2. Sotsial birdamlik tushunchasi sotsial munosabatlar tizimida muhim o’rin tutadi. CHunki birdamlik - bu ko’pgina ma`naviy omillarning majmuasidan tashkil topgan sotsiologik kategoriya bo’lib, u ijtimoiy hayotda faoliyat ko’satayotgan insonlarning ijtimoiy taraqqiyot masalalarini hal qilishlaridagi hamkorligining ko’rinishidir. Avvalom bor shuni ta`kidlab o’tishimiz joizki, sotsiologiya faniga bu termin sotsial jipslashuvni bildiradigan tushuncha sifatida birinchi bo’lib O.Kont tomonidan kiritilgan edi. Bu muammoga ko’gina mutafakkilar o’zlarining keng etiborlarini qaratganlar. Ayniqsa e.Dyurkgeym, G.Spenserlar bu muammoni chuqur tahlil qilganlar, lekin ular o’z tadqiqotlarini turli xil yo’nalishlarda olib borganlar. e.Dyurkgeymning fikricha, sotsial birdamlik, bu axloqiy printsip va oliy universal qadriyat bo’lib, u jamiyatning har bir a`zosi tomonidan tan olinadi.
E.Dyurkgeymning ta`kidlashicha,industralizatsiya tufayli jamiyatning ko’rinishi ham o’zgardi va bu kishilarda uning imkoniyatlariga nisbatan ishonchsizlikni paydo qildi. e.Dyurkgeymning fikricha, jamiyat hayoti uchun eng muhimi bu –sotsial birdamlikdir. O’zining klassik asar bo’lmish – “O’z joniga qasd qilish”da shuni aniqladiki, bu salbiy hodisaning asosiy sababi bo’lib sotsial birdamlik tuyg’ularini kamayishi xizmat qiladi. Katolitsizmdan farqli o’laroq, protestant mazhabida individualizmga aktsent qaratish anomiyani rivojlanishiga jiddiy turtki berdi. SHuning uchun bu mashabda o’z joniga qasd qilish ko’payib ketdi.
O’zining boshqa bir asari – “Ijtimoiy mehnatning taqsimoti”da u shunday holatni ta`kidlaydi: industrial’gacha bo’lgan jamiyatda sotsial birdamlik jamiyatning mexanik xissiyotlari, ayniqsa diniy mansublik va uning tuyg’ulari asosida ta`minlangan. Bunday jamiyatda kishilar universal bo’lishi, barcha kerakli nasalarni o’zlari yaratishgan:oziq-ovqat etishrish, mehnat qo’llari va kiyim-kechak ishlab chiqarish kabilarni. SHuning uchun ular jamoaviylikka mansub bo’lishgan va o’z tuyg’ulari bilan o’zaro bahamlashishgan.
Sanoatlashgan jamiyatda u ijtimoiylashuvning muqarrarligini xis qiladi. endi kishilar tor sohalarga ixtisoslasha boradilar. Bu ixtisosliklar dinga ham ta`sir ko’rsata boshlaydi. Sanoatlashish asosida rivojlangan jamiyatlarda din endi kichik jihatlarda namoyon bo’la boshlaydi va kichik bo’laklarga:uy, oila, ish kabilarga ajralib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |