1-rasm. 2000-2021 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasining o‘sish
sur’atiga oid ko‘rsatkichlar (o‘tgan yilga nisbatan %da)7
Xizmat ko‘rsatish subyektlarining faoliyati asosan iqtisodiy ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Shunday ekan, ularning muvaffaqiyatli faoliyati yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarning ta’sir darajasini pasaytirishga bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida, iqtisodiy risklarni obyektiv baholashni taqqozo etadi. Risklar iqtisodiy hodisa sifatida obyektiv xususiyatga ega bo‘lsada, uni baholash ko‘rsatkichi subyektivdir.
Iqtisodiy risklar tadbirkorlik subyektlari faoliyatida rejalashtirilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning pasayishiga olib kelishi mumkin. Ana shunday ko‘rsatkichlardan biri bu mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi bo‘lib, unga turli omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ma’lumki, har qanday korxona va firma faoliyatida mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi qancha yuqori bo‘lsa, uning ishlab chiqarayotgan mahsuloti tannarxi shuncha kamayadi va foyda miqdori oshadi. Shu nuqtai nazardan, Samarqand shahrida joylashgan “Me’mor O‘tkir Chovka” mas’uliyati cheklangan jamiyat ko‘rsatkichlari misolida iqtisodiy risklarning xo‘jalik subyekti mehnat unumdorligiga ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilindi.
Bugungi kunda har qanday soha singari xizmat ko‘rsatish sohasida ham tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bosqichlari va uning innovatsion rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan tadbirkorlikni amalga oshirish mexanizmi quyidagi uch bosqichdan iborat: tadbirkorlik g‘oyasi; g‘oyani loyihalashtirish; g‘oyani amalga oshirish (2-rasm).
2-rasm. Tadbirkorlikni amalga oshirish bosqichlari8
Faol tadbirkorlikni rivojlantirish va tadbirkorlik faoliyatida innovatsiya-larning ulushini kengaytirish, startap loyihalarni qo’llab-quvvatlash va aholi (xususan, yoshlar)ning biznes ko’nikmalarini oshirish maqsadida 2018–2021-yillar oralig’ida 8 ta texnopark, 1 ta biznes inkubator, 1 ta biznes akselerator, 1 ta kovorking markaz, 3 ta o’quv markaz va 2 ta innovatsion poligonlar faoliyati yo’lga qo’yildi (3-rasm). Shuningdek, 2018–2021-yillarda startap loyihalarni moliyalashtirish bo’yicha umumiy hajmi 73,8 mlrd. so’mlik shartnomalar tuzilgan.
|
3-rasm. Innovasion tadbirkorlik muassalari9
|
4-rasm. Iqtisodiyot sohalari bo‘yicha innovatsion startap loyihalari va ularga ajratilgan mablag‘lar10
|
Mazkur staraplarning iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari kesimidagi ulushi 4-rasmda ko’rsatilgan.
Innovatsion tadbirkorlikni omma-lashtirish uchun bizning fikrimizcha, quyidagilarga asosiy e’tibor qaratilishi zarur. Birichidan, hudud aholisining soni va uning demografik holati, aholining ish bilan band bo‘lmagan qismi, har bir fuqaroga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromad ko‘rsatkichi, hududning
|
tabiiy shart-sharoitidan kelib chiqqan holda iqtisodiy imkoniyatlari. Ikkinchidan, tadbirkorlik faoliyatida talabning realhajmini aniqlash, taklif darajasi bilan solishtirish, bozorda muvozanatni o‘rnatish maqsadida turli xildagi risklardan saqlanish yoki uni pasaytirish maqsadida faoliyatning har bir turi bo‘yicha marketing tadqiqotlarini kengaytirish va rivojlantirish. Uchinchidan, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish sohasiga innovatsiyalarni faol joriy etuvchi iqtidorli tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmini yo‘lga qo‘yish lozim.
Dissertatsiyaning «Xizmat ko‘rsatish subyektlarida risklarni baholash va pasaytirish orqali faoliyat samardorligini ta’minlash» deb nomlangan uchinchi bobida tadqiqot ishimizning avvalgi bandlarida bayon qilingan nazariy tushuncha va usullardan foydalangan holda tadbirkorlik subyektlarida risklarni baholash va uning ta’sir darajasini pasaytirish orqali korxona faoliyati samaradorligini ta’minlashga doir amaliy masalalar yechimini aniqlashdan iborat. Bu masalalarning yechimini aniqlash tartibi va tarkibi quyidagi 5-rasmda keltirilgan.
Korxonada tadbirkorlik risklarini vujudga keltiruvchi omil va shart-sharoitlarni tizimlashtirish masalasi dissertatsiya ishining 1-bobida batafsil yoritilgan.
Risklarni vujudga keltiruvchi omillarning ta’sir darajasini aniqlashning ekspert-baholash usuli. Masalaning murakkabligi shundaki, uni baholash uchun statistik ma’lumotlar mavjud emas. Bu holatni e’tiborga olib, dissertatsiya ishining 1.3 bandida masalaning nazariy asoslari batafsil yoritilgan. Unga ko‘ra risklar 3 ta guruhga ajratilib, ularning asosiy xususiyatlari keltirilgan. Xuddi ana shu xususiyatlardan kelib chiqib, ularni baholaymiz. Keltirilgan tarkib va tartibga ko‘ra, xizmat ko‘rsatish subyektlarida mehnat resruslaridan foydalanishdagi fors-major holatlarda ish vaqti yo‘qotilishining oldini olish tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. Ma’lumki har bir korxonada ishchi-xizmatchilarning ish vaqtlaridan foydalanishda turli riskli holatlar vujudga kelish oqibatida uning yo‘qotilishi yuz berishi mumkin. Ish vaqtlari yo‘qotilishing to‘liq oldini olish imkoniyati bo‘lmasada, uning zahira hosil qiluvchi qismini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |