9
likvidliligi va barqarorligi boʻyicha talablarni bajarilishini taʻminlash, Bazel
qoʻmitasining talablarini hisobga olgan holda bank risklarini baholash va
boshqarish tizimini takomillashtirish vazifalari qoʻyilgan.
Yuqorida qayd etilgan holatlar ―Tijorat banklari
aktiv va passivlarini
boshqarish‖ fanini oʻqitishga nisbatan talablarni kuchaytirishga xizmat qiladi.
―Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish‖ fanining asosiy maqsadi –
tijorat banklari aktiv va passivlarini shakllantirish, samarali boshqarishni tashkil
etish, tijorat banklarining aktiv va passivlari monandligini taʻminlash, likvidlilik va
rentabellikni boshqarish usullarini tadbiq qilish, tijorat
banklari aktiv va
passivlarini operativ
va strategik rejalashtirish, innovatsion xizmatlarni tatbiq
qilish va ushbu yoʻnalish boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan
iborat.
Fanning asosiy vazifalari quyidagilardir:
1. Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarishning ilmiy-nazariy va
metodologik asoslarini oʻrgatish.
2. Tijorat banklari aktivlarini boshqarish prinsiplari va usullarni oʻrgatish;
3. Banklar majburiyatlarini boshqarish prinsiplari va usullarini oʻrgatish;
4. Tijorat banklari kapitalini boshqarish prinsiplari va usullarini oʻrgatish;
5. Bank risklarini baholash va boshqarishni oʻrgatish;
6. Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishni oʻrgatish;
7. Tijorat banklarining daromad va xarajatlarini boshqarishni oʻrgatish;
8. Tijorat banklari foydasini taqsimlashni oʻrgatish.
―Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish‖ fani magistratura
mutaxasisligida oʻqitiladigan ―Toʻlov tizimi va bank xafsizligi‖, ―Bank risklari‖,
―Monetar siyosat‖, ―Xalqaro valyuta operatsiyalari va hisob kitoblar‖ va umum
metodologik fanlarning uzviy davomidir.
―Toʻlov tizimi va bank xafsizligi‖ fanida tijorat
banklari aktivlari va
passivlarining shakllanishida toʻlovlar va ularning xafsizligi, ulardan foydalanish
samaradorligini baholash yoʻllari, banklarning kredit va foiz siyosati, tijorat
10
banklarining likvidliligi va uni taʻminlashda bank xafsizligining yoʻllari
oʻrganiladi
―Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish‖ fani ―Xalqaro
valyuta
operatsiyalari va hisob kitoblar‖ fani bilan uzviy bogʻliqdir. Buning sababi
shundaki, hozirgi davrda bank ishi yuqori darajada rivojlangan uch markazning
mavjudligi yaqqol koʻzga tashlanib qoldi. Bular: AQSh, Yaponiya va Gʻarbiy
Yevropa. Mazkur markazlarning tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
borasidagi tajribasini oʻrganish Oʻzbekiston bank tizimini rivojlantirishda muhim
oʻrin tutadi.
―Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish‖ fani ―Monetar siyosat‖
fani bilan uzviy bogʻliqdir. Chunki, ―Monetar siyosat‖
fanida Markaziy bank
tomonidan tijorat banklari faoliyatini monetar siyosat instrumentlari orqali tartibga
solishning nazariy va amaliy jihatlari oʻrganiladi. Jumladan, tijorat banklarining
likvidliligiga majburiy zahira va ochiq bozor siyosatlari orqali taʻsir etish,
banklarni qayta moliyalash siyosati doirasida kreditlash masalalari chuqur
oʻrganiladi.
―Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish‖ fani ―Bank risklari‖ fani
bilan chambarchas bogʻliqdir. Xususan, tijorat banklarining aktiv operatsiyalari
bilan bogʻliq boʻlgan risklarni baholash va boshqarish usullari ―Bank risklari‖
fanida batafsil oʻrganiladi. Holbuki, tijorat banklari aktivlarining daromadliligi va
risk darajalari oʻrtasidagi mutanosiblikni taʻminlash ―Tijorat banklari aktiv va
passivlarini boshqarish‖ fanining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: