Samarqand davlat universiteti tasdiqlayman



Download 3,22 Mb.
bet81/197
Sana27.05.2023
Hajmi3,22 Mb.
#944902
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   197
Tashkilot turlari

Normativ

Voluntorlik asosida umumiy qiziqishlar, nimadandir qoniqish xissini xosil qilish uchun yoki pristijga erishish uchun uchun tashkil etilgan tashkilot.

Majburiy

SHaxslarni majburiylik prinsiplari asosida bir tashkilotga umumiy tarzda, majburan tashkil topgan tashkilot. Masalan, qamoqxona

Utilitar

Voluntyorlik asosida birlashadigan va a`zolar birlashushidan ular xohlagan materiallarni oladigan tashkilot50



  1. Diana Kendall. Sociology in Our Times: The Essentials, Tenth Edition Cengage Learning USA 2016 152

2. Zamonaviy ilmiy adabiyotda tashkilotning ko’pgina ta`riflari mavjud bo’lib, odatda ularning orasidan maqsadga erishishga yo’naltirilgan tizimlar yoki ratsional tizimlar sifatida tashkilotlarning kontseptsiyalari ajratib olinadi. Tashkilot nazariyasini aniqlashda to’rta asosiy yo’nalishni ajratish mumkin:
1. Boshqaruvning zamonaviy amerikacha nazariyasi asoschilaridan biri CH.Barnard ning nuqtai nazariga muvofiq tarzda tashkilot - bu boshqa ijtimoiy guruhlardan ongliligi, afzalligi va maqsadga yo’naltirilganligi bilan ajralib turuvchi kishilar kooperatsiyasidir. Barnard va uning davomchilari asosan kishilarning hamkorlikdagi harakati, ularning kooperatsiyasi, keyin esa maqsadlarga erishish zaruratini ko’rib chiqganlar.
2. Boshqa yo’nalishni tashkilot nazariyotchilari D.Marcha va G.Saymonlarning nuqtai nazarlari yaxshiroq tavsiflaydi, unga ko’ra tashkilot – bu jamiyatda kengroq tarqalgan hisoblanuvchi va markaziy muvofiqlashtirish tizimiga ega bo’lgan o’zaro ta`sirlashuvchi shaxslarning hamjamiyati. Tashkilot ichidagi har qanday muvoflashtirish va tuzilmalarning o’ziga xosligi uni uyushmagan shaxslar orasida diffuziyali va yo’lga qo’yilmagan aloqalardan farqlaydi. Bularning barchasi tashkilotga alohida biologik organizm bilan o’xshashlikni beradi.
3. Amerikalik sotsiologlar P.Blau va U.Skott tashkilotni ta`riflashda uchinchi yo’nalishni taqdim etadilar. Bu ta`rifda ularning fikriga ko’ra asosiy hisoblangan yuzaga kelgan tashkilotning tavsifi ko’rsatiladi- u o’ziga xos maqsadlarga erishish uchun rasmiylashtirilgan, ya`ni rasmiy tuzilmaga ega bo’lishi lozim.
4. Tashkilotlar tadqiqotchisi amerikalik A.Ettsionining fikriga binoan, tashkilot – bu ongli ravishda tashkilotga ongli tarzda a`zo bo’lishni va uning a`zolarining ongli harakatlarini tavsiflovchi o’ziga xos maqsadlariga erishish uchun loyihalashtirilgan va qayta loyihalashtirilgan ijtimoiy birlashmalardir (yoki kishilar guruhi).
Tashkilotni ta`riflashdagi ushbu to’rt yo’nalishning tahlili tashkilotlarni boshqa ijtimoiy guruhlardan farqlovchi ikki o’ziga xos tomonlarini ajratib ko’rsatish imkonini beradi.
Birinchidan, tashkilotlar - bu avvalambor o’zaro bog’liq va o’ziga xos maqsadlarga erishishga mo’ljallangan ijtimoiy guruhlardir. Har bir tashkilot uning a`zolarining harakatlari ma`lum ma`noda tashkilot uchun inson faoliyatining ma`lum sohasidagi umumiy natijalariga erishish uchun muvofiqlashtirilgani bilan maqsadga muvofiqdir. Jumladan, korxona muayyan mahsulotni chiqarishni ta`minlash, siyosiy partiyalar - siyosiy dasturlarni amalga oshirish, kasalxonalar - bemorlarni davolash uchun amal qiladi.
Ikkinchidan, tashkilotlar- ichki tarkibini yuqori darajada rasmiylashtirish xos bo’lgan shunday guruhlarki, u erda qoidalar, reglamentlash, tartiblashtirish deyarli tashkilot a`zolarining barcha xulq-atvor sohasi qamrab olingan. Bu qoidalar aniq va ravshan ifodalangan va barcha muhim aloqalarniqamrab oladi, tashkilot tarkibida qanday o’rinni egallab turishlaridan qat`iy nazar muhim harakatlarni belgilab beradi. Direktor, uning o’rinbosarlari va yordamchilari yoki oddiy ijrochilar ularning majburiyatlarini belgilovchi, xizmatdagi o’zaro munosabat va shaxsiy sifatlaridan qat`iy nazar muomala qoidalariga bo’ysunadilar.
Sanab o’tilgan o’ziga xos tomonlari asosida tashkilotga quyidagi ta`rifni berish mumkin: Tashkilot – bu o’zaro bog’liq maqsadlarga erishish va mehnatni taqsimlash yoki ixtisoslashtirish asosida yuqori tarzda rasmiylashtirilgan tuzilmalarni shakllantirishga mo’ljallangan ijtimoiy guruhlardir.
Formal tashkilot bu shunday mexanizmki, u odamlarni, resurslarni va texnologiyalarni bir maqsad yo’lida birga birlashtiradagan, maqsadga erishish uchun hatti-xarakatlarni amalga omiradigan kishilar guruhi
Formal tashkilot (formal organization) bu shunday mexanizmki, u odamlarni, resurslarni va texnologiyalarni bir maqsad yo’lida birga birlashtiradagan, va muofiqlashtiradigan kishilar birlashmasi.
Ikkilamchi guruh (Secondary groups) ikki va undan ortiq odamlarning bir maqsadga erishish uchun o’zoro hatti-harakatini muofiqlashtiruvchi kishilar guruhi. Ikkilamchi guruxda ma`lum bir vazifani bajarish uchunchina sotsial munosabatlar shakllanadi.
Volyuntarlik tashkilotlari (Voluntary organizations) formal tashkilot bo’lib, unda kishilar ma`lum vaqt davomida o’zoro qiziqishlar, talant, ehtiyojlar asosida nomoddiy maqsadlarga erishish uchun uyuushgan kishilar birligi
Majburiy tashkilotlar (Coercive organizations) formal tashkilot bo’lib, unda kishilar tanlash ixtiyorisiz majburiy ravishda sotsializatsiya va re sotsializatsiya maqsadida yoki deviant yorlig’idagi kishalarni davolash maqsadida majburiy ravishda uyushtirilgan tashkilot51
3. Bunday faoliyat turi faqat insonga xos emas. YUz minglab hasharotlardan iborat termitlarning katta hamjamiyati tashkiliy hayotga juda yorqin misoldir. Termitlar inidagi hayot (masalan, Markaziy Afrikada) yaxshi tashkil etilganligi bilan farq qiladi-har bir hasharot ma`lum vazifani bajaradi (faoliyat turi). Bajariladigan vazifalariga ko’ra termitlar askar, ishchi, o’ljani tashuvchilar, avlodni davom ettiruvchilar va h.k.larga bo’linadi.
Alohida termit nafaqat boshqa vazifalar elementlarini bajarishi, balki o’z vazifalarini amalga oshirgandan so’ng ham boshqa hasharotlar tomonidan albatta o’ldiriladi. Bir hasharotning termitlar inidagi mavjudligi ahamiyatga ega emas. Termitlar inidagi hayot va mavjudlik faqat umumiylik sifatida muhim. Termitlar inidagi turmushning asosi har bir hasharotning hamjamiyat uchun hayot kechirishi hisoblanadi. Aytish mumkinki, termitlar inidagi tashkiliy hayot juda g’alati. Ijtimoiy hamjamiyat ko’rinishidagi qat`iyligi kam tashkiliy tuzum hayvonot olamining boshqa vakillari-qushlarning ba`zi turlari, primatlar va hokazolarda kuzatiladi.
Hayvonlar hamjamiyatidagi tashkiliy hayot farqli xususiyatga ega: hamjamiyat har bir a`zosi bajaradigan vazifa instinkt tarzida, noratsional yuz beradi, roli o’rganilmaydi, chunki har qanday harakat har bir hasharotda genetik ravishda tug’madir. Masalan, to’dadagi eng kuchli erkak maymun tabiiy ravishda zimmasiga etachi vazifasini oladi, zaifroq to’da a`zolari unga o’z-o’zidan bo’ysunadilar va hokazo.
Insonlar esa o’z hayotlarini avvaldan unumli, ya`ni qo’yilgan maqsadga muvofiq tashkil etadilar. Har bir inson ongida vaziyatning istalgan timsolini yaratadi va uni amalga oshirishga intiladi. SHunday qilib, inson birlashmalari asosida bu birlashmalar a`zolari ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikdagi harakat zarurati tushunchasi yotadi.
4. Tabiiy tashkilotlar. Har bir inson o’z ehtiyojlari va imkoniyatlarini qiyoslaydi, bunda imkoniyatlar ko’pincha noaniq va qiyin amalga oshiriladi. Inson natija va unga erishsh usullarini tasavvur etishga qodir. Ko’pincha maqsadga erishish bir necha yoki ko’pgina kishilarning birgalikdagi harakatidan foydalanishga asoslangan, chunki ehtiyojlarning ko’pchiligini bir kishi boshqa shaxslar ishtirokisiz amalga oshira olmaydi.
Ibtidoiy jamoa davridayoq, kishilar faoliyati turli-tumanligi (baliqchilik va ovchilik)bilan farqlanmasa-da, kundalik amaliyot jarayonida qabila yashab ketishi uchun kuchlarni birlashtirishga ehtiyoj mavjudligi tan olindi. Bu ehtiyojni amalga oshirish uchun ijtimoiy uyushmalar shakllana boshladi.
Aytish mumkinki, ijtimoiy hayot kishilar orasidagi uyushmalarda namoyon bo’ladi. Ular turli ishlarni amalga oshirish, urush, savdoda ishtirok etish yordam ko’rsatish va hokazolar uchun birlashadilar. Ijtimoiy uyushmalar-avvalo kishilar orasidagi ijtimoiy aloqalar bo’lib, unda qaror qabul qilish uchun asos hisoblangan manfaatlar aks etadi. Ma`lumki, ijtimoiy aloqalar kishilarning birlashishlari jarayonida, ularning hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishlarida yuzaga keladi.
Buyuk sotsiolog G.. Zimmel’ shunday yozgan edi: ... ijtimoiy uyushmalar turli shakllarga ega bo’lib, ular ijtimoiy birlashmalarni tashkil etishga undovchi shaxslarning turli-tuman manfaatlari yordamida aniqlanadi. Mazkur shaxslar bu birlashmalarda o’z manfaatlarini turli usullar yordamida, ya`ni xissiy yoki ideal, tez yoki sekin, ongli yoki ongsiz ravishda amalga oshiradilar». Aytish mumkinki, ijtimoiy uyushmalar kishilarning birgalikdagi faoliyatida rejalashtirilmagan mahsulotni namoyon etadi.
Ijtimoiy uyushmalar kishilar faoliyatining nisbatan muhim sohalarida asta-sekin ichki tomondan tashkiliylashadi, quyidagi asosiy belgilarning yuzaga kelishi bundan dalolat beradi:

  1. Umumiy mehnat taqsimoti yuzaga keladi va rivojlanadi. Uyushma a`zolarining majburiyatlarni oqilona taqsimlashi, ya`ni uyushmaning har bir a`zosi o’z ishini umumiy maqsadga erishish uchun fidoiylik bilan qobiliyati, shaxsiy layoqati, bilim va ko’nikmalarini namoyish etgan holda bajarishga intilishini dastlabki umumiy mehnat taqsimotining muhim sabablaridan biri deb hisoblash mumkin.

  1. Uyushma a`zolari nafaqat umumiy maqsadni his etgan holda, kelgusi natijani tasavvur etadilar, balki ishlarning umumiy maydonini yarata boshlaydilar va aniq vaziyatda bu natijaga erishishning qulay usullarini ishlab chiqadilar.

  1. Uyushmalarda ba`zan muvofiqlashtiruvchi idoralar yuzaga kelib, ular umumiy maqsadga erishish uchun boshqaruv ta`siri asosida uyushma a`zolarining harakatlarini birlashtirishi mumkin. Bunday boshqaruv idorasi yordamida harakatlarning maqsadga yo’naltirilganligi va amaldagi ijtimoiy uyushmaning faoliyati birligi ta`minlanadi.

Jamiyatda bunday guruhlarning tabiiy tashkil topishi insoniyat rivojlanishining ibtidosidayoq yuz bergan. Masalan, yirik hayvon ovi quyidagicha amalga oshirilgan:

  1. ovning har bir ishtirokchisi umumiy natija uchun harakat qilgan, ya`ni bunday faoliyatning hamma ishtirokchilari anglagan va zarur deb tan olgan umumiy maqsad mavjud edi;

  1. ovning har bir ishtirokchisi mazkur faoliyatda o’z o’rnini bilgan va unga avvaldan tayyorlangan. SHu tarzda, nisbatan epchillar hayvonni quvganlar, nisbatan kuchlilar jonivorlarni o’ldirganlar, nisbatan zaiflar hayvonni kuzatganlar va o’ljaga ishlov berganlar;

  1. jamoa yoki qabila shaxsiy tajribasi yoki qabila a`zolari hurmati tufayli ov jarayonini boshqara oluvchi, ya`ni muvofiqlashtiruvchi idora sifatida ishtirok etuvchi vakilni saylagan.

Sun`iy tashkilotlar. An`anaviy urug’-qabila jamiyatidan murakkab davlat tuzilmalariga o’tish inson faoliyatining uzoq muddatli maqsadlarga erishishni ko’zlovchi qat`iy tashkiliy aloqalar va barqaror tashkiliy guruhlar yaratishni talab etuvchi qator sohalari yuzaga kelishi bilan bog’liq. Bu ehtiyoj sun`iy tashkilotlar yuzaga kelishida namoyon bo’ldi.
Sun`iy tashkilot ma`lum rejaga muvofiq, ma`lum maqsadga erishish uchun tashkil etilgan va ichki aloqalarning qat`iyligi, tashqi ta`sirga nisbatan mustahkamligi bilan xarakterlanuvchi aloqalar tizimi va ijtimoiy rollarni aks ettiradi.
Ta`kidlash joizki, sun`iy tashkilotlarning yuzaga kelishi va keyingi rivoji tashkiliy hayotning tabiiy shakllari to’liq yo’qolib ketishini anglatmagan. Hozirgi sharoitda tashkilotning tabiiy shakllari saqlanib qolishini rasmiy qoidalar tashkiliy tuzilma faoliyati jarayonida yuzaga keluvchi vaziyatlarning hammasini qamrab ololmasligi bilan izohlash mumkin.
5. Tashkilot nazariyasi paydo bo’lishining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari. Ijtimoiy hayotning ba`zi tomonlarining yuzaga kelgan tashkiliy tuzilma shakllari nisbatan uzoq vaqt o’zgarmagan. Bu ko’p hollarda moddiy ishlab chiqarish sohasiga tashkiliy birlashmalarda ehtiyoj mavjud bo’lmaganligini anglatadi. U davrda yagona, beqiyos tovarlar va xizmatlarni hunarmandlar sulolasi ishlab chiqargan, boshqa zaruriy mahsulotlarni esa, bevosita iqtisodiy, jismoniy yoki boshqa majburiyat turlari yordamida majburiy mehnat asosida ishlab chiqarganlar. Lekin ikkala holatda mahsulot va xizmatlarni: yuqori unumdorlik va yuqori sifat ommaviy ishlab chiqarishga asosiy talablar qondirilmagan. Agar hunarmandlikda sifatli mahsulotlarni yaratish mumkin bo’lsa-yu, leki nyuqori unumdorlikka erishilmasa, u holda majburiy mehnat asosidagi ishlab chiqarishda yuqori sifatli mahsulo ishlab chiqarish mushkul (majbur qilingan ishchi toshlarni tashishi yoki kanallar qazishi mumkin, lekin u sifatni oshirishda to’siq hisoblanadi).
Faqatgina paydo bo’lgan raqobat va unumliroq ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish istagi nisbatan takomillashgan tashkiliy tuzilmani yaratishga intilishni yuzaga keltirdi.
XVIII asr o’rtalaridan va XIX asr boshlarigacha katta miqdordagi raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishga mo’ljallangan ko’p sonli korxonalar paydo bo’ldi.
Amerikalik muhandis va olim F.U.. Teylorni ilmiy boshqaruvning mumtoz nazariyalari asoschisi deb hisoblaydilar uning nomi bilan tashkilotlar nazarisidagi yo’nalish-«teylorizm» deb nomlangan. «Muvofiqlashtirish», «integratsiya» va «nazorat» ushbu yo’nalishning shiori bo’ldi. Teylorizmning davomchilari, ishlab chiqarish operatsiyalarini maksimal tarzda engillashtirishda, mehnatga ishbay haq to’lashni joriy qilish yo’li bilan rag’batlantirish tizimini yo’lga qo’yishda va mehnat xavfsizligini ta`minlashdan iborat bo’lgan ishchilarning muammolarini hal etishga alohida e`tibo qaratdilar. Teylorizmning asosiy tamoyilari quyidagilar sanaladi:
- tashkilotning har qanday a`zosi faoliyatining har bir unsuriga ilmiy yondashuvni tatbiq etish, ishlab chiqarish operatsiyalarini takomillashtirishda nisbatan oqilona, qulay usullarni izlash;
- ishchilarning ilmiy asoslangan tanlovi va o’qitilishi;
- avvalambor mehnatga haq to’lashning ishbay tizimi asosida mehnatni rag’batlantirishda namoyon bo’ladigan boshqaruvchi va ishchi orasidagi o’zaro ta`sir.

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish