Sug’urta tashkilotlarining chegiriladigan xarajatlariga quyidagilar kiradi: - 1) qayta sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha to’langan to’lov summalari;
- 2) avvalgi hisobot davrlarida shakllantirilgan sug’urta texnik zaxiralari o’sishining qayta sug’urta qiluvchilarning sug’urta zaxiralaridagi ulushi o’zgarishi hisobga olingan holdagi summasi;
- 3) sug’urta qilish va qayta sug’urta qilish majburiyatlari bo’yicha amalga oshirilgan hamda hisoblangan to’lov summalari;
- 4) fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq o’tgan yillardagi sug’urta hodisalari bo’yicha tugallanmagan to’lov summalari, shu jumladan da’vo muddati doirasidagi majburiyatlar summasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |