2. Daromadlilikning oʻzgarishi.
Aktivlar va passivlar boʻyicha foiz stavkalarining oʻzgarishini davriy
oraliqlarda mos kelmasligi natijasida daromadlilik darajasi pasayadi. Masalan,
tijorat banki kredit bergandan keyin oʻtgan maʻlum davr mobaynida kreditlarning
foiz stavkasi oshadi. Natijada, tijorat bankida kreditlar boʻyicha yoʻqotilgan
daromad yuzaga keladi.
3. Bazis riski.
Bazis riski turli moliyaviy instrumentlar boʻyicha olingan va toʻlangan
foizlarni tartibga solish jarayonida yuzaga keladigan nomuvofiqliklar natijasida
yuzaga keladi. Masalan, bir yil muddatga berilgan kreditning oylik toʻlovi LIBOR
stavkasi boʻyicha qayta baholanganda, LIBORning oʻzgarishi bazis riskini yuzaga
keltiradi.
Xalqaro ssuda kapitallari bozorida xorijiy valyutalardagi kreditlarning
bahosi har kuni aniqlanadi va turli omillarning taʻsirida ular tebranib turadi. Bu
esa, bazis riskini yuzaga kelishi uchun zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |