Quyoshlilar kenja sinfi – Heliozoa. Quyoshlilar ko’rinishi jihatidan
nurlilarga o’xshash, lekin markaziy kapsula bo’lmaydi va ko’pchiligi chuchuk
suvda yashaydi. Bundan tashqari quyoshlilarning tanasi sharsimon atrofi
bo’ylab psevdopodiylar nurga o’xshab tarqalib turadi. Quyoshlilarning
psevdopodiylari bo’ylab o’rtasidan nozik ip o’tadi. Bunday psevdopodiylar
aksopodiylar deyilib, ular uzayish yoki qisqarish xususiyatiga ega. Shuningdek
ular bir-biriga tutashib tur hosil qilishi ham mumkin.
Quyoshlilarning yana bir xarakterli xususiyati shuki, ularning tanasi
endoplazma va ektoplazmaga aniq chegaralangan. Ektoplazmasida 1-2 ta
qisqaruvchi vakuol joylashgan. Endoplazma donador bo’ladi va unda 1-ta yoki
bir necha yadro bo’ladi. Vakil Actinosphaerium eichhorni
Do'stlaringiz bilan baham: |