Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/170
Sana31.01.2023
Hajmi1,88 Mb.
#905685
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   170
Bog'liq
d1c0a909228ef2039cb1a023dfc722fd IQTISODIY TA`LIMOTLAR TARIXI

Predmet va uslub
. Smit tadqiqotlari predmeti, aloxida sohani ajratmasdan 
butun ishlab chiqarish sohasini qamrab oldi.
Metodologiya sohasida esa, Smit tabiiy tartib g`oyasi tarafdori bo`lib, bunda 
u o`z davri falsafasidan mavjud bo`lgan tabiiy tartib shaklinini qabul qilgan. 
Masalan, frantsuz faylasufi Gel`vetsiy asarlarida, Smitt notirik tabiatga nisbatan 
butun dunyo harakatlanishi qonuniyati bilan bog`liq insonning daromad olishga 
nisbatan tabiiy harakatida Yangi etika qurilishini aytib o`tilgan edi. Mazkur 
g`oyalarni iqtisodiyotga nisbatan qo`llab rivojlantirar ekan, Smit insnolarning 
iqtisodiyotdagi sof harakatlarini sof tavsiflovchi «iqtisodiy inson» abstraktsiyasini 
yaratdi. Smit fikricha iqtisodiy inson, faqatgina daromad olishga harakat qilib, o`z 
- o`zidan xudbin bo`lib chiqadi, aynan xudbin inson tabiatidan almashish kelib 
chiqadi, zero u hech – qachon, hech kimga hech narsa sovg`a qilmaydi, va biror 
narsani beradigan bo`lsa, o`sha narsaga mos boshqa predmetni talab qiladi. 
Smitning fikricha, almashinish faqatgina inson tabiatida mavjud bo`lib, 
aynan Shu xislati bilan inson hayvonlardan ajralib turadi. Uning fikricha «Hech 
kim, hech qachon mo„ayyan it, boshqa it bilan o`z suyagini almashganini ko`rgan 
emas». Shunday qilib, almashinuv bozor iqtisodiyoti, Smit fikricha, inson uchun 
tabiiy holdir. 
Smitning yana bir metodologik toifasi, «ko`rimsiz qo`l» nazariyasi edi. 
Inson faqatgina o`z manfaatlari doirasida harakat qiladi, - deb yozgan edi u, ammo 
Shu bilan birgalikda ko`rimsiz qo`l tomonidan mo„ayyan maqsad sari etaklanadi, 


50 
va gohida o`z oldiga qo`ymagan maqsadlariga ham erishadi. Shunday qilib, 
Smitning ko`rinmas qo`li, bu ob`ektiv iqtisodiy qonuniyatlar bo`lib, bu 
qonuniyatlar inson tafakkuri va irodasidan tashqari erkin, mustaqil ravishda 
harakat qiladi. 
«Ko`rinmas qo`l» tushunchasini “iqtisodiy inson” bilan bog`lagan holda, 
inson o`z shaxsiy manfaatlarini ko`zlagan holda, o`zi bilmay turib jamiyat uchun 
xizmat qiladi, va bu holat, uning “ko`rinmas qo`l” tomonidan boshqarilishi 
paytidanda yaxshiroq bo`ladi. 
Smit fikricha bu holat, ko`rinmas qo`l sharoitlarida inson bor - yo`g`i 
shaxsiy manfaatini qondiradi, va Shu sababli yaxshi ishlaydi (avvalambor o`zi 
uchun, ammo Shu bilan birgalikda jamiyat uchun ham). Davlatning ko`rinadigan 
qo`li harakati sharoitlarida esa, inson shaxsiy manfaatiga zid bo`lishi mumkin 
bo`lgan buyruqni oladi va bajaradi, demakki, istar - istamas mehnat qiladi. 
Shunday qilib, Smit, davlat iqtisodiyotga aralashishida erkinlik kontseptsiyasini 
asoslab bergan. Bu kontseptsiya keyinchalik “iqtisodiy liberalizm” kontseptsiyasi 
nomini oldi. Aynan mana Shu kontseptsiya XIX asr boshida keng tarqalib, XX 
asrning 30- yillari o`rtalarigacha davom etib, dastlab mumtoz, keyin esa 
neomumtoz iqtisodiy nazariyada amal qildi.
Boylik
. Smit fikricha boylik ishlab chiqarish sohasida yaratilgan 
mahsulotdir. Shu sababli boylikni oshishining asosiy omillari, ishchilar soni va 
ishlab – chiqarish xajmini oshishidir. Birinchi omilni u juda muhim deb hisoblaydi. 
Buning isboti sifatida axolisi ko`p ammo kambag`al mamlakatlarni misol keltirgan. 
Shuni ham e`tiborga olish kerakki, Smit yashagan davrlarda ishlab chiqarish xajmi 
faqatgina manufakturada mehnat taqsimoti hisobiga oshar edi. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish