Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi



Download 379,19 Kb.
bet2/3
Sana16.04.2020
Hajmi379,19 Kb.
#45031
1   2   3
Bog'liq
Tarix o'qitish usullari lotin-ЯНГИ

fanidan

O’QUV - USLUBIY MAJMUA


Samarqand - 2018

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

Ro’yxatga olindi:

№_______________

201_y. «__»______





TASDQLAYMAN”

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

prof:_A.S.Soleev_________

«___» __________2018 yil

«TARIX O`QITISH METODIKASI VA TA`LIM TEXNOLOGIYALARI»

FANDAN


Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha

Ta’lim sohasi: 120000 – Gumanitar fanlar

Mutaxassislik: 5A150204 - Muzeyshunoslik; konservasiya va badiiy yodgorliklarni saqlash


O’QUV-USLUBIY MAJMUA

Samarqand-2018

1. Sillabus



1.1. Umumiy ma’lumotlar

1

OTM

SamDU

Manzili: Unisersitet xiyoboni, 15-uy.

2

Fakultet

Tarix (mamlakatlar va mintakalararo)

Manzili: Bosh bino,

1-qavat

3

Kafedra

Tarixshunoslik va Manbashunoslik

Manzili: bosh bino,

1-qavat, 2-xona

4

Bilim va ta’lim sohasi

Bilim soxasi: 100000 – gumanitar soha

Ta’lim sohasi:

5A220200-Tarix

5

Ta’lim yo‘nalishi, kurs, guruh

5120300-Tarix (Mamlakatlar va mintaqalar) bakalavr

401,402,403,404 va 405-guruxlardan tuzilgan maxsus kurs

6

Fan (o‘quv soatlari)

Tarix o`qitish metodikasi va ta`lim texnologiyalari


O‘quv soatlari:

1 ta patok

Ma’ruza – 24 soat

Seminar – 34 soat

Mustaqil soat – 40 soat

7

Kursning davomiyligi

I-semestr

03.09.2016 – 23.02.2017

8

O‘qituvchi (lavozimi, unvoni, elektron pochta)

Ma’ruza o‘qituvchisi: Yakubov Akmal Saydirasulovich

Manbashunoslik-tarix-shunoslik” kafedrasi o‘qituvchisi, Assistent.

e-mail: ...........







Seminar o‘qituvchisi:

Yakubov Akmal Saydirasulovich, Xasanova Zulxumor.

Manbashunoslik-tarix-shunoslik” kafedrasi o‘qituvchisi, Assistent.

e-mail:

9

Dars joyi va vaqti

Ma’ruza

Bosh bino, 1 – qavat, 2 –aud., payshanba.







Seminar


93-96-aud., juma va shanba.

10

Konsultatsiya joyi va vaqti

Ma’ruza

Bosh bino, 114–aud., payshanba, soat 14.00 – 15.00







Amaliy mashg‘ulot

114 – aud., juma, soat 14.00 – 15.00

11

SHaxsiy grafik asosida ishlash vaqti

ARM o‘quv zali, 120-xona.

Dushanba, chorshanba, shanba kunlari, 15.00 dan 17.00 gacha



1.2. Asosiy ma’lumotlar

1

Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni

Tarixni o’qitish usullari fanining mazkur dasturi O`zbekiston Respublikasining "Ta'lim to`g`risida"gi qonuni asosida va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida kyelib chiqib, davlat standartlari bo`yicha bakalavriat darajasidagi malakali mutaxassislar tayyorlashni, ularga Jahon miqyosida o`tmishidagi va hozirgacha bo’lib o’tgan tarixiy voqyealar bilan bir qatorda san’at to’g’risidagi bilimlar byerishni maqsad qilib qo`yadi. Jahon san’atini o`rganish shuning uchun kyerakki, u soxta tarixiy tushuncha va tarixiy xotirasizlikka barham byeradi, milliy g`oya va mafkura takomillashuvini tyezlashtiradi. Yurtboshimiz aytganlaridyek: «O`z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yyengib bo`lmaydi».

Tarixni o’qitish usullari fani ijtimoiy-gumanitar fanlar blokiga kirib, barcha bakalavriat ta'lim yo`nalishlarida Vatanimiz tarixi chuqurroq, ilmiy jihatdan asoslangan holda manbalarga tayanib o`rganiladi.



2

Fanning maqsad va vazifalari

Fanni o’qitishdan maqsadtalabalarda vatanimiz tarixi va madaniyatini tanish talabalarda xolisona ilmiy dunyo qarashni, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.

Fanning vazifasi – Vatanimiz tarixi va uning asosiy bosqichlarini o’rgatishdan vazifasi, predmeti va obyekti, tadqiqot va manbalarning turlarini va tadqiqotlar natijalarini jamlash, manbashunoslikning nazariy masalalarini, manbalarni ichki va tashqi tahlil qilishni hamda, manbalarni har tomonlama ilmiy-qiyosiy tahlil qilishga oid bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.

“Tarix o`qitish metodikasi va ta`lim texnologiyalari” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalalar doirasida bakalavr:

- jahon va O`zbekiston tarixi kursining maqsad va vazifalari, O’zbekistonda xususan maktablarda o’qitiladigan tarix ta’limi shakllanishi va taraqqiyoti, asosiy me’zonlari, o’qitish pedagogic turlari va uslublari, ta’limning nazariyasini bilishi kerak;

- Talaba tarixiy ma’lumotlarni xolis, tarixiylik asosida tahlil qilishi, tarixdan dars berish, mustaqil tadqiq qilishi, jahon tarixini o’qitishga oid tadqiqotlar haqida ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;

- talaba tarix ta’limini o’qitishdagi muammolari va taraqqiyot vazifalari, hozirgi sharoitda O’zbekistondagi maktablarning rivojlanishi va taraqqiyoti jihatlarini ilmiy jihatdan o’rganishi, tarix bilimlarini rivojlanishi va o’zgarishlarini aniqlovchi omillar, tarix bilimi, tarix fanidagi izchillik, tarix fanida mavjud bo’lgan maktablar, tarix fani tarixidagi ijtimoiy va siyosiy tarkibiy qismlar, tarix fanining vujudga kelishiga oid malakalariga ega bo’lishi kerak.



3

Fanning o‘quv rejadagi fanlar bilan alaqasi

Asosiy qismda (ma’ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning moxiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo’yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar to’la qamrab olinishi kerak.

Asosiy qism sifatiga qo’yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o’zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi islohatlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so’ngti yutuqlari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi.

4

El. pochta va boshqa elektron vositalar orqali aloqa tartibi

O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 20.00 gacha. Baholash masalasi elektron pochta yoki telefon orqali muhokama qilinmaydi. Baholash faqat universitet hududida, belgilangan xona va belgilangan vaqtda hamda dars davomida (JN) amalga oshiriladi.

5

Talaba uchun asosiy talablar

Universitet ichki tartib-qoidalariga va kiyinish madaniyatiga rioya qilish;

  • Darslarga kechikib kelmaslik va sababsiz qoldirmaslik, qoldirilgan darslarni muddatida qayta o‘zlashtirish;

  • Uyali telefonni dars va nazoratlar paytida o‘chirib qo‘yish ;

  • Darslarga tayyorlanib kelish va faol ishtirok etish;

  • Ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, mustaqil ish va uy vazifasi uchun alohida daftar tutish va talab darajasida yuritish;

  • Berilgan uy vazifasi, mustaqil ish va boshqa topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarish;

  • Nazoratlarga puxta tayyorgarlik ko‘rib kelish va etarli ball to‘plamagan holda takroriy nazoratlarni belgilangan muddatlarda topshirish;

  • Nazorat paytlarida ko‘chirmachilik (plagiat) qilmaslik va ushbu holat ro‘y berganda nazoratdan chetlashtirilishini e’tiborda tutish;

  • Ko‘yilgan balga e’tirozi bo‘lsa, ball e’lon qilingandan keyin bir kun mobaynida o‘qituvchi, kafedra mudiri yoki dekanga (yakuniy nazoratlar bo‘yicha apelyasiya komissiyasiga) murojaat qilish;

  • Dars paytida va undan tashqarida o‘qituvchi va boshqalarga nisbatan odob-axloq doirasida hurmat bilan munosabatda bo‘lish.

1.3. Fan mavzulari va ularga ajratilgan soatlar taqsimoti
Tarixdan dars berish usullari fani bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining kalendar

tematik rejasi



Mavzuning nomi va mazmuni

Soat



Kirish qismi. Kursning maqsadi va vazifalari

2



Tarix o’qitish uslubiyatining fan sifatida shakllanishi va uning taraqqiyoti

2



Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi, maktablarda o’qitiladigan tarix ta’limi tizimi

2



O’zbekiston tarixi fanining umumiy o’rta va kasb-hunar ta’limida tuzilishi va uning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati.

4



Jahon tarixi fanining umumiy o’rta va kasb-hunar ta’limida tuzilishi va uning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati.

4



Tarix o’qitishning ko’rgazmali metodlari va maktabda tarix kabineti

4



Tarix o’qitishning og’zaki metodi.

2



Tarix o’qitishning amaliy uslubi

2



Tarix fanini o’qitishda o’quvchilarni milliy qadriyatlar va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

2




Jami:

24



Seminar mashg’ulotlar mavzulari



Mavzular

izoh

soat



Kursning maqsadi va vazifalari




2



Tarix o’qitish uslubiyatining fan sifatida shakllanishi va uning taraqqiyoti




2



Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi, maktablarda o’qitiladigan tarix ta’limi tizimi




4



O’zbekiston tarixi fanining umumiy o’rta va kasb-hunar ta’limida tuzilishi va uning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati.




4



Jahon tarixi fanining umumiy o’rta va kasb-hunar ta’limida tuzilishi va uning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati.




4



Tarix o’qitishning ko’rgazmali metodlari va maktabda tarix kabineti




2



Tarix o’qitishning og’zaki metodi.




2



Tarix o’qitishning amaliy uslubi




2



Tarix fanini o’qitishda xaritalardan foydalanish usullari




2



Maktabdan tashqari ta’limda tarixni o’qitish metodikasi




2



Tarix fanida ekskursiya va mustaqil topshiriqlar.




2



Tarix fanini o’qitishda o’quvchilarni milliy qadriyatlar va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.




2



O’zbekiston ta’lim tizimidagi qonunchilik.




2



Xorijiy mamlakatlarda ta’lim tizimi




2




Jami




34

1.4. Mustaqil ta’lim mavzulari

Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

■ darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;

■ tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;

■ maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

■ faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari.



Tavsiya etiladigan mustaqil ish mavzulari



Mustaqil ta’lim mavzulari

Izoh

Soat



Kursning maqsadi va vazifalari




2



Tarix o’qitish uslubiyatining fan sifatida shakllanishi va uning taraqqiyoti




2



Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi, maktablarda o’qitiladigan tarix ta’limi tizimi




2



O’zbekiston tarixi fanining umumiy o’rta va kasb-hunar ta’limida tuzilishi va uning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati.




2



Jahon tarixi fanining umumiy o’rta va kasb-hunar ta’limida tuzilishi va uning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati.




2



Tarix o’qitishning ko’rgazmali metodlari va maktabda tarix kabineti




2



Tarix o’qitishning og’zaki metodi.




2



Tarix o’qitishning amaliy uslubi




2



Tarix fanini o’qitishda xaritalardan foydalanish usullari




2



Maktabdan tashqari ta’limda tarixni o’qitish metodikasi




2



Tarix fanini o’qitishda ekskursiya va mustaqil ish topshiriqlarni tashkil etish.




2



Tarix fanini o’qitishda o’quvchilarni milliy qadriyatlar va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.




2



O’zbekiston ta’lim tizimidagi qonunchilik.




2



Xorijiy mamlakatlarda ta’lim tizimi




2



6-sinf maktablarda Jaxon va O’zbekiston tarixi kursining tuzilishi




2



7-siflarda O’zbekiston tarixi kursi va uning tuzilishi




2



8-sinflarda o’tiladigan Jaxon tarixi kursining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati




2



Yurtimiz tarixini o’rganishda 9-sinf O’zbekiston tarixi faning tuzilishi va ahamiyati




2



9-sinf Jaxon tarixi kursining tuzilishi




2



O’rta maxsus kasb-hunar kollejlari va Akademik litseylarda o’qitiladigan tarix ta’lim tizimi




2



Tarixdan hikoyalar maxsus kursning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati




2



8-sinflarda o’tiladigan O’zbekiston tarixi kursining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati




2



9-sinf maktablarda o’tiladigan O’zbekiston tarixi fanining tuzilishi




2



Akademik litseylarda o’tiladigan tarix kursi va uning tuzilishi




2



Tarix fanini o’qitishda me’moriy yodgorliklar va muzeylar bilan ishlash




2



Tarixni o’qitish usullari fanida adabiyot va manbalar bilan ishlash




2



7-siflarda Jaxon tarixi kursi va uning tuzilishi




2



O’rta maxsus kasb-hunar kollejlarida Tarix o’qitish metodikasi




2



Tarix o’qitishning og’zaki metodi.









Tarix fanini o’qitishda o’quvchilarni milliy qadriyatlar va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.










Jami




60

1.5. Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar

  1. I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., «O’zbekiston», 1998.

  2. I.A.Karimov. O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li.– T., «O’zbekiston», 1992.

  3. I.A.Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz.– T., «O’zbekiston», 1998.

  4. I.A. Karimov. O’zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. –T., «O’zbekiston», 1993.

  5. I.A. Karimov. O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li.–T., «O’zbekiston», 1993.

  6. I.A. Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin –T., «O’zbekiston», 1994.

  7. I.A. Karimov. Istiqlol va ma’naviyat. –T., «O’zbekiston», 1995.

  8. I.A. Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.–T., «O’zbekiston», 1995.

  9. I.A.Karimov. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida.–T., «O’zbekiston», 1995.

  10. I.A. Karimov, I. Tursunov. Islom Karimovning «O’zbekiston iqtisodiy isloќotlarni chuqurlashtirish yo’lida» asarini o’rganish.–T., «O’zbekiston», 1995.

  11. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va taomiyllari. –T., «O’zbekiston», 2000.

  12. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. –T., «O’zbekiston», 1992.

  13. V. Sodiqov, R. Shamsutdinov, P. Ravshanov, O’. O’smanov. O’zbekistonning Yangi tarixi. Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachillik davrida. –T., «Sharq», 2000.

  14. M. Jo’rayev, R. Nurullin va boshqalar. O’zbekistonning Yangi tarixi. O’zbekistonning Yangi tarixi. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. –T., «Sharq», 1999.

  15. O’zbekistonning Yangi tarixi. Mustaqil O’zbekiston tarixi. –T., «Sharq», 2000.

  16. M. Jo’rayev, M. Lafasov, K. Normatov. 5-sinf. Jahon tarixidan hiqoyalar. –T., 2000.

  17. A.S. Sagdullayev, V.A. Kasteskiy, N.K. Norqulov. 6-sinf. O’zbekiston tarixi. –T., «Sharq», 1999.

  18. A. Muhammadjonov. 7-sinf. O’zbekiston tarixi. –T., «O’qituvchi», 2000.

  19. T. Salimov, S. Mahkamov. 7-sinf. Jahon tarixi. –T., «Sharq», 1999.

  20. N. Norqulov, U. Jo’rayev. 8-sinf. O’zbekiston tarixi. –T., «Sharq», 2000.

  21. J. Rahimov. 9-sinf. O’zbekiston tarixi. Toshkent, 2000.

  22. D. Alimova, R. Karimov, Q. Oqilov, K. Rajabov, A. Alimov, A. Mavrulov. 10-sinf. O’zbekiston tarixi. –T., «Sharq», 2000.

  23. G. Hidoyatov. 10-sinf. Jahon tarixi. –T., «Sharq», 2000.

  24. N. Jo’rayev. 11-sinf. O’zbekiston tarixi. –T., «Sharq», 1998.

  25. O’zbekiston tarixini o’qitish va o’rganishning yagona konsepsiyasi. –T., 1996.

  26. O’zbekiston tarixi umumta’lim va yangi to’rdagi maktablarning. 11 sinflari uchun dastur. –T., 1997.

  27. O’zbekiston tarixi fani dasturi universitetlar va pedagogika oliy o’quv yurtlarining tarix fakultetlari uchun. –T., 1996.

  28. A. Asqarov. O’zbekiston tarixi. Eng qadimgi davrlardan milodning V asrgacha. –T., «O’qituvchi», 1994.

  29. V. Bobobekov. Jahon tarixi. –T., «Fan», 1996.

  30. V. Bobobekov, Po’lotxonov qo’zg’oloni. –T., «O’zbekiston», 1996.

  31. A. Ibrohimov va boshqalar Vatan tuyg’usi. –T., «O’qituvchi», 1996.

  32. Sh. Karimov, R. Shamsutdinov. Turkiston Rusiya bosqini davrida. –A., «Meros», 1994.

  33. R. Mukimov, V. Bobobekov va boshqalar. Istoriya Uzbekistana. Tom.3. –T., «Fan», 1994.

  34. R. Muqimov va boshqalar. O’zbekiston tarixi. XVI-XIX asrning 1–yarmi.-T., «O’qituvchi», 1994.

  35. J. Rahimov. O’zbekiston tarixini o’rganishda arxiv materiallaridan foydalanish. –T., «O’qituvchi», 1995.

  36. T. Rahmatullayev. O’zbekiston xalqlari tarixini o’rganishda arxeologiya materiallaridan foydalanish. –T., «O’qituvchi». 1994.

  37. M. Sodiqov. Oltiariq tarixi. –T., «Fan», 1996.

  38. A. Sa’diyev. Maktabda tarix o’qitish metodikasi.–T., «O’qituvchi», 1998.

  39. A. Sa’diyev. O’zbekiston xalqlari tarixini o’qitish. –T., «O’qituvchi», 1993.

  40. A. Sa’diyev. Maktabda tarix bilimlarning hozirgi ahvoli va uni o’qitishni milliy asosga kurish. –T., 1993.

  41. I. Tursunov. Istiqlolga intilgan qalblar nidosi. –T., 1993.

  42. E. Safayeva. O’zbekiston xalqlari tarixini o’qitishda mahalliy materiallardan foydalanish. –T., «O’qituvchi», 1993.

  43. O’zbekiston tarixi va madaniyat. –T., «O’qituvchi», 1992.

  44. Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai Sa’dayn va majma’i bahrayin. –T., «Fan», 1969.

  45. Abubakr Muhammad ibn Ja’far marshaxib «Buxoro tarixi». –T., «Fan», 1987.

  46. Abulg’oziy «Shajarayi turk». –T., «Cho’lpon», 1992.

  47. Abu Rayhon Beruniy. «Hindiston». –T., «Fan», 1965.

  48. Abu Rayhon Beruniy. Qadimg xalqlardan qolgan yodgorliklar. –T., «Fan», 1968.

  49. Zahiriddin Muhammad Bobur. «Boburnoma». –T., «Fan», 1968.

  50. Z. Valiy. «O’zbek urug’lari». –T., 1992.

  51. Ziyo Ko’kal. «Turkchilik asoslari». –T. 1994.

Elektron manbalar

    1. www.history.ru

    2. www.natura.com

    3. www.archaelogy.ru

1.6. Bilimni baholash tartibi va mezoni

Talabalar bilimi reyting tizimi asosida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarda baholanadi. Joriy nazoratlar dars (asosan, amaliy mashg‘ulotlar) davomida og‘zaki so‘rov, yozma nazorat ishi, test, mustaqil ishlarni tekshirish, darsdagi faollikni hisobga olish va shunga o‘xshash ko‘rinishlarda amalga oshiriladi. Bunda talabalarning alohida mavzular bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallash darajasi baholanadi. Oraliq nazorat darsdan tashqari belgilangan vaqtda og‘zaki, yozma yoki test shaklida o‘tkazilib, bunda fanning ma’lum bo‘limi (yoki bir nechta mavzulari) bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallash darajali baholanadi.

YAkuniy nazoratlar semestrning oxirgi ikki haftasi davomida nazoratlar jadvalida belgilangan kun, vaqt va auditoriyada o‘tkazilib, bunda fan (yoki uning semestrda o‘tilgan qismi) bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallash darajasi baholanadi.

Baholash 100 ballik tizimda o‘tkaziladi va eng yuqori ko‘rsatgich joriy nazoratlar uchun 35 ball, oraliq nazoratlar uchun 35 ball va yakuniy nazoratlar uchun 30 ball hajmida belgilangan.

Nazorat turlari bo‘yicha alohida saralash bali belgilanmagan. Joriy va oraliq nazoratlar bo‘yicha saralash bali – 39 ball, umumiy saralash bali – 55 ball.

To‘plangan ballarning sifat ko‘rsatgichlari:

86-100 - a’lo

71-85 - yaxshi

55-70 - qoniqarli



0-54 - qoniqarsiz

Reyting nazoratlari jadvali

Mavzular tartib raqami

Jami o‘quv soatlari

Ma’ruza

Amalyot mashg‘uloti

Mustaqil ish

Nazorat turi

Eng yuqori ball

Saralash bali

Nazorat o‘tkazish muddati

1-5





12


18

20

1-JN


17

10

dekabr 3-xafta

6-10




12


16

20

2- JN


18

11

yanvar 3-hafta



1-10




20

30

24

2-ON

35

18

fevral 2-hafta

1-10




40

60

48

JN+ON

YAN

JN+ON+YAN

70

30

100

39

-

55

fevral 2-xafta

fevral 3-4-hafta

fevral 4-hafta

Joriy nazoratlar mezoni

Max. ball

SHundan

Talaba faoliyati turi

1-JN

2- JN




8

8

12

7

4

4

6

2

4

4

6

2

Darsga tayyorlanib kelish, darsdagi faollik.

Uy vazifasini bajarish

YOzma nazorat ishini bajarish

Mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish

35

17

18

Darsdan tashqari ilmiy-ijodiy ishlar bo‘yicha yutuqlar uchun talaba balini 35 ball doirasida 20% gacha ko‘tarish mumkin

Talabaga faoliyat turlari bo‘yicha ball qo‘yishda maruza va seminar daftarlardan foydalanish mumkin.



Oraliq nazoratlarni o‘tkazish tartibi va mezoni

Fan bo‘yicha 2 ta oraliq nazorat o‘tkazish belgilangan. Oraliq nazoratlar yozma ish shaklida kafedra komissiyasi (ma’ruza o‘qituvchisi, amaliy mashg‘ulot o‘qituvchisi va boshqalar) tomonidan o‘tkaziladi. Nazorat variantlari 4 ta savoldan iborat (2 ta nazariy savol, 1 ta amaliy topshiriq, 1 ta mustaqil ish doirasidagi nazariy yoki amaliy topshiriq). Savollarga javob berish uchun talabaga 1,5 kalendar soat vaqt beriladi. YOzma ish qo‘yidagi mezon bo‘yicha baholanadi:



Nazoratlar

Savolning javobi uchun ajratilgan eng yuqori ball

1-savol

2-savol

3-savol

4-savol

Jami

ON


9


9

9

8

35

YAkuniy nazoratlarni o‘tkazish tartibi va mezoni

Fan bo‘yicha bitta yakuniy nazorat o‘tkazilishi belgilangan. Nazorat variantlari 5 ta savoldan iborat (2 ta nazariy savol, 2 ta amaliy topshiriq va 1 ta mustaqil ish doirasida nazariy yoki amaliy topshiriq). YAkuniy nazoratlar yozma-og‘zaki shaklda fakultet komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Savollarga javob berish uchun 1,5 kalendar soat vaqt beriladi. YOzma-og‘zaki ish qo‘yidagi tartibda baholanadi: yozma ish yig‘ishtirib olingandan keyin variantdagi savollar doirasida (ko‘chirmachilik qilingan yoki qilinmaganligini aniqlash maqsadida) og‘zaki suhbat o‘tkaziladi. Suhbat natijasida talaba bahosi minimal darajagacha pasaytirilishi mumkin. YAkuniy nazorat quyidagi mezon bo‘yicha baholanadi:



Nazorat

Savolning javobi uchun ajratilgan eng yuqori ball

1-savol

2-savol

3-savol

4-savol

5-savol

Jami

YAN

6

6

6

6

6

30




TARIXDAN DARS BERISH КУРСИ БЎЙИЧА ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯСИНИНГ КОНЦЕПТУАЛ АСОСЛАРИ



МАЪРУЗА

СЕМИНАР

АМАЛИЁТ



МАШҒУЛОТЛАРИДА ЎҚИТИШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ



КЛАСТЕР ТЕХНОЛОГИЯСИ



КУТИШ ЙЎЛДОШИ ТЕХНОЛОГИЯСИ



ИНСЕРТ ТЕХНОЛОГИЯСИ



ВЕНН ТЕХНОЛОГИЯСИ



БУМЕРАНГ ТЕХНОЛОГИЯСИ



ЗИГЗАГ ТЕХНОЛОГИЯСИ



ЧАРХПАЛАК УСУЛИ



БЛИЦ-СЎРОВ УСУЛИ



ГУРУҲЛАРДА ИШЛАШ УСУЛИ



АҚЛИЙ ХУЖУМ УСУЛИ


MA’RUZA MATNI

MAVZU: Tarix o`qitish uslubiyatining predmeti va uning vazifalari.

REJA:

Kirish.


  1. Tarix o'qitish uslubiyatining predmeti. Tarix o'qitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular o'rtasidagi aloqalar.

  2. Tarix o'qitish uslubiyatining vazifalari.

  3. Tarix o'qitish uslubiyatining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.

Dars o’tish jarayonida yangi pedtexnologiyalardan (“Bumerang”, “Klaster”, “Munozara” ) foydalaniladi.

Asosiy adabiyotlar va manbalar.

1.Karimov I.A.Yukcak ma’naviyat-engilmas kuch.T.,2008

2.Karimov I.A.O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.. T., 1992.

3.Karimov I.A. Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., 1997.

4.Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T, 1998.

5.Karimov I.A.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ,O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. T, 2009..

6. «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun. T., 1997.

7.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T.,1997.

8.Ishmuhammedov R.,Abduqodirov A.,Pardaev A.Ta’limda innovatsion texnologiyalar.T.,2008.

9.Sa`diev A. O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish.T., «O’qituvchi » 1993.

10.G’afforov,Ya.,G’afforova M.G.,O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish usullari.T, 1996.

11. httr: www.worldarthistory.com

12. httr: www.orexca.com/rus/uzbekistan.shtml

O`zbekiston Mustaqil davlat deb e‘lon qilinishi davlatimizning bugungi kunini emas, balki istiqbolini ham belgilab beruvchi asosiy omildir. O`zbekiston Respublikasining istiqlol yo`li avlod-ajdodlarimizning tarixiy an’analari va ma’naviy merosiga suyangan holda tanlab olindi.

Tarix o`qitish uslubiyati ilmiy pedagogik fan bo`lib, u o`quvchilarga tarixdan puxta bilim berish, ularni tarbiyalash va kamol toptirishda maktabda o’qitiladigan tarix kursining maqsadini, ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarini, mazmuni, uslub-usullarini hamda tarix o`qitishning eng muhim vositalarini belgilab beradi. Tarix o`qitish uslubiyatining asosiy fan sifatida oliy o`quv yurtlaridagi tarix fakul’tetlarining o`quv rejasiga kiritilishi va uni o`rganishdan ko`zda tutilgan maqsad kelgusida o`qituvchi bo`lib chiqadigan talabalarni maktabda tarix o`qitishning ilmiy asoslari bilan qurollantirishdan iborat.

Tarix o`qitish uslubiyati o`zining Mustaqil tekshirish predmetiga ega. Maktabda tarix fanining o`qitilishi va o`qitish jarayonining o`rganilishi tarix o`qitish uslubiyatining predmetini tashkil etadi. O`qitish jarayonining ob‘ektiv suratda amal qiladigan o`z qonuniyatlari bor. Ularni bilib olish va talim-tarbiya jarayonida bu qonuniyatlarga amal qilish, ulardan oqilona foydalanish maktabda tarix o`qitishni ilmiy asosda olib borishning muhim kalitidir. Zotan, Mustaqil-huquqiy davlat qurishining hozirgi bosqichida tarix o`qitishni yanada takomillashtirib borish, o`qitish jarayonida uning ob‘ektiv ravishda amal qiluvchi qonuniyatlarini aniq va mukammal bilib olish, bu qonuniyatlardan komil insonni tayyorlab yetishtirish maqsadida to`g`ri foydalanish zarur.

Mustaqil O`zbekiston Davlatining tashkil topishining hozirgi bosqichida tarix o`qitishning yanada yaxshilab, yangilab borish, o`qitish jarayonini, uning ob‘ektiv suratda amal qiluvchi qonuniyatlarini aniq va mukammal bilib olish, bu qonuniyatlardan huquqiy demokratik davlatning faol va ongli quruvchilarini tayyorlab yetishtirish maqsadida to`g`ri foydalanishi zarur.

Tarix o`qitish uslubiyatining tadqiq etadigan, talabalarni puxta va mukammal bilim olish amalda suyanishi kerak bo`lgan maxsus kursning umumiy qonuniyatlari nimalardan iborat va ular ta‘lim jarayonida qanday namoyon bo`ladi, u tarix o`qitish jarayonining tarkibiy qismlari (maqsadi, mazmuni, o`qitishning metod va usullari hamda natijalari) o`rtasidagi qonuniyatli aloqalar quyidagicha nomoyon bo`ladi.

Maktabda o`qitiladigan tarix kursining maqsadi, ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi o`qitishning mazmuniga, uning g`oyaviy-siyosiy va nazariy jihatdan pishiq bo`lishiga bog`liq bo`lganidek, o`quvchilarning tarix kursining o`zlashtirish darajasi ham o`z navbatida o`qitishning amaliy-ilmiy asosda maqsadga muvofiq tashkil qilinishiga, o`qituvchining o`rganiladigan mavzuning maqsadi, ta‘lim-tarbiya vazifalari va mazmuniga mos keladigan ta’lim formalari-shakllari, o`qitish uslubiyati va usullari hamda vositalaridan qay darajada maqsadga muvofiq foydalana bilishiga bog`liqdir. Shuningdek o`qitishning natijalari ham o`qituvchining, o`qitishning ko`zlangan maqsadi, uning ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarini aniq belgilab olishiga kursning mazmuniga mos tarzda amalga oshirishga yordam bera oladigan metod va usullaridan ilmiy asosda foydalana bilishga bog`liqdir. Tarix o`qitish jarayonining tarkibiy qismlari o`rtasidagi bu o`zaro dialektik bog`lanish natijasida ular bir-biriga uzluksiz ta‘sir ko`rsatib boradi. Tarix o`qitishda ana shu qonuniyatlarga suyanmasdan, ularni e‘tiborga olmasdan turib yaxshi natijalarga erishib bo`lmaydi.

Maktabda tarix ta’lim jarayoni umumiy qonuniyatlarni quyidagi sxema asosida ko’rsatish mumkin.






Tarix o`qitish. Maqsadi (ta’lim-tarbiya va riv. vazifalari)




Maktab tarix ta’limining mazmuni




O`quvchilarning yosh xususiyatlari va bilish imkoniyatlari

Tarix o`qitish va o`rganilishini tashkil etish

O`qitishning natijalari : tarixiy bilimlar, insoniylik qadriyatlari asosida tarbiya va o`quvchilarning rivojlanish darajasi.

Tarix o`qitishning asosiy maqsadi, maktabda o`qitiladigan boshqa fanlar singari, o`zligini anglash tarbiyasidan iboratdir. Bu maqsad bir butun, qator ta‘lim-tarbiya vazifalaridan tashkil topadi. Maktabda tarix o`qitish vazifasi o`quvchilarda ongli dunyoqarashini shakllantirishdan iboratdir. Tarix o`qitish jarayonida bu bosh vazifa bilan birga yoshlarni mehnatga ongli munosabatda bo`lishi ruxida, o`zbek xalqining tarixiy o`tmishi, o`zligi ma‘naviyati ruxida, huquqiy tarbiyalash, ularni bilish va ijodiy ishlash va malakalarini ham amalga oshirib boriladi.

Tarix o`qitish deganda, tarixiy materiallar vositasida o`quvchilarga bilim berish ularni o`zligini anglash bu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko`tarish ruxida tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan jarayonni, ya‘ni o`qituvchi va o`quvchilarning ilmiy (ichki) o`quv xarakatlari (tashqi) jarayoni tushuniladi.

Tarix kursining mazmuni deganda birinchi navbatda tarix dasturi va darsligada belgilab berilgan tarixiy bilimlar kulami o`quv metariallari: uning mazmuni, tarixiy faktlarni taxlil qilish asosida kelib chiqadigan xulosalar va umumlashtirishlar, o`quvchilarning tarixiy materiallarni o`zlashtirish va olgan bilimlardan foydalana bilish sohasidagi o`quv usullari, ko`nikma va malakalari sistemasi, shu jumladan, ularni ilmiy tadqiq qilish ishlarining eng oddiy formalarini egallashlari ko`zda tutiladi. Tarix o`qitishning tashkil qilish deganda, tarix o`qitishni va o`quvchilarning o`rganishlarini tashkil etish, ularning o`rganish faoliyatini o`qituvchining boshqarishiga yordam beradigan metod va metodik usullar, o`quvchilardagi mavjud bilimlarni ishga solish va ularni ijodiy bilishga yo`naltiradigan topshiriqlar sistemasi hamda ta‘limning turli shakllari (dars, seminar mashg`ulotlari va boshqalar) tushuniladi.



O`qitishning natijalari deganda esa, maktabda tarix o`qitishning maqsad va vazifalari, mazmunini muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirishlishi, o`quvchilarning tarix fani asoslarini, tarixiy materiallarga mos samarali metod va usullari bilan va bilimlardan foydalana bilish malakalarini puxta o`zlashtirishlari, shu asosda ilmiy dunyoqarashi va komil insonni boshqa zaruriy sifatlarini tarbiyalash, o`quvchilarning tarixiy tafakkurini, tasavvuri va nutqini, maxsus va umumiy qobiliyatlarini ustirish ko`zda tutiladi.

Shundan qilib, maktab tarix ta‘limi jarayonining yuqoridagi umumiy qonuniyatlari quyidagi ob‘ektiv va qat‘iy takrorlanadigan aloqalarda namoyon bo`ladi: o`qitishning maqsadi-uning mazmuni bilan belgilanadi, o`qitishning sa-marasi esa o`qitishda oshirilgan qat‘iy ijobiy natijalar bilan tekshiriladi, ya‘ni tarixiy bilimning sifati, tarbiya va o`quvchilarning kamol topishi darajasi bilan o`lchanadi.

Maktab tarix kursi mazmunan juda boy va xilma-xildir. Tarix kursining mazmuni maktabda uni o`qitish va o`quvchilarning o`rganish faoliyati orqali ularning ongiga, tarbiyasi va tafakkuriga ta‘sir ko`rsatadi, ularning kamol topishiga yordam beradi.

Tarix o`qitish uslubiyati o`qitish jarayonining tarbiyaviy qismlari ular o`rtasidagi qat’iy takrorlanadigan o`zaro aloqa va bog``lanishlarda namoyon bo`ladigan qonuniyatlarni ochib beradi va tarix o`qitish jarayonining takomillashtirishda ulardan foydalanish yo`l-yo`riqlarni ko`rsatib beradi. Demak, tarix o`qitish uslubiyati bo`lajak o`qituvchilarni maktabda tarix o`qitishning ilmiy-nazariy asoslari bilan qurollantiradi. Shuningdek metodika ularni tarix o`qitish jarayonini o`rganishning tekshirish metodlarini o`rgatadi. Tarixiy jarayon ikki yo`l bilan o`rganiladi. Birinchisi ko`zatish metodidir. Bu metoddan foydalanganda turli xildagi o`quv-uslubiy adabiyotlar, o`quvchilarning yozma ishlari, ma‘ruzalari, ularning javoblari berilgan stemogrammalar va magnitafon yozuvlari, o`qitishga berilgan baho va chiqarilgan xulosalar bilan tanishib chiqiladi, darslar ko`zatiladi, o`quvchilarning bilimi va ko`nikmalari o`rganiladi.

Shunday qilib, kuzatish metodidan foydalanganda, tadqiqotchi tarix o`qitishning mavjud tajribasi doirasidan chetga chiqmaydi, uni tabiiy ravishda ko`zatadi va o`rganadi.



Ikkinchisi eksperiment metodi. O`qituvchi o`qitish jarayonini o`zi xoxlaganicha uyushtiradi. Unga ba‘zi o`zgarishlar kiritadi, natijasini tekshirib ko`radi. Xullas, ijodiy ish qiladi va uning ishi ilmiy eksprimentga o`xshab ketadi. Biroq, o`qituvchi qilgan ijodiy izlanishlarning ilmiy eksprimentdan farqi, avvalo shundaki, o`qituvchi darsda amaliy vazifani xal qiladi, uning xulosalari esa o`z faoliyatining natijasi bo`ladi. Ilmiy eksperimentga ko`pchilik o`qituvchilarning ishi uchun umumiy bo`lgan qonuniyatlar tadqiq etaladi, chiqarilgan xulosalar ilmiy asosda rasmiylashtiriladi.

Shuning uchun ham tarix o`qitish jarayonini tadqiq etishdagi ko`zatish uslubini eksperimental tadqiqotdan farq qila bilishi kerak.

Tarix o`qitish uslubiyati tarix fani bilan o`zviy bog`langandir. Tarix o`qitish o`quvchilarga tarixiy voqeilikni bildirishdan iboratdir. Shu jihatdan o`quvchilarning tarixiy voqeilikni bilish yo`llari tarixiy-tadqiqotga uxshab ketadi. O`quvchilar tarixni o`rganishda olimlar tomonidan ilmiy jihatdan tekshirib ko`rilgan va taxlil qilib chiqilgan faktlar hamda ilmiy xulosalarga asoslangan, ba’zan tarixiy manbalarni o`rganish asosida ba’zi faktlarni yanada aniqlash, tarixiy faktlardan umumiy xulosalar chiqarish, umumiy xulosalardan yangi faktlarni o`rganish uchun foydalanishlari mumkin.O`qitish jarayonida o`quvchilar tarix fanini va uning ba’zi tadqiqot uslublarini bilib oladilar.Shunday qilib, tarix fani va tarix o`qitish uslubiyati o`zining alohida o`rganish ob‘ekti, vazifasi hamda tadqiqot uslubiga ega.

Tarix o`qitishda o`quvchilarning yoshi, bilimi, fikrlash qobiliyati va ruxiy faoliyatini e‘tiborga olmasdan turib, ularning o`quv faoliyatiga samarali ta’sir etib bo`lmaydi. Shu sababli uslubiyot ruxshunoslik fani bilan bog`langan.

Metodika ham, psixologiya fani ham amalda Mustaqil davlat siyosati, mafkurasiga asoslanadi va nazariya ularni metodologik asosini tashkil etadi. Psixologiyaning hozirgi bosqichdagi taraqqiyoti maktabda fanlarni o`qitish jarayonini ilmiy asosda xar tomonlama chuqur tadqiq etish va uni o`qitishni yanada yaxshilash uchun imkoniyatlarni yaratib beradi. Tarix o`qitish uslubiyati ham tarix o`qitish jarayonini o`rganishda psixologiya faniga suyanadi.

Psixologiya fani o`quvchilardagi psixik faoliyatini umumiy qonuniyatlarini o`rganadi, uslubiyot esa o`quvchilarning psixik faoliyatini ularning tarixiy materiallarini o`zlashtirish bilan bog`liq bo`lgan tomonlarinigina tadqiq etish metodidan ham qisman foydalanadi. Psixologiya psixik faoliyatining umumiy qonuniyatlarini o`rgatadi, metodika esa o`quvchilarning psixik faoliyatini ularning tarixiy materiallarini o`zlashtirish bilan bog`liq bo`lgan tomonlarinigina tadqiq etadi. Shuningdek o`quvchilardagi psixik faoliyatining tadqiq etish metodlaridan ham qisman foydalanadi. Psixologiya psixik faoliyatining umumiy qonuniyatlarini o`rganadi, metodika esa tarix o`qitishning mazmuni va metodik usullari psixik faoliyat orqali erishiladigan natijalar o`rtasidagi qonuniyatlarni bog`lanishlarni o`rganadi.

Demak, har ikkala predmetning o`rganadigan ob‘ektlari qisman o`xshash bo`lsada vazifalari boshqa-boshqadir. Shunday qilib, tarix o`qitish uslubiyati o`qitishda yaxshi natijalarga erishish o`quvchilarning tarixiy materiallarini puxta o`zlashtirishi bilan psixik faoliyati o`rtasidagi qonuniyatli bog`lanishlarni ham o`rgatadi. O`quvchilarga ta‘lim-tarbiya berishda psixologiya faniga suyanadi. O`quvchilarning psixik faoliyatini o`rganishda psixologiya tekshirish uslublaridan foydalanish usullarini ham ko`rsatib beradi.

Uslubiy ta‘lim-tarbiya haqidagi pedagogika fani uning tarkibiy qismi bo`lgan didaktika bilan chambarchas bog`langan. Uning Mustaqil bir tarmog`idir.

Uslubiyot pedagogik jihatdan yaxshi natijalarga erishish maqsadida ham tarix o`qitish jarayonini o`rganadi. Metodika o`rganadigan tarix o`qitish jarayoni ham o`qitishda yaxshi natijalarga erishishni ko`zda tutadi. O`qitish jarayonini o`rganish metodlari pelagogik metodlar bo`lib, o`qitishni natijalarining ko`rsatgichlari ham pedagogik ko`rsatgichlardir.

Tarix o`qitish metodikasi huquqiy davlat, o`zlikni anglash didaktikasining asosiy prinsiplari tarix o`qitish jarayoniga tatbiq etishda uning mazmunidagi o`ziga xos xususiyatlarini ham e‘tiborga oladi, tarix o`qitish jarayonining tarkibiy qismlari o`rtasidagi qonuniy bog`lanishi va munosabatlarni aniqlashtiradi va shu asosda o`qitish maqsadi, mazmuni, metod va usullari hamda o`qitish jarayonini jihozlashga doir talablarini belgilab beradi.

Shunday qilib, tarix o`qitish pedagogika fanining Mustaqil bir tarmog`i bo`lib, u o`zining Mustaqil tekshirish predmetiga ega.

Uslubiyotning nazariy qismini egallagan tarix o`qitish jarayonining umumiy qonuniyatlarini bilib olishga va bu qonuniyatlardan yosh avlodga ta‘lim-tarbiya berish va kamol toptira borish ishini yanada takomillashtirish maqsadida foydalanishga yordam beradi.

Tarix ta‘limining mazmuni va sinf o`quvchilarining umumiy saviyasiga qarab bilishning umumiy qonuniyatlari turlicha nomayon bo`ladi. Tarix o`qitish uslubiyati o`rganadigan eng muhim qonuniyatlardan biri o`qitish jarayonining rivojlanish qonuniyatidir. Bu rivojlanish ta‘lim jarayonida o`quvchilarni qiziqishi, bilimi, ko`nikma va malakalari hamda tafakkurning o`sib borishda namoyon bo`ladi, ayni bir vaqtda, o`quvchilarning xar tomonlama yanada kamol toptirishni ta‘minlaydi.

Tarixning xar bir kursi, uning bo`limi va xar bir mavzusi o`quvchilarning bilim olishi, ko`nikma va malakalarga ega bo`lishi va kamol topishda muhim bir bosqich bo`lib xizmat qiladi.



2. MAVZU: Tarix o`qitish uslubiyatining fan sifatida shakllanishi va uning taraqqiyoti (kamchiliklari, oqibatlari va o`qitishning dolzarb muammolari)

REJA:

Kirish


1 .Tarix o'qitish uslubiyatining moxiyati va uni fan sifatida vujudga kelishi.

2.Tarixiy-uslubiy fikr va tarix ta'limining taraqqiyot davrlari.

3.Tarix taiimi, tarixiy-uslubiy fikr taraqqiyotida yo'l qo'yilgan kamchiliklar,uning oqibatlari va tarix o'qitishning dolzarb muammolari.

Dars o’tish jarayonida yangi pedtexnologiyalardan (“Bumerang”, “Klaster”, “Munozara” ) foydalaniladi.



Asosiy adabiyotlar va manbalar.

1.Karimov I.A.Yukcak ma’naviyat-engilmas kuch.T.,2008

2.Karimov I.A.O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.. T., 1992.

3.Karimov I.A. Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., 1997.

4.Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T, 1998.

5.Karimov I.A.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ,O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. T, 2009..

6.Ishmuhammedov.R. ,Abduqodirov.A. ,Pardaev.A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar.T.,2008.

7.Sa`diev A. O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish.T., «O’qituvchi » 1993.

Demokratiya, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatga sobitqadamlik bilan bosqichma-bosqich kirib borayotgan mamlakatimiz Vatanni ardoqlovchi, keng tafakkurli, sog`lom, ma’naviy va ma’rifiy jixatdan barkamol, iqtisodiy islohatlarning moxiyatini tushunadigan hamda ularni yangi ijtimoiy munosabatlarini shakllantirish orqali hayotga tadbiq etaoladigan yuqori malakali qadrlar zarur. Ko`rsatib o`tilgan xislatlarning poydevori esa umumiy o`rta ta’lim mnktablarida va unda o`qitiladi tarix fanining saviyaga bog`liq.

Tarix ta’limi, uning mazmuni va maqsadini aniqroq anglab olish uchun, hozirgi kunimizga, ya’ni mustaqil davlat tashkil topishi arafasigacha tarix ta’limining vujudga kelishi va uni fan sifatida o`qitilishi O`zbekiston tarixini nima uchun maktablarda o`rganilmasdan qolganligi, kamchiliklar va dolzarb muammolarni bilish maqsadga muvofiqdir.

Tarix ta’limining yuqorida aytilgan maqsad va mazmunidan kelib chiqib, tarix o`qitish uslubiyatini bosib o`tgan tarixiy yo`liga nazar tashlashni taqoza etadi.

Hozirgi tarix o`qitish uslubiyati tarixchi olimlar, o`qituvchi va o`quvchilarning mehnati va ijodiy izlanishining natijasidir. Tarix o`qitish uslubiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi jahon tarix fanining, ijtimoiy sotsial va iqtisodiy rivojlanish tarixi bilan siyosiy qarashlarning rivojlanishi, hamda pedagogika faning rivojlanishi bilan bog`liqdir.

Metodika so`zi qadimgi grekcha “metodos” so`zi dan olingan bo`lib, “tadqiqot yo`li” degan ma’noni anglatadi.

Uslubiyatning dastlabki elementlari maktabda tarix o`qitishning boshlanishi ya’ni qanday o`qitish, uning mazmunini tanlash asosida vujudga keldi. Jahon tarixi o`qitish tajribasidan ma’lumki, maktabda tarix o`qitish XVII asrning birinchi choragida boshlanadi. XVII-asrning oxiri-XVIII- asr boshlarida jahon mamlakatlari, sobiq Rossiya davlatida inqilobiy voqealar, isloxatlar o`tkaziladi. Natijada, maxsus o`quv yurtlari, umumiy ta’lim maktablari ochilib, ularda diniy bilimlar birgalikda dunyoviy bilimlar ham o`qitila boshlandi.Ammo bu davrdagi monarxiya davlati tepasida turgan shaxslarning yurgizgan siyosati butunlay o`z idora mafkurasiga buysundirilgan edi. Xullas, Rossiya imperiyasida tarix dastlab 1705 yildan boshlab Glyuka gim-naziyasida, 1721 yildan boshlab Peterburgdagi Feofan Prokop’vich maktabida, so`ngra akademiya, gimnaziyalarida o`qitila boshlandi.Bu davrdagi maktablarda faqat umumiy tarix o`qitilib, boshqa tarix o`qitilmas edi.

1747 yilda umumiy tarix darsligi birinchi marta chet tilidan tarjima qilinadi, 1766 yilda fransuz tarixchisi La Krotsaning umumiy tarixdan qisqa kursi rus tiliga tarjima qilinadi. Bu darsliklarining asosiy mazmunini xukmron sinflar tarixi tashkil etardi. Ana shunday qilib maktablarda tarix o`qitilishi boshlandi.

XVIII asrning ikkinchi yarimida tarix o`qitishning kengayishi tarixni


mustaqil predmetga aylantirilishi bilan birga tarixiy-uslubiy fikrlar ham rivojlana boshladi. Bu davrning uslubi o`qituvchilarda tarixiy voqealar sodir bo`lgan vaqt va joy xaqidagi tasavvurlarni rivojlantirishning juda muhim ekanligini tushunganlar.

Ular xronologiya, sinxronologiya tablitsalar tuzish, xronologiya bo`yicha mashq qilish kabi muhim metodik usullardan foydalana boshlaydilar.

Bu davrga oid pedagogik xujjatlarda ko`rsatmalilikning ahamiyat, takrorlash uchun savollar va boshqa metodik ko`rsatmalarni uchratamiz. Ammo tarixdan bo`ladigan mashg`ulotlar aksariyatida o`quvchilarga yillar, nomlar va ajoyib sargo`zashtlari qayta yod olishdan nariga o`tilmasdi. O`qituvchilar o`quvchilarning darsda bajaradigan vazifalarni ham tushuntirib bermas edi. Darsda o`qituvchining o`rni, uning jonli so`zi, hikoyasi o`ziga munosib o`rin egallay olmas, mustaqil ijodiy izlanishga imkoniyat yaratilmas edi. O`quvchilarga tarixdan uyda mashq qilish uchun vazifa ham berilmas edi.

XIX asrning ikkinchi yarimida burjua tarixchiligi rivojlanib, maktab tarix ta’limining mazmuni va uning yo`nalishi ular tomonidan belgilab beriladi.

XIX asrning 60 yillarida tarix o`qitishning real metodi deb nomlangan uslub ilgari surildi, bunda o`quvchilarning tarixiy manbalari taxlil qilish yetakchi rol uynaydi. Bu uslubda darsliklarni yod oldirish o`quvchilarga tadbiq qilinib, inson tafakkuri bilan yaratilgan eng muhim adabiy yodgorliklarni o`qib berishni tavsiya qiladilar. Ular hujjat va maqolalardan iborat xrestomatiyalarni to`zib bosmadan chiqaradilar. Xrestomatiyadan foydalanish o`quvchilarning tanqidiy fikr yuritish qobiliyatini o`stirishga xizmat qilish uchun asos qilib olingan real metod o`quvchilarga tarixga doir bilimlarning yaxlit sistemasini bera olmas edi.O`quvchilarning hujjatlar ustida ishlash qobiliyatiga ortiqcha baho berib yuborildi.

1872 yilda o`g`il bolalar o`qiydigan gimnaziya uchun tarixdan majburiy dastur qabul qilinadi. Bu programmada eng yangi tarix butunlay tushurib qoldirilgan, yangi tarix va o`rta asrlar tarixi qisqartirilgan asosiy e’tibor qadimga tarixni o`rganishga qaratilgan edi.Bu hol o`sha davrdagi ilg`orki ishlarning noroziligiga sabab bo`ldi. Bu davrdagi tarix o`qitish vazifalari ham, darsliklarning mazmuni ham uni o`qitishning mazmuni ham uni o`qitishning sholastik uslubi ham ijobiy o`qituvchilarni qoniqtirmas edi. Xalq maorifi Ministrligi gimnaziyalarda o`tiladigan tarix bilimlari sistemasini o`zgartirdi.

1917 yil Oktyabr to`ntarishi, xalqlarimiz ko`nglida ijtimoiy-milliy va mustamlakachilik istibdodidan batomom qutilish umidini uyg`otdi. Chunki kommunistik partiya va Sovet hukumati xalqlarga ozodlik, tenglik, mustaqillik berishni va’da qilgan edi. Lekin o`lkada inqilobiy xarakatiga juda chigal va ziddiyatli vaziyatda kechdi. Dastlab inqilobiy g`oyalarni amalga oshirishga o`lkaning o`ziga xos jihatlarning tushunmaydigan kishilar rahbarlik qildi. Mahalliy aholi vakillari bu ishga mutlaqo qatnashmadi.

Xalqning ming yillar mobaynida shakllangan an’analari, urf-odatlariga, turmush tarziga zid, ularga to`g`ri kelmaydigan tor sinfiy qarashlar, bolshiviklar, zo`ravonlik siyosati amalga oshirish boshlandi. O`zbekiston boshqa jumxuriyatlarni partiya hamda davlat oliy rahbariyati mustaqillikka va erkinlikka erishishga yo`l ko`ymadi.

Xo’jako’rsinga milliy davlat, milliy bayroq va milliy madxiya to`zib, amalda jumxuriyatlar mustamlaka holida qolaverdi. To`g`ri 20-yillarda jumxuriyat partiya va davlat oliy organlariga o`zbeklar tayinlandi, lekin ular markazning itoatkor xizmatkorlari hisoblanardi. Ko`p hollarda nazorat va ish yuritish markazdan yuborilgan o`rinbosarlar ixtiyorida bo`ldi. O`zbek tili emas, balki rus tili davlat, ilm-fan tiliga aylantirildi. 1929 yilda eski imloning avval lotin imlosiga, keyin rus imlosiga o`tishi yoshlarning milliy ma-daniyat va avlodlar boy tarixiy merosidan mahrum bo`lib qolishga sabab bo`ldi. Maktablardagi ta’lim tarbiya milliy zamindan o`zib tashlandi. Bunday siyosatga norozilik bildirganlar millatchilikda ayblanib, taqib ostiga olindi, 1918 yilda Toshkentda ochilgan musulmon xalq dorilfununi va uning xodimlari taqdiri shunday bo`ldi, 1920 yilda Turkiston xalq dorilfununi tugatilib, u O`rta Osiyo Davlat universiteti (xozirgi Toshkent Davlat universitetiga) qushib yuborildi. Uning mudiri va o`qituvchilarining aksariyat ko`pchiligi xalq dushmani-jadidchi, panturizm g`oyasi targ`ibotchisi, millatchi tamg`asi bosilib, katog`on qilingan. Ulardan ko`pchiligining taqdiri hozirgacha ham noma’lum. Musulmon xalq dorilfununining mudiri, o`z davrining yetuk olimi, yozuvchi va shoir, otashin ma’rifatparvar, ijtimoiy siyosiy xarakatlarning faol ishtirokchisi Munavvarqori Abdurashidxonov xibsga olinib, otib tashlandi.

20 yillarning oxirlariga kelib ma’muriy-buyrukbozlikka asoslangan mustabid markaz o`zil-kesil shakllanib o`lgurdi. Ushbu markaz amalda cheklanmagan xokimiyatni o`z qulida mujassamlashtirib, jumxuriyatlarni butunlay mustaqillikda, fuqarolarni esa eng oddiy haq-huquqlardan mahrum etdi. Maktab tarix bilimlari tizimi ham xuddi shu yillarda, ya’ni 30-yillarning boshlarida shakllandi. Maktab tarix bilimlari mazmuni butunlay ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizim, zo`ravonlik siyosati, partiya yakkaxokimligi manfaatiga buysundirildi. Xalq ta’limiga rahbarlik qilishdagi demokratik prinsip butunlay bo`zildi. Tarix o`qitish-o`rganish bir xil tizimga solib, uni siyosat manfaatiga buysundirishda partiya va davlat raxbarlarining tegishli qarorlari hamda ko`rsatmalari asosiy rol o`ynadi.

Fanlar bo`yicha yagona maxsus majburi hamda barqaror darsliklarning bo`lishi (maxsus va majburiy hamda) markazda rus tilida nashr qilinishi, joy joylarda tarjima qilib o`qitilishi, mamlakat miqyosida maktab ta’limiga vasiylik qilish va uning ustidan siyosiy nazoratning kuchaytirilishi yoshlarni davlat siyosati, yagona partiya g`oyasiga sodiq kishilar qilib, tarbiyalashni ko`zda tutar edi. 1938 yilda “VKP (b) tarixi qisqa kursi” darsligi nashr qilinib, markazda nashr qilingan barcha darsliklarga, shu jumladan tarix darsliklariga shu darslik tizimi asos qilib olindi.

Shu tariqa, 20-yillarning oxiri 30-yillarning boshlariga kelib, maktab tarix bilimlari tizimi shakllandi. 40-yillarda esa darsliklar yaratildi. Bunda davlat siyosatiga moslangan yagona partiya g`oyasi singdirilgan darsdiklarda umuman davlat siyosati umrini iloji boricha uzoqqa cho`zish asosiy maqsad qilib olgan edi. Markazda tayyorlanib chop etilgan mazkur darsliklar o`zbek tiliga tarjima qilinib, jumxuriyat maktablarida o`qitila boshlandi. 1934 yil-dan e’tiboran sobiq SSSR miqyosida shu jumladan jumxuriyat maktablarida tarix quyidagi tartibda o`qitiladi: III-VI sinflarda SSSR tarixining qisqa kursi: V-VII sinflarda qadimgi dunyo va o`rta asrlar tarixining elementar kursi, VIII-X sinflarda SSSR tarixi va yangi tarix kursi kiritildi.

Yuqorida ta’kidlab o`tilganidek, jumxuriyat maktablarida tarix o`qitishga ma’naviy hayotni markazdan turib boshqarishga asoslangan davlat siyosatini izchillik bilan amalga oshirish asosiy vazifa qilib quyildi. Mafkuraviy hukmronlik milliy jumxuriyatlar erkinligi tendentsiyalariga tazyiq ko`rsatdi. Ming yillar davomida shakllangan qadriyatlar inkor etildi. Jumxuriyat maktablarda O`zbekiston xalqlari tarixi mustaqil fan sifatida o`qitilmay, balki undagi ba’zi voqealarga Rossiya tarixi tarkibida o`qitish, yoshlarni ajdodlarimizning boy merosidan, an’analaridan maxrum etish maqsadida ularni chetga surib quyish yana shu davlat siyosatining erkin ifodasi natijasi edi. O`zbekiston xalqlarining ko`hna va mazmundor tarixi mustaqil fan sifatida o`qitilmaganligi o`quvchilar siyosiy ongining o`sishiga to`sqinlik qildi, ularning ma’naviy qashshoq bo`lib, qolishiga sabab bo`ldi.

Mazkur darsliklarda bulardan boshqa jiddiy kamchiliklar ham mavjud. Darslik mualliflari darsliklarni tarixiy faktlar va nomlarga to`ldirib yuborgan edilar. Tabiiy, bu hol darsda faktlarning hammasini chuqur taxlil qilish, ulardan tegishli xulosalar chiqarishni qiyinlashtirib quygan edi, ba’zi muhim tushunchalarning mazmuni chuqur ochib berilmasdan, ko`pincha ularga qisqacha izoh berish bilan kifoyalanilgan edi. Darsliklar jonli tilda yozilib, yodgorliklarning tasvirlari bilan jihozlanishga qaramay, ularda o`quvchilarni mustaqil ishga rag`batlantiruvchi savollar va vazifalar hamda tarixiy xujjatlardan namunalar berilmagan edi. Bu hol o`qituvchining darsda o`quvchilarning faolligini oshiqcha yordam beradigan usullar qo`llashiga imkon bermas, o`qituvchi ko`proq darsda materiallarni o`tib o`lgurish ustida bosh qotirar, boshqa ishlarni qilishga vaqti qolmas edi.

Maktab tarix o`qitishning shakl va usullarini ham ishlab chqishni talab etdi. N.V.Andreevskaya, V.N. Bernadskiy, I.V. Gittis, M.L. Zinovev, A.N. Strapiv va boshqa atoqli uslubiyatchilar maktabda tarix o`qitishning muhim muammolarini ishlab chqishga kirishdilar. 1939 yilda V.N.Bernadskiyning «Yuqori sinflarda tarix o`qitish» metodlari, (metodika predpodovaniya istorii v starshix klassax, L, 1939), 1947 yilda N.V.Andreevskaya bilan V.N.Bernadskiylarning «Yetti yillik maktablarda tarix o`qitish metodikasi» (Metodika prepodovaniya istorii v semiletnnx shkole) va boshqa uslubiy ko`llanmalar nashr etildi va o`zbek tiliga tarjima qilindi.

Respublikamizda 1918 yil dekabr oyidan boshlab nashr qilina boshlangan “Ma’orif” (hozirgi «Xalq ta’limi») jaridasi maktabda tarix o`qitishning yo`lga qo`yish va o`qituvchilarning pedagogik maxoratini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo`ldi, jumxuriyat o`qituvchilarning chinakkam dasturil amaliga aylandi. Jarida saxifalarida uzoq yillar «Falsafa», «Tarix», «Iqtisod va siyosiy”, “Siyosiy-ijtimoiy fanlar”, “Ta’lim-tarbiya” ruknlari ostida tarix o`qituvchilariga ilmiy-nazariy va ilmiy uslubiy yordam beradigan turli-tuman maqola va tavsiyanomalar bosilib turdi.

O`zbekiston maktablarida tarix o`qitishni yo`lga quyish va ma’lum darajada tarixiy uslubiy fikrlarning taraqqiyotida 1940 yil avgustda O`zbekiston Maorif vazirligi xuzurida tashkil etilgan o`quv uslubiy kengashi Tarix seksiyasining faoliyati ham katta ahamiyatga ega bo`ldi. Tarix seksiyasi tarix dasturlari va darslik hamda qo`llanmalar tarjimasining sifati, ularning jumxuriyat sharoitiga moslashtirishni nazorat qildi, darsliklar va uslubiy qo`llanmalarning nashr qilinishiga yordamlashdi, ilg`or tajribalarni ommalashtirib, maktabda tarix o`qitishning turli masalalariga doir ba’zi muhim tavsiyalarni ishlab chiqdi.

Fashistlar Germaniyasi ikki yilda butun G`arbiy Yevropani o`ziga qaratib oldi. Yevropani osonlik bilan buysundirgan, uning barcha sanoati, qishloq xo`jaligi va aholisini o`ziga xizmat qildirgan fashistlar Germaniyasi sobiq SSSR bilan tuzilgan hujum qilmaslik to`g`risidagi bitimini buzib, 1941 yil 22 iyunida mamlakatga itoatkorona, bostirib kirdi. Qardosh xalqlarning nemis-fashist bosqinchilariga qarshi urush boshlandi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida mamlakat tarixgina emas, balki jahon xalqlari tarixini ham chuqur o`rganish alohida ahamiyat kasb etdi. 1942 yilda Yu.S.Sokolovning uslubiy qo`llanmasi nashr etildi. Unda Ulug` vatan urushi sharoitida jumxuriyat maktablarida qadimgi dunyo, O`rta asrlar tarixi va yangi tarixni o`qitishning vazifalari ko`rsatib berilgan edi. Urushdan keyingi yillarda jumxuriyatda oliy va o`rta maxsus ta’limni rivojlantirish sohasida birmuncha ishlar qilindi. Bularning hammasi maktabda tarix bilimlarini, dastur va darsliklar mazmuni ma’lum darajada takomillashtirishga imkon to`g`dirdi.

Ammo bundan keyin ham ta’lim mazmuni sayyozlashib, u asosan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar singari kurash va ommaviy xarakatlarga doir mavhum va murakkab tushunchalar majmuidan iborat bo`lib qolaverdi. Tarixning bu taxlitda o`qitilishi o`quvchilarning ijodiy fikrlashiga to`sqinlik qildi. Tarixiy jarayonini tarixiy tarzda tasavvur qilishdan nariga o`tmadi. O`quvchilarning darsda material mazmunini yaxshi tushunolmay,uni yodlab olishi ularning fikr doirasini kengayishiga to`sqinlik qilardi. Markazda to`zilgan darslik matniga ijodiy yondashish, ularni nisbatan o`z fikr mulohazalarini bildirishga e’tibor bermasdi.O`quvchilar darsliklarda bayon qilingan tarixiy jarayonlarga, voqea xodisalarga berilgan yakkayu yagona bahoga asl haqiqat deb ishonib, dalil va isbotlarsiz hamisha bir xilda umumiy ravishda fikr yuritishga odatlanib qolgan edilar. Bu ularni siyosiy beparvolikka, tarixga e’tiborsiz bilan qarashga olib keldi.

O`lka tarixi materiallari SSSR tarixi dasturiga kiritilib, majburiy va
qonuniy ravishda o`qitiladigan bo`ldi. Jumxuriyatlar tarixi bo`yicha maxsus
o`quv qo`llanmalari yozildi. Maktab tarixi bo`yicha yangi dastur va darsliklar
yaratildi. Tarix o`qitish uslubiyati bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlari avj olib ketdi. Maktabda tarix o`qitishni yangi tartibi amalga oshirildi. SSSR tarixi dasturiga birinchi marta kiritilgan O`zbekiston tarixi materiallarini tanlash printsipini takomillashtirish, uni o`rganish asoslarini ishlab chiqish, u uslubiy adabiyotlar yaratilishida 1940 yil avgustidan o`z faoliyatini boshlagan. O`zbekiston Maorif vazirligi kqoshidagi o`quv-uslubiy kengashining tarix seksiyasi muhim rol o`ynadi. Shu seksiya a’zolari K.O.Oqilav, N.V.Teyx tomonidan 1960 yilda IV sinf o`quvchilari uchun O`zbekiston tarixiga oid 26 hikoyadan iborat qo`llanma yaratildi. K.O.Oqilav VII sinf o`qituvchi uchun O`zbekiston jumxuriyati tarixi bo`yicha tayyorlangan ilmiy uslubiy xarakteridagi maqolalarini gazetada e’lon qildi. Seksiyaning a’zosi P.K. Urmonova esa 1963 yilda VII sinf tarix o`qituvchilari uchun O`zbekistonini o`rganish bo`yicha qo`llanma yaratdi.Unda VII sinf dasturiga O`zbekiston tarixidan kiritilgan mavzularni o`qitish bo`yicha maslahatlar berilgan edi. 1964 yilda VIII sinf o`quvchilari uchun O`zbekiston tarixidan qo`llanma yaratildi. Shu yil K.O.Oqilovning yozgan sakkiz yillik maktablarning VII sinflari uchun o`quv qo`llanmasi nashr etildi.

Shunday qilib, 60 - yilning o`rtalariga kelganda O`zbekiston tarixi bo`yicha ba’zi o`quv qo`llanmalarini yaratishga muvaffaq bo`lindi. Dasturlar ham yangi talablar asosida qayta ko`rib chiqilib, tarix bilimlari mazmuni birmuncha boyidi. O`quvchilarning tarixga qiziqishi ortdi. Uni o`rganishning tarbiyaviy ta’siri kuchaydi. 1965 yil may oyida maktabda tarix o`qitish tartibini o`zgartsh to`g`risida qaror qabul qilindi. U Tarixning yangi, takomillashgan mazmuniga o`tish ishlari qizitib yuborildi. Ana shunday yangi talablar asosida 1966-1967 yillarda o`rta maktablarning VII-X sinflari uchun O`zbekiston tarixi bo`yicha yangi o`quv qo`llanmalari yaratildi. Bu qo`llanmalarda O`zbekiston xalqlari tarixiy taraqqiyotining asosiy bosqichlarini dastur talablari asosida batafsil yoritib berishga xarakat qilindi.

O`zbekiston tarixi bo`yicha qo`llanmalar yaratish hamda ularning takomillashtirib borish bilan birga maktablarda O`zbekiston tarixini SSSR tarixi tarkibida o`rganishning ilmiy asoslarini ham ishlab chqishga kirishildi va keng ko`lamda ilmiy-tadqiqot ishlari boshlab yuborildi.Bu soxada O`zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tekshirish ilmgohi olib borgan ishlari dikkatga sazavordir.Tarix o`qituvchilari uchun yaratilgan mazkur qo`llanmalar mualliflarining jumxuriyatdagi ilg`or o`qituvchilar bilan hamkorlikda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining yakuniy natijasi bo`lib, ularda SSSR tarixini (aniqrog`i Rossiya tarixini) O`zbekiston tarixi materiallari bilan bog`lab o`rganish, tarix o`qitishning samaradorligini oshirishga ba’zi masalalari yoritib berildi. SSSR tarixi tarkibida O`zbekiston tarixini o`rganilishiga O`zbekiston tarixining qo`llanmalarining yaratilishi jumxuriyatda tarix o`qitishni yaxshilash va tarixiy uslubiy fikrlar taraqqiyotida muhim rol uynadi.

Mazkur uslubiy qo`llanmalarda O`zbekiston tarixidan material tanlash va dasrda ulardan foydalanishning uslubiy usullarini aniq mavzular misolida ko`rsatib berishga xarakat qilindi. Ularda O`zbekiston xalqlari tarixiy taqdirining mushtarakligi va sobiq SSSR xalqlari tarixiy taqdirining mushtarakligini ochib berish uslubiyatini ishlab chqishga alohida e’tibor berilgan edi. O`zbekiston taxini SSSR tarixi umumiy tarkibida o`qitish, material tanlash, ularni o`rganishning uslubiy usul va vositalarini ishlab chqish, o`quv-uslubiy qo`llanmalarni yaratish soxasida birmuncha ishlar qilinganiga qaramay, bu ishlar jumxuriyatlar, jumladan O`zbekiston jumxuriyati tarixini Rossiya tarixiga singdirib yuborishga qaratilgan davlat siyosatining mohiyatini o`zgartira olmas.

(1971 yilda pedagogika fanlari bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlarining muvofiqlashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Oliy va o`rta Maxsus ta’lim vazirligi va O`zbekiston maorif vazirligining buyrug`i bilan o`rta maktabda O`zbekiston SSR tarixini o`qitish muammosi bo`yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika oliygohi Tarix qo`lliyotida tashkil etilgan “Tarix va jamiyatshunoslikni o`qitish uslubiyati” kafedrasiga yuklatildi. Bu vaqtdan boshlab kafedra shu muammo bo`yicha tadqiqotchilar ishiga rahbarlik qilib keldi. Kafedrada tayyorlanib nashr etilgan tarixning boshlang`ich ta’limi va o`lkani o`rganish dasturlari, ilmiy to`plamlar, darslik, o`quv uslubiy qo`llanmalar, markaziy va jumxuriyat matbuotida e’lon qilingan ilmiy uslubiy maqolalar ana shu tadqiqotlar natijasida bo`lib, ularda tarix, shu jumladan O`zbekiston tarixini o`qitishning dolzarb masalalari, tarix va jamiyatshunoslik fanlarini o`qitishda jumxuriyat tarixi va o`lka materiallaridan foydalanish, material tanlashning ilmiy prinsiplari ishlab chiqildi va natijalari e’lon qilindi.

O`zbekistonda malakali tarix o`qituvchilari tayyorlash tarixiy uslubiy fikrlarning rivojlanishida Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika oliygohi tarix qulliyotida tashkil etilgan O`zbekiston tarixi kafedrasi muhim rol o`ynadi. O`zbekiston tarixi kafedrasini tashkil etish va uni shakllantirishda O`zbekiston fanlar akaddemiyasining akademigi Ya.G`ulomov katta xizmat qildi. U juda katta ko`lamda ilmiy tadqiqot ishlari olib borish bilan birga oliy ma’lumotli tarix o`qituvchilari va yuqori malakali ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash O`zbekiston xalqlari tarixi bo`yicha darslik va o`quv ko`llanmalar yaratish, tarixiy bilimlarning targ`ib qilish sohasida ham muhim ishlarni amalga oshirdi, jumxuriyatda tarixiy metodik fikrlarning rivojlantirilishiga ham muhim xissa qo`shdi.

Bularning hammasi tarix ta’limi mazmunining va uni o`qitishning samaradorligini oshirishga ma’lum darajada yordam berganligiga qaramay, baribir u davlat siyosati, mafkuraviy hukmronlik ta’siridan butunlay qutala olmadi. tarix ta’limi o`z oldiga quyilgan maqsad, mazmun va tuzilish, o`qitish tartibi jihatdan hozirgi zamon talabiga o`z mustaqilligiga erishgan jumxuriyatimiz maktablari oldiga quyilayotgan yangi talablarga milliy maktab talabiga javob bera olmay qoldi. Bu kamchiliklar asosan uch guruhga bo`linadi.


  1. Tarix ta’limi uni o`qitish oldiga quyilgan maqsadning kamchiligi shundan iboratki, u zo`ravonlikka va adolatsizlikka asoslangan ma’muriy buyruqbozlik siyosatini amalga oshirish, o`quvchilarni bir xil yo`nalishdagi bilimlar bilan qurollantirish uchun xizmat qildi. Markscha-lenincha g`oya umuminsoniy qadriyatlardan ustun qilib quyildi. Markazda ishlab chiqilgan amaldagi tarix bilimlari konsepsiyasi va shu asosda tuzilib, chop etilgan dastur va darsliklar barcha o`quvchilarda bir xildagi dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilishi kerak edi. Tarix ta’limi mazmunining yagona mafkura iskanjasiga tushib qolganligi uning inqirozining asosiy sabablaridan biri edi

2) Tarix ta’limining yagona mafkura iskanjasiga tushib qolganligining mazmunan sayozlashishi bilan birga egasiz hamda mavhum va zerikarli tafsilotlariga aylanib qolishga sabab bo`ldi. Aslida bunda shaxsni jamoa orqali idora qilish, jamoani shaxsdan ustun quyishdan manfaatdor boshqaruv usuli hukm surdi. Avlodlar tarixi, ularning shon-shuxrati va jabr jafolari xaqidagi erkin xotiralar tarix darsliklarida o`z ifodasini topa olmadi. Tarix bilimlarining asosiy mazmuni ijtimoiy iqtisodiy jarayon, sinfiy kurash, davlatlar tarixi, inqiloblar, ommaviy xarakatlar tarixidan iborat bo`lib qoldi. Insonlar tarixi insonparvarlik g`oyalari, umumbashariy ahamiyatga ega bo`lgan tarixiy an’analardan, yuqorida ta’kidlanganidek, xalqimizning boy merosini o`rganishdan voz kechildi. Tarixiy bilimlarning bir xil yo`nalishi va tizimga solib quyilishi o`quvchilarni ijodiy fikrlashiga fikr doirasi kengayishiga to`sqinlik qiladi. Darsliklarda bayon qilingan voqea va xodisalarga berilgan yagona baxoning asl haqiqat deb talqin qilinishi o`quvchilarning hamisha bir xilda fikr yuritishiga odatlanib qolishiga sabab bo`ldi. Ularni o`qilgan matnlarga ijodiy yondashish imkoniyatidan maxrum etdi. Buning ustiga jumxuriyatimiz maktablarida tarix o`qitishning milliy asosga qurish negizi bo`lgan O`zbekiston xalqlari tarixini o`rganish ikkinchi darajali vazifa deb hisoblanib, o`qitilmay kelinganligi yoshlarning ma’naviy ahloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko`rsatdi. Ularning siyosiy ongi o`sishiga va o`zini anglashga to`sqinlik qildi.

3) Tarix kursining tuzilishi uni o`qitish o`rganish tartibini milliy asosga qurish prinsipining buzilishi va bu narsa pedagogika didaktika talablariga javob bermasligi yana bir kamchilikdir.

O`zbekiston jumxuriyati maktablarida tarix o`qitishning hozirgi axvolini taxlil qilish shuni ko`rsatadiki, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan markaz siyosatidan milliy maktablar ayniqsa ko`p zarar ko`rdi. Buning boisi shundaki, xususan jumxuriyatimiz maktablarida O`zbekiston xalqlari tarixini, xalqimizning an’analari, urf-odat va marosimlarini ma’naviy merosga tor sinfiy nuqtai nazaridan yondashish, uni biryoqlama o`rganish,dindorlik hamda daxriylikni g`oyat jun va qupol ravishda tushinish yoshlarni juda katta imkoniyatlardan mahrum qilib qo`ydi, tarixni o`qitish, ta’lim-tarbiyaning milliy zamindan ajralib qolishga sabab bo`ldi. Bu amaldagi konsepsiyaning jiddiy nuqsoni tarix bilimlari tuzilishi, uni o`qitish o`rganish tartibini milliy asosga qurish prinsipi ataylab buzulganligining natijasi edi. Sobiq SSSR xalq ta’limi davlat qumitasining raisi G.A.Yagodin 1988 yil dekabrda xalq ta’limi xodimlarining Butunittifoq s’ezdidagi ma’ro`zasida maktab tarix ta’limi ta’lim-tarbiya ishlari sohasidagi kamchiliklar ustida to`xtab, ularning asosiy sabablaridan biri milliylik prinsipidan voz kechilganligi bilan bog`liqligini xaqqoniy ravishda ko`rsatib shunday degan edi:“Ta’lim tarbiyani milliy madaniyatdan ajralgan holda yo`lga qo’yish o`quvchilarni nasl-nasabi noma’lum kishilar, deb xisoblash demakdir. Ayni milliy o`zligini anglab yetmaganlik milliy va madaniy masalalarda tayyorgarlikka ega emaslik millatlararo munosabatlarda buzilishlar milliy xudbinlik ko`rinishlari uchun ko`pgina qulay zaminni vujudga keltiradi.Sotsialistik baynalminalchilik bemillatlik emas u milliy iftixor ona tilini hurmat qilish asosiga quriladi. Bu sohada ko`pgina masalalar yig`ilib qoldi. Masalan: SSSR tarixi darsliklari talay darajada hamon rus xalqining rus davlatchiligining tarixi bo`lib qolmoqda”.

Darhaqiqat SSSR tarixi kursini rus xalqining rus davlatchiligining tarixidan iborat qilib qo`yish, mamlakatdagi boshqa xalqlar tarixini rus tarixiga singdirib yuborish siyosati oxir provardida juda katta salbiy oqibatlarga milliy munosabatlarning keskinlashib ketishida amaldagi maktab tarixi ta’limi konsepsiyasidan yuqorida aytib o`tilgan nuqsonlar ham katta rol o`ynadi.

O`zbekiston jumxuriyati maktablarida tarix o`qitishni milliy asosga qurishning mohiyati nimadan iborat? Gap shundaki, odatda maktab o`quvchilari boshqa fanlar qatori tarix fanini ham o`zi to`g`ilib o`sgan joyi, el-yurti, ota-bobolari, nasl-nasabi tarixni o`rganishdan boshlaydi. So`ngra ular o`zlaridagi mavjud tarixiy bilimlar, obraz-tasavvurlariga suyangan holda boshqa xalqlar, qushni mamlakatlar tarixini o`rganish lozim. Binobarin jumxuriyatimiz maktablarida tarix o`qitishning xozirgiga o`xshab Yevrona xalqlari tarixini o`rganishdan emas, balki O`zbekiston xalqlari tarixini o`rganishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu pedagogika didaktikaning ilmiy prinsiplariga ham mos keladi. Shuningdek jahon xalqlari tarixini o`rganishda ham o`quvchilarning el-yurt tarixi O`zbekiston tarixidan olgan bilimlari asos bo`lib xizmat qiladi. Jahon xalqlarining tarixi O`zbekiston xalqlarining tarixi va madaniyati bilan qiyosiy o`rganiladi. Bu esa xalqlar taraqqiyotidagi mushtarakliklar o`ziga xos xususiyatlar umuminsoniy qadriyatlar xar bir xalqning unga qo`shgan xissasini anglab olish imkonini beradi.

Tarixni o`qitish va uni o`rganishga yangicha yondoshish ko’p yillik maktab tajribasiga hamda ilmiy tadqiqot xulosalariga asoslangan bu haqiqatni, pedagogika-didaktikaning ilmiy prinsiplarini amalda tadbiq etish, hozirga qadar tarix o`qitish sohasida yo`l quyilib kelingan xato va kamchiliklarning asl mohiyatini tezroq anglab olish, ulardan tegishli xulosa chiqarish, qayta takrorlamaslik bugungi va kelajakdagi vazifalarni to`g`ri belgilab olishga ko`maklashadi. Shundagina tarix o`qitish oldiga qo`yilgan vazifalar muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Mustaqil jumxuriyatimiz xalqlarining manfaati, ularning ma’naviy barkamolligi uchun xizmat qiladi.

Maktab tarix ta’limi mazmunini ma’muriy buyruqbozlik usuliga asoslangan davlat siyosativa mafkura zo`ravonli iskanjasidan tozalash o`qitishning
hayotiy ehtiyojlardan ajralib qolishiga barham berish, ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish demokratiyalashtirish,tarix o`qitishning odatdagi tartibi
(tarixni bilish ilmiy prinsiplarga mos kelmaydigan tartibi,ya’ni uning
jahon xalqlari tarixini o`rganishdan boshlanishi tartibi)dan voz kechish o`quvchilarning o`zi to`g`ilib o`sgan joy,el-yurt jonajon vatan O`zbekiston xalqlari
tarixini o`rganishdan boshlash ularning vatan tarixini o`rganishga qiziqishini oshiradi.. Mehr-muhabbat uyg`otadi tarix fanining bilish tushinish imkoniyatlarini kengaytiradi.Eng muhimi yoshlarning tariximiz ota-bobolarimizning xotirasi ekanligini, xotirasiz inson tugal va barkamol bo`lmagani kabi o`z tarixini bilmagan yoki unutgan xalqning ham hech qachon kelajagi bo`lmasligini anglab olishlariga yordam beradi. Jumxuriyat maktablarida tarixni o`qitish o`rganishni O`zbekiston xalqlari tarixidan boshlashning ahamiyati shundangina iborat emas, balki jahon xalqlari tarixini o`rganishni o`quvchilarning O`zbekiston xalqlari tarixidan olgan bilim va ko`nikmalariga suyangan holda tashkil qilish, ya’ni milliy asosga qarshi o`z navbatida jahon xalqlari tarixini o`qitish samaradorligini oshirishni muhim omili xizmatini o`taydi.

Tarix o`qitishning milliy asosga qurish talablaridan kelib chiqqan holda jumxuriyatimiz maktablarida bu ish tartibini o`zgartirishning quyidagi ikki yo`lidan birini tanlab olish maqsadga muvofikdir.

Birinchi yo`l maktabda O`zbekiston xalqlari tarixi o`rganib bo`lingandan keyin jahon xalqlari tarixini o`rganish.

Ikkinchi yo`li-O`zbekiston xalqlari tarixiy taraqqiyotidagi ma’lum darslarni jahon xalqlari tarixiy taraqqiyotining ana shu davrlari bilan bog`lab birgalikda qiyosiy o`rganish, jumxuriyatda o`qitiladigan tarix bilimlari yangi konsepsiyasiga ana shu ikkinchi yo`l asos qilib olindi.

Shuni aytish kerakki har ikkala holat ham o`quvchilarning O`zbekiston tarixidan olgan bilim va ko`nikmalari jahon xalqlari tarixini chuqur va puxta o`rganish uchun asosiy baza bo`lib xizmat qiladi. Tarix o`qitishni milliy asosga qurish umuman tarixiy bilimlar mazmunini boyitish ta’lim tarbiya samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi. O`zbekiston xalqlari tarixiy-taraqqiyoti bilan jahon xalqlari tarixiy-taraqqiyotini qiyosiy o`qitish o`rganishning tashkil qilish o`quvchilarning umuminsoniy qadriyatlarini ularning ahamiyatini chuqurroq tasavvur etishiga, O`zbekiston xalqlarining umumbashariy qadriyatlarga qushgan buyuk xissalarini chuqur anglab olishlariga ko`maklashadi. Tarix o`qitishni milliy asosga qurish o`quvchilarning o`zligini anglash, ularni milliy iftixor va ayni paytda baynalminal ruxda tarbiyalash uchun xizmat qiladi. Maktabda tarix o`qitishni milliy asosga qurish tarix uchun ajratilgan dars soatlaridan oqilona foydalanish, O`zbekiston xalqlari tarixini o`rganishga ko`p vaqt ajratish, uni mustaqil dastur va darsliklar asosida o`qitish imkonini beradi. Ishlab chiqilayotgan maktab tarix ta’limi yangi konsepsiyasi bo`yicha V sinfda O`zbekiston xalqlari bilan jahon xalqlari tarixidan hikoyalar kursi o`qitiladi. VI-IX sinflarda O`zbekiston xalqlari bilan jahon xalqlarining ma’lum davrlardagi tarixiy taraqqiyotni birgalikda qiyosiy o`rganiladi. Shu munosabat bilan amaldagi tarix o`qitish tartibiga (maktab o`zgartirishlar kiritiladi, tarix dasturlari va dasrliklari ishlab chiqiladi.

3. MAVZU : Mustaqil O`zbekiston Respublikasini tashkil topishi, hozirgi maktabda o`qitiladigan tarix ta`limi tizimi.

Reja:

1. Mustaqil O'zbekiston davlatining tashkil topishi, maktab ta'lim tizimini tubdan isloh qilinishi.

2.Hozirgi maktabda o'qitiladigan tarix bilimlari tizimi.

3.Maktabda o'qitiladigan tarix kurslarining ta'lim-tarbiyaviy vazifalari.

Dars o’tish jarayonida yangi pedtexnologiyalardan ( “Munozara” ) foydalaniladi.

Adabiyotlar va manbalar.

1.Karimov I.A.Yukcak ma’naviyat-engilmas kuch.T.,2008

2.Karimov I.A.O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.. T., 1992.

3.Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T, 1998.

4.Karimov I.A.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ,O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. T, 2009..

5.Ishmuhammedov R.,Abduqodirov A.,Pardaev A.Ta’limda innovatsion texnologiyalar.T.,2008.

6.Sa`diev A. O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish.T., «O’qituvchi » 1993.

7.G’afforov,Ya.,G’afforova M.G.,O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish usullari.T., 1996.

8.Toshpo’latov.T., G’afforov,Ya. Tarix o`qitish metodikasi. T.,«Universitet» 2002.

Mustaqillik azaldan insoniyatning orzu-umidlari, armon va iztiroblarini o`zida mujassam etadi. Darhaqiqat, inson tabiatning gultojisi sifatida hamisha ozodlik va xurriyatga intilib yashaydi. U qalbida o`zini hamisha xar jihatdan erkin xis qilishga, taxlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda Yer sharining barcha mintaqalarida ozodlik uchun kurashning, shaklan turlicha, mohiyatan o`xshash bo`lgan xurriyatga intilish hodisalarini ko`p ko`rgan.

XX asrning intixosida dunyoning qariyb uchdan bir qismida misli ko’rilmagan hodisalar sodir bo’ldi. Sotsializm deb atalgan totalitar tuzim, kommunistik mafkura tanazzulga uchradi.

Mustaqillik imkoniyatlarini oldindan payqagan, mamlakat ijtimoiy siyosiy jarayonlarining borishini to`g`ri kuzatib, to`g`ri baholay bilgan O`zbekiston Ittifoqdoshlari orasida birinchilardan bo`lib o`z Mustaqilligini e’lon qildi.

1991 yil 31 avgust kuni qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to`g`risidagi Bayonoti O`zbekiston hukumatining siyosiy yo`lini to`la qonunlashtirib berdi. 1991 yilning 31 avgustida "O`zbekiston Respublikasining davlat Mustaqilligi asoslari to`g`risidagi qonun" doirasida O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining bundan keyin O`zbekiston SSRni O`zbekiston Respublikasi deb atash, 1 sentyabrni Mustaqillik kuni deb e‘lon qildi.

Prezident Islom Karimov Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq odamlar ongi va tafakkurida o`zgarish yasash asosida O`zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o`ziga xos quyidagi tamoyillarini ishlab chiqdi. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik, xalqimizning ma‘naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish va boshqalar.

Shuning bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasini iqtisodiy-ijtimoiy va ma‘naviy ma‘rifiy taraqqiyoti besh tamoyili ishlab chiqildi. Bu mamlakatimizda hamma sohada tub isloxatlarni amalga oshirilishini bildirar edi. Shuning uchun O`zbekiston o`z Mustaqilligini qulga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha jabxalari singari ma‘naniyat va ma’rifat soxasini tubdan islox qilish vazifasi jamiyatimiz oldida kundalang bo`ldi. Chunki sho`ro hukumati milliy kadrlar tayyorlash soxasida, maktab soxasida riyokorona siyosat olib borardi.

Shu bois istiqlolning dastlabki kunlaridanoq fan va texnikaga munosabat, xalq ta‘limi tizimini jadal islox qilishga kirishildi. Bir qator o`quv yurtlarining maqomi, dasturlari va ta‘lim uslubiyatlari butunlay o`zgartirildi. Eng zamonaviy shu paytgacha bizda bo`lmagan eng zarur ixtisosliklar bo`yicha aloxida universitet va institutlar ochildi.

Mustaqillikning dastlabki davrlaridanoq Vatan tarixi, qadriyatlar tarixini o`rganishga aloxida e’tibor berildi. Bu esa oliy o`quv yurtlarida, maktablarda o`qitiladigan tarix ta‘limi tizimini tubdan islox qilishni taqozo etdi. Sababi, dastlabki mavzulardan ma‘lumki tarix ta‘limi boshi berk ko`chaga kirib qoldi, sobiq SSSR tarixi «bizning jonajon tariximizga» aylanib qolgan edi. O`z tariximiz, Vatan tarixi bizning Oliy o`quv yurtlari va maktab rejasidan tushib qoldirilgan edi.

Natijada 1934 yil 16 mayda qabul qilingan qarorga muvofiq o`qitilib kelayotgan maktabda o`qitiladigan tarix ta‘limi tizimi tubdan o`zgardi, ya‘ni sobiq SSSR tarixi, umumiy tarix tizimidan O`zbekiston tarixi va jahon tarixiga aylantirildi. Bu O`zbekiston maktablarida tarix ilmiy asosga kurish imkoniyatini yaratdi.O`zbekiston respublikasi maktablarida tarix o`qitishni milliy asosga kurishning moxiyati nimadan iborat? Gap shundaki, odatda maktab o`quvchilari boshqa fanlari qatori tarix fanini ham o`zi to`gilib o`sgan joyi, el-yurt ota bobolari, nasl-nasabi tarixini o`rganishni boshlaydi. So’ngra ular o`zlaridagi mavjud tarixiy bilimlar, obraz-tasavvurlarga suyangan holda boshqa xalqlar, qushni mamlakatlar tarixini o`rganishi lozim. Binobarin, respublikamiz maktablarida tarix o`qitishni Mustaqillikka qadar o’qitilganga o`xshab Yevropa xalqlari tarixidan emas, balki O’zbekiston tarixini o`rganishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu pedagogika-didaktikaning ilmiy prinsiplariga ham mos keladi. Shuningdek jahon xalqlari tarixini o`rganishda ham o`quvchilarning el-yurt tarixi O`zbekiston tarixidan olgan bilimlarga asos bo`lib xizmat qiladi, jahon xalqlarining tarixi O`zbekiston xalqlari tarixiy va madaniyati bilan qiyoslab o`rganiladi, bu esa xalqlar taraqqiyotidagi mushtarakliklar, o`ziga xos xususiyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, har bir xalqning unga qushgan xissasini anglab olish imkonini beradi.

Maktab tarix ta‘limi mazmuniga ma‘muriy buyruqbozlik usuliga asoslangan davlat siyosati va mafkura zo`ravonligi iskanjasidan tozalash, o`qitishning xayotiy ehtiyojlaridan ajralib qolishga barham berish ta‘lim mazmunini insonparvarlashtirish, demokratiyalashtirish, tarix o`qitishning odatdagi tartibidan voz kechish, o`quvchilarning o`zi to`g`ilib o`sgan joy, el-yurt, jonajon vatan O`zbekiston tarixini o`rganishdan boshlash ularning vatan tarixini o`rganishga qiziqishni oshiradi, vatanga muhabbat uyg`otadi, tarix fanini bilish-tushunish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Shunday qilib, tarix o`qitishni milliy asosga qurish talablaridan kelib chiqqan holda respublikamiz maktablarida bu ish tartibi o`zgartirilib, O`zbekiston xalqlari tarixiy taraqqiyotidagi ma‘lum davrlarni jahon tarixi tarixiy taraqqiyotining ana shu davrlar bilan bog`lab, birgalikda qiyosiy o`rganishdir. Tarix o`qitishni milliy asosga qurish umuman tarixiy bilimlar mazmunini boyitish, ta‘lim-tarbiya samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Tarix ta‘limini islox qilishda O`zbekiston Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida ko`rilgan masalalar muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Chunki bu anjuman majlisda "Ta‘lim to`g`risida"gi Qonun "Milliy dastur" qabul qilindi. Bu esa mamlakatimizdagi maktablar tizimini islox qilshni amalga oshirish uchun asosiy bosqich bo`ldi..

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari tarmog`ini yaratish va rivojlantirish, ularni respublika xududida makbul joylashtirish xaqida aloxida to`xtab o`tildi. Akademik litseylar haqida aloxida qaror qabul qilindi. Bularni hammasi maktabda o`qitiladigan tarix ta‘limi tizimini o`zgartirishga asos bo`ldi.

1997-1998 o`quv yilidan boshlab respublikamiz maktablarida o`quvchilarga tarixning izchillik prinsipi asosida bilim berila boshlandi.

Maktab tarix kursining izchillik printsipi o`quvchilarga Vatanimiz va jahon mamlakatlari tarixi taraqqiyotining asosiy bosqichlarini milliy asosga qurib o`qitish umuman tarixiy bilimlar mazmunini boyitish, ta‘lim-tarbiya samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Maktab isloxati asosida umum ta‘lim maktablarda tarix kurslari hammasi bo`lib 442 soat davomida quyidagi tartibda o`qitiladi.

5-sinflarda tarix fan asoslari sifatida emas, hikoyalar tarzida o`rganilishi ko`zda tutilgan. Bunda o`tmishimizda to`plangan uslubiy tajribalarning ijobiy jihatlariga tayanadi. Unga 68 soat ajratilgan.

6-sinfda tarix fan asoslari sifatida o`rganila boshlanib, uning qamroviga insoniyatning ilk shakllanish bosqichidan V asr oxirigacha bo’lgan davri o`qitilib, unga 68 soat ajratilgan.

7-sinfda O`zbekiston tarixining O’rta asrlar yani,(ilk o’rta asrlardan- Temuriylar davri inqirozigacha ) V-XV asr oxiri tarixi o`qitiladi. Unga 51 soat ajratilgan.

7-sinfda jahon tarixining ikkinchi qismi O`rta asrlar davri 51 soatda o`rganiladi.

8-sinfda O`zbekiston tarixi darsida Shayboniylar davlati tashkil topishidan-XIX asrning birinchi yarimigacha bo`lgan davri o`qitiladi. Bu davrni o`rganishga 51 soat ajratilgan.

Shu sinfda Jahon tarixining yangi davri (I davri) XVI asrdan -XIX asrning 60 yillarigacha bo`lgan davri o`qitilib, unga 51 soat berilgan.

9-sinfda O`zbekiston tarixi fani XIX asr o’rtalaridan-XX asrning 1918 yiliga qadar O`zbekistonning tarixiy davrini qamrab olgan. Unga 51 soat ajratilgan. Shuningdek bu kursda Jahon tarixining yangi davri (ikkinchi qismi) XIX asr oxirlaridan-XX asrning 1918 yilga qadar bo’lgan davri o`qitiladi. Unga 51 soat berilgan.

V-IX sinflarda O`zbekiston tarixi va jahon mamlakatlari tarixi o`rganish ko`zda tutiladi.

Shunday qilib o`quvchilarning O`zbekiston tarixidan olgan bilim va kunikmalari jahon xalqlari tarixini chuqur va puxta o`rganish uchun asosiy baza bo`lib xizmat qiladi. O`zbekiston xalqlari tarixiy taraqqiyoti bilan jahon xalqlari tarixiy

taraqqiyotini qiyosiy o`qitish-o`rganishni tashkil qilish o`quvchilarning umuminsoniy qadriyatlarini, ularning ahamiyatini chuqurroq tasavvur etishga, O`zbekiston xalqlarining, umumbashariy qadriyatlarga qushgan buyuk xissalarini chuqur anglab olishlariga kumaklashadi.

Maktabda tarix o`qitishning milliy asosga kurish tarix uchun ajratilgan dars soatlaridan oqilona foydalanish, O`zbekistop xalqlari tarixini o`rganishga ko`p vaqt ajratish, uni mustaqil dastur va dasrliklar asosida o`qitish imkonini beradi. Ishlab chiqilgan va hozirgi kunda maktablarda o`qitilayotgan tarix ta‘limi yangi kontseptsiyasi bo`yicha V sinfda O`zbekiston tarixi bilan jahon tarixidan hikoyalar kursi o`qitiladi. VII-IX sinflarda O`zbekiston xalqlari bilan jahon xalqlarining ma‘lum davrlaridan tarixiy taraqqiyoti birgalikda qiyosiy o’rganiladi, maktabda tarix o`qitishning ta‘lim-tarbiyaviy vazifasi Mustaqil davlatimizning oldiga qo`ygan maqsad va vazifasidan kelib chiqadi.

Tarixni o`qitish va o`rganishga yangicha yondoshish, ko’p yillik maktab tajribasiga hamda ilmiy-tadqiqot xulosalariga asoslangan bu haqiqatni, pedagogik-didaktikaning ilmiy prinsiplarini amalga tadbiq etish, hozirga qadar tarix o`qitish (1990 yillarga qadar) soxasida yo`l quyib kelingan xato va kamchiliklarning asl mohiyatini tezroq anglab olish, ulardan tegishli xulosa chiqarish, qayta takrorlamaslik, bugungi va kelajakdagi vazifalarni to`g`ri belgilab olishga kumaklashadi. Shundagina tarix o`qitish oldiga quyilgan vazifalar muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, Mustaqil respublikamiz xalqlarining manfaati, ularning ma‘naviy barkamolligi uchun xizmat qiladi.

Maktab tarix ta’limi mazmunini ma‘muriy-buyruqbozlik usuliga asoslangan davlat siyosati va mafkura zo`ravonligi iskanjasidan tozalash, o`qitishning xayotiy, ta‘limi-tarbiyaviy ehtiyojlaridan ajralib qolishiga barham berish, ta‘lim mazmunini insonparvarlashtirish, demokratiyalash, tarix o`qitishning ma‘lum bo`lgan tartibidan voz kechish, el-yurt, jonajon vatan o`z tarixini o`rganishga qiziqishni oshiradi, mehr-muhabbat uyg`otadi, tarix fanini bilish-tushunish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Eng muhimi o`quvchilarni tariximiz ota-bobolarimiz xotirasi ekanligini, xotirasiz inson tugal va barkamol bo`lmagani kabi o`z tarixini bilmagan yoki unutgan xalqning ham hech qachon kelajagi bo`lmasligini anglab olishlariga yordam beradi.

Tarix o`qitishni milliy asosga qurish o`quvchilarning o`zligini anglash, ularni milliy iftixor va ayni paytda baynalminal ruxda tarbiyalash uchun ham xizmat qiladi.

Tarix xalq ma‘naviyatining asosidir.Idrok qila olish uchun mustaqillik davri tarixini chuqur bilish har bir fuqaro uchun ham qarz, ham farzdir. Shunday qilib, Mustaqillik tarixi millat uchun jangovor qurol vazifasini o`tashi muqarrardir.

Maktab tarix kursining ta‘limiy vazifasi quyidagilardan iborat.

1.O`quvchilar tarixiy jarayonni va tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlaridagi ijtimoiy hayotning turli tomonlarini xarakterlab beruvchi muhim tarixiy faktlarni puxta olishlari zarur.

2.Tarixiy faktlarni o`zlashtirish natijasida o`quvchilar tarixdagi asosiy vokealarni, ular urtasidagi o`zaro bog’liklikni hamda ularning rivojlanib borishini aks ettiruvchi konkret tarixiy tasavvurlar sistemasini xosil qilishlari lozim.

3.O`quvchilar maktab tarix kursidagi muxim tarixiy tushunchalarni puxta o`zlashtirishi, jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi qonuniyatlarini mukammal tushunib yetishi, tarixni o`z yoshiga qarab ilmiy asosda tushunishi lozim.

4.O`quvchilar tarix kursidan olgan bilim va malakalarini yangi tarixiy materiallari o’rganishda, o`tmish va hozirgi zamon voqealarini tushunishda kundalik ijtimoiy ishlarda hayotda qo`llasha bilishlari lozim.

5.O`quvchilar tarixiy material bilan har xil tekstlar, xarita, illyustratsiyalar bilan ishlay bilish, reja tuza olishi, matn ola bilishi, ma’ruza yoza olishi, tarixiy materiallarni sistemali va asosli ravishda bayon qila bilishi, ayrim tarixiy mavzularda axborot bera olish, dokladlar qila bilishi lozim.

O`quvchilar asosiy tarixiy faktlarni yaxshi o`zlashtirmay va ular to`grisida aniq tasavvur hosil qilmay turib, puxta bilimga ega bo’lishlari qiyin.

Shuning uchun ham o`quvchilar bilimini asosiy tarixiy faktlar bilan boyitib chuqurlashtirib borish maktabda tarix o`qitishning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

4. MAVZU: O`zbekiston tarixini o`qitishning ta‘lim-tarbiyaviy vazifalari va tuzilishi.

REJA:

1. O'zbekiston tarixini o'qitish va o'rganinish zaruriyati va ahamiyati.

2. O'zbekiston tarixini o'qitish vazifalari.

3. O'zbekiston tarixini umumta'lim maktablarida o'rganishni

davrlashtirinshing ilmiy-metodik asoslari va uni sinflar bo'yicha tuzilishi.

Dars o’tish jarayonida yangi pedtexnologiyalardan (“Aqliy hujum”, “Munozara” ) foydalaniladi.



Adabiyotlar va manbalar.

1.Karimov I.A.Yukcak ma’naviyat-engilmas kuch.T.,2008

2.Karimov I.A.O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.. T., 1992.

3.Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T, 1998.

4.Karimov I.A.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ,O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. T, 2009..

5.Ishmuhammedov R.,Abduqodirov A.,Pardaev A.Ta’limda innovatsion texnologiyalar.T.,2008.

6.Sa`diev A. O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish.T., «O’qituvchi » 1993.

7.G’afforov,Ya., G’afforova M.G., O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish usullari.T., 1996.

8. httr: www.orexca.com/rus/uzbekistan.shtml

XX asrning mamlakatimiz xalqlari uchun bergan eng buyuk va oliy janob ne‘mati bu O`zbekiston milliy davlat mustaqilligining qo`lga kiritilganligidir. Chunki, milliy mustamlakachilik zulmi va muteligidan ozod bo’lish, tom ma‘nodagi istiqlol-mustaqillikka erishish xalqimizning uzoq yillardan beri kutgan ezgu armoni va orzusi edi. Bu ezgu, maqsad yo’lida millatning ming-minglab farzandlari o`z jonlarini qurbon qildilar, O`zbeknstokning milliy davlat mustaqilligi xalqimizning hur, erkin, ozod yashab, o`z taqdirini o`zi hal qilishdek buyuk baxt bugungi avlod vakillariga nasib etdi.

Ammo qo`lga kiritilgan milliy davlat mustaqilligimizni saqlab qolish, uni siyosiy, iqtisodiy jixatdan yanada mustaxkamlash va kelajagi buyuk davlat barpo qilish mislsiz darajada qiyin, murakkab ,bir vazifadir. Bu vazifaning qay darajada bajarilishi mamlakatimiz fuqarolarining ijtimoiy siyosiy saviyasi, milliy istiqlol mafkurasining nechog’lik ular ongida shakllanib, hayotiy dunyoqarashiga aylanishi bilan mushtarakdir. Bu ulug’vor vazifani hal etishda xalq maorifi tarmoqlari, umumta‘lim maktablai, oliy o`quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlari hal qiluvchi rol o’ynaydi. Chunki, bu o`quv maskanlaridagi ijtimoiy-siyosiy va tarbiyaviy muxit sharoitida mustaqil O`zbekiston yoshlarining shaxs va fuqaro sifatidagi dunyoqarashi shakllanadi. Bu borada xalq ta‘limi tizimining barcha tarmoqlarida o`qitiladigan fanlar, xususan O`zbekiston tarixining yuqori nazariy-ilmiy va tarbiyaviy saviyada olib borilishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mustaqil O`zbekistonning kelajagi bo’lgan yosh avlodni tarbiyalash, ular ongida milliy istiqlol tafakkurini, vatanparvarlik g’oyalarini shakllantirishda vatan tarixini o`rganishning o’rni va imkoniyatlari cheksizdir. Chunki, tarix xalqning hotirasi, vatanimizning o’tmishi, avlodlar sevib e‘zozlab, o`rganib, o’rnak va saboq oladigan hayot maktabidir. Tarixiy o’tmishsiz biror bir xalqning buguni bo’lmagan va kelajagi ham bo’lmaydi. Tarix odamlarni o’ylantiradi, bo’lib o’tgan tarixiy voqea va xodisalarni farqlash, tahlil qilish va ulardan xulosa chiqarish asosida dasturiy harakatlar yo’llanmasini belgilashga yordam beradi.

Milliy o`zlikni anglashda, milliy birlikni shakllantirishda, shajaramiz ulug’ligi va pokligini bilish va qadrlashda, qadimiy va dono xalqimizning jahon xalqlari orasida tutgan o’rniga baho berishda, uning eng boy hayotiy va tarixiy tajribalaridan urinli va kengroq foydalanishda, xalqimizning oliyjanob, xurriyatparvar, erkparvar, istiqlolparvar an’analarini izchil o’rganish va uni yanada boyitishda, xullas mustaqil O`zbekiston fuqarosiga xos bo’lgan barkamol insonni voyaga yetkazishda, xalqimizning jahon xalqlari orasida tutgan o’rniga baho berishda, uning eng boy hayotiy va tarixiy tajribalaridan o’rinli va kengroq foylalanishda, xalqimizning oliyjanob an‘analarini izchil o`rganish va uni yanada boyitishda, xullas mustaqil O`zbekiston fuqarosiga xos bo’lgan barkamol insonni voyaga yetkazishda O`zbekiston tarixi nihoyatda katta axamiyatga ega. O`z tarixini, ota bobolari va avlodlarning o’tmishini yaxshi bilgan xalqni qayta mustamlakachilik asoratiga olish mumkin emas.

Tariximizda shunday zamonlar ham bo’ldiki, birlik buzildi, gullab yashnayotgan Vatan o`zlikni anglashdan yiroq turgan, shaxsiy manfaatparast "yetakchilar" o’rtasidagi ichki ziddiyatlar tufayli tanazzulga yuz tutdi. (Xonliklar davri). Mamlakat parchalandi.

Parchalangan yurt osongina boshqalar asoratiga tushib qoldi. Bu tarixiy haqiqatni bilmasdan turib, o`quvchilar tarixiy voqea va xodisalarni tahlil etmasdan, u haqda yosh avlodga tarixiy bilim va tarbiya bermasdan xalq ongida milliy o`zlikni va vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirish mumkin emas. Shunday ekan O`zbekiston ta‘lim tizimida Vatan tarixini asosiy fan sifatida o`qitish bugungi hayotimizning dolzarb vazifalaridan biri bo’lib qolishi davr toqozosidir.

O`zbekiston Respublikasi Prezidsnti I.A.Karimov Vatan tarixining yoshlar tarbiyasidagi o’rniga alohida e‘tibor berib, "Xotirasiz barkamol kishi bo’lmaganidek, o`z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi" deb ta‘kidlagan edi.

O`zbekiston tarixi fani xalq maorifi tizimining barcha tarmoqlarida o`zining jamiyat hayotida tutgan o’rni va mavqeiga ko’ra asosiy va yetakchi fandir. Shu boisdan ham bu fan vatan tarixining ibtidosi o’lkashunoslik ekanligini e‘tiborga olgan holda umumta‘lim maktablarida va oliy o`quv yurtlarining barcha mutaxasisliklarida bir xil hajmdagi soatlarda o`qitiladi. Bu O`zbekiston tarixi fani oldiga qo`yilgan vazifalar bilan bevosita bog`liqdir. Bunda:

Birinchidan, O`zbekiston tarixi fani yosh avlod ongida siyosiy, nazariy-ilmiy dunyoqarashni shakllantirish voqea va xodisalarga tarixiy nuqtai nazarda yondoshadigan har tomonlama yetuk, barkamol insonni tarbiyalashi lozim.

Ikkinchidan, O`zbekiston tarixi mustaqil O`zbekiston yoshlari ongida milliy vijdonni uyg’otib, uni shakllantirishda ko’maklashadi. Yoshlar ajdodlarimizning taraqqiyot yo’li, tarixiy tajribalarini o`qib-o’rganganlaridagina ularda istiqlol tafakkuri, hozirgi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy ma‘rifiy turmushni o’tmish bilan qiyoslash va kelajakka nazar solish tuyg’usi shakllanadi.

Uchinchidan, O`zbekiston tarixi fani o`quvchilarni ona vatanga mehr-sadoqat hamda harbiy vatanparvarlik an‘analari ruhida tarbiyalash vositasidir.

To’rtinchidan, O`zbekiston tarixi yoshlarimizni baynalminalchilik ruhida tarbiyalash qurolidir. O`quvchilarimiz]bu fanni, o`rganish va mutolaa qilish ja-rayonida O`zbekiston jahon hamjamiyatining ajralmas qismi va bir bo’lagi ekanligini tushinib oladilar, o`zbek xalqining jahon taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga qo’shayotgan munosib hissasi bilan qonuniy suratda faxrlanadilar.

Beshinchidan, O`zbekiston tarixi fani yosh avlodni ulug’ xalqimizning milliy qadriyatlari va axloqiy fazilatlari: xalollik, poklik, odillik, adolatlilik, iymon va e‘tiqodlik ruxida tarbiyalamog’i, Vatan va xalq oldidagi burchga sadoqatni qaror toptirmog`i darkor.

Shunday qilib, O`zbekiston tarixi fanini o`quvchilarga o`qitish va o’rgatish birdan-bir hayotiy vazifasidir.

Mustaqil milliy davlatchilikning vujudga kelishi o`zbek xalqi va milliy davlatchilikning rivojlanishi, uning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma‘naviy sohada jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasini, yuqorida aytganimizdek bilib olish zaruriyati, komil insonni, O`zbekiston davlatining sodiq, vatanga fidoiy farzandini tarbiyalash maktabning bosh vazifasiga aylandi. Unda O`zbekiston tarixi asosiy o’rinni egallaydi. Shu bois O`zbekiston tarixini har bir yosh avlod chuqur o`rganishi ta‘minlash davlati siyosati darajasiga ko’tarildi. Ushbu masala (O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning taniqli tarixchi olimlar, shoir ya jurnalistlar bilan 1998 yil 26 iyundagi uchrashuvida yanada qat‘iy ta‘kidlandi. Bu O`zbekiston tarixini o`qitishning siyosiy asosidir.

Natijada Respublika Ta‘lim Markazi qoshida taniqli olimlar, metodistlar va o`qituvchilardan iborat O`zbekiston tarixi ilmiy-metodik kengashi tarixiy davrlashtirishning puxta asoslarini yaratish yo’lida urinishlaridan keyin quyidagi asos qilib, uning tuzilishi sinflarga quyidagi bo’linishini maqsadga muvofiq deb qaror qildi. Biz ham O`zbekiston tarixini tuzilishiga yoqoridagini asos qilib olamiz. O`zbekiston tarixini o`qitishga umumta‘lim maktablarida 221 soatda o`qitiladi:

1) V sinflarda O`zbekiston tarixi fan asoslari sifatida emas, hikoyalar tarzida o`rganilishi ijobiy samaralar berishi ma‘qul deb topildi. Bu kursga 34 soat ajratildi.

2) VI sinflarda tarix fan asoslari sifatida o`rganila boshlanib, uning qamroviga insoniyatning ilk shakllanish bosqichidan kushonlar inqiroziga, ya‘ni IV asr davri kiritildi. O’sha davrlarni o`rganishga 34 soat ajratilgan. O`quvchilar O`zbekiston tarixining mazkur davrida taraqqiyotning dastlabki urug’chilik, qabilaviy hayot tarzi, mulkiy tengsizlik, tabaqalar umuman tarixiy sivilizatsiyaning quyidan yuqoriga tamoyili asosida xronologik izchillikda tarix o`qitish davlat standarti talab etgan tushunishlarni egallay olishi asosiy diqqat markazida turadi.

3)VII sinfda O`zbekiston tarixiga 51 soat ajratilgan bo’lib, eftalitlar davlati tashkil topishidan (V asr) to XV asr oxiri ya‘ni Temuriylar davlati inqirozi davrini o`z ichiga oladi. Tariximizning o’rta asrlardagi boy va rangbarangligi, iqtisod va siyosat, davlatchilik, fan, madaniyat sohasida jahonshumul yutuqlarga erishish sabablari, moxiyatini yaxlit o`rganish o`quvchilarning yosh xususiyatlariga ham qarab, ularning mazkur davrni zo’rikishsiz egallashiga imkon beradi. O`quvchilar 7 sinf o`quv jarayonida o’rta asrlarning umumiy asosidagi manzarasi haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’la oladi.

4) VIII sinfda O`zbekiston tarixiga Shayboniylar davlati tashkil topishidan XIX asrning birinchi yarimigacha bo’lgan davr ajratilgan. Bu davrni o’rganishga 51 soat ajratilgan bo’lib, 250 yillik tarixiy voqealar o’rgatiladi. Shayboniylar, Ashtarxoniylar, minglar, mangitlar va qo’ng’irotlar sulolalarining xukmronligi, davlat boshqaruvidagi umumiy o’xshashlik, qishloq xo’jaligi, hunarmadchilik, savdo-sotiq, madrasalar faoliyatidagi ta‘lim-tarbiyaning uzoq davr yagona islomiy mafkuraga asoslanganligi, yuqorida qayd etilgan soxalarda voqealar silsilaviy, keskin inqilobiy o`zgarishlarsiz tarzida sodir bo’lganligi, ushbu davrni 8 sinf o`quvchilari ajratilgan soatlar mobaynida egallab olish imkoniyatlari xisobga olingan.

5) IX sinfda XIX asr o’rtalaridan XX asrning 1917 yil fevraliga qadar tarixiy davr qamrab olinadi. Ushbu davrni tanlashda asosan ham siyosiy ham ilmiy dolzarblikdan kelib chiqadi.Unda Respublika Prezidenti I.A.Karimovning milliy istiqlol, davlatchiligimizning qadriga yetmoq, uni mustaxkam va buyuk davlatga aylanmog’i uchun qanday sabablarga ko’ra, Rossiya imperiyasi Turkistonni, uchala xonliklarni zabt etishga erishganligi, xonliklar o’rtasidagi o`zaro nizolar unda qanday ma‘lum rol o’ynaganligi, g’animlar siyosiy, iqtisodiy-madaniy zulm mustamlakachilikni qariyb bir asr davomida olib borganligi xalqimiz, asosan yoshlarimiz chuqur bilishlari zarurligidan dalolat beradi.

5. MAVZU: Jahon tarixining tuzilishi va uning ta’lim–tarbiyaviy vazifasi.

Zamon talabi shuki, professor va o’qituvchilar o’zlarida mavjud bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, xorijiy mamlakatlar tajribasini qunt va sabot bilan o’rganib, mag’zini chaqib undan keyin o’z talablariga saboq berishi lozim

I.Karimov.

REJA:


Kirish.

1.Jahon tarixining uzilishi va uning davrlari.

2.Qadimgi dunyo va o'rta asrlar tarixi kurslarining o'ziga xos xususiyatlari va tuzilishi.

3.Jahon tarixining yangi davri, uning tuzilishi va ta'lim - tarbiyaviy vazifasi.

4.Jahon tarixining eng yangi davri uning tuzilishi va ta'lim - tarbiyaviy vazifasi.

Dars o’tish jarayonida yangi pedtexnologiyalardan ( “Munozara” ) foydalaniladi.



Adabiyotlar va manbalar.

1.Karimov I.A.Yukcak ma’naviyat-engilmas kuch.T.,2008

2.Karimov I.A.O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.. T., 1992.

3.Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T, 1998.

4. Karimov I.A.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ,O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. T, 2009..

5.Ishmuhammedov R.,Abduqodirov A.,Pardaev A.Ta’limda innovatsion texnologiyalar.T.,2008.

6.Sa`diev A. O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish.T., «O’qituvchi » 1993.

7.G’afforov,Ya.,G’afforova M.G.,O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish usullari.T., 1996.

8.Toshpo’latov.T., G’afforov,Ya. Tarix o`qitish metodikasi. T.,«Universitet» 2002.

Tarix xalqining xotirasi, Vatanimizning va jahon xalqlari Vatanining o’tmishi, avlodlar sevib, e’zozlab, o’rganib, o’rnak va saboq oladigan hayot maktabidir. Tarixiy o’tmishsiz biror bir xalqning butuni bo’lmaydi va kelajagi ham bo’lmaydi. Tarix odamlarni uylantiradi, bo’lib o’tgan tarixiy voqea va xodisalarni farqlash, taxlil qilish va ulardan amaliy hayot xulosalar chiqarish asosida dasturiy harakatlar yo’llanmasini belgilashga yordam beradi. Mustaqil O’zbekiston fuqarosiga xos bo’lgan barkamol insonni voyaga yetkarishda maktabda o’qitiladigan jahon tarixi ham katta ahamiyatga egadir.

Chunki XX asrni oxirlarida mamlakatimiz tarixida yuz bergan voqea milliy istiqlol – mustaqillikka erishildi. Bu esa milliy davlatni barpo qilinishi uchun imkon yaratadi. Ana shu o’zbek davlatchiligining tarixi jahon tarixini o’qitishga ham muhim o’rinni egallaydi va rivojlantiriladi.

Binobarin biz davlatimiz kelajagini o’z qobimizda o’ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o’zlashtirgan holda tasavvur etamiz.Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish inson huquq va erkinliklarini ,fikirlar rang-barangligini o’z hayotimizda yanada kengroq joriy qilishda ko’ramiz.Biz butun ma’rifatli dunyo bilan tinch-totuv ,erkin va farofon hayot kechirish, o’zaro manfaatli hamkorlik qilish tarafdorimiz”.(Karimov.I.A.Yukcak ma’naviyat-engilmas kuch.T.,2008,114-bet.)

Tarixni o’qitish va uni o’rganishga yangicha yondoshish, xozirga qadar tarix o’qitish soxasida yo’l qo’yilib kelingan xato va kamchiliklarning asl mohiyatini tezroq anglab olish uchun maktabda o’qitiladigan tarix ta’limi isloh qilindi, natijada tarix ta’limining tuzilishi o’zgardi. Maktablarda O’zbekiston tarixi va jahon tarixini o’qitish maqsadga muvofiq bo’ldi.

Tarix o’qitishni milliy asosga qurish talablaridan kelib chiqib Respublikamiz maktablarida tarix ta’limining ish tartibi o’zgartirildi. O’zbekiston xalqlari taraqqiyotidagi ma’lum davrlarni jahon xalqlari tarixiy taraqqiyotining ana shu davrlari bilan bog’lab, birgalikda qiyosiy o’rganila boshlandi.

Jahon mamlakatlari tarixi o’zining tuzilishiga quyidagicha ega bo’ldi.


  1. Jahon tarixining qadimgi davri.

  2. Jahon tarixining o’rta asrlar davri.

  3. Jahon tarixining yangi davri.

  4. Jahon tarixining eng yangi davri.

Jahon tarixi umumta’lim maktablarning V-IX sinflarida o’qitiladigan bo’ldi.

  1. V-VII sinflarda qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixi.

  2. VIII-IX sinflarda jahon tarixining yangi davri o’qitiladi.

Jahon tarixining xozirgacha o’rganib kelinayotgan kursi asosan to’rtta qadimgi, o’rta asrlar, yangi va eng yangi davrlarni o’z ichiga oladi. Bu davrlar insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotidan kelib chiqib tarixda izchillikni ta’minlaydi. Shu sababli bu darslarni bosqichma-bosqich o’rganish jahon tarixini o’zlashtirishni osonlashtiradi.

Jahon tarixi sinflar bo’yicha quyidagicha tuzilishga ega.

1) V sinfda Tarixdan hikoyalar darsida Vatanimiz va jahon tarixining eng qadimgi davridan XXI asrning boshlarigacha bo’lgan davri – 68 soatda o’rganiladi.

2) VI sinfda Tarix darsida ham Vatanimiz va jahon tarixining qadimgi dunyo tarixi – 68 soatda o’rganiladi.

3) VII sinfda jahon tarixining o’rta asrlar davri – 51 soatda o’qitiladi.

4) VIII sinfda jahon tarixining yangi davri (1 davr) – 51 soat o’rganiladi.

5) IX sinfda jahon tarixining yangi davri (II davr) o’rganiladi, unga 51 soat ajratilgan.

6) Akademik litseylarda Jahon tarixining eng yangi davri III bosqichda - 392 soat o’qitiladi.

V-VI-VII sinflarda o’qitiladigan jahon tarixining mazkur bo’limlari qadimgi dunyo va o’rta asarlar tarixi o’quvchilarning ijtimoiy hayot taraqqiyotining ilmiy

asosda tushunishlari uchun dastlabki asosiy zaminni vujudga keltiradi. Qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixi kurslari o’tmishning ko’p qirrali ijtimoiy hayotining, dastlabki uchta ijtimoiy – iqtisodiy formatsiyani, ya’ni ibtidoiy jamoa, quldorlik va feodal tuzumlarning vujudga kelishi va rivojlanishi va almashinish qonuniyatlarining tarixiy jarayonning pribressivligini ochib beruvchi bilimlar sistemasini o’z ichiga oladi.

Qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixi kurslarida jamiyat taraqqiyotining bu bosqichlari, va qonuniyatlari, asosan, o’sha davrlarda qaysi mamlakat va xalqlarda eng to’la va yorqin o’z ifodasini topgan bo’lsa, ular huddi shu mamlakat va xalqlar tarixi asosida ochib beriladi. Chunonchi, qadimgi Sharq despotiyasining xarakteri Misr tarixi misolida, feodalizm o’rnatilishi franklar tarixi misolida, markazlashgan davlatlarning vujudga kelishi Fransiya bilan Angliya tarixi misolida, kapitalistik munosabatlar, kapitalistik manafakturaning vujudga kelishi Angliya tarixi misolida, absolyut monarxiya fransuz absolyutizmi misolida ko’rsatiladi.

Bunday xodisalar boshqa mamlakatlarga ham xos ekanligi, shu bilan birga u mamlakatlardagi o’ziga xos xususiyatlar ham kurs imkoniyatlar doirasida ochib beriladi.

Mazkur kurslarning xarakterli xususiyatlaridan biri shuki ularda yuqori sinflarda o’qitiladigan kurslarga nisbatan tarixiy geografik material ko’proq berilgan.Negaki V-VII sinflarning o’quvchilari ham geografiyadan yetarli bilimlarga ega emas. Buning ustiga jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridagi ishlab chiqarish hayoti va ideologiyasi tevarak atrofdagi muhit bilan ayniqsa qattiq bog’langandir. Kursda tarixiy voqealar sodir bo’lgan joylar kartada aks ettirilgan va tarixiy faktlarning bir-biri bilan makon munosabatini aniqlash uchun zarur bo’lgan tarixiy geografik nomlar ko’rsatilgan.

Qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixi kursida tarixiy tushunchalarni tanlash juda muhimdir. Bu ko’rslarda tarixiy tushunchalarni quyidagicha uch turga bo’lish mumkin.

1. Bir yoki bir necha xalqlar va mamlakatlarga tegishli tushunchalar: gladiator, kolon, tabariy.

2. Butun bir formatsiyaga doir tushunchalar: qul, quldor, feodal.

3. Bir necha ijtimoiy – iqtisodiy formasiyalarga doir tushunchalar: sinflar, sinfiy kurash, davlat, madaniyat va boshqalar.

Qadimgi va o’rta asrlar tarixi kurslarida keyingi tur tushunchalar mazmuni dastlabki uch formasiyaga taalluqli qilib ochib beriladi. Moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishi, sinflar, sinfiy kurash, davlat, xalq ommasining tarixda xal qiluvchi roli xaqidagi umumiy tarixiy tushunchalar sistemasining yuzaga kelishi va ularning asta-sekin chuqurlashib borishi qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixini mazmunini tashkil etadi va ular yuqori sinflarda tarix kursining uzlashtirishida ham muhim o’rin tutadi. Qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixida dastlabki uch formasiyadan har birining vujudga kelishi, rivojlanishi, tushkunlikka yuz tutishi va halok bo’lish bosqichlarini boshidan kechirganligi o’rganiladi. O’tmishning har bir tuzumiga xos ana shu qonuniyatlarni o’rganib, bilib olish uchun o’quvchilarning keyinchalik yuqori sinflarda kapitalistik formasiyaning ham tarixan qonuniy ravishda kelib chiqqanligini, uning tushkunlikka yuz tutishi va krizisi qonuniyatli xolat bo’lish bosqichlarni boshidan kechirganligi o’rganiladi.

O’tmishning har bir tuzumiga xos ana shu qonuniyatlarni o’rganib, bilib olish o’quvchilarning keyinchalik yuqori sinflarda kapitalistik formasiyaning ham tarixan qonuniy ravishda kelib chiqqanligini, uning tushkunlikka yuz tutishi va krizisi qonuniyatli xolat ekanligini, hamda tamomila halok bo’lmasligini tushunib olishlariga yordam yordam beradi.

Qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixi o’quvchilarni jamiyat taraqqiyotining muayyan davrida maydonga kelgan hamda xo’jalik va ijtimoiy hayotning o’zgarishi bilan o’zgarib boradigan tarixiy xodisa bo’lgan din bilan tanishtiradi. Bu kurslarda tabiatning va ijtimoiy munosabatlarning kishilar ongida fantastik tarzda aks etishdan iborat bo’lgan dinning gnossologik ildizlari ayniqsa yaqqol ochib beriladi, uning vujudga kelishi sabablari va sotsial roli juda aniq qilib ko’rsatiladi.

Qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixi kurslarida burjua fanining “qoloq va nuqsonli xalqlar” deb hisoblaydigan ba’zi xalqlarning o’tmishdagi jahon xalqlari madaniyati taraqqiyotiga juda katta xissa qo’shganliklari, ayrim xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotidagi tafovutlar ularning oliy va past xalqlarga bo’lishi bilan emas, balki ularning yashash va rivojlanishidagi tarixiy sharoitlar bilan, jumladan, bir xil xalqlarning boshqa xalqlar tomonidan asoratga solinganligi, territoriyalari bosib olinib, mustamlakaga aylantirilganligi bilan belgilanish ko’rsatib beriladi. Bu muhim xolat o’rta asrlar tarixi yuksak darajada taraqqiyot etgan madaniyatlarning mustamlakachilik boshlanishi davrida yo’q qilib yuborilganligi misolida juda yaqqol ochib berilishi mumkin.

Kurs uchun tanlangan materiallarni joylashtirish tartibi o’quvchilarning faktlar o’rtasidagi munosabatlar va aloqalarni umumlashtiruvchi tarixiy tushunchalarni, umuman tarixiy jarayonning izchil yo’nalishini yaxshi o’zlashtirib olishlariga yordam berishlari kerak. Shuni nazarda tutib kurs materialini bayon etishdagi tematik hamda xronologik izchillikda mos ravishda tuzilgan. Har bir darsda mantiqan tugal va yaxlit tema o’tiladi va o’quvchilarni ma’lum xulosa hamda umumlashmalarga olib kelinadi. Ayrim temalar umumlashtiriladi va temalarning o’zlari ham imkon boricha xronologik tartibda joylashtiriladi.

Bu kurslarda materiallar batafsil yoki qisqacha bayon etiladi. Ta’lim – tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lgan asosiy faktlar keng, obrazli qilib, voqea ishtirokchilariga turli xarakteristikalar berilib, ba’zan qiziqarli tafsilotlar bilan bayon etiladi, bayonlar illyustrasiya va xujjatlar bilan to’ldiriladi. Kurslardagi asosiy faktlar o’rtasidagi bog’lanish va munosabatlarni aniqlash uchun keltirilgan ma’lumotlar juda qisqa, ko’pincha spravka tarzida bayon etiladi.

Qadimgi dunyo tarixi butun jahon tarixining g’oyat katta davrini salkam ikki million yil davom etgan ibtidoiy jamiyat tarixining hamda uch-to’rt ming yilliklar davomida xukm surgan va Atlantik okeanidan Tinch okeanigacha chuzilgan katta territoriyaga yoyilgan quldorlik jamiyati tarixini o’z ichiga oladi. Bu kurs materiali ijtimoiy hayot xodisalarining tarixiyligini ularning muayyan tarixiy sharoitlarda vujudga kelishi, rivojlanishi va xalokatni yaqqol va ishonchli tarzda ko’rsatishga imkon beradi. O’quvchilar jamiyat taraqqiyotiga mehnatning roli, ibtidoiy jamiyatdan sinfiy jamiyatga o’tish sabablarini davlatning vujudga kelishi va boshqalarni konkret tarixiy faktlar asosida anglab oladi.

Qadimgi dunyo tarixi “Kirish” ikki qism Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar turmushi va “Quldorlik tuzumining vujudga kelishi, rivojlanishi va yemirilishi” va uch bo’limdan “Qadimgi Sharq”, “Qadimgi Gresiya” va “Qadimgi Rim”dan iboratdir.

Kirish darsi “Qadimgi dunyo tarixi umumiy tarixning bir qismi”, “Qadimgi dunyo tarixi nimani o’rganadi”, “Biz qadimgi dunyo tarixini qayerdan bilamiz” degan mavzularga bag’ishlanadi.

“Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar turmushi” degan birinchi qismda boshqa bo’limlar singari jahon tarixi ayrim mamlakatlar tarixi misolida emas, balki ibtidoiy odamlar turmushining umumiy xolati yoritiladi, bunda konkret tarixiy voqealar yo’q, aniq xronologik sanalar ham berilmaydi. Tarixiy izchillik bilan yoritilgan faktlar bu bo’limning mazmunini tashkil etadi, tabiiy faktlarning vaqti taxminan ko’rsatilgan, faktlar sodir bo’lgan geografik muhit tasvirlab berilgan.

Bu qism uchun tanlangan faktlar ibtidoiy jamiyat taraqqiyotining to’rt bosqichini, keyingi har bir bosqichda avvalgi bosqichlarga qaraganda odamlarning maishiy turmushi, hayoti va ideologiyasida qanday yangiliklar paydo bo’lganini shu sinf o’quvchilarining saviyasiga mos ravishda ko’rsatib beradi. Masalan ibtidoiy jamoa tuzumining tushkunlikka yuz tutishi va uning yemirila boshlash jarayoni, misdan yasalgan mehnat qurollari va omochning paydo bo’lishi, jamoa tuzumining yemirila borishi urug’ xo’jaliklarining bo’linib keta boshlaganligi, urug’ jamoasining qo’shni jamoaga o’tila boshlaganligi, zodogonlar ajralib chiqish faktlari misolida ko’rsatilgan.

Ibtidoiy jamiyatda uzoq vaqtlar davomida din bo’lmaganligi, keyinchalik uning paydo bo’lishi hamda paydo bo’lish sabablari, ibtidoiy ovchilar dini, kishilar dehqonchilik bilan shug’ullana boshlaganlaridan keyin dinda yuz bergan o’zgarishlar bayon qilinadi.

Qadimgi dunyo tarixining birinchi, ikkinchi va uchinchi bo’limlarida quldorlik tuzumining paydo bo’lishi rivojlanish, tushkunlikka uchrashi, yemirilishi va quldorlik tuzuminining o’sib borishidan iborat bosqichlar yoritib beriladi. Bu bo’limlarda quldorlik jamiyati taraqqiyotining yuqori bosqichlari, ibtidoiy jamoa tuzumining taraqqiyot bosqichlari yoritilgan shaklda umumiy xolatda yoritilmaydi, balki tarixiy jarayonning asosiy xususiyatlari va qonuniyatlari eng to’la va yaqqol namoyon bo’lgan jahon madaniyati taraqqiyotiga ulkan xissa qo’shgan va umuman jahon tarixida katta rol o’ynagan mamlakatlar tarixidan olingan konkret faktlar asosida yoritib beriladi. Chunki ayrim mamlakatlarning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini bilib olmasdan turib jahon tarixiy taraqqiyoti jarayonning murakkab qonuniyatlarini tushunib bo’lmaydi.“Qadimgi Sharq” bo’limining Qadimgi Misr materiali asosida o’quvchilar quldorlik tuzumining paydo bo’lishi bilan tanishadilar.Programmada “Qadimgi Sharq” bo’limining boshida hamma temalarni o’rganish uchun qancha vaqt ajratilgan bo’lsa, “Qadimgi Misr” temasini o’rganish uchun ham shuncha vaqt ajratilgan. “Qadimgi Misr” temasida Misrning sotsial-siyosiy va ishlab chiqarish tarixiga doir eng muhim faktlar mazmunini: dehqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilikning rivojlanishi, sinf va davlatlarning vujudga kelishi va ularning bitta davlat qo’l ostida birlashtirilishi, piramidalar qurilishi, kambag’allar va qullar qo’zg’oloni, fir’avinlarning istilolari va Misrda qullar sinfining ko’payishi, eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Misr davlati qudratining orqaga ketishi xronologik tartibda bayon qilinadi. Bu faktlarni bayon etish jarayonida xo’jalik ijtimoiy sinflar, Qadimgi Sharq despotsiyasi, istilochilik urushlari va quldorlik tuzumiga berilgan umumiy xarakteristikalar va boshqa juz’iy tushunchalarning mazmuni ochib beriladi. Temaning oxirida qadimgi Misr dini, san’ati, yozuvi va fanining asosiy xislatlari yoritiladi. Misrda ibtidoiy tuzumdan quldorlik tuzumiga o’tilganligi va uning sabablari haqida o’quvchilar olgan bilimlariga suyanib, mazkur bilimda ikki daryo oralig’i va unga tutash mamlakatlardagi shu singari jarayonlar haqida qisqacha hikoya qilinadi. Old Osiyo tarixida temir buyumlar ishlana boshlash va uning jahon tarixidagi ahamiyati, podsho Xammurat qonunlari haqidagi yangi materiallar asosida quldorlik jamiyati va quldorlik davlati to’g’risidagi tushunchalar to’ldiriladi va konkretlashtiriladi.

Qadimgi Hindistonda quldorlik davlatlarining paydo bo’lishiga doir material asosida Sharqda qadimgi davlatlarining paydo bo’lishi sabablari va jarayonlari haqidagi bilimlar konkretlashtiriladi. Kastalar haqidagi material batafsil bayon qilinadi.

“Qadimgi Xitoy” degan temada Xitoyda quldorlik davlatining vujudga kelishi, sinfiy ziddiyatlarning kuchayishi, “sariq rumolliklar”qo’zg’oloni batafsil bayon qilinadi. Bu qo’zg’olon haqidagi ma’lumotlar vositasida o’quvchilarning qadimgi zamondagi sinfiy kurash to’g’risidagi tasavvurlari boyitiladi.

Osiyo mamlakatlarining tarixiga bag’ishlangan har bir bob usha mamlakatning qadim zamondagi madaniyati, yozuvi, san’ati va ilm – fanning xarakteristikasi bilan yakunlanadi, diniy e’tiqodlar va dinning sotsial roli haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi. Geografik muhit diniy e’tiqodlarda qanday aks etganligi ham ochib beriladi.

Shunday qilib “Qadimgi dunyo” tarixining “Qadimgi Sharq” bo’limida Qadimgi Misr, Old Osiyo, Hindiston, Xitoy mamlakatlari tarixiga doir materiallar asosida kishilik jamiyatining sinfsiz ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiy jamiyatga o’tishning sabablari, davlat quldorlik qo’lida eziluvchilarning qarshiligini bostirib turish quroli bo’lib xizmat qilishi din, madaniyat va ilm fan ham ular qo’lida mehnatkash xalqni asoratda saqlash ekspluatasiya qilish uchun xizmat qilganligi ochib beriladi. Qadimgi Misrda quldorlik davlatining paydo bo’lish jarayoni Qadimgi Old Osiyo, Qadimgi Hindiston va Qadimgi Xitoyga nisbatan to’liq va mukammal yoritiladi. Bu o’rinda podsholar tomonidan chiqarilgan qonunlar ham din, madaniyat, san’at va ilm-ma’rifat singari, quldorlar manfaati uchun mehnatkashlarni itoatda saqlab turish, ularni yanada qattiqroq ezish uchun xizmat qilganligini ochib berish nazarda tutiladi. Sinfiy kurashning yuzaga kelishi va uning o’sib borish jarayoni “Qadimgi Misr” va “Qadimgi Xitoy” tarixida yoritiladi. Shuningdek bu mamlakatlarni sotsial-siyosiy va madaniy taraqqiyotidagi o’ziga xos xususiyatlar hamda ularning jahon taraqqiyotiga qo’shgan xissalari ham yoritiladi. Qadimgi dunyo tarixining, “Qadimgi Gresiya” deb nomlangan ikkinchi bo’limda shu mamlakat tarixidan olingan konkret faktlar yordamida quldorlik tuzumining eng rivojlangan bosqichi ochib beriladi. Chunki, Gresiyadagi antic quldorlik tuzumi rivojlanishning asosiy bosqichlarini to’la-to’kis o’tgan. Binobarin, Gresiya tarixi materiali kishilik jamiyati taraqqiyotidagi ikkinchi formasiya quldorlik tuzumini rivojlanishning asosiy bosqichlarini aniq anglab olish imkoniyatini beradi. Shuningdek bu bo’limda grek xalqining jahon madaniyatiga qo’shgan buyuk xissalari ham yoritiladi.

Gresiya tarixining yoritilishi Sharq mamlakatlari tarixi yoritrilishidan farqli ularoq, davrlarga bo’linib, har bir davrning xususiyatlari to’la ko’rsatiladi. Bu bo’limda tarixning davrlarga bo’linishi haqidagi dastlabki tushuncha ochib beriladi va tarixiy jarayon to’g’risida ancha to’la va aniq tasavvur xosil qilinadi.

Gresiyada eramizdan avvalgi XI-IX asrlarda ibtidoiy jamoa tuzumining yemirila borishi va ijtimoiy sinflarning maydonga kela borishi jarayonni o’rganishda qadimgi grek dostonlari “Iliada” va “Odisseya” hamda ma’lum darajada qadimgi grek afsonalari qimmatli manba bo’lib xizmat qilgan, Gomer dostonlarida qadimgi greklarning mehnat qurollarini, mashg’ulotlarini, ijtimoiy – munosabatlari va turmushini tasvirlashga alohida e’tibor berilgan.

Qadimgi greklarning diniga bag’ishlangan bobda greklar dinini ibtidoiy odamlar va Sharq xalqlari dinlari bilan taqqoslab qadimgi dunyodagi dinning umumiy xususiyatlari aniqlab olinadi.

Gretsiyada quldorlik tuzumining o’rnatilishi va shahar davlatlarining tashkil topishi Afina tarixida ochib beriladi, chunki, Afinada bu jarayonlar klassik formada yuz bergan va unda butun Gresiya uchun umumiy bo’lgan ko’pgina xususiyatlar namoyon bo’lgan. Afina tarixi eramizdan avvalgi VIII-V asrlardagi Sparta jamiyati xarakteristikasi bilan to’ldiriladi.Ana shu ikkita eng yirik davlat tarixi materiallari asosida eramizdan avvalgi VIII-VI asrlardagi butun Gresiya uchun tipik bo’lgan xodisalar xo’jalik aholining sostavi, qo’shin, siyosiy hokimiyatning tashkil etilishi, keskin sinfiy kurashlar yoritib beriladi. Gresiyaning o’ziga va mustamlakalariga umumlashgan xarakteristikalar beriladi. Qadimgi dunyo tarixining oxirgi III bo’limi “Qadimgi Rim” tarixi materiallar asosida quldorlik tuzumining paydo bo’lishi taraqqiyotining eng yuqori bosqichlari, tushkunlikka ketishi va yemirilishining qonuniyatlari ochib beriladi. Qadimgi Rimda quldorlik jamiyatining asosiy xususiyatlari va bu jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlari shu qadar yaqqol va to’la namoyon bo’lganki qadimgi dunyoning birorta mamalakatida ham bunday bo’lmagan.

Shu sababdan Rim tarixini o’rganish bilan o’quvchilarning avvalgi bilimlarini o’rganish asosida shakllana boshlagan quldorlik tuzumi to’g’risidagi tushunchalari sistemasi tugallangan shakl olgan.

“Qadimgi Rim” bo’limida Rim davlatining vujudga kelishidan to G’arbiy Rim imperiyasining qulashigacha eng muhim davrlariga qarab boblarga bo’lingan. Madaniyatga bag’ishlangan bobda Rim madaniyatining eng yuksak davri yoritilgan.

“Rim respublikasining tashkil topishi va uning Italiyani istilo qilishi” bobida asosiy e’tibor eramizdan avvalgi III asrgacha (III asr ham kiradi) bo’lgan davrdagi Rim davlatining ijtimoiy-siyosiy tuzumini yoritib berishga qaratilgan. “Rim respublikasining O’rta dengiz buyidagi eng kuchli quldorlik davlatiga aylanishi” bobida konkret tarixiy faktlar asosida quldorlik tuzumi taraqqiyotining eng yuqori bosqichi va uning xarakterli momentlari ko’rsatilib beriladi. Bu momentlar istilochilik urushlari vaqtida yuz minglab odamlarni asir qilib, ularni qulga aylantirish asosiy mehnatni qullar zimmasiga yuklash, ularning tinka-madorini quritish va xunarmandlarning xonavayron bo’lishi, dehqonlar harakati va qullarning juda katta qo’zg’olonlar ko’tarish bilan xarakterlanadi.

“Rim imperiyasining tushkunlikka ketishi va xalokati” deb nomlangan oxirgi bobning asosiy g’oyasi imperiyasining va quldorlik tuzumining qulashi muqarrarligi va qonuniyligini ko’rsatishdir.

Butun bo’lim bo’yicha umumlashtiruvchi takrorlash ibtidoiy jamoa va quldorlik tuzumining asosiy xususiyatlarini qadimgi dunyo xalqlarining jahon madaniyati taraqqiyotiga qo’shgan xissasini ko’rsatib berishga qaratilgandir.

Qadimgi dunyo tarixi kursining mazmuni quyidagi muhim tushunchalar sistemasi tashkil etadi. Geografik muhit va uning jamiyat hayotiga ta’siri, odamlarning jamiyat hayoti va taraqqiyotining zarur sharti ekanligi; mehnat qurollari; ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyotining xal qiluv roli, quldorlik jamiyatidagi asosiy ijtimoiy sinflar, sinfiy kurash va uning ahamiyati; quldorlik davlatining vujudga kelishi, uning ichki va tashqi vazifalari; davlatning kuchayishi va yemirilishi sabablari, talonchilik – istilochilik urushlar, quldorlik tuzumida bunday urushlarning muqarrarligi, adolatli urushlar, ibtidoiy jamoa va quldorlik tuzumida din, uning mohiyati, san’at va uning sotsial xarakteri fan, uning kishilar mehnat faoliyati jarayonida vujudga kelishi, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratishda mustaqillik uchun kurashda xalq ommasining roli va boshqalar.

Bu tushunchalarning har biri o’ziga nisbatan juz’iyroq tushunchalardan va o’z navbatida u tushunchalar ham o’ziga nisbatan juz’iyroq tushunchalardan tashkil topadi. Bu tushunchalarni umumlashtirib o’zlashtirish o’quvchilarning qadimgi dunyo tarixidagi ikki asosiy va muhim tushunchaning, ya’ni ibtidoiy jamoa bilan quldorlik fomasiyasi xaqidagi tushunchaning ma’nosini, shu formasiyalarning paydo bo’lishi rivojlanishi va halokatini, ular taraqqiyotidagi qonuniyatlarni, ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik tuzumiga o’tishning progressivligini anglab olishlariga yordam beradi.

Qadimgi dunyo tarixining tarbiyaviy vazifalari ham, tarixning boshqa kurslari singari, uning ta’limiy vazifalari bilan chambarchas bog’langan xolda olib boriladi. Qadimgi dunyo tarixi maktab tarix kursining tarkibiy qismi bo’lib uni o’qitishdan kuzatilgan umumiy ta’lim – tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishda muhim o’rin egallaydi.Ular dastlabki ijtimoiy – iqtisodiy formasiyalarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va almashinish qonuniyatlarini muqarrarligini, tarixiy taraqqiyotning progressivligini anglab oladilar.

O’quvchilarni qullarning shafqatsiz ekspluatasiya qilinganligi hamda ularning qul egalariga qarshi olib borgan shiddatli kurashlari, bergan qurbonlariga doir faktlar bilan tanishtirish va ularni bu faktlarga nisbatan shaxsan munosabatlarni bildirishga o’rgatish yoshlarni tarixdagi qaxramonlar taqdiriga hamdardlik ruhida, kishilarni ekspluatasiya qilishning adolatsizligini anglab yetishda mazlumlarga nisbatan xayrixoxlik va zolimlarga nisbatan nafrat ruhida tarbiyalashga yordam beradi.

Jamiyatning hayotini va uning har tomonlama rivojlanishini ta’minlagan mehnatning o’zgaruvchanlik rolini ochib berish mehnatga va mehnatkashlarga muhabbat va hurmat bilan qarashga o’rgatadi.

VI sinf o’quvchilari tushunarli faktlar asosida voqelikning hayoliy buzilgan in’ikosini bo’lgan dinning kelib chiqishi, uning quldorlik jamiyatidagi sotsial roli haqidagi tushunchalarni o’zlashtiradilar. Xristianlikning kelib chiqishi va hukmron sinflarning undan qullarni va kambag’allarni shafqatsiz ezish quroli sifatida foydalanganliklari bilan tanishadilar.

Qadimgi dunyo tarixini o’rganish davrida o’quvchilar usha davrda jahon miqyosida muhim rol o’ynagan qator mamlakatlar tarixi, urfu-odatlari, madaniyati, san’ati va ilm ma’rifatlari bilan tanishadilar, ulardan qadimgi adabiyot va san’at asarlarini tushunib yetish yo’lida dastlabki malakalar hosil bo’la boshlaydi. Bir necha ming yillar ilgari yaratilgan ajoyib san’at yodgorliklaridagi go’zallik nimaligini ko’ra bilishga o’rgana boradilar. Bu esa ularni estetik ruhda tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi.

Shunday qilib o’quvchilarni mehnatga va mehnat ahliga hurmat ruhida mardlik, vatanparvarlik, baynalminal ruhida, antogonistik sinfiy jamiyatning adolatsizligini anglash, ezuvchilarga nafrat, sinfiy murosasizlik va estetik ruhda tarbiyalash qadimgi dunyo tarixini o’qitishning muhim tarbiyaviy vazifalaridir.

O’rta asrlar tarixi V asr oxirlaridan – XVII asr o’rtalarigacha o’tgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda Yevropa ko’pgina mamlakatlarda feodalizm hukm suradi. O’rta asrlar tarixi feodalizm taraqqiyoti davrlariga qarab uch bo’lim: feodal tuzumining o’rnatilishi, uning rivojlanishi, feodalizmning yemirila borishi va kapitalistik munosabatlarning vujudga kelishiga bo’lib o’rganiladi.

O’rta asrlar tarixi kursi strukturasiga sinxronistik prinsip asos qilib olingan. Bu prinsipga asosan ayrim mamlakatlar va xalqlar tarixi muayyan davr doirasida o’rganiladi. O’rta asrlar tarixida feodal tuzumi taraqqiyotining bosqichlari to’laligicha namoyon bo’lgan, o’rta asrlarda xalqaro miqyosda juda katta rol o’ynagan yoki jahon madaniyati taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan mamlakatlar va xalqlar tarixi yoritiladi. Bu mamlakatlar tarixidagi muhim voqealar juda yorqin va tugal ifodasini topgan davrlarni o’rganish ko’zda tutiladi. Shu munosabat bilan arablar tarixi faqat birinchi bo’limda, Chexiya tarixi ikkinchi bo’limda, Angliya tarixi esa ikkinchi va uchinchi bo’limlarda o’rganiladi. Ayrim temalarda ko’pgina mamlakatlar uchun tipik bo’lgan umumiy faktlar yoritiladi. “Feodal tuzumning o’rnatilishi” deb atalgan birinchi bo’limda V-XI asrlarda Yevropa va yaqin Sharq mamlakatlarida feodalizmning paydo bo’lishi jarayoni, feodalizm formasiyaning xarakterli belgilari yoritib beriladi. Bu bo’lim uch temadan iborat bo’lib, ularda germanlar va slovenlarning, Vizantiya imperiyasi va arablarning XI asrgacha bo’lgan tarixiga doir izchillik bilan o’rganiladi.

Feodal tuzumning yuzaga kelishi va qaror topishi franklar tarixi misolida yoritiladi.VI-XI asrlarda slavyanlarning mashg’ulotlari va ijtimoiy tuzumga bag’ishlangan kichik tema materiallari yordamida o’quvchilar feodal munosabatlar Markaziy va Sharqiy Yevropada deyarli ayni bir vaqtda hamda bir-biriga o’xshash shakllarda qaror topganligini tushunib oladilar.

Vizantiya imperiyasi va arablar tarixiga bag’ishlangan temalarda ham Janubi-Sharqiy Yevropa, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida feodalizmning qaror topishi jarayonining umumiyligi ochib beriladi. Shuningdek, feodalizmning qaror topishi jarayonidagi o’ziga xos xususiyatlar, uning sabablari ham bayon qilinadi.Har bir bob madaniyatiga xarakteristika berish bilan tugallanadi.

“Feodal tuzumning rivojlanishi” deb nomlangan ikkinchi bo’limda feodalizm rivojlanishining xarakterli xususiyatlari bayon qilinadi. Bu bo’limda Yevropa mamlakatlari, xususan Fransiya, Angliya tarixiga doir tarixiy faktlar asosida xunarmandchilik va savdo-sotiq markazlariga ega bo’lgan o’rta asr shaharlarining maydonga kelishi, o’sishi dehqonlarni ekspluatasiya qilishning kuchayishi hamda sinfiy kurashning yanada keskinlashuvi, dehqonlarning kuchli qo’zg’olonlari bo’lib o’tganligi, markazlashgan davlatlarning tashkil topishi, feodallik madaniyatining ravnaq topishi kabi usha davrda ko’pchilik xalqlar uchun xarakterli xodisalar yoritib beriladi. Chexiya tarixiga doir bobda ozodlik kurashiga doir masalalar to’la va ravshan yoritilgan. Xitoy va Hindiston tarixini o’rganishga katta o’rin berilgan.

O’rta asrlar tarixi “sinflar”, “davlat”, “ijtimoiy tuzum” singari umumiy tarixiy tushunchalar mazmuni o’quvchilarning chuqurroq bilib olishlariga yordam beradi. Feodal tuzum tushunchasi o’rta asrlar tarixi kursining eng umumiy va eng muhim tushunchasi bo’lib, bu tushuncha o’z ichiga feodal ijtimoiy-iqtisodiy formasiyaning vujudga kelishi taraqqiyoti, yemirilishidan iborat tushunchalarni o’z ichiga oladi. “Feodal tuzum” tushunchasi yana bir qator boshqa tushunchalarni, ya’ni feodal jamiyati sinflari feodal ekspluatasiya o’rta asrlardagi sinfiy kurash, feodal davlati, cherkov, feodal madaniyati kabilarni umumlashtiradi. Har bir tushuncha o’z navbatida juz’iyroq tushunchalarni o’z ichiga oladi.

O’rta asrlar tarixi o’quvchilarni ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalarga doir tasavvur va tushunchalar sistemasini kengaytiradi. Ularning sinf, sinfiy kurash, davlat madaniyat va boshqa umumiy tarixiy tushunchalari o’rta asrlar tarixi faktlari asosida konkretlashtiriladi. O’rta asrlar tarixi o’quvchilarni ibtidoiy jamoa tuzumi va quldorlik tuzumining feodal tuzum bilan almashinishining qonuniyligi va progressivligini anglab olishlariga yordam beradi.

Mazkur tushuncha va uning mohiyati g’oya va qonuniyatlarning ravnaqini anglab olishga erishish ularda ilmiy dunyoqarashning asosini tashkil etadi.

Feodal tuzum va uning mohiyatini, dehqonlarning krepastnoylariga aylantirilishi va feodal zulmning oqibatlarini hamda absolyut monarxiyaning mohiyatini ko’rsatish o’quvchilarning feodal jamiyati adolatsiz jamiyat ekanligini anglab yetishlariga yordam beradi, ularni ezuvchilarga nafrat, mehnatga, mehnatkashlarga hurmat ruhida tarbiyalaydi.

O`rta asrlar tarixi o`quvchilarni ibtidoiy jamoa to`zumi va kuldorlik to`zumining feodal to`zum bilan almashinishining qonuniyligi va progressivligini anglab olishlariga yordam beradi. Mazkur tushuncha va uning mohiyati g`oya va qonuniyatlarning ravnaqini anglab olishga erishish ularda ilmiy dunyoqarashning asosini tashkil etadi.

Feodal tuzum va uning mohiyatini, dehqonlarning krepostnoylarga aylantirilishi va feodal zulmning oqibatlarini hamda absolyut monarhiyaning mohiyatini ko`rsatish o`quvchilarni feodal jamiyati adolatsiz jamiyat ekanligini anglab yetishlariga yordam beradi, ularni ezuvchilarga nafrat, mehnatga, mexnatkashlarga hurmat ruhida tarbiyalaydi.

Bu tarix kursida mexnatkashlarni asoratga solishning ma‘naviy quroli xukmron sinflarning mexnatkashlarga g`oyaviy ta‘sir ko’rsatishning eng muhim vositasi bo`lgan dinning sinfiy roli va feodal to`zumning asosiy tayanchi bo`lgan cherkovning roli ochib beriladi. Cherkov salb yurishlarini va boshqa bosqinchilik, talonchilik urushlarini uyushtirgan xristianlar va musulmonlar o`rtasida diniy adovatni avj oldirishga, mustamlakalar bosib olishga boshchilik qiladi. Xukmron sinflarning cherkov bilan birgalikda madaniyat taraqqiyotiga to`skinlik qilganligi, fan va san`atni o`z ta’siriga buysundirganligi, xaqiqiy ilm fanning taraqqiyot etishiga xalq ommasi o`rtasidagi savodxonlikning tarqalishiga to`sqinlik qilganligi, Ibn Sino, Bekon, Galiley kabi ilg`or olimlar va mutafakkirlarning taqib qilinganligi, Yan Gus, Jordano Brunolar gulxanda kuydirganligi bir qancha misollarda ko`rsatib berilgan. Inkivizatsiyaning Bruno va Galileyni jazolash faktlari orqali cherkovning ilg`or fanga dushmanligi va ayni paytda reaktsiyaning ilmiy bilimlar taraqqiyotini to`xtatib qolishga urinish vujudga kelganligi, taraqqiyotning to`xtatib qolishga qodir emasligi ochib beriladi.

O`rta asrlar tarixi o`qitish o`quvchilarni mardlik, fidoiylik, odamiylik, vatanparvarlik, baynalminal, estetik ruxda tarbiyalashda muhim urin tutadi.

VIII sinfda yangi tarixning birinchi davri o`qitilib, u XVI asrning 60 yillaridan boshlangan bozor iqtisodiga asoslangan jamiyat shakllanishidan Fransiya-Russiya urushi, 1815-1870 yillar jahon mamlakatlarining iqtisodiy-siyosiy taraqqiyotiga bo`lgan voqealarni o`z ichiga oladi. Bu kurs o’sha davrlarda jahonning ilg`or mamlakatlarida kapitalizmning qaror topishi, rivojlanishi, uning eng muhim xususiyatlari va ziddiyatlari, boshqalar o`rganiladi.

Bu kurs quyidagi tuzilishi bo`yicha o`qitiladi.

I. Bo`lim. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning shakllanishi.

II.Bo`lim.Iqtisodiy munosabatlarning yangi sharoitlarda rivojlanishi.


Yanga tarix kursida asosan kapitalizmning qaror topishi va rivojlanishi Angliya, AQSH va Fransiya mamlakatlari misolida ochib beriladi. Shu sababli bu mamlakatlar tarixini o`rganishga katta o`rin ajratilgan.

Birinchi bo`limda Angliya tarixi misolida mamlakatning iqtisodiy-siyosiy taraqqiyotida burjua rivolyutsiyasining qanday ahamiyatga ega bo`lganligi ancha mufassal ko`rsatiladi. Angliya tarixi vositasida sanoat o`zgarishchning moxiyati va oqibatlari kapitalistik to`zumning asosiy bosqichlari bayon qilinadi.

Bu o’rinda o`rta asrlar tarixida o`quvchilar o`rgangan bilimlarga, chunonchi kapitalizmning ayrim belgilari manafaktura ishlab chikarishi hamda burjuaziya va yo`llanma ishchilarning vujudga kelishi xaqidagi bilimlarga suyanishi, u bilimlarni kengaytirish va kaditalistik tuzum tushunchasini mukammalroq ifodalab berish zarur bo`ladi. Yangi tarixning bu davrini o`rganish natijasida o`quvchilar ishlab chiqarish vositalari burjuaziyaning xususiy mulki ekanligi, yollanma ishchilarni burjuaziyaning xususiy mulki ekanligi, yollanma ishchilarni burjuaziyaning qattiq ekspluatatsiya qilish kapitalizmning asosini tashkil etishi, bu esa proletariatning kapitalistik tuzumga qarshi keskin sinfiy kurashni mukarrar qilib qo`yish haqida qat‘iy xulosaga kelishlari lozim. Shu bo`limdagi AQSH va ikkinchi bo`limdagi Fransiya, Angliya, Germaniya mamlakatlari tarixi asosida feodalizmdan kapitalizmga o`tishning umumiy qonuniyatlari va bu o`tishning progressivligi, turli mamlakatlarda kapitalizm taraqqiyotining turli xil shakllari mavjudligi ko`rsatib boriladi. (Davlat tuzumi, burjua davlati, formalarining o`zgarishi, siyosiy xayot va madaniyatning rivojlanishi jamiyatning (progressiv) moddiy hayoti bilan bog`lab o`rganiladi. Yangi formatsiyaning progressiv xususiyatlari bilan birga uning ijtimoiy iqtisodiy ziddiyatlari ham ochib beriladi.

Ayniqsa ishlab chiqarishning ijtimoiy xarakteri bilan o`zlashtirishning xususiyligiga o`rtadagi ziddiyatni tushuntirishga alohida e‘tibor beriladi.

Ikkinchi bo`limda XIX asrning 60 yillarning oxirigacha bolgan davrida dunyodagi yetakchi mamlakatlarga bag`ishlangan mavzuni o`rganishning quyidagi masalalarni oydinlashtirishdan boshlangan ma‘qul an‘anaviy jamiyat va industrial madaniy dunyo G`arbiy va Shaqriy dunyo, Rassiya Sharq va G`arb oralig`ida, XIX asr industrialashtirish va aholining ko`payish asri. Jamiyatning evolyutsion va inkilobiy taraqqiyoti, isloxat va inqilob, XIX asr Yevropada milliy muammolarni yechish asri.

Ikkinchi bo`limda XIX asrning 60 yillarda Angliyaning rivojlanishi, sanoat to`ntarilishning nihoyasiga yetkazilishi va industrlashtirishning boshlanishi, korxonalarning yiriklashuvi, XIX asrda Angliyada ijtimoiy xarakat iuditlar, chartizm, chartizmning mamlakat siyosiy xayotiga ta‘siri, 1850-1860 yillardagi ijtimoiy xarakat va boshqa voqealarni materiali o`rganiladi. Shuningdek shu yillarda Fransiya, Germaniya, Italiya, Avstriya, Vengriya, AQSH, Rossiya va Lotin Amerikasi mamlakatlarining tarixiga oid materiallar o`rganiladi.

Ikkinchi bo`limda Lotin Amerikasida milliy ozodlik kurashi va mustaqil davlatlarning paydo bo’lishi, Osiyo mamlakatlari tarixiga doir eng muhim voqealar yoritiladi. Xindiston va Xitoy tarixiga doir eng muhim voqealar yoritiladi, ayniqsa bu mamlakatlar tarixiga doir konkret materiallar misolida kapitalistik mamlakatlarning mustamlakachilik siyosati buysundirilgan mamlakatlarni og`ir oqibatlarga duchor qilganligi, bu mamlakatlarning o`z ozodliga va mustaqilligi uchun olib borgan axramonona kurashi ko`rsatib beriladi.

Shu bo`limdaga XVIII - XIX asr birinchi yarimlarida adabiyot va san‘at temasini o`rganib, o`quvchilar kishilik tarixining ana shu davrida fan, adabiyot muzika va tasviriy san‘atni rivojlantirishga jahon xalqlarining, shu jumladan. Vatanimiz xalqlarining qo`shgan xissasini bilib oladilar.

Yangi tarixning birinchi bo`limidagi jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosiy tarixiga doir ma‘lumotlarni bilib olish, burjua revolyutsiyalarining, sotsial revolyutsiyalar rolini unda xalq ommasining xal qiluvchi rolini, ayrim revolyutsiyalar davrida sinfiy kuchlar joylashishining o`ziga xosligani xususan, XIX asr o`rtalaridagi revolyutsiya qaraganda burjuaziya mavqeining o`zgarganligini anglab olishlariga yordam beradi.

IX sinfda yangi tarixning ikkinchi davri o`rganiladi. Yangi tarix ikkinchi davri Fransiya, va Russiya urushi va Parij Kommunasidan XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Lotin Amerikasi mamlakatlari tarixiga oid materillar o`rganiladi.

Yangi tarix kursining shu davrining o`rganishning asosiy maqsadi chet
mamlakatlarining iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy taraqqiyotiga doir eng
muhim muammolarni bilib olish asosida o`quvchilarning bu davrdagi tarixiy
material bilan tanishtiradi. Yangi tarixning ikkinchi davri bir bo`lim, 8
mavzudan iborat.

Bu bo`limda Fransiya - Prusiya urushining sabablari, 1870 yil 4 sentyabr inqilobi, xalqaro ishchilar jamiyatining Fransiya - Prussiya urushiga munosabati, Parijning taslim bo`lishi, Franfurkt sulxi yoritib beriladi.



6. MAVZU: Tarix o`qitishning ko`rgaztmali uslubiyoti.

Kirish.


1. Ko`rsatmali qurollar tarixiy bilimlarning muhim manbai va uni aniqlashtirish vositasi.

2. Tarix o`qitishda qo`llaniladigan ko`rsatmali qurollarning klassifikatsiyasi.

3. Ko`rsatmali qurollardan foydalanishni uslubi.

4. Tarix darsida xarita bilan ishlash.

5. Tarix darslarida ta`limining texnika vositalaridan foydalanish.

Xulosa


Dars o’tish jarayonida yangi pedtexnologiyalardan ( “Munozara” ) foydalaniladi.

Adabiyotlar va manbalar.

1.Karimov I.A.Yukcak ma’naviyat-engilmas kuch.T.,2008

2.Karimov I.A.O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.. T., 1992.

3.Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T, 1998.

4. Karimov I.A.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ,O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. T, 2009..

5.Ishmuhammedov R.,Abduqodirov A.,Pardaev A.Ta’limda innovatsion texnologiyalar.T.,2008.

6.Sa`diev A. O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish.T., «O’qituvchi » 1993

Ko`rsatmalilik deganda avvalo o’qitish va o’rganishning ko`rsatmali usuli, o`qituvchi bayonining ko`rsatmali bo’lishi, uning o’quchilardagi tayyor bilimlarga suyana bilishi, dars mavzusini bayon qilish vaqtida ko`rsatmali qurollardan foydalanish va ko`rsatmali qurollar vositasida o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish hamda ularning o’rganilayotgan tarixiy faktlarni, voqea va xodisalarni aynan o’zini yoki ularning tasvirlarini ko’rish yordamida o’rganishlari tushiniladi.

Tarixiy hujjatlar va badiiy adabiyotlardan foydalanish o`qituvchi bayonini obrazli qilib aniqlashtirsa,ko`rsatmali qurollar vositasida o’quvchilarning eshitish faoliyatiga ko’rish va sezish organlarining faoliyati ham qo’shiladi.Shu bilan ularning bilimi yanada chuqurlashadi, mustahkamlanadi.

Tarix o`qitishning ko`rsatmali bo’lishining ta‘limiy va tarbiyaviy ahamiyati ham katta. Avvalo, ko`rsatmali qurol o’quvchilarning bilim olishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Ko`rsatmali tasvirlar tarixiy fakt va xodisalarning tashqi ko’rinishinigina emas, balki ularning ichki mohiyatini ham ochib beradi.

Ko`rsatmali qurollar o’quvchilarning murakkab tarixiy xodisalarni, tarixiy tushunchalarning ma‘nosini osonroq tushunib olishlariga yordam beradi.Ko`rsatmali qurollar tarixiy tushunchalarni shakllantirishga,ularning nazariy xulosalar va umumlashgan yakunlarni, ijtimoiy rivojlanishning ob‘ektiv qonuniyatlarini o’zaro aloqalarini yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi, shuningdek o’quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashning muhim vositasi bo’lib ham xizmat qiladi.

Shu tariqa ko`rsatmalilikni ahamiyati tarixiy faktlarni,xodisalarni ko’


rish organlari ishtirokida mushohada etishga va ular haqida tasavvur
hosil qilishga yordam beradi.

Shunday qilib, ko`rsatmalilik metodi:

1) tarixiy bilimlarning asosiy manbalaridan biri bo’lib xizmat qiladi;

2) o’quv materialining ta‘lim tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi;

3)o`qituvchi bayonining aniq obrazli va emotsional bo’lishiga yordam beradi;

4) o`quvchilarning o`quv materialini o`rganishga qiziqishini oshiradi va ularning bilish faoliyatini faollashtiradi;

5) o`qituvchining bayonini va uning darsda qo`llagan boshqa o`quv usullarini o`quvchilarning tushunib olishini yengillashtiradi;

6) o`quvchilar fikrlash faoliyatini va ijodiy qobiliyatini o’stiradi;

7) o`quvchilar bilimning aniq, chuqurroq va mustahkamroq bo’lishiga yordam beradi.

Ko`rsatmali qurollar o’zining mazmuni, tarixiy obrazlarning xarakteri, ularni tayyorlash texnikasi va foydalanish usullariga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:

1)Predmetli ko`rsatmalar: tarixiy yodgorliklar, estalik joylari, arxitektura yodgorliklari, qurol-yarog’lar, ro`zg’or buyumlari, shu jumladan arxeologik topilmalar.

2)Tasviriy ko`rsatmalar: o`qitishda foydalanish uchun ishlangan tarixiy kartinalar va albomlar,san’at asarlari,portretlar,rasmlar,fotohujjatar va fotokopiyalar,darsliklardagi illyustratsiyalar, o`quv filimlar va kinofilmlar, maketlar, har xil modellar va boshqalar.

3) Shartli ko`rsatmalar: qurollar, tarixiy va kontur kartalar, tarixiy atlaslar, sxemalar,grafika,diagramma va kartogrammalar,appilikatsiyalar va pedagogik rasmlar.

Predmet ko`rsatmalilik ta‘limda alohida kasb etadi. Fizika, ximiya yoki botanika o`qitucvchilari o`rganilayotgan mavzuni o`quvchilarga formula, shakl va boshqalarni ko’rsatib tushuntirsalar tarix o`qituvchisi unday imkoniyatdan mahrumligiga sabab, masalan o`quvchilarga ibtidoiy odamlar hayoti va faoliyatining aynan o’zini ko’rsatib berolmaydi, faqat gapirib beradi. Ko`rsatsa faqat ibtidoiy kishi ishlatgan qurollarni, yashagan joylarini yoki aytaylik feodallarning o’zaro urushlarini emas, urushda ishlatilgan qurollarni boshqa ba‘zi buyumlarni,masalan Jaloliddin Manguberdining janglarda ko’rsatgan jasorati va qahramonliklarni emas,balki ular to’g’risida rassomlar chizgan ayrim rasm,kartinalarni ko’rsatishi mumkin xolos.Lekin har xolda kishilarning o’tmishidan qolgan yodgorliklari tarixiy voqealar to’g’risida real tasavvur qilishga so`zsiz yordam beradi. O`quvchilar oradan bir necha asrlar hatto necha-necha ming yillar o’tib ketgan zamonlardagi voqealar to’g’risida ma‘lumot beruvchi haqiqiy buyum va narsalarni juda qiziqish va hayajon bilan o`rganadilar. Shuning uchun maktablarda tarixiy o’tmishni o`rganishning asosiy manbalaridan biri bo`lgan bu yodgorliklarni to’plash va ulardan foydalanishga juda katta e‘tibor beriladi.

Tasviriy ko`rsatmali qurollar maktab tajribasida hammadan ko’p qo’llaniladi. Tasviriy ko`rsatmalar bir necha xil bo’ladi.

a) o’tmishdan qolgan haqiqiy asl nusxa hujjatlar asosida yaratilgan tasviriy ko`rsatmalar,hujjatli foto suratlar va hujjatli kinofilimlar,predmet yodgorliklarining tasvirlari mehnat qurollari,madaniy yodgorliklarning tasvirlari va shakllari.

b) ilmiy jixatdan asoslab rekonstruktsiya qilingan arxitektura va boshqa
yodgorliklar, tasviri, ro`zg’or buyumlari yoki ularning tasviri.

v) rassomning ijodiy faoliyati bilan qilingan tasviriy ko`rsatmalar,


tarixiy san‘at asarlari,darsliklarda berilgan illyustratsiyalar,maketlar,modellar va boshqalar.

Ko`rsatmali qurollarni tanlash va ulardan foydalanishda o`qituvchi quyida-gilarni e‘tiborga olishi lozim:

1. O`quvchilarning yoshi, bilimi va malakalari o’sib borgan sari ularning
predmet va tasviriy ko`rsatmalarga qiziqishi ortib boradi.

Masalan sinf o`quvchilarini ko’proq o’tmishdagi voqea-xodisalarning yaxlit manzaralari tasvirlangan kartinalar, maketlar va modellari qiziqtiradi. Yuqori sinflardagi o`quvchilarni esa yodgorliklarining aynan o’zi va shartli ko`rsatmalar qiziqtiradi.

2. Har bir dars uchun tanlangan ko`rsatmali qurol mazmuni, g’oyaviyligi ilmiyligi jihatidan talabga javob beradigan bo’lishi,sinf o`quvchilariga mos
bo’lishi,soni ko`paytirib yuborilmasligi lozim.Agarda ko`rsatmali qurollar
ko’payib ketsa, o`qituvchi va o`quvchilar ish qurollari bilan ovora bo’lib qolib,
o`quvchilarning dars materialini o`zlashtirishlariga xalaqit berishi mumkin.

3. O`quvchilarning ko`rsatmali qurollarni ongli ravishda puxta o`zlashtirib olishlariga erishish kerak.

4. Ko`rsatmali qurollar o`qituvchining bayoni jarayonida ko`rsatib boriladi.

Tarix o`qitishda qo`llaniladigan tasviriy ko`rsatmali vositalar ichida o`quv kartinalari muhim o`rin tutadi. Kartinalar o`rganilayotgan voqealar va xodisalar haqida o`quvchilarda yorqin tasavvur hosil bo`lishiga yordam beradi. Tarixiy temalarga bag`ishlangan kartinalar syujeti va xarakteriga qarab quyidagi turlarga bo`linadi.

1.Voqealik kartinalari. Ularda muhim voqealar ijtimoiy hayotdagi noyob faktlar, harbiy harakatlar,voqealar yoritiladi. Bu kartinada o`qituvchidan voqeani yorqin hikoya qilib berishni, voqeaning rivojlanishi va undagi dramatizmni ochib berishni, o`quvchilarga axloqiy va g`oyaviy-siyosiy ta‘sir etishi mumkin.

2. O`rganilayotgan davr uchun tipik bo`lgan voqealarni aks ettiruvchi kartinalar. Kartinaning bu turi katta bir voqeani yoki uning bir ko`rinishini o`rganish bilan bog`lik bo`lgan hamma savollarga javob beradi. Ular ustida o`quvchilarning faol mustaqil ishlarini tashkil etishi ham mumkin.

3. Qadimgi shaharlar, qurilishlar, arxetektura yodgorliklari yoki ularning ansambli tasvirlangan tarixiy kartinalar. Kartinalarning bu turini o`qituvchi o`quvchilarga mufassal tasvirlab tushuntirib beradi. Masalan: o`quvchilarning “Oqsaroyga” xayolan ekskursiya qildirish.

4. Tarixiy portretlar. Ular ustida o`quvchilar mustaqil ish olib boradigan bo`lsa, ular tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyagini og`zaki va yozma ravishda hikoya qilib beradi.

Shu tariqa kartinalardan foydalanish va ular ustida ishlash metodlari, ularning mazmuni va xarakteri bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtdagi maktab tarix kursining deyarli hamma bo`limlari yuzasidan o`quv kartinalar yaratilgan.Keyingi yillarda ularning soni yanada ko`paydi. Madaniyat va san‘atning ajoyib durdonalari yoritilgan albomlar ,claydlar,video mahsulotlari yaratildi.

Kartinalar bilan ishlash. Kartinalardan unumli foydalanishi ularning o`qitishdagi roli va o`rnini yaxshi tushunib olinishiga bog`liq.Kartinalar ko`rsatmali qurollarning hamma turlari singari o`quvchilar uchun bilim olish manbai xizmat qiladi.Yuqori sinflarda kartinaning xarakteri va ularning vazifasi quyi sinflardagidan ko`ra bir muncha o`zgaradi. Kartina yuzasidan hikoya qilish usuli kamdan kam qo`llaniladigan bo`lib qoladi. Endi o`qituvchi kartinalardan bayon qilingan nazariy materialni kursning murakkab masalalarini tushuntirib berish uchun foydalanadi.

O`quv materiali bayon qilingandan keyin shu voqeaga doir kartinadan foydalanishda o`quvchilar o`zlaridagi mavjud bilimlarni ishga soladilar. Darsda olgan bilimlariga suyanib kartina mazmuni yu`zasidan o`qituvchi bergan savollarga javob beradilar.

Shunday qilib kartinalar:

1. O`quvchilarni yangi mavzuni faol o`zlashtirishga tayyorlaydi, oladigan bilimlarining manbai bo`lib xizmat qiladi, yangi materialni puxta o`zlashtirish uchun mavjud bilimlarni ishga solish vositasi va kirish suhbatini o`tkazish uchun ko`rsatmali material vositasini o`taydi.

2. Tarixiy voqeaning "jonli idrok" etilishini, o`rganilayotgan materialning aniq va tushunarli bo`lishini ta‘minlaydi.

3. O`qituvchi bayonining emotsionalligini va ta’sirini kuchaytiradi, o`rganilayotgan materialning axloqiy ta‘sirini oshiradi.

4. Darsda kartinaning mazmuni tarixiy materialni taxlil qilish va umumlashtirish ob‘ekti bo`lib xizmat qiladi, o`quvchilarning aniq obrazlardan tarixiy xodisalarni, ularning moxiyatini va qonuniyatlarini tushunib olishlarnga yordam beradi.

5. O`quvchilar ongiga ta‘sir ko`rsatadi, tarixiy materialning va ulardan kelib chiqadigan xulosa va umumlashmalarning ko`ngillarida jo bo`lishi darsning yakunlovchi qismida foydalangan kartina esa, o`rganilganni mustaxkamlash va o`zlashtirish darajasini "tekshirish” vositasi bo`lib xizmat qiladi.

Kartinalar ustida mustaqil ishlay olish uchun o`quvchilar:

a) kartinani to`g`ri taxlil qilishlari va tushunishlari;

6) undan tarixiy bilim ola bilishlari:

v) so`zlaganda kartinadan foydalanish va kartinaga qarab hikoya qila bilishlari;

g) kartinani ham tarixiy manba, ham san‘at asari sifatida tushuna bilishlari lozim.

Shu shartlarni o`zlashtirish o`quvchilarning nutqi, e‘tibori, kuzatuvchanligi, ijodiy tasavvur etish qobiliyati, tarixiy tafakkuri o`sishida aqliy va estetik tarbiyasida, ularda muhim amaliy malaka va iqtidor hosil bo`lishida ham muhim o`rin tutadi.

. Illyutratsiyalarning sodda va murakkabligiga qarab o`qituvchi ularning mazmunini o`quvchilarga mufassal tushuntirib beradi yoki qisqacha hikoya qilish bilan chegaralanadi.

O`quvchilarni illyustratspyalar ustida aktiv ishlay olishga mazmunini mustaqil ravishda chaqib ola va so`zlab bera bilishga o`rgatish lozim.

Illkyutratsiya mazmunining murakkabligi, xarakteri o`quvchilarning tayyorgarligiga qarab suxbat yo’li bilan tahlil qilinishi mumkin, o`qituvchi o`quvchilarga mustaqil taxlil qilishni ham topshirishi mumkin.

Illyustrativ materiallar quyidagi turlarga bo`linadi:

1. O’tmishdagi buyum yodgorliklarining tasvirlari:

a) Ayrim buyumlar yoki ularning parchalari, ro`zg’or ashyolari, urush qurollari, mexnat qurollari;

b)Arxitektura yodgorliklari va san‘at asarlari tasviri. Ular ichida bu-


yum va arxitektura yodgorliklarining tasvirlari asosiy o’rinni egallaydi. Bu
gruppaga kirgan illyustratsiyalar juda ham turli-tuman bo`lib ob‘ektni taxlil
qilish,taqqoslash va tegishli xulosalar chiqarish uchungina xizmat qilmasdan
o`quvchilarni estetik ruxda tarbiyalash va ularga emotsional ta‘sir ko`rsa-
tishning ham muhim vositasi bo`lib xizmat qiladi.

2.Rassomlarning hayotdan olib yaratgan asarlari.

3.Portretlar.

4.Karikaturalar. Ular asosan XIX-XX asr voqealariga doir bo`lib ko`proq yangi va eng yangi tarix darsliklarida beriladi.Metodist olimlar karikaturalardan foydalanish tarixiy faktlarga, siyosiy arboblarga, ijtimoiy gruppalarga siyosiy xarakteristika berishga, ularga berilgan baholarni esa mustaxkam saqlab qolishga yordam beradi, o`quvchilar ongiga, g’oyaviy-siyosiy' tarbiyasiga kuchli ta‘sir ko’rsatadi. Karikatura o`quvchilar oldiida tarixiy voqeaning moxiyatini ochib berish, tarixiy shaxsning faoliyatini fosh etishning ajoyib vositasi bo`lib xizmat qiladi deb baho berishadi.Vaholanki bizhihg milliy xususiyatlarimiz,diniy qarashlarimiz,yrf –odatlarimizga karikaturalardan foydalanish unchalik ma’qul emas.

5.Hujjatlar, yozuvlar, yozuvli tekstlar, toshga o’yilgan yozuvlar, qo’lyozmalar, nashr etilgan yozmalar tasviri. Bu xildagi illyustratsiyalar o`quvchilarning davr ruxini tarixiy sharoitni yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi.

6. Hujjatli fotosuratlar. Bu xildagi illyutratsiyalar, asosan XIX va XX asr voqealariga doir bo`lib yuqori sinflarda foydalaniladi.

Shunday qilib, illyutratsiyalar bilim manbalaridan biri bo`lib, tarix darslarida o`qituvchi bayonini aniqlashtirishda, uning g’oyaviy-siyosiy ta‘sirini kuchaytirishda, o`quvchilar bilimini mustahkamlash va mavjud bilimlarni ishga solishda ko`rsatmali material sifatida ham xizmat qiladi.

Tarixiy voqea ma‘lum bir vaqtda va ma‘lum bir joyda sodir bo’ladi. O`quvchilarda voqea sodir bo`lgan joy haqida tasavvur yaratish ta‘limda muhim o’rin tutadi. Tarixiy karta bilan ishlash geografik muhitga xarakteristika berishning asosiy metodini tashkil etadi.

Geografik muhit jamiyat rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi bo`lmasada tarixiy rivojlanish tezlashishi va sekinlashishiga jiddiy ta‘sir ko`rsatish mumkin.

Geografik muhitning jamnyat rivojlanishidagi roliga, ayniqsa qadimgi dunyo tarixi darsligida katta o’rin berilgan.

V-VI sinflarda o`quvchilarga geografik muhit bilan odamlarning mashg`uloti o`rtasidagi aloqani ochib berish, xalqlarning tarixiy rivojlanishiga geografik muhitning ta‘sirini ko`rsatish uchun katta imkoniyat bor.

Xarita yordamida biror mamlakatning tarixiy bosqichlaridagi ahvolni aniq tasvirlab berish o`quvchilarda birinchidan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivolanishi haqida aniq tasavvur yaratishga ikkinchidan inson avlodlari mexnatining o`zgaruvchilik kuchini puxta tushunib anglab olishlariga yordam beradi. Binobarin, xarita bilan ishlash juda katta ta‘limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Darsda kartadan foydalanib tarixiy voqea sodir bo`lgan joyni ko`rsatish, o`quvchilarda geografik muhitning roli haqida tasavvur yaratish balki tarixiy voqealarning moxiyatini ularning qonuniyatlarini, o`zaro aloqalari, sabab-natijalarini ochib berishda ham muhim rol uynaydi. Xaritadan tarixiy voqeani tushuntirib berishdagina, emas balki uni taxlil qilishda va umumlashtirishda ham foydalaniladi.

Xarita yordamida tarixiy voqealarning sabab aloqalari ochib yuboriladi. Xarita darsning boshida o`rganilgan materialni taxlil qilish, umumlashtirish tarixiy rivojlantirishning qonuniyatlarini ochib berishga yordam ko`rsatadi. Xarita bir qator tarixiy voqea va xodisalarning natijalarini kuzatib o`rganishga imkon beradi.

Tarixiy xarita o`quv materialini mustaxkamlashda muhim rol uynaydi. O`qituvchi voqea bo`lib o`tgan joyini devorga osilgan kartadan ko`rsatgan vaqtda, o`quvchilarning o`sha joyni o`z xaritasi yoki atlasidan izlab topishi, o`qituvchi raxbarligida xaritaning taxlil qilinishi o`quvchilarning o`z daftarlaridagi eskizlar va darslikdagi xaritalar ustida uyda mustaqil ishlashi, navbatdagi darsda berilgan savollarga xaritadan foydalanib javob berishi, o`quv materialining puxta o`zlashtirilishiga va esda uzoq saqlanishiga yordam beradi.

Tarix o`qitish tajribasida tarixiy xaritalarning uch turidan foydalaniladi.

1. Umumiy xaritalar. Ular bir mamlakat yoki bir gruppa mamlakatdagi tarixiy voqealarni, ularning mavqeini, tarixiy rivojlanishning ma‘lum bosqichidagi ahvolini aks ettiradi. Masalan, XVIII asrning birinchi choragida Xiva xonligi, 1789 yilda Yevropa va boshqalar.

2. Obzor xaritalar. O`rganiladigan voqealar rivojlanishning izchilligini uzoq davr mobaynida territoriyaning o`zgarganini aks ettiradi. Masalan: “XIV-XV asrlarda Temuriylar davlatining kengayishi”, “Rim davlatining yuksalishi”.

3. Tematik xaritalar. Ma‘lum tarixiy voqealarga yoki tarixiy jarayonning ayrim tomonlariga bag`ishlanadi. Masalan, «Xonliklarning ijtimoiy - iqtisodiy ahvoli».

Tematik xaritalarda ijtimoiy hayotga doir masalalar chunonchi, iqtisodiy masalaga, sotsial harakatlarga, sinfiy kurash yoki harbiy o`tmishga doir masalalar to`laroq yoritiladi. Darslik va atlaslardagi xaritalarning ko`pchiligi tematik xaritalardir. O`qituvchi bosma yoki qo`lda tayyorlangan osma tematik kartalardan ham foydalanadi.

Sxematik xaritalar yoki xarita sxemalar ham, tematik xaritalarning bir turidir.

Tarix darslarida o`quvchilarni mamlakatimizning tabiiy sharoiti va iqtisodini rivojlanish tarixi bilan chuqurroq tanishtirish maqsadida tabiiy va iqtisodiy geografik xaritalardan ham foydalaniladi.

Birorta ham darsni xaritasiz tasavvur etish qiyin. Xarita tarix darsining eng zaruriy qo`llanmasi bo`lib hisoblanadi. Xarita avvalo o`rganiladigan temaga mos bo`lishi lozim.O`qituvchi voqealar rivoji davomini bayoni jarayonida xaritadan ko`rsatib borishi ayni vaqtda o`quvchilar o`qituvchi ko`rsatadigan joyni qo`llaridagi xarita yoki atlasdagi xaritadan izlab topishlari lozim. Har bir yangi xarita o`rgana boshlanganda unga qisqacha obzor berish unga o`rganilgan eski xarita bilan solishtirib o`quvchilarni yangi xaritadan o`zgarishlar bilan tanishtirish, ularning tarixiy rivojlanishining izchilligini har bir bosqichning o`ziga xos muhim xususiyatlarini anglab olishlariga yordam beradi. O`quvchilar ikki xaritani solishtirib mamlakat territoriyasi toraygan yoki kengayganini, shaharlarning o`sganligi va boshqa o`zgarishlar yuz berganligini tushunib oladilar.

O`qituvchi xarita yuzasidan savollar va topshiriqlar berish yo`li bilan o`quvchnlarni V-VI - sinfdan boshlab karta ustida ishlashga o`rgatib boradi. .

Tarix darslarida ta‘limning texnika vositalaridan foydalanishi darsning samaradorligini oshiradi.Ta‘limning texnika vositalari o`qitish va


o`rganish sifatini ko`tarishga, o`quvchilarning o`quv materialini qiziqib o`rganish, puxta o`zlashtirishga xizmat qiladi.

Tarix o`qitish tajribasiga ko`ra maktabda ta‘limning quyidagi texnika


vositalardan foydalanilmoqda.

1.Oddiy texnika qurilmalari:Xarita va o`quv kartinalari ilinadigan


yog`ochdan yoki boshqa materialdan yasalgan siljiydigan oddiy qurilmalar,sinf doskasi, sinf devoriga ilinib ikki yoqlama ochiladigan doska.

2. Ovozli apparatlar, proigrovatel, magnitafon, radiopriemniklar .

Badiiy asarlar yozilgan plastinka va magnit lentalar ham bor.

Buyuk davlat va jamoat arboblarining birinchi navbatda Prezident I.A.Karimovning nutqlari yozilgan kassetalardan,slaydlardan foydalanishi mumkin.

Maktab tajribasida bu manbalardan foydalanishda quyidagi usullar qo`llaniladi:

1) yozuv materiallari yuzasidan o`quvchilarga savollar berish bilan bu


yozuvlar materialiga qo`shimcha qilinadi.

2)Avvalo slaydlar namoyish etiladi,so`ngra suhbat yordamida tahlil qilinadi.

3) Qadimgi yozuvlar asosida o`quvchilarning musqaqil ishlari tashkil etiladi.

Ovozli texnika vositalariga radio eshittirishlari ham kiradi. O`qituvchi o`quvchilar uchun radio orqali maxsus dastur yoki umumiy dastur bo`yicha tarixdan beriladigan eshittirishlarni tashknl etadi. Hozirgi vaqtda bunday eshittirishlar ko`pincha magnit lentalarga yozib olingan bo’ladi.

4) Har xil ko`rsatuv asboblari va qurilmalar ta‘lim texnika vositalarining uchinchi guruhini tashkil etadi. Ular epidiaskop, diopozitivlar, diafilmlar va o`quv kinofilmlardan iborat.

Tarix darslarida bunday texnika vositalaridan foydalanish uchun maktabda zarur texnik sharoit mavjud bo`lgan kabineti yoki texnika vositalaridan foydalanishga moslangan maxsus tarix kabineti bo`lishi kerak.

a) Kabinetda juda katta doska bo`lishi kerakki, uning bir qismi ekran
bilan band bo`lsa, bir qismi yozish uchun bo’sh bo`lsin;

b) xarita va kartinalar ilinadigan maxsus moslama bo`lsin;

d) Zarur texnika vositalari va ularni ko`rsagadigan apparatlar kabinetda
mavjud bo`lishi bilan birga ular tuzuk, ishga yaroqli holda saqlansin. Bunday maxsus kabinet bo`lmagan taqdirda, sinfni ham, uni texnika vositalaridan foydalanadigan qilib jixozlasa bo’ladi. .

4. O`quv kinofilmlari ham ta‘limning ko`rsatmali vositalari jumlasidandir.

Tarix o`qitishda o`quv kinofilmlari eng ta‘sirchan va samarali ko`rsatmali vositasidir. Kinofilm o`quvchilar ko`z o’ngida tarixiy voqeaning jonli obrazini to`liq harakatda gavdalantiradi.

O`quvchilar boshqa ko`rgazmalardan ko`ra, kinofilmlar vositasida tarixiy o`tmishni jonlliroq idrok etadilar.

Tarixiy temalarga bag`ishlangan badiiy filmlar o`zining mazmuni va
tarixiy voqealarning jonli qilib ko`rsatishi jixatdan tarixiy badiiy asarlarga o`xshab ketadi. Hujjatli xronikal filmlar esa, o`sha davrning ko`rsatmali hujjati bo`lib xizmat qiladi.

Kinofilmlar, ayniqsa badiiy filmlar o`quvchilarga emotsional ta‘sir


ko`rsatish,estetik va ahloqiy tarbiya berish vositasi hamdir.Kinofilmlar
bilim olish vaqtini iqtisod qilishga ham yordam beradi. O`quvchilar oddiy
sharoit o`qituvchining bayonidan muzey va har xil tarixiy joylarga ekskursiyalarga borib, soatlar sarf qilib oladigan bilimlarini 10-15 daqiqalik filmni ko`rib ham olishlari mumkin. Negaki o`quvchilar filmni tomosha qilib tarixiy obrazlarning butun qiyofasi, xarakteri, psixologiyasi, dunyoqarash va boshqa tomonlarini ham ko`z bilan ko`radi.

Kinofilmni o`quvchilarga ko`rsatishdan oldin, o`qituvchining o`zi uni sinchiklab ko`rib chiqishi va o`rganishi lozim. Bu bilan o`qituvchi filmning umumiy mazmuni bilan asosiy diqqatni jalb qiladigan eng muhim kadrlar va diktor teksti bilan tanishadi. Shundan keyin film o`quvchilarga ko`rsatiladi, so`ngra film yuzasidan suhbat o`tkaziladi, eng muhimi kadrlar yuzasidan o`quvchilarga savollar beriladi. Filmni mazmuniga bog`lab uyga vazifa topshiriladi. Tarix o`qitish tajribasiga o`quv filmlaridan foydalanishning quyidagi asosiy usullari mavjud:

a) O`qituvchi o`z bayonini o`quv filmining eng muhim va yorqin kadrlarni ko`rsatish bilan bog`lab olib boradi. Tanlab olingan o`sha kadrlarni izohlaydi va tegishli xulosalar chiqaradi;

b) 10-15 minut qisqa o`quv filmlariga bag`ishlab dars o`tkaziladi;

v) maxsus kino darsi tashkil etiladi;

g) Darsdan tashqari vaqtda film tomosha qilinadi.

d) O`qishdan tashqari vaqtlardagi teleko`rsatuvlar, o`quvchilar bu eshittirishlarni uyda tomosha qiladi.

Darsda o`quv teleko`rsatuvlariching ikki xil turi qabul qilinadi:

a) 15 daqiqa teleko`rsatuv;

b) 30-40 daqiqa davom etadigan yangi materialni bayon qilishga bag`ishlangan tematik teledars yoki takrorlash darsi.

Teleko`rsatuvga yirik olimlarni, yozuvchilar, tajribali o`qituvchilar, yuristlarni hamda tarixiy voqealarning ishtirokchilarini jalb etish o`quv materialini ongining aktualligini va mazmundorligini oshiradi.

O`qituvchi teleeshittirishni qabul qilishga puxta tayyorgarlik ko`radi.

O`quvchilarning teleko`rsatuvlar mazmunini puxta o`zlashtirib olishlari uchun o`qituvchilarga eshittirish mazmuni yuzasidan savollar beradi yoki boshqa vazifalar topshiradi. Natijada o`quvchilar ko`rsatishni aktiv fikrlab o`zlashtiradilar O`qituvchi teledarsni qabul qilishni suhbat bilan yakunlaydi.

Shunday qilib, teleekran tarix o`qitishda ko`rsatmalilikning samaradorligini oshirib yuboradi.Tarix o`qitish tajribasi teledars g`oyaviy, tarbiyaviy didaktik jixatdan boshqa ko`rsatmali vositalardan ko`ra xiyla afzal ekanligini isbotladi.Xulosa qilib aytadigan bo’lsak ko’rgazmali qurol dars samaradorligini oshiradi.



7. MAVZU: Tarix o`qitishning og’zaki uslubi . (2-soat)

REJA:


1.Tarixiy faktlarni va xronologiyani o'rganish.

2.Darslik bilan va tarixiy xujjatlar bilan ishlash usullari.

3. Og'zaki jonli bayon qilish va yning turlari.

4. Tarix o'qitishda bosma matnlardan foydalanish usullari.

Dars o’tish jarayonida yangi pedtexnologiyalardan (“Aqliy hujum” ) foydalaniladi.

Adabiyotlar va manbalar.

1.Karimov I.A.Yukcak ma’naviyat-engilmas kuch.T.,2008

2.Karimov I.A.O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.. T., 1992.

3.Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T, 1998.

4. Karimov I.A.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ,O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. T, 2009..

5.Ishmuhammedov R.,Abduqodirov A.,Pardaev A.Ta’limda innovatsion texnologiyalar.T.,2008.

6.Sa`diev A. O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish.T., «O’qituvchi » 1993.

7.G’afforov,Ya.,G’afforova M.G.,O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish usullari.T., 1996.

2.Tarix o'qitishda qo’llaniladigan ko'rsatmali qurollarning klassifikasiyasi.

3. Ko'rsatmali qurollardan foydalanishni uslubi.

4. Tarix darsida xarita bilan ishlash.

5. Tarix darslarida ta'limining texnika vositalaridan foydalanish.

Dars o’tish jarayonida yangi pedtexnologiyalardan ( “Munozara” ) foydalaniladi.

Adabiyotlar va manbalar.

1.Karimov I.A.Yukcak ma’naviyat-engilmas kuch.T.,2008

2.Karimov I.A.O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.. T., 1992.

3.Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T, 1998.

4. Karimov I.A.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ,O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. T, 2009..

5.Ishmuhammedov R.,Abduqodirov A.,Pardaev A.Ta’limda innovatsion texnologiyalar.T.,2008.

6.Sa`diev A. O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish.T., «O’qituvchi » 1993

O`qitish uslublari tizimiga asos qilib olingan bilim manbalarida o`qituvchining jonli, so`zi nutqi asosiy rol o`ynaydi.O`qituvchining jonli nutqi o`quvchilarning ko`z ungada tarixiy o`tmish va hozirgi ijtimoiy xayotning yorqin manzarasini, xalq ommasining mehnati va qudratini, kishilarning yorqin obrazlarini gavdalantiradi. O`qituvchining bayoni emotsional va ishontiruvchi kuchga ega, jonli nutq o`quvchi ongiga tez yetib boradi, uni ma‘lum xulosalarga olib keladi, tarixiy jarayonning qonuniyatlarini tushunishni osonlashtiradi, o`quvchilarga tarixiy materialni taxlil qilish va umumlashtirish namunasini ko`rsatib beradi. O`qituvchining jonli nutqi puxta bilim va malaka manbai bo`lishi bilan birga juda katta tarbiyalovchi kuchga ega. O`qituvchining nutqida mantiq; intonatsiya, urg`uning kuchi, dalillarining jonli va ishonarli bo`lishi o`quvchilarning ongiga, xis tuyg`ulariga kuchli ta‘sir ko`rsatadi. Ularni fikricha o`rgatadi, ma‘lum xulosalarga olib keladi, tarixiy jarayonni uning qobiliyatlarini to`g`ri tushunishga yordam beradi.

O`qituvchining jonli nutqi o`quvchilarning bilim olishdagi boshqa manbalar, ko`rsatmali qurollar va tekstlarning mazmunini tushunish ular ustida mustaqil ishlash va fikr yuritishga ham yo`l ochib beradi.

O`qituvchi dars jarayonida o`quv materialini og`zaki bayon qilib berish bilan chegaralanib qolmasdan, xar xil ko`rsatmali (qurollar, rasm suratlar, ilyustratsiya, karikaturalar, ekran va boshqa texnika vositalari)dan ham foydalaniladi. Ko`rsatmali qurollardan foydalanish ularni shunchaki ko`rsatish, oddiygina namoyish qilishdan iborat emas. O`qituvchi o`zining jonli nutqi bilan tarixiy voqealar mazmunini o`quvchilarning ko`z ungida gavdalantiradi. O`quvchilarga puxta bilim berish ularni qurollantirishda ko`rsatmali qurollar va texnika vositalari o`qituvchilarning eng ishonchli yordamchisi bo`lib xizmat qilsada, ular o`quvchilarga beriladigan ta‘lim-tarbiyaning asosiy manbai bo`lgan jonli so`z o`rnini bosa olmaydi. Ekranda tasvirlangan voqea jonli so`z yordamida tushunib oladilar. Hattoki teledarsning mazmunini ham o`qituvchi o`z jonli so`zi yordamida izoxlab beradi.

O`qituvchi dars jarayonida o`quvchilarning o`quv materiallarini puxta o`zlashtirib olishni ta‘minlashga yordam beradigan xar xil tekstlar, darsliklar, o`quv qo`llanmalari, xrestomatiyalar, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning asarlari, vaqtli matbuot va boshqalardan foydalaniladi. Ularning mazmunini bayon qilib beradi, izoxlaydi, taxlil etadi va tegishli xulosalar chiqaradi.

Ta‘lim jarayonini intensivlashtirish xar bir dars va darsdan tashqari mashg`ulotlarda o`qituvchi hamda o`quvchilarning bilim olishining barcha manbalaridan foydalanishni taqozo etadi.

O`qituvchi o`quvchilarga ma‘lum ko`rsatmali qurol va xar xil tekstlar ustida mustaqil ishlashni topshirishdan oldin ularning mazmunini tushuntirib beradi va mustaqil ish usullarini ko`rsatadi.

O`quvchilar mustaqil ishlash, fikrlash qobiliyatini uyushtiruvchi, ularning aqli va qalbiga yo`l ochuvchi jonli so`z qanday didaktik talablarga javob berish kerak.

Jonli nutqni keng ma‘noda tushunmoq kerak. Jonli nutq deganda ta‘limning og`zaki metodigina emas, balki o`qituvchining butun dars davomida jaranglab turadigan, so`zi o`quvchilar bilan o`tqaziladigan savol javobi, yakunlovchi so`zini, uyda ishlab kelish uchun berilgan topshiriqlar mazmuni va ularni bajarishning yo`llarini izoxlashga doir so`zni, seminarlarni boshlashda oldin bo`ladigan kirish so`zini, o`quvchilarga beriladigan turli yo`l yuriklarni izoxli baxolash va boshqalarni tushunmoq kerak.

O`qituvchining jonli so`zi o`quvchilarning o`qish o`rganishi va bilish faoliyatini boshqarishni, unga rahbarlik qilishning metodik usullari va vositalarini ham o`zida mujassamlashtiradi. Jonli nutqning bu imkoniyatlaridan oqilona foydalanish o`quvchilar bilimining puxta va mustaqil bo`lishini ta‘minlaydi, tarix o`qitishning ta‘limiy vazifalarini muvaffaqiyati amalga oshirishga yordam beradi. Ma‘lumki, tarix o`qitishdagi maqsad o`quvchilarga bilim berish va malakalar hosil qilish bilan birga juda murakkab va mas’uliyatli tarbiyaviy vazifalarni ham amalga oshiradilar.

Bunda o`qituvchining g`oyaviy-siyosiy tayyorgarligi, ahloqiy qiyofasi, madaniyati muhim o`rin tutadi. Binobarin, maktabda tarix o`qitish darajasi o`qituvchining saviyasiga, ularning nazariy bilimi va pedagogik maxoratiga, o`qituvchi jonli nutqining didaktik talablariga javob bera olishiga bog`likdir. O`qituvchi nutqi, bayonining ilmiyligi, g`oyaviy-siyosiy tinikligi, xayotiyligi, tarbiyaviy xarakteri o`quvchilarning mustaqillik va faoliyatini oshirishga, ularda kunikma va malakalarni xosil qilishga yorlam berish, fikrlar izchilligi va tushunarli bo`lishi jihatdan didaktikaning asosini prinsipi va qoidalarning to’liq javob beradigan bo`lishi lozim.

O`qituvchi bayonining ilmiyligi va g`oyaviyli tarixiy voqea va xodisalarga baxo berishdagi ilmiyligi, istiqlol bilan bog`lanib ketadi. O`qituvchi bayonining g`oyaviyligi va ilmiyligi, birinchi galda kishilik jamiyatining rivojlanishi haqidagi ko`rsatmaga bog`lashib ketadi. O`qituvchi bayonining g`oyaviyligi va ilmiyligi, birinchi galda kishilik jamiyatining rivojlanish haqidagi istiqlol mafko`rasiga, uning xarakatdagi ifodasi bo`lgan davlat hujjatlarni xususan, Prezident farmonlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yig`ilish materiallari chuqur o`rganish fan, texnika va madaniyat yutuklariga, tarix fanining eng keyingi yangilikllriga tayanish, eng muhim xayotiy faktlarni tanlash, tuplash, sistemaga solish yo`li bilan ta‘minlanadi. O `qituvchi bayonining ilmiyligi va g`oyaviyligi uning muhim aniq tarixiy fanlarga asoslashgan bo`lishida jamiyatning ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini mustaqil O`zbekiston xalqining bosib o`tgan ko`rash va mehnat an‘analarini, yuksak vatanparvarligi xislarini O`zbekistondagi barcha xalqlarning qardoshlarcha birligi, do`stligi va hamkorligi, baynalminal g`oyalarini maroqli qilib, obrazli iboralar, chiroyli tasavvurlar bilan tushuntirishdan iboratdir.

Darhaqiqat, insoniy tuyg`ularsiz tabiat pa jamiyat xodisalarining mohiyatini bilib bo`lmaganidek, o`quvchilarga tarixiy voqealarning ham mohiyatini ayniqsa, uning tarbiyaviy vazifalarini singdirib bo`lmaydi. Zotan dars va darsdan tashqari mashg`ulotlarda o`qituvchining jonli nutqi orqali berilgan bilim o`quvchilarning aqli bilan birga xis tuyg`ulariga ham ta‘sir ko`rsatgan taqdirdagina ularning e‘tiqodiga aylanishi va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim omil bo`lib xizmat qilishi mumkin. O`quvchilarning xar bir dars va darsdan tashqari mashg`ulotlarda olgan bilimlari kunikma va malakalari, o`z mazmuniga qarab turlicha ta‘sir ko`rsatadi, ularga ilhom, zavq beradi, ularni mustaqillikni mustaxkamlash ishlariga faol qatnashish sari yetaqlaydi, a‘lo o`qishga, ijtimoiy ishlarda faol qatnashishga chorlaydi, o`z xulq-atvoriga, jamiyatdagi o`rnini to`g`ri isbotlab, belgilab olishga yordam beradi, ularda xayotdagi jirkanch illatlarga nafrat uyg`otadi O`qituvchi bayonining ishonarli va emotsional bo`lishini ta‘minlashda tarixiy fanlarni ahamiyati g`oyat kattadir.

Ko`rik yodlash emas, lekin xar bir o`quvchining zexnini faktlar bilimi va o`tkirlashtirish va takomillashtirish kerak, chunki, o`quvchilarning olgan bilimlarining hammasi uning ongicha aytadan ishlanmas ekan, u xolda istiqlolning kuchi puch narsaga aylanadi. Tarixiy jarayonni o`rganishda og`zaki qarash bo`lmasligi uchun faktlarni bilish uchun xarakat qilish keraqligi haqidagi ko`rsatmani o`qituvchi sira esdan chiqarmasligi lozim.

Darhaqiqat bilib, aniq maqsadni ko`zlab tanlangan faktlarning axloqiy va emotsional ta‘sir xolatda ham o`qituvchi maktab tarix dasto`rining asosiy talablariga suyanib, tegishli paragraf mazmunini ortiqcha kengaytirib yubormasdan uni qo`shimcha materiallar, xujjatlaridan ilmiy, badiiy adabiyotlar va memuarlardan, hamda xayotdan olingan muhim tarixiy faktlar ko`rgazmali vositalar asosida konkretlashtirib bayon etishish kerak.

O`qituvchining bayoni oldiga quyilgan umumiy didaktik talablar haqida, shuningdek tarix predmeti mazmunining o`ziga xosligi bilan bog`lik bo`lgan talablar haqida gapirganda uni butun ta‘lim jarayoni o`qitish va o`rganish va o`quvchilarning bilish faoliyatidagi bayoni o`qituvchining o`qitishi va o`quvchilarning o`rganish faoliyatini boshqarish ma‘nosida tushunmoq kerak.

O`quvchilar o`qituvchi bayonini o`zlashtirishda ba‘zan qiynalishadi. Ular tekstlarni xohlagan vaqtlarida qayta-qayta o`qib chiqishlari mumkin, ammo o`qituvchi bayonini qayta eshita olmaydilar. Shunga ko`ra o`quvchilarning o`rganishi ustidan o`qituvchining kontrol va raxbarlik qilishi ayniqsa katta ahamiyat kasb etadi.

O`qituvchi bayonini o`quvchilarning o`rganib olishi va uning ustidan o`qituvchining raxbarlik qilishida umumdidaktik talablar bilan birga tarixiy materiallarning o`ziga xos xususiyatlarini, tarixiy xodisalarning o`ziga xosligini o`quvchilarni o`rganilayotgan voqealarga tarixiy nuqtai nazardan qarashga o`rgatishning marakkabligidan kelib chiqadigan talablarni nazarda tutishi kerak.

O`qituvchi bayonini puxta o`rganish va uni o`zlashtiri1i ustida raxbarlik qilishida:


  1. O`quvchilarning o`rganishi pedagogik jihatdan to`g`ri tashkil etilishiga.

  2. O`qituvchi bayoni strukturasining pedagoshk jihatdan to`g`ri tashkil etilishiga.

  3. Bayon qilinaetgan materialni o`quvchilarning yozib olishiga e‘tibor berishi lozim.

O`quvchilarning o`qituvchi bayonini etibor va qiziqish bilan o`rganishni quyidagi yo`llar bilan tashkil etilishi mumkin.

a) o`qituvchi darsning vazifalari, maqsadi va bayonining asosiy momentlarini qisqacha so`zlab beradi. Masalan, bugungi darsimiz Chingizxon boshlik mug`ullarning O`rta Osiyoga bostirib kirishi, yurishining vaxshiylik xarakteri, bosqinchilarga qarshi O`rta Osiyo xalqlarining qahromonona ko`rashi mug`ullarning hukmronligi o`rnatilgandan keyin ham ko`rashning davom etishi, chunonchi xoin feodallarga va bosqinchilarga qarshi Maxmud Tarobiy boshchiligidagi ko`zg`alon haqida bo`ladi. Shu bilan birga bu voqeaning kimlar tomonidan va qanday manbalar asosida yozilganligini ham kurib o`tamiz.

b) O`qituvchi o`rganilayotgan temaning muhimligi yoki qiyinligini aytib uni puxta tushunib, bilib olish uchun nima qilish keraqligini aytaylik, bayonning qaysi joylariga e‘tibor berish keraqligini, o`tilgan materiallardan nimalarni eslash zarurligini, qo`shimcha qanday materiallarni (badiiy asardan aktivlashtirishda) muhim o`rin tutadi. O`qituvchi bayonidagi intonatsiya va urg`uning kuchi, pauza, jumlalarning ixcham va mantiqan to`g`ri ifoda qilinishi, nutqning ravon, sof, boy obrazli va ta‘sirchan bo`lishi unda xalq donishmandligini ko`rsatuvchi maqollar, xikmatli so`zlardan, badiiy asar namunadaridan o`rinli foydalanish ayniqsa muhimdir.

Shunday qilib, tarix o`qituvchisi didaktik talablar hamda tarix predmetining mazmuni va vazifalariga mos ravishda materialni konkret va ko`rsatmali qilib so`zlab tushuntirib bera olishi kerak. Xar bir o`qituvchi bu san‘atni egallab olishi mumkin albatta. Buning uchun tarixiy materialni og`zaki bayon qilish, uning asosiy metodlari oldiga quyilgan talablarni puxta bilish, nutqni ustirish ustida, aniq, ravon ta‘sirli va obrazli so`zlash ustida tinmay ishlash mashq qilish kerak, xolos.

O`qituvchi tarixiy materialni og`zaki bayon qilish formalarini, ularning o`ziga xos xususiyatlarini qanchalik aniq tushunsa, ulardan shunchalik maqsadga muvofiq foydalana oladi. Tarix o`qitishning g`zaki metodlari, ya‘ni o`qitishda o`qituvchi jonli so`zining qanday usullarda o`quvchilarga yetkazish masalasini metodist olimlar turlicha talqin etadilar.

Metodistlardan N.V. Andrevskaya bilan V.N. Bernadskiy 1947 yilda nashr etilgan «Yetti yillik maktablarda tarix o`qitish» qo`llanmasida qaysi parchani qanday, xujjatni yoki vaqtli mabuotda e‘lon qilingan maqolani va x.z.ni ukib chikish zarurligi va boshqalarni uktirib o`tadi.

Vazifa shundan iboratki, o`qituvchining bayoni o`zining xarekteri bilan bayon qilingan umumiy voqeaning ichki aloqalarini o`quvchilarning tushunib olishlariga yordamlashsin. Buning uchun o`qituvchi iloji boricha materialni bayon qilish planiga muvofiq muntazam va izchil suratda so`zlab berishi, bir masalaning tamomlab, unga yakun yasab keyingi masalaga o`tishda o`quvchilar oldiga tegishli savollarni quyib borish ham o`qituvchi bayoninnng tushunarli bo`lishiga yordam beradi. (Masalan, ana shu sabablarga ko`ra mugul bosqinchilari O`rta Osiyoda o`zlarining hukmronligini o`rnatishga muvaffaq bo`lsalarda, O`rta Osiyo xalqlarining ko`rashi nega to`xtab qolmadi, Nima uchun ular O`rta Osiyo xalqlarining irodasini buka olmadi?).

Tarix o`qitishning hamma pallalarida ham o`quvchilarga darsni bayon qilish imkonini berish va xatto uni doskaga yozib qo`yish, materialni shu reja asosida bayon etish lozim bo`ladi. Bu birinchidan, o`qituvchi bayonining muntazamligini ta‘minlasa, ikkinchidan o`quvchilar olgan bilimning ham konkret puxta va mustaxkam bo`lishini, eng muhimi uning sistemali ravishda izchillik bilan yaxlit o`zlashtirishini ta‘minlaydi.

O`qituvchi bayoninish uslubi ham o`quvchilarning bayonini puxta o`rganish va ularning bilish faoliyatini metodikasi "(Metodika prepodovaniya istorii v semiletney shkole)" degan asarlarida hikoya tarixiy materialni og`zaki so`zlab berishning asosiy metodi, voqealar ta‘riflar va tasvirlab berish, tushuntirish usullari esa hikoya metodining elementlari yoki boshqa xil turi deydilar.

N.V. Andreevskaya 1958 yilda chiqqan "V-VI sinflarda tarix o`qitish metodikasi ocherki" degan qo`llanmasida ham shu fikrni ilgari suradi.

Metodist M.N. Zinovev "Tarix o`qitish metodikasi ocherki" (Ocherki metodiki prepodovaniya istorii RSFSR. APN. 1955 g.) nomli qo`llanmasida tarixiy materialni og`zaki bayon etishning hikoya va maktab leksiyasi metodlarini ko`rsatadi.

V.G.Kartsov "VIII-X sinflarda SSSR tarixini o`qitish metodikasi ocherklari" (Uch pedgaz, 1955g.)da tarixiy bilimlar ikkita asosiy metod hikoya va suxbat yordamida bayon qilinadi. Yuqori sinflarda qo`llaniladigan hikoyani ko`pincha maktab leksiyasi deb ham yuritiladi deyish bilan u maktab leksiyasini hikoyaning bir turi deb qaraydi. U og`zaki bayonini tavsiflash, hikoyasi, tushuntirish, suxbat, qisqacha bayon deb to`rt to`rga ajratadi.

Ko`rinib turibdiki 60-yillarga qadar ham tarixiy bilimlarni og`zaki bayon metodlari metodik adabiyotlarda aniq klassifikatsiya qilinmagan. Xatto bu haqda aniq bir fikrga ham kelinmagan edi.

Metodistlardan A.A. Vagin bu masalani birmuncha mukammal ishlab chiqdi.

U shu problemaga doir tarixiy metodik adabiyotni chuqur o`rganib va maktabda tarix o`qitish tajribalariga suyanib turib og`zaki bayon metodlarini ko`rsatmali asosda quyidagi turlarga bo`ldi.

Tarix o`qitishning og`zaki metodlari klassifkatsiyasi

Tarix o`qitish og`zaki metodlari klassifkatsiyasi







Darsda jonli nutq







Tarixiy materialni bayon qilish

(monolog formada)



Tarixiy materialni o`quvchilar bilan muxokama qilish(dialog formada)







Bayon

Ta’riflash

Xarasteristika

Tushuntirish Muhokama Suxbat






















Qisqacha bayon, hikoya


Suratlar

vositasida

ta‘riflash.

Analitik ta‘riflash

Ta‘rifiy

xarakterist

ika. Umumiy

xarakteristika



Jonli tasvirlash

(o`tmishni og`zakinutq yordamida gavdalantirish)




Materialni uki-tuvchining o`zi tax-lil etishi. Suxbat

yordamida taxlil etish


O`qituvchi o`qitishning maqsad va vazifalarini, materialning mazmunini sinf o`quvchilarining umumiy tayyorgarligini e‘tiborga olib, N.Vagin klassifikatsiyasi jadvalidagi og`zaki bayonning tegishli formalarini tanlab ola bilishi, ularning ilmiy-nazariy asoslarini bir biridan ajraladigan xususiyatlarni yaxshi tushunib, bilib ulardan foydalanishi lozim. O`qituvchining bayoni jonli nutqi jadvalda ko`rsatilganidek manolog yoki dialog formasida bo`lishi mumkin.

Monolog qisqacha bayon, hikoya ta‘riflash, xarakteristika, tushuntirish, muhokama, maktab leksiyasi va boshqa shu kabi formalardn dialog ham ochiq yoki yopiq formada olib boriladi.

Qisqacha bayonning hikoyadan farqi shundaki, unda biror tarixiy voqea haqida qisqa axborot berish bilan chegaralanadi. Masalan 1991 yil 31 avgustda mustaqillik deklaratsiyasi qilindi deyiladi. Ammo deklaratsiyaning mazmuni, maqsadi va boshqalar e‘lon qilinmaydi.

Hikoyada esa, tarixiy voqeaning to`liq kartinasi beriladi. Hikoya metodining asosiy didaktik vazifasi o`quvchilarda tarixiy voqea haqida konkret tasavvur yaratishdan iborat, hikoya o`zining mazmuni jihatdan konkret va ko`rsatmali bo`ladi. Hikoyaning konkret bo`lishi o`quvchilarning tarixiy xodisalaridagi mohiyatini, xususiyatlarini tushunib olishlariga yordam beradi. Hikoya yorqin, eng tipik muhim tarixiy faktlar asosida to`ziladi.

Hikoya tarixiy materialni bilish metodi sifatida quyidagi xollarda:

1) ta‘lim-tarbiya jihatidan muhim va ularni o`rganish o`quvchilar ongida chuqur va yorqin iz qoldiradigan yirik tarixiy voqealarni bayon qilishda;

2) o`quvchilar yangi tarixiy xodisalar haqida mazmunli va aniq tasavvur yaratish zarur bo`lgan paytda qo`llaniladi.

Hikoya o`quvchilarda tarixiy voqealar haqida jonli tasavvur yaratish bilan birga, ularni ma‘lum umumiy xulosalarga ham olib keladi.

Tarix o`qitish tajribasida hikoya voqea xodisalarni bayon qilish metodi sifatidagina emas, balki u murakkab tarixiy voqealarni tushuntirish, ularning mohiyatini qonuniyatlarini ijtimoiy munosabatlar xarakteristikasini ochib berishda, tarixiy tushunchalarni shaqllantirish va o`quvchilarpipg aqliy faoliyatini aktivlashtirishda muhim usul bo`lib ham xizmat qiladi.

Maktabning yuqori sinflarida o`quvchilarning‘ umumiy saviyasini oshib borganligidan o`qituvchi bayonining mazmuni ham murakkablashib boradi. Hikoya o`qituvchi bayonining boshqa murakkab turlari (taxlil qilish. xaraktirestika berish, nazariy jihatdan umumlashtirish, leksiya formasi) bilan albatta birga qushib olib beriladi.

Bu sinflarda hikoya ko`pchilik hollarda murakkab nazariy masalalarni tushuntirish, o`quvchilarni jildiy xulosa va umumlashmalarga olib kelishga qaratiladi.

O`qituvchi bayonida tavsiflash usuli ham muhim o`rin tutadi. O`qituvchi tarixiy xodisalarning muhim belgilari yoki xususiyatlarini, uning tuzilishi va ko`rinishini tavsiflab beradi.

Aleksandr Makedonskiyga berilgan xarakteristika misol bo`ladi. "U g`ayratli, jasur, lekin shafqatsiz va serjaxl odam edi. U nixoyatda istedodli bo`lib, juda yaxshi ta‘lim olgan".

Bu o`rinda o`qituvchi bayonidagi qisqacha xarakteristika uni konkretlashtirish asosida vasitasi bo`lib xizmat qilmoqda.

Qullar qo`zgaloni va Spartakka "Spartak qo`llarning eng katta ko`zgalonlaridan birining eng atoqli qahramonlaridan biri edi" deb bergan xarakteristikasi, fransuz sudxur imperalizmi Rossiya xarbiy feodal imperalizmiga beriltan baxolar shu temalarga bag`ishlangan o`qituvchi bayonining yakuniy qismida beriladigan qisqacha xarakteristika bo`lib xizmat qiladi.

Shunday qilib, qisqacha xarakteristika darsda o`qituvchi bayonining asosiy elementi, yoki yakuni umumlashmasi bo`lib xizmat qiladi.

O`qituvchi bayonidagi keng xarakteristikalar ham xuddi shu funktsiyalarni o`taydi. O`qituvchi bayonining tarkibiy qismi sifatida, ulug tarixiy arboblarning shaxsiga berilgan mufassal xarakteristikalar o`quvchilarga tarixiy fakt sifatida taqdim etiladi. O`qituvchi bir necha soat davomida o`rganilgan faktik materiallarning yakuni va umumiy xulosasi sifatida krepostnoy barshina xo`jaligiga umumiy xarakteristika beradi.

O`qituvchi mufassal xarakteristika berayotganda xodisaning muhim belgilarini ma‘lum tartibda tavsiflashning hikoyadan farqi shundaki, unda syujet bo`lmaydi. Tavsiflash usulining aniq ob‘ekti bo`ladi. Mehnat, urush qurollari, tarixiy voqealar bo`lib o`tgan joy, xo`jalik komplekslari, arxitektura ko`rilishlari, kishilarning qiyofasi, kiyimlari tafsiflab beriladi.

Tavsiflash ikki to`rga: suratlab va analitik tavsiflashga bo`linadi. Suratlab tavsiflashda o`quvchilarda o`rganilayotgan ob‘ekt haqida yaxlit tasavvur yaratiladi. Masalan: o`qituvchi ta‘rif tavsiflashlar yordamida o`quvchilarning ko`z ungida mug`ullar va Rus yerlarining ahvolini yoki Moskvaning XVII, Poltava jangi oldidan Rus va Shved armiyalari egallangan pozitsiyalarni yoxud Peterburg shaxrining qurilishi haqida yaxlit manzarani gavdalantiradi. Analitik tavsiflashda esa o`rganilayotgan ob‘ekt bularlarga bo`lib o`rganiladi. O`rganilayotgan voqealarning ichki chuzilishini analitik usulda tavsiflashda o`qituvchining bayoni tushuntirish usuli bilan qushilib ketadi.

O`qituvchi o`zining bayonida tarixiy voqealarning muhim belgilarini ularning ichki aloqalarini xususiyatlarini tarixiy shaxslar, siyosiy partiyalar mamlakatlarning ma‘lum davrdagi iqtisodiy axvoli, siyosiy tuzilishining aniq ifoda etish uchun xarakteristika berish usulidan foydalaniladi. Xarakteristika qisqa yoki keng bo`lishi mumkin. Qisqa xarakteristikaga F.N.Korovkinning «Qadimgi dunyo tarixi» darsligining 193 betida sanab o`tish bilan birga o`quvchilar ko`z ungida uning eng bosh belgisini va bu bosh belgining qolgan belgilar bilan ichki aloqasini ochib ko`rsatishi mumkin. Masalan: imperalizmga xarakteristika berganda o`qituvchi uning asosiy belgilovchi momenti imperalizm kapitalistik monopolistik hukmronligi, uning davlat monopolistik kapitalizmi ekanligini takidlaydi, imperalizmning asosiy mohiyatini kapitalizmning monopolistik bosqichi tashkil etishini ochib beradi. Uning qolgan boshqa belgilari monopoliyaning hukmronligidan kelib chiqishning va u bilan belgilanishini ko`rsatadi. O`qituvchi imperalizmga kengaytirilgan xarakteristika berganda uning tarixiy o`rnini kapitalizmning oxirgi va so`ngi bosqichi ekanligini ta‘riflaydi.

Dekabiristlar, Gesrtsin va Chernishevskiyga 60-yillardagi reformalarga, Rossiyadagi 1905-1907 yillardagi revolyutsiyaga, 1905 yil oktyabr stachkasi Moskva qurolli qo`zg`aloniga, opporturnistlarga, sotsial shovinistlarga, burjua siyosatdonlari Gladiston, Chimberlin va V.Vilsonlarning shaxsiga aniq va real xarakteristikalar berilgan.

O`qituvchining o`z bayonida bu klassik xarakteristikalarning namunalaridan foydalanish, birinchidan o`quvchilarning voqealarning tub mohiyatini ilmiy asosda fikrlashiga va uni tushunib olishiga yordam bersa, ikkinchidan o`qituvchining o`zi tarixiy voqealarga, ilmiy asosda xarakteristika berish san‘atini egallab olishga yordam beradi.

Hikoya qilish san‘atining egallash tarixiy xodisalarini tavsiflash va xarakteristika bera bilish tarix o`qituvchisining pedagogik maxoratini egallashda muhim bosqichdir. Biroqo`qituvchi bayonining mazmuni, hikoya tavsiflash va xarakteristika berish bilan chegaralanmaydi. O`qituvchi bayon qilish jarayonida tarixiy materialni idrok, tasavvur qilishnigina emas, uni tushunib olinishini ham uyushtiradi. O`qituvchinipg hikoyasi tarif tavsiflar va bergan xarakteristikalar davomida o`quvchilar voqeani ma‘lum darajada o`zlashtiradi albatta. Ammo bu vazifa kifoya qilmaydi. O`qituvchi o`z bayonida tushuntirish usulidan ham foydalandi.

Tushuntirish yordamida tarixiy voqealarning ichki aloqalari, qonuniyatlari, mazmuni, mohiyati, ahamiyati yangi tushunchalar va terminlar hamda ularning mazmuni ochib beriladi.

Bayon etilgan va tushuntirilgan faktik materiallar asosida ba‘zi nazariy xulosalarning mazmunini ochib berish va ularni asoslab berishga to`g`ri kelgan vaqtda o`qituvchining bayoni muxokama yuritish xarakterini muxokama yurutish yo`li bilan o`quvchilar ma‘lum xulosalariga olib kelinadi, ularga nazariy xulosalarning mohiyati ochib beriladi. Tarixiy fikrlashga o`rgatiladi. O`qituvchi bayonidagi muxokama konkret tarixiy materiallarni taxlil qilish va umumlashtirish asosida olib boriladi. Muhokamaning keng kulamda olib borilishi o`qituvchi bayonini leksiyaga yaqinlashtiradi.

Ma’ruza haqida gap borganda, oliy maktabda studentlarga 2 soat davomida o`qitiladigan leksiya bilan maktab o`quvchilariga 45 minutning ham ma‘lum vaqtida o`qiladigan leksiyaning farqlash ajrata bilish kerak.

Oliy maktab leksiyasi-konkret tarixiy material ustida keng nazariy muxokama yuritish, uni ilmiy asosda chuqur taxlil qilish va umumlashtirishdan iborat.

Ma‘ruza hikoya va tavsif etilgan material taxlil qilish va umumlashtirish vazifasini o`taydi, xulosa qilish va yakun yasash uchun faktik asos bo`lib xizmat qiladi. Leksiyada materiallar analizi va umumlashtirishlar suxbat shaklida emas, monolog shaklida bo`ladi.

Taxlil qilish, umumlashtirish, sistemaga solish va muxokama yuritish usullari leksiya metodining eng muhim tomonlarini tashkil etadi. Oliy maktab ma‘ro`zasi asosan o`zining ana shu xususiyatlari bilan farq qiladi.

Maktab ma‘ro`zasi faqat ajratilgan vaqtning ko`p yoki ozligi bilan emas, balki o`zining mazmuni, o`qitish va o`rganishning metod va usullari jihatidan ham oliy maktablarda leksiyalardan farq qiladi.

O`qituvchi ma‘ro`za temasi birga uni bayon qilish rejasini ham e‘lon qiladi. Ba‘zan leksiya rejasini leksiya qilish davomida ham e‘lon qilib borish mumkin. O`qituvchi o`quvchilarning diqqatini leksiyaning g`oyaviy-siyosiy va axloqiy jihatdan muhim bo`lgan tomonlariga qaratadi, chiqarilgan xulosa va ummumlashmalarni qisqa va aniq ifodalab beradi va ularni o`quvchilar yozib oladilar. Maktab ma‘ro`zasida suxbat metodining elementlari qo`llaniladi. O`quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish, ularning diqqatini leksiyaning muhim momentlariga jalb qilish maqsadida savollar berib boriladi.

Maktab ma‘ro`zasi bayon qilingan material yuzasidan yakuniy suxbat bilan tugaydi. Maktab ma‘ro`zaning eng muhim joylarini o`quvchilar yozib ulgurishi uchun leksiya nisbatan sekin o`qiladi.

Maktab ma‘ro`zasiga quyiladigan asosiy talablar metodist V.N. Bernadskiyning "Yuqori sinflarda tarix o`qitish metodlari" (Metodika prepodovaniya istorii v starshix klassax L. 1939) nomli kitobida yaxshi ifoda etilgan.

1. Leksiya ilmiy jihatdan mukammal bo`lishi kerak.

2. Leksiya darslik mazmunidan keng, uni ko`p jihatdan konkretlashtirishi lozim. Leksiya mazmuni darslik mazmunidan qisqa yoki aynan shu mazmundan iborat bo`lib qolsa, uni o`quvchilar butunlay tinglamay qo`yishadi.

3-4. O`quvchilarni o`tmishni fikrlashga o`rgatish tarixiy voqealarni taxlil


qilish va umumlashtirish namunasini ko`rsatish, o`quvchilarning tarixiy fikrlashini tarbiyalashi lozim.

5. Leksiyaning o`quvchilarga yetib borishi uchun o`qituvchi o`zining nutqi ustida ko`p ishlashi lozim.

Metodist V.N. Bernadskiy tomonidan maktab leksiyasi oldiga quyilgan asosiy talablar bugungi kunda ham o`z ahamiyatini yuqotgan emas. Maktabi taraqqiyotining hozirgi bosqichida, ta‘limning yangi mazmuni amalga oshirilayotgan bugungi sharoitda o`qituvchining bayoni va maktab leksiyasi oldiga yuksak talablar quyilgan.

Bu talablar birinchi navbatda ma‘ro`zaning g`oyaviy-siyosiy saviyasini, ta‘sirchanligani oshirishdan xayot, jadallashtirish, qayta kurish praktikasi bilan maxkam bog`lanishni, ishonarli va emotsional bo`lishini ta‘minlashdan iboratdir.

Shunday qilib, darsda tarixiy bilimlar o`qituvchining bayoni va suxbat yordamida o`zlashtiriladi. O`qituvchining bayoni qisqacha tavsiflash hikoya, ta‘riflash xarakteristika tushuntirish, muxokama yuritish va maktab leksiyasi formalarini o`z ichiga oladi.

Maktabda beriladigan ilmiy bilimlarni o`quvchilarning puxta o`zlashtirishlari ko`p jihatdan o`qituvchiga, uning mavjud o`qitish metodlaridan samarali foydalana olishiga o`quvchilarning o`quv usullari bilan qurollantirishga mustaqil o`rganish va ijodiy ish kurish qobiliyatlari o`sishiga, bilish faoliyatlarini o`qituvchining boshqara bilishga bog`liqdir.

O`quvchilarning bilish faoliyati va uni o`qituvchining boshqarish haqida so`z berganda ularning:

1) tayyor bilimlarni olish jarayonidagi faoliyati bilan;

2) o`quvchilarning mustaqil fikrlash faoliyati asosida bilimni o`zlashtirish jarayonidagi faoliyati nazarda tutiladi.

Bu muhim masalaning mohiyatiga tushunib olish juda katta nazariy tajribasiga nazar tashlaydigan bo`lsak ko`p xollarda mazkur masalaning mohiyatiga yaxshi tushunmaslik xollari tarix o`qitish saviyasiga uning xayot bilan mamlakatimizda bozor iqtisodi bosqichli o`tishi bilan bog`lab olib borilishi ma‘lum darajada ijobiy ta‘sir ko`rsatayotganligini tushunib olish qiyin emas.

Ba‘zi o`qituvchilar eng samarali manba darslik teksti va xujjatlar degan xulosaga keldilar. Darsda ana shu manbalarni o`rganish bilash mashg`ul bo`lib, o`quvchilarning asosiy va bosh bilim manbai ya‘ni o`qituvchining bayoni roliga putur yetkazdilar. Ammo bu usulning ham ko`zlangan maqsadga olib bora olmasligini darslik teksti o`qituvchi bayonining o`rnini bosa olmasligini darslik teksti o`qituvchi bayoniniti o`rnini bosa olmasligini tezda tushunib olishdi. Ayrim o`qituvchilar dars strukturasini o`zgartirish yo`li bilan ta‘limning samaradorligini kutarishga xarakat qildilar. Ammo maktab tajribasi va ilmiy-tadqiqot ishlari xar qanday strukturada o`tqazilgan dars ham yomon yoki yaxshi dars bo`lishi mumkinligini dars strukturasini o`zgartirishning o`zi dars sifatini belgilay olmasligini tasdiqlab berdi.

O`quvchilarning bilim darajasi va umumiy saviyasi fan asoslari vositasida yuksaltirish problemasi ustida didaktlari va psixologiyalari muvaffaqiyatli ish olib bormoqdalar.

Olimlar bu masalani xar xil fanlar soxasida turlicha xal qilayotgan bo`lsalarda, umumiy fikrlar mavjud.

1) Ta‘lim jarayonida o`quvchilarning bilish va faoliyatini boshqarish.

2) O`quvchilar faoliyatining eng yaxshi namunalarini rivojlantirish.

3) O`quvchilarning o`qituvchidan ibrat olib unga taqlid qilish bosqichidan mustaqil ijodiy o`quv faoliyatiga o`tishga yordam beradigai bilim.

4) O`zlashtirilgan bilim va malakalarni amaliy vazifalarni xal qilishga yordam beradigan aktiv faoliyat usullariga aylantirish.

T.V.Kudryavtsev, N.M.Matyushin, M.I.Maxmutov, M.N. Skotkin kabi yirik didaktlari va psixologlarga o`quv materialini problemali bayon qilish, o`quvchilar oldiga problemali vazifalarni qo`yish problemali vaziyatni vujudga keltirish, o`quvchilarni o`qituvchi raxbarligida juda murakkab bo`lmagan o`quv tadqiqot ishlariga jalb etish vositasida o`quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlarini ilmiy asosda ishlab chiqarishga juda katta e‘tibor berdilar. Bu soxada metodist olimlar, shu jumladan tarixchi metodistlardan, F.B.Gorelik, N.G.Dayri, M.I.Kruglyak, I.Ya. Lerner va P.V. Goro, A. Sa‘dievlarning xizmati kattadir.

Yuqorida maktabda tarix o`qitishni tashkil etish haqida so`z borganda o`qitish usullari va o`rganishning muhim komponenti bilimlarni eslab qolishdan, idrok etish va ijodiy izlanishdan xullas o`quvchilarning bilish faoliyatidan iborat ekanligini ko`rsatib o`tgan edik.

O`qituvchining batafsil tushuntirib bergan matsreali va boshqa bilim manbalari jumladan o`quvchilarning darslikni o`qib xosil qilgan tayyor bilimlari eslab qolish ta‘limining asosini tashkil qiladi.

O`qituvchi o`quv materialining mazmunidan, vazifalaridan, sinfning umumiy tayyorgarligiga muvofiq bayon qilishning turli forma va usullaridan foydalanib, o`quvchilar ko`z ungida ijtimoiy xayotning yaxlit manzarasini gavdalantiradi. Tarixiy protsessning muhim ichki jarayonlarini tushuntiradi, o`rganilayotgan o`quv materialiga mos o`quv faoliyati usullarini va ularni qo`llanish metodikasini ko`rsatib beradi. O`quvchilar eslab qolishi faoliyatining dastlabki paytlarida materialni uchlashtiradi, esda saqlab qoladi, so`zlab beradi, o`qituvchi ko`rsatgan usullar yordamida o`quv materialini tegishli kulamda va mantiqiy izchillikda qo`llay oladi.

O`quvchilarning bilish tajribalari va o`quv ishlari usullarini asta-sekin egallab olishlari bilan birga ularning mustaqilligi ham osha boradi. O`rganilgan materialni mantiqan o`zicha qayta joylashtiradi, taxlil qiladi, taqqoslaydi, tayyor o`quv informatsiyalarini va oldingi darslarda o`zlashtirilgan bilimlarni umumlashtiradi, buning uchun o`ziga tanish usullardan foydalanadi, esda saqlab qolish ta‘limi o`quvchilarni bilimlar va bilish faoliyatining zarur usullari bilan oddiyroq o`quv problemalarini mustaqil xal qilish uchun zarur umumlashgan malakalar bilan qurollantiradi. Fikrlash qobiliyatlarini ustiradi va ularni mustaqil ijodiy ishlarga tayyorlaydi.

O`qituvchining o`quv materialini bayon qilish va o`quvchilarning mustaqil ravishda boshqa bilim manbalaridan foydalanishi ijodiy izlanish-ta‘limning asosini tashkil etadi. Bayonning bu turiga o`qituvchi o`quvchilar ko`z ungida yaxlit tarixiy obrazlarni gavdalantiradi, biroq ular mohiyatini tushuntirib bermaydi. Faktik materialni bayon qiladi, xodisalarni ta‘riflaydi.

O`qituvchi bayonining mazmuni va uning tuzilishi xarakteri jihatdan o`quvchilar oldiga qandaydir bilish problemalarini, ularni uylash va qidirishga majbur etadigan savollarni o`rtaga tashlaydi.

Problemali bayon va o`quvchilar oldiga quyiladigan savollar yoki ularga beriladigan topshiriqlar ularni mustaqil izlanishga undovchi problemani vujudga keltiradi. Ular shu problemani xal qilish uchun mustaqil ravishda aktiv fikrlashga ijodiy fikr yuritishga majbur bo`ladilar.

O`quvchilar mavjud o`quv tajribalari bilim va malakalariga suyanib, o’qituvchi bayon qilgan faktlarni mustaqil taxlil qiladi, umumlashtirib, ma‘lum xulosalarga keladi, mohiyatini ochilmay qolgan tarixiy obrazlarni mohiyatini anglab oladi. O`quvchilarning problemalarni yoki boshqacha aytganda problemali vaziyatni mustaqil xal etishi, birinchidan, ularning yangi tarixiy faktlarni mustaqil taxlil etish uchun ishlatish lozim bo`lgan tushuncha va qonunyatlarni yaxshi o`zlashtirib olishiga yordam beradi. Ikkinchidan ularda zarur malakalarni yuzaga keltirishga yordam beradi.

Problemali bayon yoki problemali o`qitishning afzalligi shundaki bunda o`quvchilarning o`rganilayotgan yangi materiallarni va undan kelib chiqadigan xulosalarni tayyor xolda o`zlashtirishga yo`l quyilmaydi, o`quvchilar o`qituvchi raxbarligida "problemalar"ni mustaqil xal qiladi.

O`qituvchi bayonining problematik bo`lishi o`quvchilarning fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, ularni problemalar ustida uylashga muxokama yuritishga o`rgatadi. Bayon etilgan faktlardan mustaqil xulosalar chiqarish, ularni umumlashtirishga va bu soxada ularda zarur malakalarni yuzaga kelishiga yordam beradi.

Shunday qilib, problemali bayon o`quvchilarning bilish faoliyati va qobiliyatini ustiradi, ularning aqliy rivojlanishpga yordam beradi ijodiy fikrlashga o`rgatadi. Shuningdek, o`quvchilarning darsda aqlan ishtirok etishi, mustaqilliklarining o`sishi o`qitishning samaradorligini oshiradi, o`quvchilar bilimining puxta, ongli va mustaxkam bo`lishini ta‘minlaydi.

Problemali vaziyat o`quvchilarning tarixi o`rganishga e‘tibori va qiziqishini oshiradi, o`quvchilarning tarixiy bilimlari chuqurlashadi, shu chuqur bilimlarga asoslangan e‘tiqodga aylanadi.

O`quv qidirish ishlari o`quvchilarni ijtimoiy xayotdagi xodisalarni taxlil qila bilishga aktiv ijtimoiy faoliyatga o`rgatadi va bu bilan ular ijodiy bunyodkorlik mehnatda sodir bo`ladigan problemalarni xal qilish malakasiga ega bo`ladi. Hozirgi vaqtda o`qituvchi bayonining aktiv formasi sifatida problemali ta‘limga katta e‘tibor berilib, maktab praktikasida uning ommaviy ravishda qo`llanilayotganligi va metodistlar ilg`or o`qituvchilar diqqatini o`ziga tortayotganligini boisi ham shundadir.

O`quvchilarning o`quv faoliyatini aktivlashtirish mustaqilligini ustirishning muhim vositasi bo`lgan problemali ta‘limning nazariy asoslarini T.V. Kudryavtsev, A.M.Matyushin A. Sa‘dievlar kabi yirik psixologlar va didaktlar o`zlarining asarlarida ishlab chiqdilar.

Problemali ta‘lim deganda problemali vaziyatning vujudga keltirish ya‘ni o`quvchilarning ko`z ungida psixologik jihatdan qarama-qarshi vaziyat ba‘zi qiyinchiliklar to`g`dirish shu yo`l bilan ularni qurilayotgan masalaga qiziqtirish tushuniladi. Odatda bunday xolatlar o`quvchilarnnng yangi bilimlarini mustaqil o`zlashtirish yoki bilish usullarini aniqlashini talab qiladigan o`quv topshiriqlarini bajarish jarayonida yuzaga keladi. Problemali vaziyatning eng muhim xususiyati shundaki, u o`quvchilarda yangi bilimlarni o`zlashtirish usullarini egallab olishga intilishi to`g`diradi. Problemali bayon jarayonida o`quvchilarning yangi materiallarni mustaqil ijodiy egallash bilan bog`lik qiyinchiliklarni bartaraf qilish bilan ularning aqliy faoliyati bilish aktivligi mustaqilligi rivojlandi.

Problemali ta‘lim doim problemali vaziyatni vujudga keltiruvchi savol berishdan yoki vazifalar qo`yishdan boshlanadi. Problemali bayon o`quvchilarni problematik vazifalarni anglab olish uni xal qilish yo`llarini qidirishga so`ngra problemani yechish va uning natijalarini tekshirib kurishga majbur etadi.

Hozirgi maktabda problemali ta‘lim ko`pincha problemali o`qitishda keng qo`llanilmoqda. Tarix o`qitish nazariyasida problemali ta‘lim masalasi N.T.Dayri, M.I.Kruglyak, R.B Gorellk, I.Ya. Lisrnsir, P.V. Gora, A. Sa‘diev va boshqa metodist olimlarning asarlarida batafsil ishlab chiqilgan. Problemali ta‘lim va tarix o`qitishning boshqa muhim masalalarini "Nrepodovaniya istorii v shkole" jurnalining 1972-1976 yillarda chiqqan sonlarida keng munozara qilinishi ham bu masalaga jiddiy aniqliklar kiritdi. N.R.Dayri o`zining mazkur problemaga bag`ishlangan asarlarida problemali vaziyatni vujudga keltiruvchi problemali bayon va mantiqiy topshiriqlar metodikasini ishlab chiqdi.

O`quvchilar problemali topshiriqlarni ijodiy xal etish natijasida tarixiy voqea xodisalarni ahamiyatini tushunib oladi. N.R.Dayri fikricha problemali bayon ham, bayonning boshqa turlari singari ilmiy va obrazli emotsional bo`lishi o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rganishi lozim. O`quvchilar mustaqil fikrlashga o`rganar ekan, ularning diqqati o`zlashtirish hamda esda saqlab qolish faoliyati aktivlashadi. Problemali bayon o`quvchilarga ilmiy informatsiya berish vazifasini o`tash bilan birga ularning irodasiga va sezgi organlariga ham kuchli ta‘sir ko`rsatadi, tafakkurni rivjlantiradi, xotirasini, nutqini va boshqa bilish imkoniyatlarini ustiradi.

Problemali bayon va topshiriqlarning o`quvchilarda bilish aktivligi va mustaqilligini oshirish ahamiyati haqida gapirganda xar bir darsning maqsadi, ta‘lim-tarbiyaviy vazifalari va mazmuniga e‘tibor berish kerak.

O`qituvchi bayonining ma‘lum usuli o`quv materialining mazmuni vazifalari o`quvchilarning tayyorgarligiga qarab tanlanadi. Mustaqil izlanish o`quv problemalarini xal qilishi uchun ma‘lum bilimlar va bilish faoliyatining usul va malakalarini egaplash zarur. Ularning hammasi ham problemali ta’lim asosida o`rganib bo`lmaydi. Chunki unga juda ko`p vaqt talab qilinadi. Hamma darslar ham problemali ta‘lim asosida olib boriladigan bo`lsa o`quvchilarga ta‘lim-tarbiya berishda o`qituvchi bayonining boshqa usullari o`ynaydigan rol pasayib ketar edi. Ammo bunga sira yo`l qo’yib bo`lmaydi.



Download 379,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish