Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini


Oʻz-oʻzini nazorat qilish va muhokama uchun savollar



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/165
Sana09.06.2022
Hajmi2,6 Mb.
#649289
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   165
Bog'liq
fayl 2019 20211007

Oʻz-oʻzini nazorat qilish va muhokama uchun savollar 
1. Bankning kredit siyosati tushunchasi. 
2. Bank kredit siyosatining ustuvor yoʻnalishlari. 
3. Banklarning kredit siyosatiga qoʻyilgan talablar.
4. Tijorat banklarini kredit siyosatining mezonlari.
5. Tijorat banklari kredit siyosatida kreditlarning daromadliligini oshirish. 
6. Banklari kredit siyosatida kreditlarning risk va daromadlilik darajalari 
oʻrtasidagi mutanosiblikni taʻminlash masalalari. 
7. Tijorat banklari kredit portfelini diversifikatsiya qilish mezonlari. 
8. Universal va ixtisoslashgan tijorat banklari kredit siyosatining oʻziga xos 
xususiyatlari. 
9. Kredit siyosatida kreditlarning garov taʻminotiga qoʻyiladigan talablar.
10. Kredit siyosatida kreditlarning monitoringiga qoʻyiladigan talablar. 
11. Tijorat banklari kredit siyosatining samaradorligini baxolash. 


80 
 8-BOB: TIJORAT BANKINI KREDIT PORTFELINI BOSHQARISH
 § 8.1. Tijorat bankining kredit portfeli tushunchasi va uning tashkil 
etilishi 
§ 8.2. Kredit portfelining sifatini tavsiflovchi koʻrsatkichlar 
§ 8.3. Kredit portfelini diversifikatsiya qilish zarurligi
§ 8.4. Muammoli ssudalar va ularni boshqarish 
§ 8.5. Kreditlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlar zahirasini tashkil qilish 
tartibi 
§ 8.6. Tijorat banklarining kredit portfelini boshqarish usullari 
§
8.1. Tijorat bankining kredit portfeli tushunchasi va uning tashkil 
etilishi 
Tijorat bankining kredit portfeli – bu bank tomonidan berilgan va hali 
qaytarilmagan barcha kreditlarni yigʻindisidir. 
Kredit portfeliga muddati oʻtgan kreditlar ham, shartlari qayta koʻrib 
chiqilgan kreditlar ham, sud jarayonidagi kreditlar ham kiradi.
Tijorat banklari tomonidan berilgan barcha kreditlar uning kredit portfelida 
oʻz ifodasini topadi. Tijorat banklari oʻz mijozlariga turli kurinishdagi kreditlar 
berishi mumkin. Avvalambor, qarz oluvchilarning asosiy guruhlari boʻyicha: 

xoʻjalikka; 

aholiga; 

hukumatga va davlat organlariga berilgan kreditlarga boʻlinadi. 
Yoʻnalishi boʻyicha kreditlar quyidagicha: 

isteʻmol; 

sanoat; 

savdo; 

kishlok xoʻjaligi; 

investitsion; 

budjet. 


81 
Kreditlarni foydalanish muddatlari boʻyicha: 

qisqa muddatli; 

uzok muddatli kreditlarga boʻlinadi. 
Mikdori boʻyicha kreditlar: 

yirik; 

oʻrta; 

kichik kreditlarga boʻlinadi. 
Taʻminlanganlik buyicha: 

taʻminlanmagan (ishonchli) kreditlar; 

taʻminlangan kreditlarga boʻlinadi. 
Oʻz navbatida, taminlangan kreditlar taʻminlanish xarakteriga koʻra: 

garovli; 

kafolatlangan; 

sugʻurtalangan kreditlarga boʻlinadi. 
Bank kreditlarining maqsadi boʻyicha: 

ipoteka ssudalari; 

moliyaviy tashkilotlarga berilgan ssudalar; 

kishloq xoʻjaligiga berilgan ssudalar; 

savdo va sanoat korxonalariga berilgan ssudalar; 

jismoniy shaxslarga berilgan ssudalar; 

boshqa ssudalar; 

lizingni moliyalashtirish. 
Bunda bank oʻzining kaysi tarmoqqa koʻproq etibor berishiga qarab, u yoki 
bu kredit ulushi kredit portfelida koʻprok boʻladi. Bu uning kredit siyosatidan kelib 
chiqadi. 
Bank aktiv operatsiyalari ichida kredit asosiy va bank daromadini katta 
qismi ham aynan shu kredit operatsiyalari orqali keladi. Shu sababli bank kredit 
portfelini qanday shakllanishi bank faoliyatiga bevosita taʻsir koʻrsatadi. Bank 
yaxshi kredit portfelini shakllantirish niyatida ekan, kreditlash jarayonini toʻgʻri 
tashkil qilishi zarur boʻladi. 


82 
Biz yuqorida turli koʻrinishdagi kreditlarni koʻrdik, biroq konkret banklarni 
kredit portfelini tarkibi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi. 
Bank kredit portfelining tarkibini aniqlovchi muhim omillardan biri bu ayni 
bank xizmat koʻrsatadigan bozor sektorining xususiyatidir. 
Har bir bank oʻz bozor segmenti mijozlarining qarz mablagʻlariga boʻlgan 
ehtiyojini hisobga olishi kerak. Masalan, bank shahar chekkasidagi uylar va kichik 
doʻkonlarga ega, tumanda joylashgan boʻlsa, asosiy uy binolari garovi ostida, 
ipoteka krediti, avtomobil, uy jixozlari, umuman uy xujaligini yuritish uchun 
xarajatlarni qoplashga kredit beradi, aksincha katta shaharda ofislar, katta 
univermaglar, sanoat korxonalari orasidagi banklar, odatda oʻz kreditlarini asosan 
tijorat firmalariga tovar materiallar zahiralarini toʻldirishga, jihozlar sotib olishga 
va ish haqiga yoʻnaltiradilar. 
Albatta, banklar kredit berayotganlarida oʻzlari xizmat koʻrsatayotgan 
xududlarga toʻlik bogʻliq boʻlmaydilar. Kerakli kredit mablagʻlarini toʻliq yoki 
qisman ular boshqa banklardan olishlari mumkin. Bu adolat agar bank xizmat 
qilayotgan region iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelsa, zarar kurish riskini 
pasaytiradi. 
Bank miqyosi ham uning kredit portfeliga taʻsir etuvchi omillardan biri 
hisoblanadi, ayniqsa, bir qarz oluvchiga beriladigan kreditni maksimal miqdorini 
belgilovchi kapitalning xajmi muhimdir. Katta banklar, odatda ulgurji kreditorlar 
hisoblanadilar, ular oʻzlarini kreditlari asosiy mikdorini korporasiyalar va boshka 
firmalarga beradilar. Kichikroq banklarning faoliyati esa fuqarolarga kichik 
ssudalar, uy garovi ostida xususiy shaxslarga kreditlar, firma va ofis egalariga 
kichik kreditlar shaklidagi yakka holdagi kreditlarni berishga yoʻnaltiradilar. 
Bundan tashqari, kredit portfeli tarkibiga koʻra kreditlashni turli koʻrinishlari 
sohasidagi menejerlarning tajriba va malakasi hamda oʻz kredit inspektorlariga 
maʻlum koʻrinishdagi kreditlarni bermasligi koʻrsatilgan bankning kredit siyosati 
ham taʻsir koʻrsatadi. 
Kredit portfelini tarkibi maʻlum darajada bankni kutilayotgan daromadiga 
ham bogʻliq. Chunki bank, odatda kutilayotgan daromadi maksimal boʻlgan 


83 
ssudalarni berishni maʻqul koʻradi. 
Tijorat banklari sifatli kredit portfelini shakllantirish uchun avvalambor 
kreditlash jarayonini toʻgʻri va sifatli olib borishi zarur. 
Kreditlash jarayoni bir necha tamoyillar orqali amalga oshiriladi: 

maqsadlilik; 

taʻminlanganlik; 

muddatlilik; 

qaytarishlik; 

toʻlovlilik. 
Ushbu tamoyillar asosida kredit olmoqchi boʻlgan mijozlarga kredit paketi 
tayorlanadi va kredit olish mumkin yoki mumkin emasligi tahlil qilinadi. 
Yaxlit olib qaralganda, kredit siyosati tijorat bankining yagona kreditlash 
tizimini vujudga keltiradi desak xato boʻlmaydi. Chunki bu siyosat bank oʻsgan 
sari uni yangidan tashkil etiladigan boʻlinma va filiallariga bank faoliyatini, kredit 
vakolatlarini, burchlarini taqsimotida muhim ahamiyat kasb etadi. Aniq bir 
siyosatdan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan kredit siyosati bank krediti 
madaniyatini umumiy tarakkiyotini oʻzagini koʻrsatadi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish