Sotsial institutlar tizimi.Institutlarning xilma-xilligi:
1. Norasmiyijtimoiy institutlar. Misol: do’stlik
• etarli darajada aniq belgilangan
• nazorat va sanktsiyaning alohida shakllari (ranjish, janjal, ajralish va hokazo),
2) Rasmiyijtimoiy institutlar.
• rasmiy tarzda shartlashilgan qoidalar, qonunlar, reglamentlar, nizomlar (+ «yozilmagan me`yorlar») asosida o’zaro aloqa qilish.
Sotsial institutlar bir-biridan o’zining funktsional sifatlari bilan farq qiladi:
Iqtisodiy-ijtimoiy institutlar – mulk, ayirboshlash, pullar, banklar, turli tipdagi xo’jalik birlashmalari – iqtisodiy hayotni ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan birlashtirgan holda ijtimoiy boylikni ishlab chiqarish va taqsimlashning butun yig’indisini ta`minlaydi.
Iqtisod kishilarni o’z moddiy extiyojlarini qondirishga taalluqli bo’lgan institutdir. Bu mamlakatning anglangan iqtisodiy tizimini bildiradi. Ushbu institut o’zida ishlab chiqarish, ayirbosh, taqsimot va tovarlar hamda xizmatlarni mujassamlashtiradi. Ushbu iqtisod texnologik evolyutsiya, tarix, sotsial tashkilot, shuningdek, geografiya, tabiiy qazilmalar, ekalogiya kabi sohalarni qamrab oladigan jarayonning yakuniy natijasi bo’lib gavdalanadi. Ushbu omillar iqtisod faoliyat ko’rsatadigan parametrning konteksti, mazmuni va sharoitlarini belgilab beradi.
Qachonki, kimdir tovar ishlab chiqarishi yoki xizmat ko’rsatishi mumkin ekan, o’sha erda qandaydir iqtisod mavjud bo’lgan va jamiyat rivojlanib borgan. Qadimgi iqtisod asosan natural’ ho’jalik shaklida faoliyat ko’rsatgan. Geradot va zamonaviy olimlarning fikricha, lidiyaliklar birinchilardan bo’lib oltin va kumush tangalardan foydalanishgan. Mazkur tangalar eramizdan oldingi 650-600 yillarda zarb etilgan.
Ko’pchilik insonlar uchun tovarlarni almashtirish sotsial munosabatlar orqali amalga oshirilgan. Ayrim savdogarlar bozor maydonlarida tovar alamashtirishgan. Vavilon ahli va ularning davlatiga chagaradosh qo’shnilari bugungi kundagi iqtisodiy nazariyalarga mos keladigan g’oyalarni ishlab chiqishgan. Ular birinchilardan bo’lib kodlashtirilgan huquqiy va ma`muriy tizimni ishlab chiqdilar va uning elementlari sifatida sud, turma va hukumat hujjatlarini ilova qilishdi.
O’rta asrlar iqtisodi kun kechirishning minimumida uzoq bo’lmagan. Asariyat ayrboshlar guruhning ichida sodir bo’lgan. Buning ustiga buyuk iste`lochilar venchur kapitalni saviyasini ko’tarib, boshqalarning erlarini egallab olishdi. Kapital investitsiyani investorga tovarlar ko’rinishida qaytarilsa, unda erlar egalariga qaytarib berilgan.
Kapitalizm iqtisodiy va sotsial tizim bo’lib, unda kapital, ishlab chiqarish va ishlab chiqarish vositalari xususiy sektor tomonidan nazorat qilinadi. Ishchi kuchi tovar sifatida mehnat bozorida harid qilinadi. Olingan foyda esa mulkdor, yoki texnologiya va ishlab chiqarishga mablag’ qo’yganlar tomonidan tasarruf qilinadi. Mehnat haqi esa bajarilgan ish uchun to’lanadi.42
2) Siyosiy institutlar – davlat, partiyalar, kasaba uyushmalari va siyosiy hokimiyatning muayyan shaklini o’rnatish va saqlab turishga yo’naltirilgan siyosiy maqsadlarni ko’zlovchi boshqa turdagi jamoat tashkilotlari. Ularning yig’indisi ushbu jamiyatning siyosiy tizimini tashkil etadi. Siyosiy institutlar mafkuraviy qadriyatlarni takror ishlab chiqarishni va turg’un saqlanishini ta`minlaydi, jamiyatdagi etakchi ijtimoiy-sinfiy tuzilmalarni barqarorlashtiradi.
Siyosat shunday jarayon bo’lib, uning yordamida insonlar guruhi qarorlar qabul qiladi. Odatda bu termin fuqaro hukumati faoliyatiga nisbatan qo’llaniladi. Lekin, siyosat insonlar guruhining barcha o’zaro harakatlarida, jumladan koorporativ, ilmiy va diniy muassalarda ham kuzatiladi. Siyosat hokimiyat yoki siyosiy birliklarni muvofiqlashtiruvchi organlarni sotsial siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishni nazarda tutadigan sotsial munosbatlar maxsulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |