediki, unda nomoz o‘qish xavfsiz emas edi. Shuning uchun Tillakori madrasasi va hovlining g‘arb tarafida masjid qurilishi haqida qaror qabul qilindi. Tillakori mas jidining qurilishi o‘n yilga yaqinlashganida Yalangtush Bahodir olamdan o‘tadi. Boshlangan qurilishning nihoyasiga yetkazish e’tiborsiz qoldi. Masjid qurilishi oxirigacha yetkazilmasdan, ik-kinchi qavat bilan gumbaz berkitilmay qoldi. Registonning qolgan ikki madrasasidan bu madrasa yoni old tomoni yoilanmasi, ikki qator peshayvon mavjudligi, burchaklarda minoralar yo'qligi bilan ajralib turadi. Minoralar o‘mini moviy gumbazchalar bilan yopil-gan chiroq o‘rinli kichik bo‘yli burjlar egallagan. Old tomonida peshayvonlar o'rnatish uslubi ikki tomondan yopiq o‘lkan devor va arkli peshtoqlar orasida mavjud binoning maydon muhitidagi ma’nosini yanada kuchaytiradi.
0 ‘ng tomonda Shayboniylar dahmasi, keyin esa Chorsu «Toqi telpakfurushon», ya’ni bosh kiyimlar sotiladigan rastani ko‘rishingiz mumkin.
Hurmatli ekskursantlar keling Tillakori majmuasiga kirsak! Tillakori majmuasi hovlisi. Hurmatli ekskursantlar! Til
lakori majmuasining qurilish va bezak uslublari 0 ‘zbekiston me’morchilik obidalaridagi boy an’analarning biridir. Tillakori masjid-madrasa qurilishining asosiy sababi Bibixonim jom ’e mas jidining xaroba holatiga aylanganligi va shaharda namoz o‘qish uchun katta masjid kerakligi sababli, aynan shu masjid-madrasa
qurilishi Samarqand hokimi Bahodir Yalangtush tashabbusi bilan boshlanadi. Noto‘g‘ri shakldagi to‘rtburchak reja Registon may doni tarafidan kirish peshtoqi va uchta eshiklardan iborat. Hujralar hovlining uch tarafida va maydon tomonda joylashgan. Masjid-ning boy naqshlarida tiila suvi yuritilgan va katta o‘rta xonadan iborat (Tillakori so‘zi «tilla bilan qoplangan» degan ma’noga ega) bo‘lib, yana ikkita yonbosh xonalardan tuzilgan, ularning tepasi ark va g‘isht ustunlaridagi gumbazlar bilan yopilgan.
Aytib o‘tganimizdek, masjid-madrasa Samarqand hokimi Ba hodir Yalangtush farmoniga binoan quriladi. Ammo Bahodir Yalangtush vafoti tufayli, Tillakorining qurilishi oxirigacha yetka-zilmaydi. Natijadayillar o‘tgan sayin masjid-madrasaning umumiy ko‘rinishida nuqsonlar ko‘payib boradi. Ammo shunga qaramas-dan, Tillakori masjid-madrasasi Registon maydonining shaklla-nishiga bugungi kundagi takrorlanmas ansambl tashkil etilishiga olib keladi.
Hurmatli ekskursantlar! Marhamat endi Tillakori masjid mad rasasining «Tilla bilan qoplangan» deb nom olgan masjidi tomon yo‘l olsak.
Masjid ichi. Hurmatli ekskursantlar! Ko‘rib turganingizdek, biz mahobatli hamda juda ham chiroyli tarzda bezatilgan Tillakori masjididamiz. E’tiboringizni masjidning ichki bezaklariga qarat-moqchiman. Masjid gumbaziga e’tibor qiling, ko‘rib turganingiz dek, masjidning gumbazi ustma- ust joylashgan ikkita gumbazdan iborat, Siz hozir ko‘rib turgan gumbaz pastki gumbaz hisoblanib, e’tibor qiling pastdan gumbazga qaraganda uning sirti dumaloq bo‘lib ko‘rinsada, aslida gumbazning sirti tekis hisoblanadi. Mas jid gumbazining dumaloq bo‘lib ko‘rinishiga esa bezaklaming markazga qarab kichrayib borishi natijasida erishilgan. Yon devor-larda ко'rib turganingizdek yulduzsimon muqamaslar bilan beza tilgan bo‘lib, qubba tomoni bezaklari ham o‘z tuzilishi jihatidan bir kompazitsiyani tashkil etadi. Siz ko‘rib turgan qo‘sh uslubidagi bezak «qubba» deb nomlanib, Makka va Madina tomoniga qara-
153
tilgan. Siz ko‘rib turgan zina esa, juma namozi kunlari ishlatilgan. Umuman olganda aynan shujoyga 2 kilogrammgayaqin miqdorda maxsus tilla ishlatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |