Sug’urta tashkilotlarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi: - 1) sug’urta qilish, birgalikda sug’urta qilish va qayta sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha sug’urta mukofotlari (badallari). Bunda birgalikda sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha sug’urta mukofotlari (badallari) sug’urtalovchining (birgalikda sug’urta qiluvchining) daromadlari tarkibiga faqat uning birgalikda sug’urta qilish shartnomasida belgilangan sug’urta mukofotidagi ulushi miqdorida qo’shiladi;
- 2) avvalgi hisobot davrlarida shakllantirilgan sug’urtaviy texnik zaxiralarni kamaytirishning (qaytarishning) qayta sug’urta qiluvchilarning sug’urta zaxiralaridagi ulushi o’zgarishi hisobga olingan holdagi summalari;
Do'stlaringiz bilan baham: |