Gruziya O’zbekistonning eng muhim tashqi iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi.
Ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy hujjat – 1995-yilning 4-sentyabrida O’zbekiston va Gruziya o’rtasida imzolangan do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi kelishuv hisoblanadi.
Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni iqtisodiy hamkorlik bo’yicha o’zbek-gruzin Qo’shma komisiyasi tartibga soladi. 2014-yilning 20- oktyabrida Toshkent shahrida mazkur komisiyaning navbatdagi yetinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi.
2016-yil yakunlari bo’icha ikki davlat o’rtasidagi umumiy tovar aylanmasi hajmi 90,8 million AQSh dollarini tashkil etdi.
Yuqorida etirof etilgan uchrashuvlar, siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohada amalga oshirilgan hamkorlik O’zbekistonning MDH davlatlari bilan har tomonlama aloqalarini yanada mustahkamladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |