Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


(Radiata) yoki ikki qavatlilar (Diploblastica)



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/154
Sana31.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#203928
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   154
Bog'liq
zoologik tadqiqot uslublari

(Radiata) yoki ikki qavatlilar (Diploblastica), ikkinchi bo’limi ikki tomonlama 
simmetriyalilar  (Bilateria)  yoki  uch  qavatlilar  (Triploblastica).  Nurli 
simmetriyali hayvon gavdasi orqali simmetriya o’qiga mos keladigan bir nechta 
(ba’zan ko’p) tekisliklar o’tkazish mumkin va har safar o’tkazilgan ko’ndalang 
chiziq  hayvon  gavdasini  simmetrik  qismlarga  bo’ladi.  Nurli  simmetriyali 
hayvonlarda  tananing  markaziy  o’qi  atrofida  ichki  organlar  ham  nurli 
simmetriya usulda joylashgan. Bu ichki organlar 4 ta, 6 ta, 8 ta va ko’p sonda 
takrorlangan bo’lishi mumkin. Nurli simmetriyali hayvonlarga kovakichlilar va 
taroqlilar  kiradi.  Bu  hayvonlarda  nurli  simmetriya  belgisining  bo’lishi  bilan 
birga,  ularning  ontogenezida  aniq  shakllangan  ikki  qavat,  ya’ni  ektoderma  va 
entoderma bo’ladi. Mezoderma rivojlanmagan. 
 
Ikki  tomonlama  simmetriyalilarda  tananing  bo’ylama  o’qi  orqali 
o’tadigan  ko’ndalang  chiziq,  tanani  ikkita  bir-biriga  o’xshash  (chap  va  o’ng) 
bo’laklarga  ajratadi.  Bu  bo’limga  kiruvchi  hayvonlarning  ontogenezida  uch 
qavat,  ya’ni  ektoderma,  entoderma  va  ular  orasida  mezoderma  shakllanadi. 
Ushbu bo’limga yassi chuvalchanglardan boshlab barcha tip hayvonlari kiradi. 
Lekin  ikki  tomonlama  simmetriyali  tuzilish  belgisi  ayrim  ko’p  hujayralilarda, 
jumladan qorin oyoqli mollyuskalarda va ignatanlilarda bo’zilib yo asimmetrik 
belgini  yoki  5  nurli  simmetriya  belgisini  hosil  qiladi.  Aslida  esa  bu 
hayvonlarning  tuzilishidagi  bu  belgi  ikkilamchi  xarakterda  bo’lib,  ularning 
filogenezida  ham,  ontogenezida  ham  nurli  simmetriya  belgisi  ikki  tomonlama 
simmetriya asosida paydo bo’lgandir. 
 
Ikki tomonlama simmetriyali hayvonlarni klassifikasiyalashda yana ularni 
gavda  bo’shlig’ining  bo’lish-bo’lmasligiga  ham  e’tibor  beriladi.  Gavda 
bo’shlig’i deganda tana devori bilan ichki organlar orasidagi bo’shliqqa aytiladi. 
Shunday  bo’shliq  yassi  chuvalchanglar  bilan  nemertinalarda  bo’lmaydi  va  u 
biriktiruvchi  to’qima  hisoblanuvchi  parenxima  suyuqligi  bilan  to’lgan  bo’ladi. 
Yumaloq chuvalchanglar bilan tikanboshlilarda birlamchi gavda bo’shlig’i hosil 
bo’lib,  undagi  suyuqlik  gavdaning  tayanch  hamda  boshqa  muhim  fiziologik 
funksiyalarni bajaradi. 


 
Ikki  toonlama  simmetriyalilar  yana  ikkilamchi  gavda  bo’shliqli  (selom) 
guruhni  ham  hosil  qiladi.  Bularga  halqali  chuvalchanglar,  ignatanlilar, 
yarimxordalilar  va  xordalilar  kiradi.  Selom  ontogenezda  mezodermadan  hosil 
bo’lib,  u  o’zining  haqiqiy  devoriga  ega  va  bu  epitelial  hujayralardan  iborat 
devori selomni hayvonning ichki organlari hamda tana devoridan ajratib turadi. 
Selomda  jinsiy  hujayralarning  o’sishi  va  yetilishi  sodir  bo’ladi.  Shuningdek 
selom ichidagi suyuqlik hayvonning ichki tayanchini hosil qiladi hamda u nafas 
olish va ajratish jarayonlarida ham ishtirok etadi. 
 
Gavda  bo’shlig’iga  ega  bo’lgan  (Coelomata)  barcha  hayvonlar  ikkita 
katta  guruhga  -  birlamchi  og’izlilar  (Protostomia)  va  ikkilamchi  og’izlilarga 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish