Tarqalishi. Hozirgi kunda bir hujayrali hayvonlarning 30 mingdan ortiq
turlari mavjud bo’lib, ular dengiz va okean suvlarida, xilma-xil chuchuk suv
havzalarida hamda nam tuproqda keng tarqalgan. Erkin yashovchi bir
hujayralilar dengiz suvining turli chuqurligida yashaydi, Ular qirg’oq ( litoral)
zonadan tortib, juda chuqur qatlamlarda (abissal zonada) ham bemalol yashay
oladi. Bunday bir hujayralilarga nursimonlar, xivchinlilar va infuzoriyalarning
ayrim vakillarini ko’rsatish mumkin. Ko’pchilik bir hujayralilar suv havzasining
planktoni va bentosi ko’rinishida hayot kechiradi. Nihoyat bir hujayralilarning 7
mingga yaqin turlari parazitlik bilan hayot kechirishga moslashgan bo’lib,
xilma-xil umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda, shuningdek odamlarda xavfli
kasalliklarni kelib chiqishiga sababchi bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |