Qisqacha xulosalar Tijorat banklari aktivlarini boshqarishning asosiy yoʻnalishlari quyidagilar
hisoblanadi:
aktivlarning
optimal
tarkibini
shakllantirish;
aktivlarning
daromadliligi va risk darajalari oʻrtasidagi mutanosiblikni taʻminlash; pul
oqimlariga boʻlgan barcha ehtiyojlarni qondirish imkonini beradigan darajada
likvidlilikni saqlash; aktivlarning foiz stavkalari va valyuta kurslarining
tebranishlariga nisbatan moslashuvchanligini taʻminlash.
Tijorat banklari passivlarini boshqarishning asosiy yoʻnalishlari quyidagilar
hisoblanadi: passivlarning optimal tarkibini shakllantirish; depozitlarning
yetarliligini
taʻminlash;
regulyativ
kapitalning
yetarliligini
taʻminlash;
passivlarning foiz stavkalari va valyuta kurslarining tebranishlariga nisbatan
moslashuvchanligini taʻminlash; bank tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli
qogʻozlarning investitsion jozibadorligini taʻminlash.