O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 maydagi “Inson salomatligini asrash va ularga sifatli xizmat ko’rsatish” 1-son umumiy yig’ilish bayonnomasida tashkil etilgan. Va shu farmonga muvofiq Sog’liqni saqlash vazirligining asosiy vazifalari belgilab berilgan. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash to’g’risida NIZOM qabul qilingan.O’zbekiston Respublikasi va Qoraqolpog’iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan firma, dorixonalarning ishlari ushbu nizom asosida amalga oshirilib kelmoqda. “Sog’liqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonida shunday deyilgan:Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlashning zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish, xususiy biznesga katta erkinlik berish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytirish, xorijiy investitsiyalarni va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish yuzasidan chora-tadbirlar ko’rilmoqda. Tarmoqdagi bazi kamchiliklar ichki va xorijiy investitsiyalarni Sog’liqni saqlash sohasiga jalb qilishni sekinlashtirmoqda.Lekin xalqaro savdoning hozirgi globallashuv shartlariga javob beradigan Sog’liqni saqlash normalari va qoidalarini ishlab chiqish, qo’llab-quvvatlash va joriy etish sohasida kadrlarni professional tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi mavjud. Sog’liqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish, investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, Sog’liqni saqlash tarmog’i kadrlarini professional tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining samaradorligini oshirish maqsadida bir qancha tartib qoidalar o’rnatilgan. Monopol tashkilotlarining dori darmon sanoati ustidan hukumronligini qisqartirish uchun chora tadbirlar ko’rilmoqda.O’zbekiston mustaqillika erishgandan so’ng aholi salomatligini muhofaza qilish sohasini qaytadan isloh qilish boshlandi, Sog’liqni saqlash tizimining asosiy tamoyili – profilaktik yo’nalishni tiklash, uning zamonaviy va samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish tadbirlarini kuchaytirish, mamlakatda sifatli va yetarli miqdorda dori-darmon, tibbiy ashyolar hamda shu sohaga taaluqli texnik vositalar ishlab chiqaradigan sanoat vujudga keltirish; Sog’liqni saqlash muassasalarining bir qismini davlat tasarrufidan chiqarib, mulkchilik shaklini o’zgartirish asosiy vazifa qilib qo’yildi. O’zbekistonda Sog’liqni saqlash ishlarini O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi boshqaradi.Bozor munosabatlariga o’tish Sog’liqni saqlash sohasiga ham yangi talablar qo’ydi. Xususan, mamuriy boshqarish sarf harajatlarini kamaytirish; bemorlarni davolash jarayonida kunduzg i kam harajat va samarali usullardan foydalanish; shifoxonalar ish hajmini bir qismini poliklinikaga ko’chirish, kam samarali o’rinlar sonini qisqartirish; shartnoma asosida bajariladigan ishlar haq olish va boshqa choralar ko’rilmoqda. Aholi sog’lig’ini himoya qilish ko’p jihatdan davlat epidemiologiya xizmati faoliyatiga bog’liq. O’zbekistonda sanitariya epidemiologiya stansiyalari va aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirishning tashkiliy uslubiy va muvofiqlashtiruvchi ishlarni olib boradigan ,,Salomatlik’’ markazlari bu vazifani amalga oshirmoqda. Mamlakatda Sog’liqni saqlash sohasidagi islohot bosqichma-bosqich olib boriladi. Birinchi bosqichda [1991-1994 yillar] butun etibor onalar va bolalar sog’lig’ini saqlashga xizmat qilishni takomillashtirgan, demografik ko’rsatkichlarni barqarorlashtirish, yuqumli kasalliklarni kamaytirishga qaratilgan. Ikkinchi bosqichda [1994-1998 yillar] dorixonalar va bir qancha davolash profilaktika muassasalari xususiylashtirildi, ambulatoriya poliklinika, xizmati rivojlantirilib qayta tuzildi. Natijada aholining kasalxonada yotib davolanishi 1997 yildagi 18,3% o’rniga 2001 yilda 13,8% ga kamaydi.