Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/265
Sana18.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#451528
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   265
Bog'liq
fayl 2019 20211007

 
§
14.2. Banklararo kreditlar boʻyicha foiz stavkalari 
Banklarning kreditlar boʻyicha foiz stavkasini belgilash ularning asosiy 
faoliyatida samaradorlikni belgilaydi va natijada ularning moliyaviy asoslarining 
barqarorligiga, kapital mablagʻlarini toʻplash orqali taʻsir qiladi. Shuning uchun, 
kredit foiz stavkalarini belgilash banklarning alohida eng muhim qarorlaridan biri 
hisoblanadi. Bundan tashqari, bank kreditlarining foiz stavkalarini qanday 
belgilaganligi, moliyaviy tizimda markaziy rol oʻynaganligi sababli, pul kredit 
siyosatining samaradorligining muhim hal qiluvchi omilidir. Shu sabablarga koʻra, 
banklarning kreditlar boʻyicha foiz stavkasini aniqlash xatti-harakatlarini tahlil 
qilish, bank operatsiyalarini monitoring qilish va pul siyosatini uzatish kanallarini 


186 
tushunish uchun foydalidir. Koʻpgina mavjud tadqiqotlar banklarning foiz 
stavkasini belgilashdagi xatti-harakatlari foiz stavkasini oʻtish istiqbolidan 
oʻrganib chiqiladi va bu kredit foiz stavkalarining, bozor foiz stavkalari 
oʻzgarishiga taʻsirini tekshiradi. Shuningdek, banklarning kreditlar boʻyicha foiz 
stavkalari, bozor foiz stavkalari oʻzgarishlariga asta-sekin javob berishga qodir 
ekanligini eʻtirof etadi, bu esa kreditlar boʻyicha foiz stavkalarining bogʻliqlik 
darajasi yuqori ekanligini koʻrsatadi. Qisqa muddatda, bozor foiz stavkalari ortib 
borayotganiga qaramay, banklar har qanday sabablarga koʻra qarzdorlik budjetini 
moliyalashtirish xarajatlarini kamaytirishga harakat qilishadi, hatto bunday xatti 
harakatlar ularning foiz stavkalarini belgilashda ham nomoyon boʻladi.
Bozorni banklararo kreditlar oʻrtacha foizlari stavkalari boʻyicha 
maʻlumotlar bilan taʻminlashning yoʻllaridan biri banklararo bozorlar pul 
mablagʻlari milliy koʻrsatkichlarining qabul qilinishi hisoblanadi. Banklararo pul 
bozori koʻrsatkichlari xalqaro bank amaliyotida keng qoʻllaniladi. Ularning ichida 
eng taniqlisi Buyuk Britaniya banklari uyushmalari tomonidan eʻlon qilinadigan 
LIBOR foiz stavkasidir. Ushbu stavkalar boʻyicha banklar boshqa banklardan pul 
mablagʻlarini qarzga oladilar. Shunday stavkalar Frankfurt moliya bozorlari 
ishtirokchilari (FIBOR), Tokio (TIBOR), Gonkong (XIBOR) va boshqalarda ham 
mavjud. Bundan tashqari, shunga oʻxshash stavkalardan Rossiya va Qozogʻiston 
moliya bozorlarida ham foydalaniladi.
Moliyaviy 
koʻrsatkichlardan 
foydalanishning 
asosiy 
afzalliklari 
quyidagilardan iborat:
- banklararo kreditlar oʻrtacha statistik foiz stavkalarini aniqlash boʻyicha 
marketing tadqqiqotlari oʻziga xos umumlashtiruvchi natijalar hisoblanadi;
- pul mablagʻlarini joylashtirishning uzoq muddatlari boʻyicha fiksing 
tavsiya etiladi;
- xalqaro andozadagi koʻrsatkich hisoblanadi;
- banklararo pul bozorida keng tarqalgan boʻladi;
- ularni hisoblash mexanizmi ochiq va hamma uchun tushunarli;
- hisoblar tizmiga kiruvchi banklar yuqori kredit reytingiga ega. 


187 
Oʻzbekistonda pul mablagʻlari banklararo bozorida oʻrtacha statistik foiz 
stavkalarini oʻrnatish tajribasi mavjud emas. Bundan tashqari, banklarning qarz 
beruvchi banklar haqida kerakli va ishonchli maʻlumotlarga ega boʻlishlari 
zaruriyati mavjud boʻlib, banklararo shartnomalar xulosalari boʻyicha meʻyorlarni 
unifikasiya (bir xil) qilish yoʻlga qoʻyilmagan. 
Taklif qilinayotgan koʻrsatkichlar Oʻzbekiston Banklar Assosiasiyasi 
(Uyushmasi) tomonidan hisoblab chiqilishi mumkin va ular kelajakda qisqa 
muddatli kreditlar foiz stavkalari koʻrsatkichlari (indekslari) vazifasini oʻtaydi. 
Hisoblangan koʻrsatkichlar tijorat banklariga bepul taqdim etiladi. Indeks hisoblari 
bazasiga (market-meykerlar) kiruvchi banklar, Assosiasiya (Uyushma)ni markaziy 
banklar bilan kelishilgan holda ularning banklararo bozordagi mavqyei va faollik 
darajasi asosida tanlanadi. Ushbu banklar Markaziy bank meʻyorlariga rioya 
qilishlari va bozor balansini tuzishlari lozim. Banklar har bir ish kunida 
Assosiasiyaga (Uyushmaga) oʻzlarining kotirovkasini taqdim etadilar va 
Assosiasiya (Uyushma) banklarning fiksingini milliy valyuta soʻm boʻyicha chop 
etadi. Bunda banklarni eʻlon qilingan stavkalar boʻyicha pul mablagʻlarini 
sotishlari yoki sotib olishlari shart emas.
Oʻrtacha statistik foiz stavkalarini hisoblashni unifikasiya (bir xil) qilish 
uchun pul mablagʻlari banklararo bozori koʻrsatkichlarini shakllantirishni yagona 
uslubi ishlab chiqilishi zarur (keyingilarda uslub deyiladi). Bankning banklararo 
bozor milliy koʻrsatkichlarda ishtirok etishi bevosita uning obroʻyiga va moliyaviy 
holatiga bogʻliq boʻladi. Market-meykerlar dastlab pul mablagʻlari banklararo 
bozori koʻrsatkichlarini shakllantirish haqida Memorandum imzolashlari lozim. 
(keyingi oʻrinlarda memorandum deyiladi). Memorandumda har bir bankning 
huquq va majburiyatlari aks ettiriladi. Ular boshqa banklar va market-meykerlar 
faoliyati manafaatlariga zid boʻlmasligi yoki bunday holatlardan oʻzlarini tiyishlari 
zarur. Memorandum meʻyorlarini buzgan ishtirokchilar market-meykerlar 
roʻyxatidan chiqariladi. Ushbu hujjatlarning mavqyeini oshirish uchun ularni 
dastlab Markaziy bank va tijorat banklari bilan kelishlgan holda amalga oshirilishi 
maqsadga muvofiqdir.


188 
XX 
asrning 
90-yillari 
boshlarida 
jahondagi 
zayomlarning 
80%i 
yevrozayomlar hissasiga toʻgʻri keldi. Yevrozayomlarning asosiy ustunligi 
shundaki, ular kreditor va qarzdorlar uchun ham valyuta zayomi mavqyeiga ega 
boʻladi. Zayomlarning bu turlari Buyuk Britaniya, AQSHda tarqalgan. Yana 
boshqa bir farqi anʻanaviy xorijiy zayomlar biror mamlakat milliy bozorida 
chiqarilsa, yevrozayomlar esa bir paytda bir necha davlatlarda tarqatiladi. 
Yevroobligatsiya, odatda, 7 yildan 15 yil muddatga chiqariladi. 80-yillarda 30 va 
hatto, 40 yil muddatli obligatsiyalar chiqarildi. Asosiy zayom chiqaruvchilar 
sifatida, davlat, xalqaro tashkilotlar mahalliy hokimiyat organlari, davlat 
tashkilotlari faoliyat koʻrsatgan. Yevrozayomlar, odatda, yirik banklar tomonidan 
chiqarilgan. Bu yirik banklar yevrozayomlarni xalqaro konsorsiumlar va sindikat 
tashkilotlari sifatida chiqardilar. Konsorsiumlar faoliyatiga banklar, har xil moliya-
kredit institutlari: pensiya fondlari, cugʻurta va investitsion kompaniyalarni jalb 
qildilar. Jahon moliya bozorida har xil turdagi oddiy yoki ―doimiy‖, ―suzuvchi‖ 
foiz stavkali, nol foizli (kupon bilan), konvertirlangan obligatsiyalar kabilar amal 
qiladi. Bu obligatsiyalarning 60%ini oddiy obligatsiyalar tashkil qiladi va bu 
boʻyicha obligatsiya emitenti zayom muddati tugaguncha mustahkam (oʻzgarmas) 
foiz toʻlaydi. ―Suzuvchi‖ stavkali obligatsiyalar stavkasi va daromadi ham bozor 
foizlari oʻzgarishiga bogʻliq holda tebranib turadi. 
Obligatsiyalar boʻyicha suzuvchi foiz stavkalari Libor stavkasida 
ifodalanadi.
Oʻzgaruvchi stavkali obligatsiyalar farqli ravishda indeksatsiyalangan foizli 
obligatsiyalar hisoblanadi.
Foiz stavkasining makroiqtisodiy darajada harakat qilishdagi asosi boʻlib 
bozor jarayonlarining rivojlanishi va kreditga toʻlov miqdorining erkin oʻzgarishi 
sharoitida xoʻjalikda oʻrtacha foyda normasi hisoblanadi. Foyda normasidan u 
yoki bu tomonga oʻzgarishiga taʻsir qiluvchi omillarni umumiy va maxsus 
omillarga boʻlamiz. Umumiy omillarga qarz mablagʻalariga talab va taklifning 
oʻzgarishi, Markaziy bank siyosati, pul qadrsizlanishi darajasi. 


189 
Aktiv operatsiyalar boʻyicha foiz stavkasini aniqlovchi xususiy omillarga 
quyidagilar kiradi: 

Ssuda hajmi va uni qaytarish muddati; 

Taʻminot va uning xarakteri; 

Ssuda kapitalining hajmi; 

Qarz oluvchining kreditga layoqatliligi va boshqalar. 
Ssuda foizlaridan foydalanish mexanizmi, bir tomondan, foiz mohiyatini 
tovar ishlab chiqarish sifatida, boshqa tomondan, foiz siyosatini oshirish 
maqsadida aniqlaydi. 
Banklarning foiz siyosati bugungi kunda bank likvidligini taʻminlash va uni 
optimal boshqarishga qaratilishi kerak. Ssuda foizining differensatsiyasi aktiv 
operatsiyalar boʻyicha qoʻyilmalar likvidligiga bogʻliq holda boʻlishi lozim. Milliy 
iqtisodiyotda bank foizining rolini oshirish, uning bevosita taʻsir doirasini 
kengaytirish va iqtisodiy jarayonlarni tizimlashtirishga yordam beradi.
Depozitlar va kreditlar boʻyicha foiz stavkalari, ularning summasi, ularni
toʻlash vaqti davri, toʻlash shartlari va boshqalar mijoz bilan bank oʻrtasida
kelishib olinadi va tuziladigan shartnomada aks ettiriladi. Kreditlar boʻyicha foiz
stavkalar kreditning muddati, qarz oluvchi tomonidan tavsiya qilingan garov holati
va qiymati, uning likvidliligiga, kredit resurslari baxosiga, kredit riskning darajasiga
qarab tijorat banki tomonidan mustaqil belgilanadi va u kredit shartnomada aks
ettiriladi. Kredit boʻyicha foizlar muddati kelganda memorial order bilan
rasmiylashtirilib, mijozning asosiy talab qilib olinguncha boʻlgan depozit
varagʻidan grafik boʻyicha undirib olinadi.
Foiz darajasi kredit bitimi tomonlari oʻrtasidagi kredit resurslariga boʻlgan 
talab va taklifni hisobga olgan holda shartnoma orqali aniqlanadi. 
Markaziy bank doimiy ravishda toʻgʻridan toʻgʻri ssuda foiz normasini 
maʻmuriy boshqaruvidan uning darajasini qayta moliyalashtirish foiz stavkasini 
oʻzgartirish va majburiy rezervlar normasini manevrlash orqali tartibga solishning 
iqtisodiy usullariga oʻtayapti. 


190 
Ssudalar boʻyicha foiz stavkalari tijorat banklari tomonidan kredit 
kelishuvining aniq shartlarini hisobga olib oʻrnatilmoqda, yaʻni ssuda hajmi va uni 
tugash muddati, taʻminot mavjudligi, mablagʻlarni jalb qilishdagi xarajatlar, 
kreditni rasmiylashtirish va nazorat boʻyicha xarajatlar, qarz oluvchining kreditga 
layoqatliligi va boshqalar. 
Bank passiv operatsiyalari boʻyicha foiz boʻsh pul mablagʻlarini vaqtincha 
omonatlarga jalb qilish stimuli sifatida oshib bormoqda. 
Foizlarning oʻtkazilishi va undirilish tartibi shartnomada belgilanadi. 
Amaliyotda ssuda kunlari sanasi yaqinlashishi bilan oddiy foizlar hisoblash 
usulidan foydalaniladi. 
Hozirgi vaqtda foizlarni toʻlash manbasi kredit qoʻyilmalarining 
yoʻnalishidan kelib chiqib turlichadir. Qisqa muddatli ssudalar boʻyicha toʻlovlar 
mahsulot tannarhiga qoʻshiladi, uzoq muddatli va muddati oʻtgan kreditlar 
boʻyicha xarajatlar korxona soliqqa tortilgan foydasiga olib boriladi. 
Zamonaviy mexanizmning xususiyati bevosita foizlar boʻyicha daromad va 
xarajatlarning bank yakuniy moddiy manfaatlari bilan bevosita bogʻliqligi 
hisoblanadi. 
Bank ssuda kapitalining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlari umumiy 
summasining joylashtirilgan mablagʻlar hajmiga nisbatan ifodalaydi. 
Ssuda kapitalining tannarxi, yaʻni bank xarajatlari 2 asosiy elementlardan 
tarkib topgan: 

Resurslarni shakllantirish boʻyicha xarajatlar; 

Bank faoliyatini taʻminlovchi xarajatlar. 
Birinchi guruh xarajatlarga – jalb qilinadigan depozitlar (muddatli va talab 
qilib olingunga qadar depozitlar)ga toʻlovlar, Markaziy bankning resurslariga foiz, 
banklararo ssudalar boʻyicha, qimmatli qogʻozlar boʻyicha va boshqalar. 
Ikkinchi guruhga boshqa operatsion va bank maʻmuriy boshqruv xarajatlari 
kiradi. Jumladan: 

qimmatliklar va hujjatlarni tashish uchun transport ijarasi xarajatlari; 


191 

blankalar, magnit lentalar va boshqa narsalarni sotib olish uchun 
xarajatlar; 

hisoblar markazi xizmatlariga xarajatlar; 

amortizatsiya xarajatlari; 

bank xodimlariga ish haqi xarajatlari; 

binolarni saqlash va taʻmirlash xarajatlari. 
Amaliyotda ssuda kapitalining tannarxi aktiv operatsiyalar boʻyicha foiz 
darajasini aniqlashda ularni bergan vaqtdan boshlab foizlar hisoblash boshlanadi. 
Ssuda foizining yuqori chegarasi bozor sharoitidan kelib chiqib belgilanadi. Quyi 
foiz darajasi bankning jalb qilish va faoliyatini taʻminlash boʻyicha xarajatlari 
orqali aniqlanadi. U kreditlash resurslariga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq boʻlib 
hisoblanadi. 
Har bir alohida olingan bitimda foiz normasini hisoblashda tijorat banklari 
quyidagilarni hisobga oladi: 

Bazaviy foiz stavkasining darajasi, bu maʻlum davrga taʻminlangan 
ssudalar boʻyicha bankning eng kreditga layoqatli mijozlari uchun oʻrnatiladi; 

Alohida har bitim sharoitidan kelib chiqib riskni qoʻshish. 
Bazaviy foiz stavkasi quyidagi formula orqali aniqlanadi: 
Bazaviy foiz stavka = S
1
+ S
2
+ P; (1) 
Bu yerda: 
S
1
- rejalashtirilayotgan davrda barcha kredit resurslarining oʻrtacha real 
bahosi; 
S

- bank faoliyatini taʻminlash boʻyicha rejalashtirilayotgan xarajatlarning 
joylashtirilayotgan mablagʻlar hajmiga nisbati; 
P – bank ssuda operatsiyalarining rejalashtirilgan foydalilik darajasi. 
Kredit resurslarining oʻrtacha real bahosi (S
1
) oʻrtacha tortilgan formula 
boʻyicha hisoblanib alohida resurs turi bahosi va uning bank umumiy jalb qilingan 
resurslar summasidagi ulushidan kelib chiqib hisoblanadi. 


192 
Oʻz navbatida, alohida bank jalb qilgan resursning oʻrtacha haqiqiy bahosi 
mazkur resurs bozoridagi nominal bahosi va majburiy zahira normasiga 
korrektirovka asosida aniqlanadi. 
Riskni hisobga olgan holatda quyidagi mezonlardan kelib chiqib 
guruhlanadi: 

qarz oluvchining kreditga layoqatliligi; 

ssuda boʻyicha taʻminot va uning xarakteri; 

mijozning bank bilan mustahkam aloqasi; 

foizlarni hisoblash usullari; 

qarz oluvchining kredit muddatiga rioya qilishligi. 
Ma‘lumk,i ssuda foizi bank daromadini shakllantirishda muhim rol oʻynaydi 
va jalb qilingan mablagʻlarga toʻlovlar uning xarajatlari tarkibida muhim oʻrin 
egallaydi. Bank foiz marjasi bank aktiv va passiv operatsiyalari boʻyicha oʻrtacha 
foiz stavkalari orasidagi farq muhim maʻno kasb etadi. 
Quyidagicha aniqlanadi: 
D
p
- R
p
* 100 % 
M
fakt

(3) 
A
d
Bunda: 
M
fakt
- foiz marjasining amaldagi hajmi; 
D
p
- foizli daromadlar; 
R
p
- foizlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar; 
A

- foiz koʻrinishida daromad keltiruvchi aktivlar. 
Foiz marjasining tahlili quyidagi yoʻnalishlarda olib boriladi: 
amaldagi foiz marjasini bazaviy bilan solishtirish usuli; 
foiz marjasi komponentlarini oʻzgarishining tahlili.
Tahlil koʻrsatkichlari daromad (xarajat)larning qaysi kategoriyasi uning 
umumiy oʻzgarishiga olib kelishini aniqlash imkonini beradi. 


193 
Kredit qoʻyilmalari va ularning manbalarining hajmi va tarkibi, toʻlovlar 
muddati qoʻllaniladigan foiz stavkalar xarakteri va boshqalar foiz marjasining 
hajmiga taʻsir qiluvchi asosiy omillar hisoblanadi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish