Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini


-rasm. Benk of Amerika (AQSh) va Doychebank (Germaniya)



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/165
Sana09.06.2022
Hajmi2,6 Mb.
#649289
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   165
Bog'liq
fayl 2019 20211007

9.1.1-rasm. Benk of Amerika (AQSh) va Doychebank (Germaniya) 
aktivlarini umumiy hajmida yuqori likvidli qimmatli qogʻozlarga qilingan 
investitsiyalarni salmogʻi
19
, 2018-yilning 1-yanvar holatiga koʻra (foizda) 
19
Расм муаллиф томонидан 
www.bankofamerica.com
ва
www.db.com 
сайтлари маълумотлари асосида 
тузилган. 


101 
Taraqqiy etgan mamlakatlarda tijorat banklarining likvidliligini taʻminlashda 
kredit va foiz risklarini boshqarishga alohida eʻtibor qaratiladi
20
. Bu esa, risk-
menejmentni takomillashtirishga olib keladi. 
 
§
9.2. Banklarning investitsion operatsiyalarini boshqarish prinsiplari 
Tijorat banklarining investitsion operatsiyalarini boshqarish bir qator 
prinsiplarga tayanadi. Ana shunday muhim prinsiplardan biri bank investitsiya 
portfelini diversifikatsiya qilish prinsipi hisoblanadi. 
Korporativ qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar 
yuqori riskli boʻlganligi sababli tijorat banklari qimmatli qogʻozlar portfelini 
diversifikatsiyalashga katta eʻtibor beradilar 
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklari investitsiya portfelini 
diversifikatsiya qilishda 7 foizli meʻyoriy chegara keng qoʻllaniladi. Yaʻni, bir 
emitentning qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar tijorat banki investitsiya 
portfelini 7 foizidan oshib ketmasligi kerak. 
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarini 
investitsion faoliyatiga nisbatan uchta iqtisodiy meʻyor belgilangan: 
* tijorat bankini bir emitentni qimmatli qogʻoziga qiladigan investitsiyalari 
miqdori uning birinchi darajali kapitalining 15 foiizdan oshib ketmasligi kerak; 
* tijorat bankini oldi-sotdiga moʻljallangan qimmatli qogʻozlariga qiladigan 
investitsiyalari miqdori uning birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshib 
ketmasligi lozim; 
* tijorat bankining barcha emitentlarni qimmatli qogʻozlariga qiladigan 
investitsiyalari miqdori uning birinchi darajali kapitalining 50 foizidan oshib 
ketmasligi kerak. 
Tijorat banklari investitsion operatsiyalarini risk darajalari va daromadliligi 
oʻrtasidagi mutanosiblikni taʻminlash prinsipi ham asosiy prinsiplardan biri 
hisoblanadi. 
20
Ephraim Clark , Davide Salvatore Mare, Nemanja Radic Cooperative banks: What do we know about competition and risk 
preferences? J. Int. Financ. Markets Inst. Money 52 (2018) 90–101 journal homepage: www.elsevier.com/locate/intfin 


102 
Xalqaro amaliyotda valyuta opsionlarini ikki standarti mavjud boʻlib, ushbu 
standartlar risk darajasiga koʻra bir-biridan keskin farqlanadi. Valyuta opsionlarini 
birinchi standarti Yevropa standarti deb ataladi va bu opsionlar oʻz egasiga faqat 
shartnoma muddati tugagandan soʻng opsiondan foydalanish huquqini beradi. 
Valyuta opsionlarining ikkinchi standarti esa, Amerika standarti deyiladi va 
mazkur opsionlar oʻz egasiga opsion shartnomasi muddatining istalgan vaqtida 
opsiondan foydalanish huquqini beradi. Demak, valyuta opsionlarini Amerika 
standartida risk darajasi Yevropa standartiga nisbatan yuqori hisoblanadi
21

Valyuta fyuchers bozorini beqaror valyuta kursi hukm surayotgan 
mamlakatlarda tashkil etish lozim. Valyutalarning beqaror boʻlishida, eng avvalo, 
mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy tadbirlarga ishonchning yoʻqligidadir. 
Qayd etish joizki, derivativlar bilan amalga oshiriladigan spekulyativ 
operatsiyalar yuqori riskli operatsiyalar hisoblanadi va ular tijorat banklariga katta 
miqdorda zarar keltirishi mumkin. Bunga aniq misol qilib 1995-yil 25-fevralda 
bankrot deb eʻlon qilingan Angliyaning ―Berings‖ bankini keltirish mumkin. 
Holbuki, ushbu bank 233 yillik tarix tajribasiga ega edi. 
―Berings‖ bankning Singapur filiali treyderi Nik Lison bankning passividagi 
barcha boʻsh turgan pul mablagʻlarini Singapur fond birjasiga chiqib, Yaponiya 
korporatsiyalarini fyuchers va opsionlarini sotib olishga yoʻnaltirdi. Oradan 3 kun 
oʻtgandan soʻng Yaponiyaning Kobe shahrida dahshatli zilzila boʻldi. Zilzila 
natijasida Yaponiya korporatsiyalarini fyuchers va opsionlarini bahosi keskin 
pasayib ketdi. Natijada, ―Berings‖ bank 1,3 mlrd. AQSh dollari miqdorida zarar 
koʻrdi. 
―Berings‖ bankini Prezidenti dunyoning eng boy odamlaridan biri 
hisoblangan Bruney Sultoni bilan doʻst edi. U bankni qutqarib qolish uchun 
Bruney Sultonidan 1,0 mlrd. dollar qarz soʻradi. Ammo sulton tavakkal qilishni 
xohlamadi. Oxir-oqibat 233 yillik tarixga ega boʻlgan ―Berings‖ bank bankrot 
boʻldi. 
21
Красавина Л.Н. Международные валютно-кредитные отношения. – М. ФиС, 2013. – С. 173-176. 


103 
Oʻzbekiston Respublikasini tijorat banklarida valyutalarni sotib olish 
maqsadida berilgan opsionlar 92728-«Opsion bitimi boʻyicha sotib olish» 
hisobraqamini debetida va 96379-«Opsion boʻyicha sotib olish kontr 
hisobvragʻi»ni kreditida hisobga olinadi. 
Tijorat banklarini valyuta opsionlaridan oladigan daromadlari 45404-
hisobraqamini kreditida, opsionlardan koʻrilgan zararlar esa, 55306-hisobraqamini 
debetida hisobga olinadi. 
Qimmatli qogʻozlar bozorida tijorat banklari moliyaviy broker sifatida 
qimmatli qogʻozlarni oldi-sotdisida mijozni hisobidan va uning topshirigʻi bilan 
komissiya shartnomasi yoki shartnoma topshirigʻiga muvofiq agentlik funksiyasini 
bajaradi. Tijorat banklarining komission muomalalari (operatsiyalari) oʻz mijozni 
topshirigʻiga muvofiq banklar komission operatsiyalarni bajaradi. Bunda ular 
mijozni topshirigʻiga muvofiq komissioner sifatida oʻz nomlaridan, mijozni 
hamma koʻrsatmalarini, masalan kurslarni cheklash, kelishuvlarni vaqti va 
kelishuv oʻtkaziladigan joy toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarishi lozim. 
Bu xizmatlar uchun bank mijozdan komissiya haqi, qoʻshimcha xarajatlar 
kompensasiyasini olishi kerak, chunki bu ishlar mijoz topshirigʻini bajarilishiga 
bogʻliq tadbirlardir. Komission kelishuv tipi ikki shartnomani tuzishni koʻzda 
tutadi: 

bank (komissioner) va mijoz (komitent) oʻrtasidagi komission 
shartnoma; 

bank komissioner va uchinchi kelishuv qatnashchisi oʻrtasidagi oldi-
sotdi shartnomasi, qoida boʻyicha, komitent sotib oluvchi qimmatli qogʻozlarni 
sotib olish shartnomasini tuzishdan oldin, vositachi-bank ixtiyoridagi oʻzini hisob 
varaqasiga pul mablagʻlarini oʻtkazadi. Oʻtkazilgan pul mablagʻlari qimmatli 
qogʻozlarni sotib olishga yetadigan darajada boʻlishi kerak. 
Qimmatli qogʻozlarlarni sotishga bogʻliq shartnoma komissiyasini tuzishda, 
komitent sotuvchi vositachi-bankda sotishga moʻljallangan qimmatli qogʻozlarni 
deponentlashtiradi. 


104 
Qimmatli qogʻozlarni investitsion jozibadorligi banklarni investitsion 
operatsiyalarini rivojlantirishda muhim oʻrin tutadi. Shu sababli, banklarni 
investitsiya portfelini daromadliligi va risk darajalari oʻrtasidagi mutanosiblikni 
taʻminlashda sotib olinadigan qimmatli qogʻozlarni investitsion jozibadorligiga 
alohida eʻtibor qaratiladi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish