106
Mantiqiy ulanish usuli (1 - rasm va shuningdek) - bu murakkab, ancha yuqori
darajadagi muloqot. Paket uzatish va qabul qilish qurilmalari о’rtasida mantiqiy
ulanish (kanal) о’rnatilgandan keyingina uzatiladi. Xar bir axborot paketlariga bir
yoki bir necha xizmatchi paket kо’shiladi (ulanishni о’rnatish, qabulni tasdiqlash,
qayta uzatishni sо’rash, ulanishni о’zish). Mantiqiy kanal bir yoki bir necha pa-
ketlarni uzatish uchun о’rnatilishi mumkin. Deytagramma usuliga qaraganda bu
usul ancha murakkab, lekin unga qaraganda ancha ishonchliroq, chunki mantiqiy
kanalni uzgunga qadar uzatuvchi qurilmaning ishonchi komil, u uzatgan hamma
paketlar о’z joyiga yetib borganligiga. Bu usulda tarmoqning bekorchi paketlar tu-
fayli yuklamasi oshib ketishi ham bо’lmaydi. Usulning kamchiliklari shundan
iboratki, qabul qiluvchi abonent u yoki bu sababga kо’ra axborot almashishga
tayyor bо’lmasa, masalan, kabelni uzulishi tufayli, elektr manbayini о’chishi saba-
bli, tarmoq qurilmasining nosozligi va nihoyat kompyuterni nosozlik hollarida
vaziyatdan chiqib ketish ancha mushkul masala bо’lib qoladi. Bu holda
tasdiqlanmagan paketni qayta uzatish algoritmi lozim bо’ladi va tasdiqlanmagan
paket turi xam muhimdir.
Birinchi usulda ishlatilgan protokollarga misol - bu IR va IRX, ikkinchi
usulda ishlaydigan protokollar - bu TSR va SRX. Aynan shuning uchun bu proto-
kollar bog’langan tо’plam kо’rinishida foydalaniladi. TSR/IR va IRX/SRX, ularda
ancha yuqori bosqichdagi protokol (TSR, SRX), pastroq bosqich protokollari aso-
sida ishlaydi (IR, IRX), talab etilgan tartibda paketni behato yetkazib berish
kafolatlanadi. Bu kо’rib chiqilgan ikki usul afzalliklaridan birgalikda foydalanish
imkonini beradi.
IRX/SRX protokollari tо’plam hosil qiladi, bu tо’plam Nowell (Netware) fir-
ma mahalliy tarmog’ining tarmoq dasturiy vositalari tarkibida ishlatiladi, bu hozir-
gi vaqtda eng kо’p ishlatiladigan va sotiladigan tо’plam hisoblanadi. U nisbatan
katta bо’lmagan va tez ishlovchi protokol. Amaliy dasturlar tо’g’ri IRX bosqichga
murojat qilishlari mumkin, masalan, keng miqyosdagi axborotlarni uzatish uchun,
lekin kо’proq SRX bosqichi bilan ishlaydilar, ular paketlarni tez va ishonchli rav-
ishda yetkazadilar. Agarda tezlik juda ham muhim bо’lmagan holda yana ham
yuqori bosqich ishlatiladi. masalan, NetBIOS ancha qulay servisni tashkil etadi.
Microsoft firmasi IRX/SRX о’z ijrosida NWLink nomi bilan ishlab chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: