FAOL AMALIYOT (4 hafta).
2018-yil 2-oktyabr kunidan boshlab bizlar faol (aktiv) amaliyotga kirishdik. Biriktirilgan fan o’qituvchisining taqvim ish rejasidan kelib chiqib, bevosita o’qituvchi nazorati ostida darslarni mustaqil o’tishga tayyorgarlik ko’rdim. Tayyorgarlik jarayonida konspektlashtirish qoidalari, unda nimalarga e’tibor berilishi kerakligi haqida tushunchalar oldik. Ko’rgazmali qurollar tayyorlashda, qo’shimcha topshiriqlar ishlab chiqishda nimalarga tayanish kerakligi haqida ma’ulmotlar oldik. Jumladan mazkur hafta davomida men o’qituvchi Sirojeva X.A. ning «Jahon» va «O’zbekiston» tarixi fanlaridan quyidagi tajriba darslarini o’tishida qatnashdim. Bu ishtirok dastlab, yangi mavzuni tushuntirib berish bilan amalga oshirildi. Ya’ni o’qituvchining o’zi o’quvchilardan uyga vazifalarni so’rab, jurnalga baholagach yangi mavzuni tushuntirib berishni bizlarga topshirdi. Quyidagi mavzularni tajriba-sinov tariqasida rahbar o’qituvchi ishtirokida o’tdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |