Samarqand davlat universiteti sh. Q. Yuldashev, D. Q. Usmanova, L. N. Xalikova


 Elektron tijoratda axborot almashinuvi



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/132
Sana04.03.2022
Hajmi4,19 Mb.
#483095
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   132
Bog'liq
ELEKTRON TIJORAT VA BIZNES ASOSLAR

5.2. Elektron tijoratda axborot almashinuvi 
Хalqaro iqtisodiyotda AKT asosiy ishlab chiqarish vositasiga 
aylanmoqda. Negaki, AKT operatsion xarajatlarni kamaytirish, kapitalni 
ko‘paytirish, mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Internet 
esa, o‘z navbatida, masofa bilan bog‘liq bo‘lgan barcha to‘siqlarni olib 
tashlamoqda. Shu bilan birga, bunday iqtisodiyotda intellektual 
mehnatning roli ortmoqda, elektron hujjat almashinuvi va elektron 
to‘lov tizimlaridan foydalanish, biznesni elektron tarzda amalga oshirish 
va boshqaruvda qarorlar qabul qilishni tezlashtirishga erishilmoqda. 
Iqtisodiy 
munosabatlarning 
axborot 
texnologiyalari 
bilan 
hamohangligi o‘z navbatida, elektron tijoratning shakllanishiga zamin 
yaratmoqda. Elektron tijoratga turli kitoblarda turlicha ta’rif berilgan 
bo‘lib, umumiy holda olib qaraganda, elektron tijorat — bu tovar va 
xizmatlar almashinuvi jarayonlarini axborot tizimlari va Internet orqali 
amalga oshirishdir. «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonunining 3-moddasida «elektron tijorat» tushunchasiga 
quyidagicha ta’rif beriladi: «Axborot tizimlaridan foydalangan holda 
tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, 
xizmatlar) oldi-sotdisi elektron tijoratdir». Elektron tijoratning elektron 
axborot almashinuvi(EDI), electron kapital harakati(EFS), elektron 
savdo, elektron pul muomalasi, Internet marketing, Internet banking, 
elektron sug‘urta xizmatlari va masofaviy ta’lim kabi turlarini ajratish 
mumkin. Ular jahon bozoriga chiqish imkoniyatlarini oshirishga, 
iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashga, kichik va o‘rta biznesni 
rivojlantirishga, axborot mahsulotlari va xizmatlar hajmini oshirishga, 
milliy bozorda raqobat muhitini rivojlantirishga xizmat qiladi. Elektron 
savdoni amalga oshirish uchun savdo maydonchasi va maxsus vitrinalar 
talab etilmaydi, ko‘p sonli ishchilar kun bo‘yi ofisda o‘tirishi shart 
emas, barcha xizmatlar faqatgina sayt orqali amalga oshirilib, xatto 
reklama ham Internet marketing bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa, 
narxlarning an’anaviy do‘konlarga nisbatan past bo‘lishiga va servis 
sifatining ko‘tarilishiga olib keladi. 
Elektron tijoratda axborot almashinuvi juda tez amalga oshiriladi, 
bir kecha-kunduzda 24 soat, haftada 7 kun va yiliga 365 kun to‘xtovsiz 
va tinimsiz xizmatdan foydalanish imkoniyati mavjud, kataloglar orqali 


59 
zarur narsani osonlik bilan topish va analoglari bilan solishtirish 
mumkin. Biroq kishilarda elektron tijoratga nisbatan ishonchsizlik ham 
mavjud bo‘lib, bu avvalo, «ushlab ko‘rish», «kiyib ko‘rish» kabi odatiy 
ehtiyojlardan kelib chiqadi. Shu bilan birga, logistika muammosi, pul 
o‘tkazmalari va soliq to‘lash masalalari ham dolzarb bo‘lib hisoblanadi. 
Elektron tijoratda pul o‘tkazmalari elektron pul ko‘rinishida, maxsus 
to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilishi tadbirkor va xaridorlar uchun 
ancha qulay hisoblanadi. Hozirda O‘zbekistonda UZCARD — 
banklararo to‘lov tizimi, WoyWo‘, Upay, Payme — Internet to‘lov 
tizimlari va Click — SMS to‘lov tizimidan keng foydalanilmoqda. 
Xususan, 2005-yil Axborotlashgan jamiyatda axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining insonlar hayotidagi o‘rni tobora ortib bormoqdaki, 
bu iqtisodiyot va biznesning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. 
Kishilarning turmush tarzi o‘zgarib, axborot va xizmatlarga bo‘lgan 
talabi ortmoqda. 16-dekabrda «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan bo‘lib, elektron 
to‘lovlar bo‘yicha munosabatlarni tartibga solishda huquqiy asos 
hisoblanadi. 

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish