Ajratish organlari. O’rta va keyingi ichaklarning qo’shilgan joyi-dagi ichak
bo’shlig’iga bir juft shoxlangan malpigiy naylari ochiladi. Ushbu naylar
traxeyalilarnikidan farqli ravishda ontogenezda endoderma-dan shakllangan
bo’ladi.
O’rgimchaksimonlarda
ajratish mahsulotlari guanin zarrachalaridan
iboratdir. Bunday holda ajratish organizmda suvni tejashga yordam beradi.
O’rgimchaksimonlarda koksal bezlar ajratish jarayonida ishtirok etadi. Bu
bezlar ikki juft (ba’zan bir juft) bo’lib, mezodermadan rivojlanadi. Bu bezlar
boshko’krakning 2 ta (ba’zan 1 ta) cyegmentida joylashgan bo’lib, 3-nchi yoki
5-nchi juft oyoqlarning asosida tashqariga ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |