Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini


§ 16.3. Elektron pullar muomalasini boshqarish usullari



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/265
Sana18.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#451528
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   265
Bog'liq
fayl 2019 20211007

§
16.3. Elektron pullar muomalasini boshqarish usullari 
Texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari 
xizmatlaridan foydalangan holda elektron toʻlov hujjatlari vositasida naqd pulsiz 
hisob-kitoblarni amalga oshirish elektron toʻlovdir.
Elektron toʻlov tizimida tovarlar va xizmatlar toʻlovi xaridorning elektron 
hisobidan shaxsiy bank raqami hisobiga pul mablagʻlarini chiqarish imkoniga ega 
boʻlgan sotuvchining elektron hisobiga pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan 
amalga oshiriladi.
Elektron choʻntakni toʻldirish va ulardan pul yechish quyidagi usullar bilan 
amalga oshirilishi mumkin:
* tijorat banklarida naqd pul bilan; 
* bank kartalari (VIZA, Master Kard, Uz Kart, Humo kart) yordamida; 
* pochta orqali; 
* Internet-banking yordamida; 
* pul oʻtqazmalari tizimlari yordamida; 


228 
* mobil aloqa yordamida. 
Savdo ishtirokchilari mustaqil ravishda savdo tizimiga kirishning quyidagi 
uslublaridan birini tanlashlari mumkin: 
- masofaviy — ish oʻrnidan foydalanish orqali; 
- valyuta birjasi savdo zalidagi ish oʻrnidan foydalanish orqali. 
Valyuta birjasi savdo tizimida ishlash uchun savdo ishtirokchilarini ikki 
bosqichli login va parol bilan taʻminlaydi. 
Birinchi bosqich logini va parolidan foydalanish huquqiga faqatgina treyder 
ega boʻladi. 
Birinchi bosqich logini va paroli savdo ishtirokchisiga savdo tizimini 
faollashtirish huquqini beradi. 
Ikkinchi bosqich logini va parolidan foydalanish huquqi bank rahbari 
tomonidan vakolat berilgan birja savdolari boʻyicha birja bitimlarini tuzishga 
masʻul boʻlgan shaxsga beriladi. 
Ikkinchi bosqich logini va paroli savdo ishtirokchisiga birja bitimini 
tasdiqlash huquqini beradi. 
Birja bitimlarini tuzish uchun savdo tizimiga bitim tuzishda tashabbus 
qilayotgan savdo ishtirokchisining pul mablagʻlarini joylashtirish va/yoki jalb etish 
boʻyicha buyurtmasi kiritiladi. 
Dastlabki buyurtmada quyidagi koʻrsatkichlar koʻrsatilishi lozim: 
-
pul mablagʻlarini jalb etish yoki joylashtirish; 
-
jalb etiladigan yoki joylashtiriladigan valyuta turi; 
-
jalb etiladigan yoki joylashtiriladigan pul mablagʻlari miqdori; 
-
pul mablagʻlarini jalb etish yoki joylashtirish muddati; 
-
pul mablagʻlarini jalb etish yoki joylashtirish boʻyicha foiz stavkasi; 
-
foiz toʻlovlarini toʻlash muddati. 
Savdo tizimiga kiritilgan dastlabki buyurtmaga pul mablagʻlarini jalb etish 
va yoki joylashtirish maqsadida kontragentlar tomonidan qarshi buyurtmalar 
kiritiladi. 


229 
Pul mablagʻlarini joylashtirish uchun buyurtmalar navbati foiz stavkasining 
oʻsib borishi tartibida, foiz stavkalari teng boʻlganda esa buyurtmalar taqdim 
etilgan vaqt tartibida joylashtiriladi. 
Pul mablagʻlarini jalb etish uchun buyurtmalar navbati foiz stavkasining 
kamayib borishi tartibida, foiz stavkalari teng boʻlgan taqdirda esa buyurtmalar 
taqdim etilgan vaqt tartibida joylashtiriladi. 
Har bir birja bitimi tuzilganda savdo tizimi uni roʻyxatga oladi, unga 
roʻyxatga olish raqamini biriktiradi va savdo ishtirokchilariga oʻzaro hisob-
kitoblarni amalga oshirishga asos boʻladigan birja guvohnomalarini taqdim etadi. 
Tuzilgan birja bitimlari boʻyicha barcha hisob-kitob operatsiyalarining 
ijrosi savdo ishtirokchilari tomonidan bitim tuzilgan bank ish kuni Markaziy 
bankning banklararo hisob-kitoblar boʻyicha elektron toʻlov hujjatlarini uzatish, 
qabul qilish va nazorat qilish vaqti yakunlanishiga qadar amalga oshiriladi. 
Savdo tizimiga taqdim etilgan har qanday dastlabki buyurtma u bekor 
qilingunga, toʻliq qondirilgunga yoki birja savdolari yakuniga qadar amal qiladi. 
Savdo tizimiga taqdim etilgan har qanday buyurtma birja bitimlari tuzilgunga 
qadar savdo ishtirokchilari tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. 
Savdo tizimi orqali tuzilgan birja bitimlari boʻyicha pul mablagʻlarini 
qaytarish muddati kelganda jalb qilingan mablagʻlar va unga hisoblangan foizlarni 
qaytarish bank tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. Pul mablagʻlarini qaytarish kuni pul mablagʻlari tegishli hisob raqamiga 
kelib tushgan kun deb hisoblanadi. 
Birja bitimlari boʻyicha barcha toʻlovlar bitim tuzilgan valyutada amalga 
oshiriladi. Birja bitimlari boʻyicha joylashtirilgan pul mablagʻlari tomonlarning 
oʻzaro kelishuviga asosan muddatidan avval qaytarilishi mumkin. 
Pulning evolyutsion rivojlanishida innovatsion koʻrinishining paydo 
boʻlishiga: jamiyatimizda mavjud pullardan tez va qulay foydalanishga boʻlgan 
ehtiyoj borgan sari oshib borib, pulning qulay evolyutsion shakli elektron 
pullarning shakllanishiga sabab boʻldi. Bugungi kunda elektron pullardan - pullarni 
uzatish va saqlash hamda tizimli kompyuter tarmoqlaridagi vositachi sifatida 


230 
foydalanish mumkin. Elektron pullar - muomalada boʻlgan milliy birlikdagi pullar 
yoki nodavlat xususiy (shaxsiy) pul va unga tenglashtirilgan birliklar. Elektron 
pullardan foydalanish va ularni tartibga solishda, mamlakatning Markaziy banki 
tomonidan belgilangan va qabul qilingan tartib qoidalar asosida yoki nodavlat 
toʻlov tizimlari qoidalari asosida amalga oshiriladi. 
Dunyo pul bozorida yangi elektron pullar, virtual pullar nazariyasi paydo 
boʻlganidan soʻng, koʻpgina olimlar ushbu nazariyani toʻlaqonli maʻqullashmagan. 
Bugungi kundagi moliyaviy-iqtisodiy oʻzgarishlarning tub mohiyati ham shundaki, 
insoniyat uchun qulay sharoitlarni yaratish hamda jarayonni zamonaviy darajaga 
olib chiqishdan iboratdir. 
Elektron 
pullar 
konsepsiyasini 
oʻrganishiz 
natijasida, 
bugungi 
tadqiqotlarimizning asosiy obyekti sifatida ―Bitcoin‖ virtual pullar nazariyasini 
oʻrganishga qaratdik. ―Bitcoin‖ni ham biz pulning yana bir evalyusion koʻrinishi 
deb atasak ham boʻladi. 
1998 yilda birinchi marta ―b-money‖ haqidagi ilmiy izlanishini yozgan Vi 
Dei (Wei Dai) ham bu narsaning kelajakda qanday mashhurlikka erishishini 
tasavvur qilmagan boʻlishi aniq. Keyinchalik, 2000-yillar boshida oʻz izlanishlarini 
ommaga taqdim qilish orqali (shaxsiy veb blogi yordamida) olib borgan Nik Sabo 
(Nick Szabo) oʻzining Bitgold (Bitgold) gʻoyasi orqali kriptovalyuta atamasini 
keng targʻib eta boshladi. Lekin uning izlanishlari 2000-yil oʻrtalariga kelib 
nomaʻlum sabablarga koʻra toʻxtab qoladi va shunga qaramasdan 2008-yilda 
yaponiyalik tadqiqotchi Satoshi Nakamoto oʻzining ―Bitcoin‖ haqidagi tadqiqot 
qogʻozini yangi ochgan veb-sayti, www.bitcoin.org orqali chop etadi va shu 
yilning noyabr oyidan boshlab uni keng rivojlantirishga kirishadi. Buning natijasi 
oʻlaroq, 2009 yining yanvar oyida Bitcoinning birinchi beta versiyasi (ilk shakli) 
tayyor boʻladi va birinchi Bitcoinlar ―qazila‖ (emissiya qilish) boshlanadi. 
―Bitcoin‖ (inglizcha bit – maʻlumot birligi va coin – tanga degan maʻnolarni 
anglatadi) bu piring (ikki aloqa qatnashchilari orasida vositachisiz bogʻlanish) 
koʻrinishdagi elektron toʻlov tizimi hisoblanadi. Bitcoin (birinchi harfi katta harf 
bilan yozilsa odatda Bitcoin tizimi tushuniladi) umuman olganda Bitcoinlar 


231 
(boshidagi harfi kichik Bitcoin deyilganda tanga yoki Bitcoin birligi tushuniladi) 
deb nomlanuvchi virtual valyutalar tizimidir. Uning toʻliq taʻrifi hozircha 
munozarali boʻlib qolmoqda, masalan ayrim mutaxassislar, uni ―raqamli valyuta‖ 
deb xarakterlagan boʻlsa, rasmiy hujjatlarda asosan Jahon Banki yoki Yevropa 
Markaziy banki tomonidan ―virtual valyuta‖ deb izohlanadi. Shu bilan birga 
AQSH Moliya Vazirligi qoshidagi FinCYeN (FinCEN) tashkiloti Bitcoinni 
―markazlashmagan virtual valyuta‖ sifatida klassifikatsiyalaydi. Shuningdek, 
Bitcoin kriptografiyada (

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish