Talab bo‘yicha narx egri chizig‘i.
Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi.
Monopsoniya mayda tovar
ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab bo‘yicha narx
qonunidan o‘ziga xos tarzda foydalanadi.
Ommaviy talab bo‘yicha narxning o‘zgarishi
quyidagi miqdoriy bog‘liqlikni
aks ettiradi: taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik katta bo‘lsa,
bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha, talabning kamayishi bilan
bozor narxi pasayib boradi.
Chizmadan ko‘rinadiki, tik o‘qda muayyan tovarlarga talab hajmining ko‘payib
borishi, yotiq o‘qda esa mahsulot birligiga bo‘lgan narx darajasining oshib borishi
aks ettirilgan. Talab bo‘yicha narx egri chizig‘i (R
1
R
2
) bozor narxining xaridorlarning
ommaviy talabiga bog‘liqligini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |