Samarqand davlat universiteti tarmoq texnologiyalari



Download 4,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/167
Sana23.07.2022
Hajmi4,8 Mb.
#843481
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   167
Bog'liq
Majmua (Tarmoq texnologiyalari)

Tarmoq servisi

Tarmoqda bir necha xil serverlar bo'lishi mumkin. Kompyuter tarmog'i o'z 
mijozlariga qanday xizmatlar turkumini taklif etishi, ularning servisi qanday 
bo'lishi juda muhimdir. Ular bilan tanishamiz: 
— fayl — server — mijozga axborot saqlash qurilmalarida saqlanuvchi 
fayllardan foydalanish imkonini beradi. Server barcha ishchi stansiyalardan 
fayllarga kirish imkonini berishi zarur. Bunda bir vaqtning o'zida turli stansiyalar-
dan bir xil so'rov kelganda, axborotlarni himoya qila olish vazifasi ijobiy hal eti-
ladi; 
— print — server umumiy holda ko'pgina mijozlarga bir nechta printer or-
qali xizmat ko'rsatishni ta’minlaydi. Bunda server chop etiluvchi axborotlarni 
qabul qila olishi va ularni navbati bilan chop etishga chiqarishi kerak; 
— faks-server — mijozlarga faks-modem telefon tarmoqlari bilan mujassam 
tarmoqli xizmat ko'rsatishni ta’minlaydi. Bu go'yo axborot chiqarishga o'xshaydi 
(printer kabi). Faks-server olgan faksimil xabarlar alohida tarmoqda qayta ish-
lanadi. Bundan tashqari, tarmoqda quyidagi xizmatlar bo'lishi mumkin: 
Bundan tashqari, tarmoqda quyidagi xizmatlar bo'lishi mumkin: 
— elektron pochta (E-mail) — mijozlar o'rtasida, ular birbirlaridan qancha 
uzoqlikda joylashganligidan qat'i nazar, axborot almashishni ta’minlaydi. Bu yerda 
jarayon xuddi oddiy pochta kabi kechadi. Elektron xat o‘z adresiga ega. 
— bevosita muloqot (Chat), bunda aniq vaqtda maxsus dastur ta’minoti 
yordamida ikki yoki undan ortiq mijozlar o'zaro axborot almashinishi tushuniladi, 
ya’ni bir kompyuter klaviaturasida terilgan axborotlar ayni vaqtning o'zida boshqa 
kompyuter ekranida paydo bo'laveradi. 
Kompyuter tарmоg‘i topologiyasi 
Kompyuter tарmоg‘i topologiyasi (yaxlitlash, qiyofalash, tuzilish) deganda 
tarmoq kompyuterlarini bir-biriga nisbatan fizik joylashtirish va ularni aloqa lini-
yalari bilan ulashi tushiniladi. Takidlash muhimki, topologiya tushunchasi eng av-
val lokal tarmoqlarga tegishli bo‘lib, ularda aloqalar tuzulishini oson ko‘rish mum-
kin. Global tarmoqlarda aloqalar tuzilishi foydalanuvchilardan odatda berkitilgan 
va unchalik muhim emas, chunki har bir aloqa seansi shaxsiy o‘zini yo‘li bilan ba-
jarilishi mumkin. 
Asbob – uskunalarga, ishlatiladigan kabel turiga, mumkin bo‘lgan va eng 
qulay almashuvni boshqaradigan usullariga, ishlash ishonchligiga, tarmoqlarni 


95 
kengaytirish imkoniyatlariga topologiya talablarini belgilaydi. Garchi tarmoqdan 
foydalanuvchiga topologiyani tanlash tez – tez bo‘lmasa ham, asosiy topoloiya-
larning xususiyatlari, ularning ustunliklari va kamchiliklarini bilishi kerak.
Tarmoqning uchta asosiy topologiyalari mavjud: 
• shina (bus), bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi 
va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga uza-
tiladi (1-rasm); 
rasm 1 
• yulduz (star), bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan 
kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining alohida aloqa liniyalaridan 
foydalanadi (2-rasm); 
rasm 2 
• halqa (ring), bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda 
kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan 
kompyuterdan oladi va bu zanjir “halqa” bo‘lib birlashgan (3-rasm). 
rasm 3 
Amaliyotda ko‘pincha bаzаli topologiyalarning kombinatsiyasi ham 
ishlatiladi, lekin ko‘p tarmoqlar huddi shu uchtasiga mo‘ljallangan.
Yuqorida sanab o‘tilgan tarmoqli topologiyalarni ko‘rib chiqamiz.


96 
“Shina” topologiyasi (yoki, yana bir nomi “ummiy Shina”) o‘zining tuzilishi 
bo‘yicha kompyuterlarning tarmoqli asbob – uskunalarining bir xilligi, shuningdek 
hamma abonentlarning teng huquqligi bilan farq qiladi. Bunday ulanishda 
kompyuterlar axborotni faqat navbat bo‘yicha uzatishi mumkin chunki aloqa 
liniyasi bir dona bo‘ladi. Aks holda ustma ust (konflikta, kollizi) tushishi natijasida 
uzatiladigan axborot buziladi.
Shunday qilib, shinada yarim dupleksli (Half duplex) almashuv rejimi amalga 
oshadi (ikki tomonlama, lekin bir vaqtida emas, ketma-ketlikda) “Shina” 
topologiyasida barcha axborotni uzatadigan markaziy abonent yo‘q bu esa uning 
ishonchliligini oshiradi (axir har qaysi markazning ishlashi buzilganda shu markaz 
bilan boshqariladigan hamma tizim faoliyatini to‘xtatadi.) Shinaga yangi abonent-
larni qo‘shilishi tarmoq ishlab turgan vaqtda ham bo‘lishi mumkin.
Ko‘p holatlarda, shinadan foydalanayotganda boshqa topologiyalarga nis-
batan ulanadigan kabelni eng kam miqdori talab qilinadi. To‘g‘ri shuni hisobga 
olish kerakki, har bir kompyuterga (ikkita chettagilardan tashqari) ikkita kabel ke-
ladi, bu esa har doim qulay bo‘lavermaydi. 
Bu holatda bo‘lajak janjallarni hal etish har bir abonentning tar-moqli asbob – 
uskunalarga yuklanishi sababli “shina” topologiyasida tarmoqli adapter appa-
raturasi murakkabroq bo‘ladi, boshqa topologiyalarga qaraganda. Biroq, “Shina” 
topologiyali tarmoqlarni keng tarqalgani tufayli (Ethernet, Arcnet) tarmoqli asbob 
– uskunalarni narxi uncha yuqori emas.
Ayrim kompyuterlarning ishdan chiqib qolishi shinaga zarar qilmaydi, chunki 
tarmoqdagi hamma qolgan kompyuterlar alma-shuvni normal davom etishi mum-
kin.
Ko‘rinishi mumkinki, kabelni uzulganligi xam shinaga qo‘rqinchlik emas, 
chunki bunda sim bo‘ladi. Biroq, uzun aloqali liniyalarda elektr signallarning tar-
qalish xususiyatlariga ko‘ra, shinalarni oxirgi uchlarida maxsus kelishtiradigan 
qurilmalar – terminatorlarni ulashni ko‘zda tutish kerak.
Ular ulanmasa liniyani oxiridan signal akslanadi va shunday buziladiki, tar-
moq bo‘yicha aloqa bo‘lmasdan qoladi. Shuning uchun kabel uzulganda yoki shi-
kastlanganda (masalan, sichqonlar tomonidan) aloqa liniyasini mosligi buziladi va 
o‘zaro ulanib qolgan o‘sha kompyuterlar xam o‘rtasidagi almashuv to‘xtaydi. Ba-
tafsil moslashtirish to‘g‘risida kitobning maxsus bo‘limida bayon etiladi. Shina 
kabelini har qanday nuqtasida qisqa tutashtiruv tarmoqni hammasini ishdan 
chiqaradi.
Shinadagi asbob – uskunalarni har qanday ishdan chiqishini lokalizatsiya qilish ju-
da qiyin, chunki hamma adapterlar parallel ulangan va qaysi biri ishdan chiqqan-
ligini bilish uncha oson emas. 
“Shina” topologiyali tarmoqning aloqa liniyalari bo‘yicha o‘tаdigаn axborotli 
signallar kuchsizlanadi va hech tiklanmaydi, bu esa aloqa liniyalarning yig‘indi 
uzunligiga qattiq cheklanishlar qo‘yadi, bundan tashqari har bir abonent tarmoqdan 
uzatuvchi abonentning masofasiga bog‘langan har xil darajali signallar olishi 
mumkin.
Tarmoqli asbob – uskunalarning qabul qiluvchi uzellariga qo‘shimcha talablar 
qo‘yadi. “Shina” topologiyali tarmoq uzunligini uzaytirish uchun ko‘pincha bir-


97 
nechta segmentlar ishlatiladi (ularning har biri shina deyiladi).Maxsus signal ti-
klagichlari repiterlar yoki qaytargichlari (3-rasm) yordamida bir birovi bilan ula-
nadi. 
rasm 4 
Biroq bunday tarmoq uzunligini uzaytirish cheksiz bo‘la olmaydi, chunki 
aloqa liniyalari bo‘yicha signallarning tarqalishini oxirgi tezligi bilan bog‘liq 
cheklanishlari ham bor.
“Yulduz” yaqqol ajralib turadigan markazli topologiya, bunga barcha qolgan 
abonentlar ulangan. Barcha axborotlar almashuvi faqat markaziy kompyuter orqali 
bajariladi, shunday qilib unga juda katta yuklanish yotadi, shuning uchun tar-
moqdan tashqari boshqa hech narsa bilan u shug‘ullana olmaydi. Tushunarliki, 
markaziy аbоnеntning tarmoqli asbob – uskunalari atrofdagi abonentlarning asbob 
– uskunalarga qaraganda juda murakkab bo‘lishi kerak. Abonentlarning bir xil 
huquqga egaligi to‘g‘risida bunda gapirib bo‘lmaydi.
Odatda, huddi shu markaziy kompyuter eng kuchli bo‘ladi va faqat unga al-
mashuvni boshqarish hamma funksiyalari topshiriladi. “Yulduz” topologiyali tar-
moqdа hech qanday mojarolar bo‘lishi mumkin emas, chunki boshqarish to‘liq 
markazlashgan.
Agar kompyuterlarni ishdan chiqishiga yulduzni mustaxkamligi to‘g‘risida gap 
ketsa, bunda atrofdagi kompyuterni ishdan chiqishi tarmoqning qolgan qismlarini 
ishlashiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin markaziy kompyuterni har 
qanday ishdan chiqishi tarmoqni butunlay ishdan chiqaradi. Shuning uchun 
markaziy kompyuterni va uning tarmoqli apparturalarini ishonch-liligini oshirish 
uchun maxsus choralar ko‘rilishi kerak.
Har qanday kabelni uzilishi yoki undagi qisqa tutashuv “yulduz” topologiya-
sida faqat bitta kompyuter bilan almashuv buziladi, boshqa kompterlar esa normal 
holatda ishini davom ettirishi mumkin. Shinaga qaraganda yulduzda har bir aloqa 
liniyasida faqat ikkiga abonent turadi: markaziy va atrofdagilardan bittasi. 
Ko‘pincha ular-ning ulanishi uchun aloqa liniyasini ikkitasi ishlatiladi, ularning har 
biri axborotni faqat bir yo‘nalishda uzatadi. Shunday qilib, har bir aloqa liniyasida 
bitta qabul qiluvchi (pryomnik) va bitta uzatuvchi (peredatchik) mavjud. Shina bi-
lan solishtirganda buning hammasi tarmoqli asbob – uskunalarni sezilarli sodda-
lashtiradi va qo‘shimcha tashqi terminatorlarni qo‘llashdan ozod qiladi. “Shina” ga 
qaraganda aloqa liniyalarda signallarni so‘nish muammosi “yulduzda” oddiy hаl 
etiladi, chunki har bir priyomnik doim bir darajali signal qabul qiladi. “Yulduz ” 
topologiyasini jiddiy kamchiligi abonentlar soni qattiq cheklangan. Odatda 
markaziy abonent 8-16 dan oshmagan atrofdagi abonentlarga xizmat ko‘rsatadi.


98 
Agar bu chegarada yangi abonentlarni ulash juda oddiy bo‘lsa, lekin bundan 
oshib ketganda umuman mumkin emas. To‘g‘ri, gohida yulduzda qo‘shib borish 
imkoniyati ko‘zda tуtilgаn, ya’ni atrofdagi abonentlardan bittasini o‘rniga yana bit-
ta markaziy abonentni ulash (natijada bir nechta bir birovi bilan ulangan yulduzlar 
topologiyasi paydo bo‘ladi). Yulduz aktiv, faol nom bilan yuritiladi, yoki haqiqiy 
yulduz. Passiv yulduz degan topologiya ham bor, u faqat tashqi ko‘rinishidan 
yulduzga o‘xshaydi (4-rasm). U bugungi kunda aktiv yulduzga qaraganda ko‘proq 
tarqalgan. Aytish kerakki, bugungi kunda eng mashhur Ethernet tарmоg‘idа u ish-
latiladi. 
rasm 5 
Tarmoq markazida shu topologiyali kompyuter emas, balki konsentrator, yoki 
xab (HUB), repiterga o‘xshab o‘sha funksiyani bajaradigan joylashtiriladi. U ke-
layotgan signallarni tiklaydi va ularni boshqa aloqa liniyalarga uzatadi. Kabellarni 
joylashtirish haqiqiy yoki aktiv yulduzga o‘xshasa ham, haqiqatda biz shinali 
topologiyasiga o‘xshab ish yuritamiz, chunki har qaysi kompyuterdan axborot bir 
vaqtda boshqa qolganlarga uzatiladi, markaziy abonent esa bo‘lmaydi. Tabiyiki, 
passiv yulduz oddiy shinaga qaraganda qim-matroq bo‘ladi, chunki bunda yana 
kansentrator ham kerak bo‘ladi. Ammo u yulduzning afzalliklari bilan bog‘liq bir 
qator qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Huddi shuning uchun oxirgi vaqtda 
passiv yulduz haqiqiy shinani ko‘proq siqib chiqarayapti, chunki u kam perspek-
tivali topologiya hisoblanadi.
Aktiv va passiv yulduz o‘rtasida topologiyaning oraliq turini ham ajratish 
mumkin. Bu holda konsentratorga tushadigan signallarni faqat ret- ranslyatsiya 
qilmasdan, o‘zi qatnashmasa ham, almashuv boshqarishini bajara oladi. Yulduz-
ning (ham aktiv va ham passiv) katta ustunligi shundaki, hamma ulanadigan 
nuqtalar bir joyda yig‘ilgan. Bu tarmoq ishini oson nazorat qilishga, markazdan u 
yoki bu abonentlarni oddiy o‘chirish yo‘li bilan nosozliklarni lokalizatsiya qilish 
(masalan, shina holatda bajarib bo‘lmaydi), shuningdek tarmoq uchun xayotiy mu-
him bo‘lgan ula-nish nuqtalariga begona shaxslar kirishini cheklab qo‘yishdir. 
Yulduz holatida xar bir atrofdagi abonentga bitta kabel kelishi xam mumkin (unda 
uzatish ikki tomonlama ketadi), va ikkita xam (Ularning har biri-bir tomonga uza-
tadi), buning ustiga ikkinchi holat ko‘proq uchraydi.
“Yulduz” turidagi barcha topologiyalarning umumiy kamchiligi boshqa 
topologiyalarga qaraganda juda katta kabel sariflanishidir. Masalan, Agar 


99 
kompyuterlar bir chiziqda joylansa, “yulduz” topologiyasi tanlanganda “Shina” 
topologiyasiga qaraganda bir necha martta ko‘p kabel talab qilinadi. Bu hamma 
butun tarmoqning narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
“Halqa” – bu topologiya, bunda har bir kompyuter faqat ikkitasi boshqalari 
bilan aloqa liniyalari bilan ulangan. Faqat u biridan axborot oladi, ikkinchisiga esa 
– faqat uzatadi. 
Har bir aloqa liniyasida, yulduz holatiga o‘xshab, faqat bitta (peredatchik) 
uzatuvchi va bitta (priyomnik) qabul qiluvchi ishlaydi. Bu tashqi terminallarni 
qo‘llashdan ozod qiladi.
Halqani muhim xususiyati shundaki, har bir kompyuter unga keladigan sig-
nalni tiklaydi, yani repiter rolini o‘ynaydi, shuning uchun halqaning hamma joyida 
signalni so‘nishi hech qanday ahamiyati yo‘q, muhimi faqat halqaning qo‘shni 
kompyuterlar orasidagi so‘nishidir. Bu holatda аniq ajratilgan markaz yo‘q, hamma 
kompyuterlar bir xil bo‘lishi mumkin. Ammo, ko‘pincha halqada maxsus abonent 
ajratiladi, u almashuvni boshqaradi yoki nazorat qiladi. Tushunarliki, bunday 
boshqaradigan abonentni borligi tarmoq ishonchliligini pasaytiradi, chunki uning 
ishdan chiqishi tezda barcha almashuvni falaj qilib qo‘yadi.
Qa’tiyat bilan аytgаndа, halqadagi kompyuterlar to‘liq teng huquqli emas 
(masalan, shinali topologiyaga qaraganda). Ulardan birlari kompyuterdan, shu 
momentda uzatishni olib borayotgan, albatta axborotni oladi, oldinroq, boshqalar 
esa kеyinrоq. Topologiyani huddi shunday xususiyatlariga ko‘ra, “halqaga” 
maxsus hisoblangan tarmoqdagi almashuvni boshqarish usullarda keyingi uzatish 
huquqi (yoki, yana aytilishicha, tarmoqni qurshab olish) keyingi halqadagi 
kompyuterga ketma – ket o‘tadi.
Yangi abonentlarni “Halqaga” ulash mutloqo beziyon, lekin ulanish vaqtida 
butun tarmoqni ishlashini to‘xtatish talab qilinаdi. “Shina” topologiyali holatga 
o‘xshab halqadagi eng ko‘p abonentlar soni ancha muncha bo‘lishi mumkin 
(minggacha va undan ko‘proq). Halqali topologiya oshiqcha yuklanishlarga eng 
mustахkаm, u uzatiladigan tarmoq bo‘yicha axborotlarni eng katta oqimlari bilan 
ishonchli ishlashni ta’minlaydi, chunki unda janjallar yo‘q (shinaga qaraganda), 
shuningdek markaziy abonent yo‘q (yulduzga qaraganda).
Halqadagi signal tarmoqdagi hamma kompyuterlardan o‘tgani sababli, lokal 
ulardan bittasini ishdan chiqishi (yoki uning tarmoq-dagi asbob-uskunalarini) 
yaxlit butun tarmoqni ishdan chiqaradi. 
Huddi shunga o‘xshab halqadagi har qaysi kabellarni uzilib qolishi yoki qisqa 
tutashuvi butun tarmoqni ishdan chiqaradi. 
Kabelni buzilishlariga halqa ko‘proq shikastlanadigan bo‘ladi, shuning uchun 
bu texnologiyada ikkita (yoki ko‘proq) parallel aloqa liniyalari qo‘yib borishni 
ko‘zda tutiladi. Shunda ularning bittasi zahirada turadi. 
Shu bilan bir vaqtda halqani katta ustunligi shundaki, har bir abonent tomoni-
dan signallarni retranslyatsiya qilish butun tarmoq o‘lchamlarini sezilarli 
ko‘paytirishga yordam beradi (gohida bir necha o‘n kilometrgacha). Halqa bu 
tomonidan boshqa har bir texnologiyalardan ko‘proq (sezilarli) ustunlik qiladi. 
Halqani kamchiliklaridan (yulduzga taqqoslanganida) shuni hisoblash kerak-
ki, tarmoqdаgi har bir kompyuterga ikkita kabel olib kelinishi kerak. 


100 
Ba’zan “Halqa” topologiyasi axborotni qarama-qarshi yo‘nalishlarida 
uzatilishini ikkita halqali aloqa liniyalari asosida bajariladi. Masalani bunday hal 
etilishi – axborotni uzatish tezligini (ideal holatda ikki marotaba) оshirilishi. 
Kabelni bittasi buzilganda tarmoq boshqa kabel bilan ishlashi mumkin (to‘g‘ri, 
cheklangan tezlik kamayadi). Yuqorida ko‘rilgan uchta asosiy, bazaviy topologiya-
lardan tashqari, qo‘shimcha yana “daraxt” (tree) tarmoqli topologiya ishlatiladi, u 
bir nechta yulduzlar kombinatsiyasidan iborat. Yulduzga o‘xshash daraxt aktiv, 
yoki haqiqiy, passiv bo‘lishi mumkin. Aktiv daraxtga bir nechta aloqa liniyalari 
birlashtirilgan markazlarda markaziy kompyuterlar joylashgan, passilida esa kon-
sentratorlar (Xablar). 
Kombinatsiyali topologiyalar ham ancha ko‘p ishlatiladi, ular orasida eng 
ko‘p tarqalgan yulduz-shinali va yulduz-halqalilaridir. 
rasm 6 
rasm 7 
rasm 8 


101 
rasm 9 
Yulduz-shinali topologiyada (star-bus) shina va passiv yulduzlar kombi-
natsiyasi ishlatiladi. Bunda konsentratorga alohida kompyuterlar ham va butun 
shinali segmentlar ham ulanadilar, ya’ni tarmoq-dаgi barcha kompyuterlar kiritil-
gan fizik topologiya amalga oshiriladi. Bu topologiyada bir nechta konsentratorlar 
ham ishlatilishi mumkin, ular bir biroviga ulanib magistrali, tayanchli deb nom-
langan shinani tashkil qiladi. Konsentratorlarning har biriga alohida kompyuterli 
yoki shinali segmentlar ulanadi. Shunday qilib, foydalanuvchi o‘ziga qulay qilib 
shinali va yulduzli topologiyalarni avzalliklarini kombinatsiya qilish imkoni-
yatlaridan foydalaniladi, shuningdek tarmoqga ulangan kompyuterlar sonini oson 
o‘zgartiradi. 
Yulduz-halqali topologiya holatida kompyuterlarni o‘zi birlashmaydi, balki 
maxsus konsentratorlar, ularga o‘z navbatida, yulduz shaklli ikkitali aloqa liniya-
lari yordamida kompyuterlar ulanadi. Haqiqatda, tarmoqning hamma kompyuter-
lari berk halqaga ulanadi, chunki konsentratorlar ichidagi barcha aloqa liniyalari 
berk konturni tashkil qiladi. Bu topologiya yulduzli va halqali topologiyani ustun-
ligini kombinatsiyalashga imkon yaratadi. 
Masalan, konsentratorlar barcha ulanadigan nuqtalarni bir joyga yig‘ishga 
imkon yaratadi.
Tarmoq topologiyasi kompyuterlarni faqat fizikaviy joylanishlarini ifodala-
masdan, lekin undan muhimrog‘i, ular orasidagi aloqalar xarakteri, tarmoq 
bo‘yicha signallarning tarqalganish xususiyatlari ifodalaydi. Huddi shu aloqalar xa-
rakteri tarmoqning buzi-lishiga mustaxkamlik darajasini belgilaydi, tarmoqdаgi 
apparatlar-ning kerakli murakkabligini, almashuv boshqarish usulini eng to‘g‘ri ke-
ladiganini, uzatish muxitining mumkin turlarining (aloqa kanallari), tarmoqning 
mumkin bo‘ladigan o‘lchamlari (aloqa liniyalar uzunligi va abonentlar soni), elektr 
muvofiqlashtirishni kerakligi va h.k. tarmoq bilan birlаshgаn kompyuterlarni fizik 
joylanishi topologiyani tanlashda, umuman olganda, ta’siri kam har qaysi 
kompyuterlarni, ular qanday joylashganidan qa’tiy nazar, har qanday ol-dindan 
tanlangan topologiya yordamida har doim ulash mumkin (8-rasm). 


102 
rasm 10 
Agar ulanadigan kompyuterlarni doirani konturi bo‘yicha joylashgan bo‘lsa, 
ular yulduz yoki shina bo‘lib bеmаlоl ulanishi mumkin. Agar kompyuterlar 
qandaydir markaz atrofida joylansa, ular bir birovi bilan shinali yoki halqali bo‘lib 
ulanishi mumkin. Kompterlar bir chiziq bo‘yicha joylashgan bo‘lsalar, ular yulduz 
yoki halqa bo‘lib ulanishi mumkin. 
Boshqa gap, buning uchun kabelning kerakli yig‘indisi uzunligi qancha 
bo‘lishidir. 
Adabiyotda tarmoq topologiyalari to‘g‘risida gap ketsa, tarmoq arx-
itekturasining har xil darajalariga tegishli to‘rt mutloqo har xil tushunchalar 
o‘ylash mumkin. 
Fizikkaviy topologiya (ya’ni kompyuterlarni joylanish sxemasi va kabellarni 
yotqizilishi). Bu ma’noda, masalan, passiv yulduz aktiv yulduzdan hech qanday 
farq qilmaydi, shu tufayli uni ko‘pincha oddiy “yulduz” deb ataladi. 

Mantiq topologiyasi (ya’ni, aloqalar tuzilishi, signallarni tarmoq bo‘yicha 
tarqalganish xarakteri). Bu eng to‘g‘ri topologiyani ifodalash bo‘lsa kerak. 

Almashuvni boshqarish topologiyasi (ya’ni, har bir kompyuterlar orasidagi 
tarmoqni o‘rab olish huquqini uzatish prinsip iva ketma-ketligi). 

axboratviy topologiya (ya’ni, tarmoqdа uzatilayotgan axborot oqimining 
yo‘nаlishi). 
Masalan, fizikaviy va mantiqli topologiyasi bilan “shina” boshqarish usuli si-
fatida tarmoqni o‘rab olish huquqi uzatish estafetasi (ya’ni, bu ma’noda halqa 
bo‘lishi) va bir vaqtda bita ajratilgan kompyuter orqali barcha axborotni uzatishdir 
(Bu ma’noda yulduz bo‘lish). Mаntiqli “shina” topologiyali tarmoq “yulduz” pas-
siv fizikli topologiyasiga ega yoki “daraxt” (passiv) bo‘lishi mumkin. 
Har qaysi fizik topologiyali, mantiq topologiyali, almashuv boshqaradigan 
topologiyali tarmoq axborotli topologiya mа’nоsidа yulduzli deb hisoblasa bo‘ladi, 
agar u yagona server va bir nechta kliyentlar asosida qurilgan bo‘lib, faqat shu 
server bilan mulog‘otda bo‘lsa. Bu holatda barcha mulohozalar markazning noso-


103 
zliklari tarmoqni buzilishiga mustahkamligi past bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. (ya’ni 
serverni). 
Xuddi shunga o‘xshab har qanday tarmoq axborotli ma’noda shina deb atal-
ishi mumkin, agar u bir vaqtda server ham, kliyent ham bo‘lib kompyuterlardan 
tuzilgan bo‘lsa, har bir boshqa shina holatida ham, bunday tarmoq alohida 
kompyuterlarning nosozliklariga kam sezgirli bo‘ladi. 
Kabel bo‘lmagan tizimlarda sharoit boshqacha. Ularning asosiy ustunligi 
shundaki, hech qanday simlarni o‘tqazish kerak bo‘lmaydi (devorlarda teshiklar 
qilish kerak emas, quvurlarda va talablarda kabelni o‘tqazish kerak emas, uni 
falshpollar tagida o‘tqazish, osilgan potoloklar ustida yoki ventiliyatsiyali shaxta-
larda kabel nosozliklarni qidirish va tuzatish kerak emas). Yana shunga o‘xshab 
tarmoq kompyuterlarini xona va bino chegarasida joyini o‘zgartirish oson, chunki 
ular hech narsaga bog‘langan emas. 

Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish