Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini


§ 14.3. Banklararo kredit resurslari bozoriga Markaziy bank pul-kredit



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/265
Sana18.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#451528
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   265
Bog'liq
fayl 2019 20211007

 
§ 14.3. Banklararo kredit resurslari bozoriga Markaziy bank pul-kredit 
siyosatining taʻsiri 
Milliy ssuda kapitallari bozori faoliyatining uzluksizligi va uning likvidligi 
kredit resurslari taklifi va ularga boʻlgan talab oʻrtasidagi muvozanatning 
taʻminlanishiga bogʻliq. Bu esa, kredit resurslariga boʻlgan talabning oshib ketishi 
natijasida yuzaga keladigan kreditlar foiz stavkalarining keskin koʻtarilishi 
natijasida yuzaga keladigan bozor muvozanatining buzilishiga barham beradigan 
maxsus zahira fondini shakllantirish zaruriyatini yuzaga keltiradi. 
Milliy ssuda kapitallari bozori faoliyatining uzluksizligini taʻminlash 
Markaziy bank tomonidan REPO auksionlari orqali foiz stavkalarining oʻzgarishini 
nazorat qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bunda, Markaziy bank milliy ssuda 
kapitallari bozorining doimiy va toʻlaqonli aʻzosi sifatida oʻzining kredit 
resurslarini, bozordagi vaziyatdan kelib chiqqan holda, toʻgʻri REPO va teskari 
REPO shartlari boʻyicha joylashtirishi lozim. 
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi va majburiy zahira 
talabnomalarining bazaviy stavkasi inflyatsiyaning joriy darajasiga, monandliligini 
taʻminlashga tijorat banklarining resurs bazasi hajmini va likvidlilik darajasini 
oshirish imkonini beradi. Buning ustiga, tijorat banklari kreditlarining nominal foiz 
stavkasining barqarorligini taʻminlashda kredit qoʻyilmalari hajmini barqaror 
oʻsish surʻatlarini taʻminlashda muhim oʻrin tutadi.
Markaziy bank oʻzining qayta moliyalash siyosati orqali ham banklararo 
kredit resurslari bozoridagi foiz stavkalarining darajalariga taʻsir eta oladi. 
Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati Markaziy bank tomonidan tijorat 
banklarini kreditlash bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlar majmui boʻlib, ushbu siyosat 
quyidagi uch xil kreditlash usulidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi: 


194 
1. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi 
trattalarni qayta hisobga olish yoʻli bilan kreditlash usuli.
Mazkur usulda berilgan kreditlar hisob yoki diskont kreditlari hisoblanadi, 
ularning foiz stavkasi esa, hisob yoki diskont stavkasi deyiladi. 
Markaziy bank har bir moliyaviy yil uchun oldindan trattalarni, yaʻni uzatma 
tijorat veksellarini oʻzida qayta hisobga olish kontingentini belgilaydi. Qayta 
hisobga olish kontingenti hajmini belgilashda pul massasining oʻsish surʻati, 
inflyatsiya darajasi kabi muhim makroiqtisodiy koʻrsatkichlar hisobga olinadi. 
Trattalarni qayta hisobga olish kontingentini mamlakatdagi tijorat banklari 
soniga boʻlish yoʻli bilan har bir bank uchun belgilanadigan qayta hisobga olish 
limiti summasi aniqlanadi. Bu esa, limitni aniqlashning adolatli usuli hisoblanadi. 
Chunki, ushbu usulda barcha tijorat banklariga, ularning katta yoki kichikligidan 
qatʻi nazar, bir xil limit belgilanadi. Ammo ushbu usulning kamchiligi shundaki, 
bunda tijorat banklari aktivlari miqdori oʻrtasidagi farq natijasida yuzaga keladigan 
likvidli mablagʻlarga boʻlgan talab oʻrtasidagi farq hisobga olinmaydi. 
2. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi qimmatli 
qogʻozlarni garovga olish yoʻli bilan kreditlash usuli. 
Ushbu usulda berilgan kreditlar lombard kreditlari boʻlib, ularning foiz 
stavkasi esa, lombard stavkalari deyiladi. 
3. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri kreditlash 
usuli. 
Mazkur usulda berilgan kreditlar overdraft, overnayt, kunlik va muddatli 
kreditlar shaklida boʻladi. 
Markaziy bankning overdraft kreditlari tijorat banklarining milliy valyutadagi 
―Nostro‖ vakillik hisob raqamida yuzaga kelgan pul mablagʻlari yetishmasligi 
muammosini hal qilish maqsadida beriladi. 
Overnayt kreditlari bir sutkaga beriladigan kreditlar boʻlib, ular tijorat 
banklarida favqulodda yuzaga keladigan juda qisqa muddatli likvidlilik 
muammosini hal qilish maqsadida beriladi. 
Kunlik kreditlar bir operatsion kun davomida beriladi. 


195 
Dunyoning bir qator mamlakatlarida (Shvetsiya, Rossiya va b.) kunlik 
kreditlar Markaziy banklar tomonidan qimmatli qogʻozlarni garovga olgan holda 
foizsiz beriladi va ular milliy toʻlov tizimini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 
beriladi
34

Respublikamizda 
banklararo 
kreditlar 
bozorining 
rivojlanmaganligi 
Markaziy bank qayta moliyalash siyosatining taʻsirchanligi, samaradorligiga salbiy 
taʻsir koʻrsatadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, banklararo kreditlar 
bozoridagi depozitlar va kreditlarning bozor bahosi aniqlanadi va kredit 
resurslariga boʻlgan talab va taklifning amaldagi holatini baholash va prognozlash 
imkoni yuzaga keladi; ikkinchidan, talab va taklif asosida shakllangan foiz 
stavkasigina ssuda kapitallari harakatini tartibga solishning bozor regulyatori 
hisoblanadi. 
Banklararo kreditlar bozori rivojlanmagan sharoitda Markaziy bank 
tomonidan tijorat banklariga beriladigan kreditlarning miqdorini oshirish yoʻli 
bilan milliy valyutadagi pullarga boʻlgan talabga va ular taklifiga taʻsir etishning 
ahamiyati oshadi. Lekin buning uchun, birinchidan, tijorat banklari Markaziy bank 
kreditlarini qisqa vaqt ichida, tezkor tarzda olish imkoniga ega boʻlishlari lozim; 
ikkinchidan, Markaziy bank qayta moliyalash instrumentlarining (lombardli 
kreditlar, overnayt, muddatli kreditlar, diskontli kreditlar, overdraft) deyarli 
barchasiga ega boʻlishi lozim. Aks holda, Markaziy bankning qayta moliyalash 
kreditlari hajmini oshirish imkoniyati chegaralanib qoladi. Masalan, hozirgi davrda 
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining diskontli kreditlari mavjud emas, 
lombardli kreditlari miqdori kichik. Bu esa, oʻz navbatida, tijorat banklarining 
diskontli va lombardli kreditlarga boʻlgan talablarini qondirilmay qolishiga sabab 
boʻladi. 
Markaziy bank moliya bozoridagi operatsiyalari orqali foiz stavkasining 
shakllanishiga jadal taʻsir koʻrsatdi. Xususan, Markaziy bankning foiz stavkalariga 
taʻsiri bank tizimining joriy likvidliligini tartibga solish operatsiyalarini amalga 
34
Моисеев С.Р. Денено-кредитная политика: теория и парктика. Учебное пособие. – М.: Московская 
финансово-промышленная академия, 2011. - С. 723. 


196 
oshirish jarayonida namoyon boʻldi. Markaziy bank likvidlilikni taʻminlash 
operatsiyalarini tijorat banklari bilan bitim(lar)da belgilangan foiz stavkasida 
amalga oshirdi. Bu holat, oʻz navbatida, bank tizimidagi resurslar qiymati hamda 
banklarning moliyaviy aktivlari bilan operatsiyalariga taʻsir koʻrsatadi va tizimida 
foiz stavkalari tebranishlari intervalini yuzaga keltiradi. Bu jarayonda Markaziy 
bank aniq tamoyillar va munosabatlarga tayanib, operatsiyalar boʻyicha foiz 
stavkalarini tartibga soladi. Bu saʻy-harakatlar taktik jihatdan pul-kredit siyosatini 
asosiy yoʻnalishlarda hamda bank tizimi joriy likvidliligini tartibga solish 
jarayonlarida oʻz aksini topadi. Mazkur yoʻnalishdagi iqtisodiy jarayonlar 
dinamikasini oʻrganish va tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, qatʻi pul-kredit siyosati 
2019-yilning oktabr-dekabr oylarida monetar omillarning inflyatsiyaga taʻsirini 
minimal darajaga pasaytirib, aynan shu davr uchun dastlab prognoz qilingan 
koʻrsatkichlarga erishilishida qulay sharoitni yaratib berdi. Milliy valyutadagi 
aktivlarning daromadliligini saqlab qolish, real foiz stavkalari ijobiyligini 
taʻminlash va iqtisodiyotda pul taklifi surʻatlari oʻsishining oldini olish maqsadida 
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi 16 foiz qilib belgilandi. 
Markaziy bankning pul-kredit siyosati birinchidan, valyuta instrumentlari 
boʻyicha daromadlilikni (tebranish darajasi va koridorini) oshirish, valyuta 
operatsiyalarining pul bozorlaridagi daromadligi darajasining oʻrta muddatlardagi 
istiqbolini aniq belgilash, xuddi shunday qisqa muddat oraligʻida, shu jumladan, 
valyuta kursi oʻzgarishlari riskini baholash, uni kamaytirishga imkon beradi, 
ikkinchidan, milliy valyutaning qiymatini foiz stavkasi orqali tartibga solishga 
erishiladi. Markaziy bank pul-kredit siyosati orqali makrodarajada eng muhim 
hisoblangan hamda oʻzaro bogʻliq va taʻsirga ega boʻlgan quyidagi jihatlarni 
koʻrsatish mumkin:
- jamiyatda jamgʻarish darajasi va jamgʻarishga moyillik;
- iqtisodiyotga kiritiladigan investitsiyalar;
- inflyatsiya darajasi;
- moliyaviy aktivlarga boʻlgan talab va taklif;
- kapital harakati kabi koʻrsatkichlar muvofiqlashtiriladi. 


197 
Bu esa, oʻz navbatida, mamlakatdagi moliyaviy munosabatlarning jadal 
surʻatlarda rivojlanishi va samaradorligi ortishiga zamin yaratadi. Markaziy bank 
pul-kredit siyosati strategiyasiga muvofiq moliya bozorida operatsiyalarni amalga 
oshirib, nafaqat foiz stavkalari tebranishi intervalini shakllantiradi, balki tijorat 
banklari moliyaviy resurslarini samarali boshqarishiga ragʻbat berishi, shu 
jumladan, resurs bazasini shakllantirish va ularni joylashtirish bilan bogʻliq tezkor 
qarorlarni qabul qilish imkoniyatini yuzaga keltirishi orqali iqtisodiy rivojlanishni 
jadallashtirish omillari ham shakllanishiga turtki beradi. Oʻzbekistonda pul-kredit 
siyosati konsepsiyasi negizida foiz stavkaning optimal boʻlishi mamlakatdagi pul-
kredit tizimining barqarorligini taʻminlaydi. Aynan ushbu maqsadli chora-tadbirlar 
amalga oshirilishi Markaziy bank foiz instrumentlari samaradorligiga ijobiy taʻsir 
koʻrsatishi, pirovardida, pul-kredit operatsiyalari boʻyicha ―foiz oraligʻi‖ 
shakllantirilishiga zamin yaratadi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish