Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ekskursiya xizmatini tashkil qilish


Voqealapni jonlantirish usuli bu -



Download 9,52 Mb.
bet64/150
Sana13.07.2022
Hajmi9,52 Mb.
#784804
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   150
Bog'liq
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ekskursiya xizmatini t

4. Voqealapni jonlantirish usuli bu -

tarixiy voqealar yoki biror bir hodisani aynan bo‘lib o‘tganidek, aniq sharoitda ko‘rsatishdir;


qisman saqlanib qolgan obyektning awalgi holatini xayolan tiklashdir;


ekskursantlarga aniq bir nuqtadan bir nechta obyektlarni umumiy tanishtirishdir;


ko‘rilayotgan obyektni boshqa obyektlar bilan taqqoslashdir.




Panoramali ko‘rsatish bu -

ekskursantlarga aniq bir nuqtadan bir nechta obyektlarni umumiy ko‘rsatishdir;


tarixiy voqealar yoki biror bir hodisani aynan bo‘lib o'tganidek, aniq sharoitda ko'rsatishdir;

qisman saqlanib qolgan obyektning awalgi holatini xayolan tiklashdir;


ko‘rilayotgan obyektni boshqa obyektlar bilan taqqoslashdir.




6. Obyektlarni taqqoslash usuli bu -

ko‘rilayotgan obyektni boshqa obyektlar bilan bajmini, tashqi ko‘rinishini, rangini solishtirishdir;


ekskursantlarga aniq bir nuqtadan bir nechta obyektlarni umumiy tanishtirishdir;


tarixiy voqealar yoki biror bir hodisani aynan bo‘lib o‘tganidek, aniq sharoitda ko‘rsatishdir;


qisman saqlanib qolgan obyektning awalgi holatini xayolan tiklashdir.



ПЗ


8-mavzu. EKSKURSIYA XIZMATIDA OBYEKTLARNI HIKOYA QILISH USULLARI

8.1. Ekskursiya xizmatida obyektlarni hikoya qilish vazifalari.


8.2. Ekskursiya xizmatida obyektlarni hikoya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.


8.3. Obyektlarni hikoya qilishning usullari.




8.1. Ekskursiya xizmatida obyektlarni hikoya qilish vazifalari

Ekskursiya xizmati jarayonida ekskursantlarning atrofdagi obyektlarga nazar tashlab, uni idrok etishi hamda gidning hikoyasi o‘rtasida uyg‘unlikni ta’minlash muhimdir. Ekskursiya hikoyasi nima? Bu ekskursiya xizmatining og‘zaki qismi bo'lib, gid to-monidan guruhga obyektlar haqida ma’lumotlar, tushunchalar berish jarayonidir. Bu obidalar. tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar to‘g‘risidagi obrazli m a’lumotlardir.


Ekskursiya xizmatida obyektlarni hikoya qilishning rolini ba-holashda ekskursiyashunos olimlar hamfikr bo‘lishgan. Ular-ning fikricha, obyektlarni hikoya qilish ko‘riladigan obyektlarga qo‘shimchahisoblanib, u bo‘shliqlargaega bolmasligi, ma’ruzaga aylanib qolmasligi kerak18.

Gidning hikoyasi ikki xil vazifani bajaradi:


izohlaydi, tushuntiradi, ko‘rgan jarayonlarni to‘ldiradi;


ayni damda ekskursant ko‘rolmaydigan narsani qayta tiklaydi.


Ekskursiya xizmatida ekskursantlar savollariga javob berish, gid replikasi, ekskursiya boshlanishidagi kirish so‘zi va yakuni-dagi xulosa qismi, «gid portfeli» dagi ko‘rgazmali vositalami nam-oyish etish ham hikoya qilishga kiradi.


18 Емельянов Б.В. «Экскурсоведение» Уч.пос. М. 2006

114


Ekskursiya xizmatida obyektni hikoya qilish- individual nutq (monologik) namunasi bo‘lib, omma oldida qabul qilingan nutq me’yorlariga rioya qilingan holdagi gidning ovozli shaxsiy matni-dir. Ekskursiya xizmati obyektlarini hikoya qilish jarayoni og‘zaki axborotdan - ko‘rgazmali, ko‘rgazmali taassurotlardan - so‘zli ba­ holash va xulosalarga qarab kengayib boradi. N.A.Geynikening ta’kidlashicha, mavzuni o‘rganishda hikoyaning me’yoridan oshi-shi, ekskursiya xizmatida og‘zaki materiallaming ko‘payishi uning asosiy ahamiyatliligini yo‘qotadi. Gidlarda tez-tez uchrab turadi-gan kamchilik ular tomonidan ekskursiya obyektlari unchalik ko‘p ko‘rsatilmaydi aksincha, hikoya qilinadi. Bu esa ekskursantlaming o‘z ustida mustaqil ishlash qobiliyatini susaytiradi, ya’ni ekskur­ siya jarayonini illyustratsiyaga boy ma’ruzaga aylantiradi. Demak, ekskursiya xizmatida hikoya qilinayotgan har bir narsako‘rgazmali qatorda boiishi lozim. Gid guruhga obyektni ko‘rsatish bilan birga uni chuqur tahlil qiladi, tushuntiradi, tarixiy dalillami keltiradi.

Ekskursiya jarayonida obyektlar ekskursantlar ko‘z oldida tarixni tiklaydi, ishonchli tarzda uni tasvirlashga yordam beradi. Hikoyaning mazmundorligi obyektga, ya’ni uning o‘ziga xosli­ gi, axborotga naqadar boyligiga bog'liq. Ekskursiya xizmatining umumiy davomiyligiga hikoya qilish jarayonining ulushi kamroq bo‘lishi zarur.


Ekskursiya xizmati hikoyasiga oldindan tayyorgarlik ko'riladi. Hikoya qilishda gidning xayoliga to‘satdan biror fikr kelishi mum­ kin. Masalan: mamlakat, xalqning ayni damda boshidan kechi-rayotgan holatlari, voqea, hodisalar, dalillar, she’riy ijod hamda badiiy asar namunalari va shu k. Ekskursiya xizmati hikoyasiga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:


mavzuiyligi;


aniqligi;


bog‘liqligi;


mantiqiyligi;


qisqa va lo‘ndaligi;



115


ishonchliligi;

soddaligi;


yakunlanganligi;


ko‘rsatish jarayoni bilan bog‘ liqligi,


ilmiyligi.


Ekskursiya obyektlarini hikoya qilish monolog xususiyati-ga ega. Shuni ham ta’kidlash joizki, ayrim gidlar ekskursiya ja-rayonini ma’lum bir qismini dialogga aylantirishadi. Gid hamda ekskursantlar o‘rtasidagi dialog jarayonida materialni qabul qilish faollashadi. Ekskursiya xizmatida monologdan dialogga o‘tishda ekskursantlar tomonidan beriladigan savollarga javob berishi va ulaming replikalari bilan ishlash giddan katta mahorat talab qiladi.



Download 9,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish