6-jadval
Risklarning ta’sirini pasaytirish natijasida korxona foydasining oshish parametrlari va iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari17
Risklarning ta’sir darajasini pasaytirish
|
Mos ravishda foydaning oshishi
(ming so‘m)
|
Xarajatlar
(ming so‘m)
|
Iqtisodiy samaradorlik, foizda
|
1 %ga
kamaytirganda
|
30452,19
|
98424
|
30,9
|
10 %ga kamaytirganda
|
31518,26
|
98424
|
32,0
|
15 %ga kamaytirganda
|
32110,51
|
98424
|
32,6
|
20 %ga kamaytirganda
|
32702,92
|
98424
|
33,2
|
25%ga kamaytirganda
|
33257,60
|
98424
|
33,8
|
Hisoblash natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, risklarning ta’sir darajasini kamaytirish natijasida korxona foyda olish imkoniyati ko‘payib, unga mos ravishda iqtisodiy samaradorlik 30,9-33,8 %ga oshdi.
XULOSA
Xizmat ko‘rsatish korxonalarida tadbirkorlik risklarini baholash va uni pasaytirish yo‘llarini ishlab chiqish yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosa va takliflar berildi:
1. Amalga oshirilgan tahlillar natijasida mamlakatimizda xizmatlar sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish pirovard natijada aholi turmush darajasini oshirishga olib kelishi ko‘rsatib berildi.
2. Xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsion tadbirkorlik holati va uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari asoslab berildi.
3. Iqtisodiy adabiyotlarda keltirilgan risk to‘g‘risidagi tushunchalarni tahlil qilish asosida risk va tavakkalchilik to‘g‘risidagi tushunchalarga aniqlik kiritildi. Unga ko‘ra risk hodisa sifatida, tavakkalchilik esa riskli harakat sifatida tariflandi.
4. Ilmiy izlanishlar natijasida insonlarning iqtisodiy faoliyatida ko‘plab qarorlarni qabul qilishida ochiqlik, ziddiyatlilik, stoxastiklik singari subyektiv va obyektiv omillar ta’sir ko‘rsatishi va bu ma’lum darajada riskka olib kelishi asoslab berildi.
5. Bozor munosabatlari sharoitida to‘liqsiz axborotning ochiqligi, qarama-qarshiliklar mavjudligi, stoxastikliligi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun risklarning jamiyat rivojlanishini ta’minlashi, innovatsion faoliyatda esa ilmiy texnik rivojlanishga olib kelishi, bunda birovlarning muvaffaqiyati bilan birga, ba’zi birovlarning muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi, tavakkal qilmagan yutmasligini e’tiborga olib, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda risk ta’sirini hisobga olish zarurati asoslandi.
6. Iqtisodiy adabiyotlarda risklarni tasniflashga qaratilgan fikr-mulohaza va takliflar tahlili asosida risklar tarkibi, ularning vujudga kelish shart-sharoitlari tizimlashtirildi va tasniflandi. Shu asosda muayyan makon va zamonda ularning tadbirkorlik subyektlariga ta’sir darajasini baholash imkonini berishi asoslab berildi.
7. Marketing tadqiqotlarini kengaytirish va rivojlantirish orqali tadbirkorlik faoliyatida turli xildagi risklardan saqlanish yo‘llari va imkoniyatlari asoslab berildi.
8. Tadqiqotlar natijasida risklarni vujudga keltiruvchi omillarni tizmilashtirish asosida ularning risklarni vujudga keltirishdagi ta’sir darajasi, shu bilan birga risklarning tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ta’sir darajasini aniqlashning ekspert-baholash usullari asoslab berildi.
9. Xizmat ko‘rsatish subyektlari faoliyatida iqtisodiy risklarni tizimli tahlil qilish asosida quyidagilar asoslab berildi:
risklar iqtisodiy hodisa sifatida obyektiv xususiyatga ega bo‘lsa-da, uni baholash ko‘rsatkichi subyektiv ekanligi;
risklarni baholashning ishonchliligi turli ma’lumotlar bazasining ishonchliligi va to‘liqliligi, boshqaruvchi xodimlarning malakaliligi va tajribasi singari omillarga tayanishi.
10. Xizmat ko‘rsatish korxonalari iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi omillarni tizimli tahlil qilish orqali iqtisodiy risklarni baholash va ularni pasaytirishni prognozlash usuli takomillashtirildi.
11. Xizmat ko‘rsatish korxonalarida ishchi-xodimlarning fors-major holatlarda ish vaqtlaridan foydalanish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi takomillashtirildi.
12. Tadbirkorlikda investitsion loyihalar riskini iqtisodiy baholashning takomillashtirilgan tartibi asoslab berildi.
13. Tadbirkorlikda xizmat ko’rsatish turlarining risklarga moyillik darajalarini aniqlash tartibi asoslab berildi.
РАЗОВЫЙ НАУЧНЫЙ СОВЕТ НА ОСНОВЕ НАУЧНОГО СОВЕТА DSc.03/30.12.2020.I.16.02 ПО ПРИСУЖДЕНИЮ УЧЕНЫХ СТЕПЕНЕЙ ПРИ ТАШКЕНТСКОМ ГОСУДАРСТВЕННОМ ЭКОНОМИЧЕСКОМ УНИВЕРСИТЕТЕ
Do'stlaringiz bilan baham: |