Samarqand davlat universiteti voris ahrorov menejment va marketing


 Boshqaruv uslublarining kommunikativ imkoniyatlari



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/77
Sana18.07.2022
Hajmi1,14 Mb.
#824573
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77
Bog'liq
33e6251e383d2a7e3c37cb88db94a0bb MENEJMENT VA MARKETING PSIXOLOGIYASI

4. Boshqaruv uslublarining kommunikativ imkoniyatlari. 
Rahbar avtoritar boshqaruv uslubini qo‘llar ekan, u tashkilotning 
rasmiy tizimini ta’minlashga asosiy e’tiborini qaratadi. Bu uslubda 
ma’lumot faqat vertikal yo‘llar orqali keladi, xodimning mas’uliyat 
chegarasi aniq bo‘lib, har qanday xato qattiq jazolanadi, shaxsiy 
munosabatlar iloji boricha rasmiy tus oladi va hissiyotga o‘rin qolmaydi.
Demokratik boshqaruv uslubida jamoadagi do‘stona munosabatlar 
rivojlanadi, rahbar guruh faolligi tarafdori, rasmiy tizimda shaxsiy 
manfaatlar xam nazarda tutilib, muloqot yuritishga keng yo‘l ochib 
beriladi. 
Liberal boshqaruv uslubida esa rahbar jamoadagi norasmiy tizimni 
rivojlantiradi va muvaffaqiyatga erishishda rasmiy, ma’muriy shakldan 
ko‘ra jamoaning norasmiy munosabatlari ustun qo‘yiladi. Tashkilotda 
yangi kommunikasiya tarmoqlari yaratilishiga keng yo‘l ochiladi va hatto 
bunday tashabbus ijobiy baholanadi. Xodimlar ish me’yorini o‘zlari 


63 
o‘rnatishadi va uning bajarilgani uchun o‘zlari mas’uldirlar. Xodimlar 
o‘rtasida hamkorlik munosabati ustun turadi. Jamoa tavakkalga 
mushohada bilan bemalol boradi, har qanday qiyin vazifani ham yengil 
bajaradi.
Yuqorida aytib o‘tilgan uch xil boshqaruv uslubi jamoada turlicha 
muhitni yaratadi. Avtoritar rahbarlik uslubida guruhda hokimlikka intilish 
namoyon bo‘ladi, mansabga ruju qo‘yiladi, demokratik uslubli jamoada 
xodim uni tan olishlarini, hurmat va obro‘ qozonishni istaydi va nihoyat, 
liberal uslubli jamoada muvaffaqiyatga erishish istagi ustun bo‘ladi.
Sanab o‘tilgan rahbarlik uslublari jamoadagi mehnat samarasi uchun 
turlicha asos yaratadi. Avtoritar uslub ta’siridagi jamoa doimo «tepadan» 
ko‘rsatma kutib yashaydi va tashabbus ko‘rsatolmaydi. Shuning uchun 
bunday guruh samarasi ham sust. Guruh a’zolarida ishdan ham, o‘zaro 
munosabatlardan ham qoniqish past darajada.
Demokratik rahbarlikka asoslangan jamoaning ish unumi o‘rta, ixtiro 
va tashabbuslar soni ham o‘rta me’yorda, guruh a’zolari ishdan va o‘zaro 
munosabatdan qoniqqan.
Liberal tamoyilga asoslangan jamoda esa unumdorlik yuqori, 
mehnatdan va o‘zaro munosabatdan qoniqish baland, xodimlar o‘zaro 
hamkorlikka boradi va yordam ko‘rsatishga doimo tayyor.
Ishlab chiqarish sohasidagi ba’zi tadqiqotlar natijasida boshqaruv 
uslubi va guruh samaradorligi o‘rtasida ham aloqa aniqlandi. Bunga 
binoan, avtoritarlik va demokratik boshqaruv uslubi guruh faoliyatining 
deyarli bir xil samarasini ta’minlaydi, ammo guruh a’zolari demokratik 
uslub qo‘llanganda ishdan ko‘proq qoniqadilar. Agar xodimning ishdan 
qoniqishi motivasiya omili sifatida qaralsa, bu juda ahamiyatli mezon 
ekanligi ko‘zga tashlanadi. 
Ko‘p adabiyotlarda an’anaviy uch rahbarlik uslubiga baho berishda 
liberal uslub eng samarasiz yoki boshqaruv maqsadlaridan uzoq turuvchi 
vosita deb, ta’rif beriladi. Ammo bunday fikrga jiddiy e’tirozlar bildirish 
mumkin. Tajriba va kuzatishlarning ko‘rsatishicha, liberal boshqaruv 
uslubi ayrim hollarda samarali natijaga olib keluvchi vositaga aylanishi 
mumkin. Agar rahbar ataylab va ongli ravishda liberal uslubni tanlasa, 
ongli ravishda xodimga mas’uliyatni o‘ziga olish imkonini bersa, bu 
xodim xulqini jamoa orqali boshqarish kabi yuksak mahorat belgisi 
bo‘lishi mumkin. Agar o‘xshatish qilsak, avtoritar boshqaruvda rahbar 
faqat o‘z o‘rinbosarlari bilan muloqotda bo‘ladi va ma’muriy choralar 
bilan cheklanib qoladi, demokratik boshqarishda rahbarning jamoa bilan 
bevosita munosabat o‘rnatishi kuzatiladi. Liberal uslub esa xodimni, 


64 
jamoani jonlantirish orqali boshqarish demakdir. Liberal uslubda xodim 
rahbar ketidan emas, balki jamoa orqasidan boradi va guruhga mos 
kelishga intiladi.
Jamoa faolligi korxona maqsadlariga mos ravishda borayotgan 
sharoitda, mas’uliyatni o‘ziga olib tashabbus ko‘rsatayotgan paytda guruh 
faoliyatiga aralashmaslik va xodimni guruh hayoti og‘ushiga kiritib 
qo‘yish, balki eng maqbul boshqaruv bo‘lib hisoblanadi. Ongli ravishda 
olib borilgan liberal boshqaruv uslubi o‘ta murakkab bo‘lib, bu jarayonda 
rahbar maqbul yo‘l tanlanishida barcha faollikni jamoaga topshiradi, 
rahbarning vazifasi to‘g‘ri maqsadni ko‘rsatib berishi emas, balki shu 
maqsad guruh tomonidan tanlanishi uchun sharoit yaratishdan iborat 
bo‘ladi. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish