Samarqand Davlat Universiteti Tarix fakultetining 403-guruh talabasi
Ortiqova Nusqa Shokirovnaga Narpay tumani 58-umumiy o`rta ta`lim
maktabining 05.09.2020dan 05.02.2021 gacha amaliyot o`tash davri
bo`yicha
Tavsifnoma
Ortiqova Nusqa Pedagogik amaliyot o`tash davrida o`zining intizomi bilan boshqa o`qituvchilardan ajralib turdi. Dars mashg`ulotlarini tashkillashda Tarix fani o`qituvchisi Aliyev Asqarga astoydil ko`makchi bo`lib, o`zining nazariy bilimlarini amaliyotida qo`llashi bo`yicha tirishqoqlik bilan faoliyat olib bordi.
Masofaviy o`qitish davrida ham faol Pedagogik amaliyotini olib bordi. Maktab darslari An`anaviy tarzda bo`lgandan keyin ham muntazam pedagogic amaliyotni olib bordi. Darsdan tashqari vaqtlarda past o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan qo`shimcha mashg`ulot olib bordi. Sinf bilan ishlashda jamoa topshiriqlarini bajarishda, o`quvchilar bilimini oshirish yo`nalishida yaxshi natijalarga erishib amaliyot davrini o`tab kelmoqda.
Kelajakda Ortiqova Nusqa Shokirovna malakali kadr bo`lib yetishishiga ishonamiz.
Maktab direktori: N. Bozorova
O`quv ishlari bo`yicha direktor
O`rinbosari: U. Mamayusupov
Narpay tumani 58-maktabning Tarix fani pedagogik amaliyotchisi N.Ortiqovaning 8-A sinfida “Qo`qon xonligining tugatilishi” mavzusidagi 1 soatlik ochiq dars tahlili
BAYONNOMASI
Tahlilda ishtirok etdilar:
Maktab direktori: N. Bozorova
Tarix fani o`qituvchilari: A.Aliyev
Ko`rilgan masala: Ochiq darsning tahlil qilinishi.
8-A sinfda O`zbekiston tarixi fani bo`yicha “Qo`qon xonligining tugatilishi” mavzusida o`tkazilgan ochiq dars tahlili.
Masala yuzasidan maktab direktori so`zga chiqdi. U o`z so`zida darsda erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida to`xtalib o`tdi. U pedagogik amaliyotchining quyidagi yutuqlari va kamchiliklarini e`tirof etdi:
Yutuqlari: Darsda o`quvchilar faolligiga erishildi, darsda ko`rgazmali qurollardan foydalanildi: xarita, globus va tarqatma materiallardan foydalanildi.
Yig`ilishda fan o`qituvchilari ham dars to`g`risidagi o`z fikrlarini aytdilar:
Jumladan U.Mamarasulov o`z so`zida dars davomida ba`zi o`quvchilar o`qituvchi nazaridan biroz chetda qolganligi, buni natijasida o`quvchilarda darsda berilishi kerak bo`lgan BKM (bilim, ko`nikma, malaka) elementlari o`zlashtirilmay qolganligi takidlab o`tildi. Darsda erishilgan yutuqlar xususida to`xtalib, zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishning avzalliklari ko`p ekanligini aytib o`tdi. Davlatimiz tomonidan yetkazib berilgan texnika vositalari eskilariga nisbatan ko`pgina afzalliklarga ega: masalan, zamonaviy o`qitishning interfaol uslub metodlar foydalanishini takomillashtirish. Darsda bir qator yutuqlar va kamchiliklarga to`xtaldi.
Ko`rilgan masala yuzasidan yig`ilish
QAROR QABUL QILADI:
Pedagogik amaliyotchi tomonidan o`tkazilgan dars “yaxshi” baho bilan baholansin.
Darsda yo`l qo`yilgan kamchiliklar uslub birlashma bilan birgalikda bartaraf etilsin.
Yig`ilish raisi: N. Bozorova
Kotib: I.Ismatov
Do'stlaringiz bilan baham: |