Resurslarning narxi.
Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o‘rtasida mustah-
kam o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga narxning oshishi
ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral
o‘g‘itlar narxining pasayishi bug‘doy taklifini oshiradi, yomg‘irlatib sug‘orish
xarajatlarining oshishi makkajo‘xori doni taklifini qisqartiradi.
2.
Ishlab chiqarish texnologiyasi.
Texnologiyalarning takomillashuvi mahsu-
lot birligini ancha samarali ishlab chiqarishga imkon beradi. Resurslarning mavjud
narxida ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va taklif ko‘payadi. Masalan, paxta
zararkunandalariga qarshi ancha samarali biologik usullarning yaratilishi paxta
tolasining miqdorini va sifatini, binobarin taklifini oshiradi.
69
Do'stlaringiz bilan baham: |