Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ekskursiya xizmatini tashkil qilish



Download 9,52 Mb.
bet18/150
Sana13.07.2022
Hajmi9,52 Mb.
#784804
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   150
Bog'liq
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ekskursiya xizmatini t

Скобельцына А. С., Шарухин А. П. Технологии и организация экскурсионных услуг. Учебник - 2-е изд., перераб. - М. :Издаггельский центр «Академия», 2013



36

  1. Individual matnni tayyorlash.




  1. Metodik ishlanma talablarini eslab olish.




  1. Marshrutni yodda tutish.

Ekskursiya xizmatiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida gid o'z-o‘zini tekshirishi uchun taxminan quyidagi savollarga javob izlaydi: Obyekt oldida mavzuning rejalarini yoritishda hikoyani nimadan boshlavman? Qanday qilib ko‘rish orqali rekonstruksi-yalash usulini yaxshiroq qo'llashim mumkin? Gid mavzuni qay darajada o‘zlashtirib olganidan qat’i nazar, u har safar tayyorgarlik ko‘radi. Tayyorgarlik bosqichining muvaffaqiyati gid shaxsiyati­ ning individual xususiyatlariga, ya’ni zaruriy ishlarni bajarishdagi tezkorlik va tashkilotchilik qobiliyatiga bog‘liq. «Tayyorgarlik» tushunchasiga ruhiy tayyorgarlik ham kiradi. Bunda o‘z bilimiga ishonish, ya’ni ekskursiya xizmatini yuqori saviyada o‘tkazishiga, ekskursantlar ko‘rganidan va eshitganidan mamnun, xursand bo‘Iishiga ishonchidir.


Har bir pedagogka xos bo'lgani kabi gidga ham 4 turdagi qo-biliyat xosdir:



  1. konstruktivlik;




  1. tashkilotchilik;




  1. kommunikativlik;




  1. tahlil qilish.



Konstruktivlik qobiliyati ekskursiya xizmati ma’lumotlarini tanlash va to‘g‘ri rasmiylashtirish, uni tushunarli va ishonchli yet-kazish, zaruriy hollarda ekskursiya rejasini, uslubiy yo‘riqlardan foydalanish tartibini qayta ko‘ra olish kabilarda o‘z ifodasini to-padi va gid fikrlash qobiliyatining asosi hisoblanadi.


Tashkilotchilik qobiliyati ekskursiya guruhini boshqara olish, ulaming e’tiborini kerakli obyektga yo‘naltirish, turistlar va ekskursantlar uchun tasdiqlangan dasturlardagi xizmatlaming ba-jarilishida o‘z ifodasini topadi.


Kommunikativlik qobiliyati ekskursiya guruhi bilan ishlagan-da o‘zaro iliq munosabat o‘rnatish, ekskursiya xizmati davomida



37

ushbu muhitni saqlash, marshrut jarayonida avtobus haydovchisi, ko‘rgazma, muzey ishchilari, uslubiy to‘garak rahbarlari, boshqa gidlar, turistik guruh rahbarlari bilan o‘zaro to‘g‘ri munosabat o‘rnatish jarayonida namoyon boMadi.


Tahlil qilish qobiliyati o‘z ishini tanqidiy tahlili, o‘tkazgan ekskursiya xizmati sifatini, metodik usullarni qo‘llashning samara-dorligini obyektiv baholashida namoyon bo‘ladi.

Ta’kidlab o‘ti!gan qobiliyatlar hamma gidlarga ham uchramay-di. Gid qobiliyatini rivojlantirishda kurslardagi o‘qishlar, uslubiy to‘garaklardagi ishlar, obyektlar oldidagi mustaqil mashg‘ulotlar, ekskursiyani o‘tkazish uslubi va texnikasini chuqur o‘rganish muhim rol o‘ynaydi.


Ekskursiya xizmatini tashkil qilishda gid temperamentining roll Tashkil etiladigan ekskursiya mavzusining xarakteri, uning o‘ziga xosligi gidning temperamentiga bog‘liq boiadi. Tempera­ ment esa uch xulq atvorda namoyon boMadi va hissiyotlaming kuchli yoki kuchsizligi, barqarorligi yoki o‘zgaruvchanligi, ke-chinmalaming davomiyligi bilan tavsiflanadi. Inson tempera­ mentiga (sangvinik, xolerik, flegmatik, milanxolik) bog‘liq ra-vishda uning xulq-atvori aniq hissiyotlar guruhi bilan tavsiflanadi: jo‘shqin, jahldor, bosiq, har xil asabbuzarliklarga reaksiyasi.

Temperamentning namoyon boMishi inson umumiy madaniy a-tining natijasidir. Uning harakatlari irodasiga bo‘ysunishi va o‘z hissiyotlarini boshqara olishiga bog‘liq bo‘lishi kerak. Ekskur­ siya xizmati jarayonida ekskursantlar bilan o‘zaro munosabat-da bu omil muhim hisoblanadi. Tashqi va ichki asabbuzarliklar ta’sirida yuzaga kelayotgan gidning hissiyotlari, kayfiyati (had-dan tashqari ko‘tarinki yoki tushkun), ekskursiya jarayoniga ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. 0 ‘zini qo‘lga olish, guruhda kerakli muhitni ta’minlash gid mahoratining asosidir.


Gidning his-tuyg‘ulari obyektiv xarakterga ega boiishi kerak. Ekskursiya jarayonida mavzuni yoritishda, gid ekskursantlarda hamdardlik hissini, voqealarga ishtiroki hissini uyg‘ota olishi





38

m:K|sadlidir. Ekskursantlar kayfiyatida hikoyaga nisbatan umumiy lnmdardlikka erishilsa, ekskursiya ma’lumotlari yuqori darajada qabul qilingan bo‘ladi. Ekskursiya jarayonida shunday holatlar l>am uchraydiki, tarkibiy jihatdan har xil bo‘lgan guruhda bitta ma’Iumotga nisbatan turlicha munosabat bo‘lishi mumkin. Buning sababi odamlaming individual o‘ziga xosligi, temperament tiplari, ulaming kayfiyati. mavzuga qiziqishi, ekskursiya ishtirokidagi motivigabog‘liqdir.

Ekskursiya xizmati mavzusidan kelib chiqib, gid ekskursant-larning umumta’limiy tayyorgarligi va ularning estetik rivojini hi­ sobga olishi zarur. Ma’Iumotlarga haddan ziyod izoh berish, uni soddalashtirish ekskursantlarda turli hissiyotlar uyg‘onishiga xalaqit beradi, fikrlash qobiliyatini yengillashtirmoqchi bo‘lib, gid ular bilan aloqani yo‘qotishi vashutariqa mavzuni buzishi mumkin. Soddalashtirilgan ma’lumot, haddan ziyod misollar, yangilikning yo‘qligi, ekskursantlarga hech qanday hissiyot o‘yg‘otmaydi.





Download 9,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish