25
III-BOB. MERKANTILIZM IQTISODIY TA‟LIMOTINING MOHIYATI
VA AHAMIYATI
3.1. Merkantilizm shakllanish davri tavsifi
Evropa davlatlarida iqtisodiy hayotning faollaShuvi XII-XIII asrlarda aholi
soni oshishi, savdoning rivojlanishi va yo`llar xavfsizligi o`sishi sababli amalga
oshgan. Asta - sekinlik bilan tashqi savdo aloqalari ko`payib, savdo aylanmasi
ishlab chiqarish quvvati o`sishiga asos yaratib berdi. Buning natijasida kemasozlik
rivojlanib borgan. Ammo XV asrda mazkur jarayon Yangi sifatga ega bo`ldi.
Buyuk jug`rofiy kashfiyotlar davri boshlandi.
Yangi yer va bozorlarni izlash birinchi navbatda
qimmatbaho metallarning
keskin tanqisligi bilan bog`liq bo`lgan, Chunki o`sha davrlarda qimmatbaho
metallar mablag` rolini o`ynagan. Mazkur tanqislik, savdo operatsiyalari o`sishi
sababli yuzaga kelgan. Bundan tashqari, evropa davlatlari Hindistonga Yangi
dengiz yo`llarini axtarish bilan ovora bo`lishgan, zero Hindiston o`sha davrlarda
ziravorlar manbai edi.
Suriya va kichik osiyo orqali, Sharqqa olib boruvchi
quruqlik yo`llari, yagona yo`llar bo`lib, Venetsiya savdogarlari tomonidan nazorat
etilgan. Boshqa mamlakatlar, (Ispaniya, Portugaliya, keyinchalik esa Angliya) bu
kabi tashqi savdo aloqalaridan chetlashtirilgan.
Quruqlik yo`llari orqali savdo, ko`plab miqdordagi dallollar orqali amalga
oshirilib, bu holatda tovar narxlari keskin ko`tarilishiga sabab bo`lgan. Hindistonga
etib olishning
Yangi imkoniyatlarini axtarish, afrika qirg`oqlari bo`ylab dengiz
yo`llarini o`zlashtirilishiga olib kelindi. Yer aylana ekanligi haqidagi g`oya
tiklanishi natijasida esa, G`arbga qarab ekspedlitsiya tashkillashtirilishiga, hamda
Amerikaning ochilishiga olib keldi. Oqibatda XVI-XVII asrlar davomida,
Yangidan Yangi hududlar o`zlashtirilib, Yangi savdo
aloqalari tashkil topdi -
Ispaniya - Peru va Meksika, Angliya va Frantsiya - Shimoliy Amerika, Rossiya -
SHimoliy Osiyo.
Tashqi savdodagi muvaffaqiyatlar, Evropa tuzilishini o`zgartirib yubordi.
Yangi erlardan olib kelinayotgan qimmatbaho metallar oqimi, ilk inflyatsiyaga olib
kelib, buning oqibatida narxlar inqilobi yuzaga keldi. Narxlar XVI asrning 30-
yillaridan oxirigacha 2-4 baravarga oshdi. Savdo aylanmasi va savdo daromadlari
o`sib borib, kapital jamg`arilishining faol jarayoni boshlandi, va oqibatda natural
ishlab
chiqarishning, tovar ishlab chiqarilishiga o`zgartirilishi maqsadida uni
modernizatsiya etilishi kuzatildi. Manufakturalar yuzaga kelib, yarim natural
xo`jalik ehtiyojlariga muvofiq ravishda ishlab chiqarish o`sib bordi.
Ushbu davrda Evropa mamlkatlarining, siyosiy tuzilishi ham o`zgardi.
Markazlashgan davlatlar shakllanishi boshlandi. Tashqi va ichki savdo hajmi
o`sishi, mamlakat ichidagi tarqoq hududlar integratsiyasi
uchun iqtisodiy asos
26
yaratdi. Kommunikatsiya vositalari yaxshilanib bordi. Shu bilan birgalikda,
savdogarlar feodallarga qarshi yakka hukmronlik uchun qirollarni qo`llab -
quvvatlay boshlashdi. Ular savdo rivojlanishidan manfaatdor bo`lib, buning uchun
ko`plab alohida feodal hukmdorlar orasidagi bojxona chegaralarini echish
lozimligini tushunib etishdi. Soliq qonunchiligi birlashtirilgan holda tadbiq etila
boshlandi. Mazkur o`zgarishlarning barchasi, faqatgina yagona,
markazlashgan
hukmronlik sharotidagina yuzaga kelishi mumkin edi.
Savdogarlarning ijtimoiy mavqei ham o`sishni boshladi. O`zlarini qo`llab -
quvvatlash savdogarlar turli savdo ekspeditsiyalarida tashkillashtirish uchun
g`aznadan mablag` olib, buning natijasida siyosiy va harbiy qo`llab -
quvvatlashlarga, hamda Yangidan Yangi savdo urushlari va kolonial bosqichlari
uchun mo„ayyan kuchga ega bo`lishdi.
Shuningdek mazkur davrda, intellektual hayotda ham turli muhim
o`zgarishlar yuz berdi. Fanning teologiyadan erkinlashishi uchun kurash boshlandi.
Eksperimental fan rivojlana boshladi. Oqibatda, birinchi amaliy natijalar olinib, bu
natijalar, dunyo boshqaruvida inson tafakkuri nihoyatda yuksak kuchga ega
bo`lganligiga amin bo`lindi.
Falsafada ham, fikrlashning teologik an`analaridan
erkin bo`lish uchun kurash boshlandi. Tahlilning al`ternativ usullari shakllandi,
ya`ni abstrakt fikrlarga tayanadigan imperik fikrlashdan, tajribaga o`tildi. Xususan,
Yangi usul rivojlanishiga katta hissani ingliz faylasufi Frensis Bekon kiritdi (1561-
1626).
Umuman olganda, fan va fikrlash amaliy tavsifga ega bo`lib, turli abstrakt
toifalar asosidagi tadqiqotlardan voz kechdi, va kundalik masalalrni echishga
e`tiborni qaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: