Samarqand davlat universiteti sh. Q. Yuldashev, D. Q. Usmanova, L. N. Xalikova


Katta biznes uchun IT infratuzilmasi



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/132
Sana20.07.2022
Hajmi4,19 Mb.
#828404
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   132
Bog'liq
ELEKTRON TIJORAT VA BIZNES ASOSLAR

Katta biznes uchun IT infratuzilmasi 
Odatda yirik kompaniyalar malakali IT-mutaxassislarni jalb 
qiladilar, ammo bu o'zlarining AT bo'limiga qo'shimcha sifatida AT-
autsorsingdan foydalanishni istisno etmaydi. Bu erda motivatsiya 
haqiqatan ham yuqori darajada ishonchli va samarali axborot 
infratuzilmasiga intilishdir. 

O‘z-o‘zini tekshirish savollari 
 
1.
Elektron biznes infratuzilmasining mohiyati nimada? 
2.
Elektron biznes uchun infatuzilmaning qanday afzalliklari mavjud? 


54 
3.
Axborot iqtisodiyot sharoitda O’zbekistonda infratuzilma muhitida 
qanday holat kuzatilmoqda? 
4.
Komminikacion servislarning qanday turlari mavjud? 
5.
Kichik biznes uchun IT-infratuzilmaning ahamiyati nimadan 
iborat? 
6.
O’rta biznes uchun IT-infratuzilmaning ahamiyati nimadan iborat? 
7.
Yirik biznes uchun IT-infratuzilmaning ahamiyati nimadan iborat? 
Mavxu 5. Elektron tijorat va biznesning huquqiy asoslari 
5.1. «Elektron tijorat to‘g‘risida"gi Qonunning ahamiyati
5.2. Elektron tijoratda axborot almashinuvi 
5.3. Elektron tijorat va biznesning me’yoriy-huquqiy bazasi 
5.1. «Elektron tijorat to‘g‘risida"gi Qonunning ahamiyati
Yurtimizda elektron tijorat sohasidagi munosabatlarning normativ-
huquqiy asoslari yaratilgan. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron 
to‘lovlar to‘g‘risida”, “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni 
muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”, 
“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi va boshqa Qonunlar ana shular 
jumlasidandir. Ushbu huquqiy hujjatlar asosida elektron bank hujjat 
aylanishi elektron plastik kartochkalar kabi tizimlar amaliyotga izchil 
joriy etilayapti.
Barchaga ma’lumki, keyingi yillarda, yurtimizda iqtisodiyotning 
jadal rivojlanishi kuzatilmoqda. Natijada elektron tijoratning ahamiyati 
tobora oshib, aholining ushbu soha xizmatlariga bo‘lgan talab va 
ehtiyojlari yuksalib borayapti. Shak-shubhasiz, elektron tijorat bozorini 
taraqqiy 
toptirish 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari 
imkoniyatlaridan samarali foydalanib, tegishli mexanizmlarni kengroq 
joriy qilish, eng avvalo, elektron tijorat sohasining huquqiy asoslarini 
yanada takomillashtirish zaruratini kun tartibiga olib chiqdi. Oliy 
Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi kutilayotgan 
yangi tahrirdagi “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun ham ana shu 
talab va ehtiyojlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgani bilan 
ahamiyatlidir. 
Mazkur 
huquqiy 
hujjat 
Prezidentimizning 
mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari 
va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor 
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi 


55 
ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalar doirasida tayyorlangan. 
Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida keng jamoatchilik, soha 
mutaxassislari, siyosiy partiyalarning faol ishtirokida, xalqaro va xorij 
tajribasi chuqur o‘rganilib, ilg‘or yutuq hamda tajribalar hisobga 
olingan holda qabul qilingan. Senat tomonidan ushbu hujjatning keng 
muhokamasi tashkil etildi. 
Mutaxassislarning 
ta’kidlashicha, Qonun elektron tijoratni 
rivojlantirish uchun yangi huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy va texnik 
sharoitlar 
yaratadi. 

tadbirkorlikni 
rivojlantirish 
hamda 
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qo‘shimcha sharoitlar 
yaratish imkonini beradi. Elektron tijoratni yanada rivojlantirishga, 
elektron 
savdoda 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy qilishga, bitimlarni tuzish tartib-taomillarini 
soddalashtirishga, elektron tijorat ishtirokchilari huquqlarini ro‘yobga 
chiqarishning huquqiy mexanizmlarini o‘rnatish va muhofaza etishga 
xizmat qiladi. 
Mazkur Qonun respublikada elektron tijoratni yanada keng joriy 
etishga huquqiy zamin yaratib, savdo operatsiyalarini amalga oshirish 
bo‘yicha xarajatlar (tranzaksiya xarajatlari)ni kamaytiradi. Elektron 
tijorat subyektlarining biri-biridan geografik uzoqligi bilan bog‘liq 
muammolarni hal qiladi. Sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tezkor ravishda shartnomaviy munosabatlarni 
o‘rnatish uchun sharoit tug‘diradi. Jumladan, bozorda yangi 
ishtirokchilarning paydo bo‘lishida muhim omilga aylanadi. Qolaversa, 
u tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanishi, xalqaro 
standartlarga javob beradigan texnologik bozor infratuzilmasini 
yaratishga qo‘shimcha imkon beradi. 
Umuman, Qonunda ko‘zda tutilayotgan qoidalar umumdavlat va 
hududlar manfaatlariga uyg‘un bo‘lib, ular mamlakatda kichik biznes 
hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy barqarorligi, 
investitsiya faolligini yuksaltirib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 
hamda 
ko‘rsatilayotgan 
xizmatlarning 
jahon 
bozoridagi 
raqobatdoshligi va sifati oshishida ayni muddao bo‘ladi. 
O‘zbekiston Internet tarmog‘idan foydalanish orqali biznes 
faoliyati rivojlanishining dastlabki bosqichida turibdi. Shu bilan birga, 
ushbu jarayon boshlangan. Internetdan foydalanuvchilar soni sezilarli 
darajada o‘sishi kuzatilmoqda. Hozirgi paytda Respublikamizda 
elektron biznesning predmetini asosan kitoblar, audio hamda 
videokassetalar va xizmatlarning ba’zi turlari tashkil qiladi.Qayd 


56 
etilgan tovarlar tanlovi ularni xaridorga yetkazish nisbatan osonligi 
bilan izohlanadi. Bu esa respublikada yaxshi rivojlanmagan transport 
infratuzilmasi uchun ayniqsa muhimdir.Ekspert ma’lumotlariga ko‘ra, 
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elektron magazinlar soni 100 
taga yaqin. Ularning 70 foizi Toshkentda joylashgan. Ushbu 
magazinlarda chop etilgan nashrlarning electron versiyalarini sotib 
olish, kitoblar, musiqa hamda videokompakt disklar, kompyuter 
o‘yinlari, tibbiy maqsaddagi tovarlar va xizmatlar, video-mahsulot 
montaji uchun uskunalar hamda dasturiy ta’minotni, san’at asarlarini 
sotib olish mumkin. Maxsuslashtirilgan elektron magazinlaridan 
tashqari, tovarlarni keng assortimentini taklif etadigan savdo uylari 
ham mavjud (avtomobil ehtiyot qismlari, kompyuterlar va maishiy 
texnika, xo‘jalik tovarlari, qurilish materiallari, ofis mebeli, antikvariat 
va h. k.). Internet yordamida, shuningdek, moliya, ishga yollash, turizm 
so-hasida fond, riyelterlik, kompyuter va boshqa bozorlarida 
ishlaydigan firmalarning turli xil xizmatlaridan foydalanish mumkin. 
Misol tariqasida biz www.torg.uz oziq-ovqat mahsulotlari uchun
mo‘ljallangan elektron magazin, www.artel.uz esa texnika 
mahsulotlarini sotib olish uchun mo‘ljallangan elektron magazinlarni 
aytib o‘tishimiz mumkin. 
Elеktron tijorat faoliyati O’zbеkiston Rеspublikasining “Elеktron 
tijorat to’g’risida”gi 2004 yil 29 aprеldagi 613-II son Qonuni bilan 
bеlgilanadi va amalga oshiriladi. Elеktron tijorat Intеrnеt tarmog’idagi 
tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini 
ifodalash uchun qo’llaniladi. U kompyutеr tarmog’idan foydalangan 
holda xarid qilish, sotish, sеrvis xizmatini ko’rsatishni amalga 
oshirish, markеting tadbirlarini o’tkazish imkoniyatini ta'minlaydi. 
«Elektron tijorat to‘g‘risida"gi Qonun 2004 yilda qabul qilingan. 11 
yil o‘tgach, 2015 yilda uning yangi tahriri tasdiqlangan, u ayni 
paytgacha amal qilib kelmoqda. 2018−2021 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish dasturida ushbu 
sohadagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, xususan, 
qonunga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda 
tutilgan. 
Amaldagi hujjatga tayangan holda, loyihada boshqa normativ-
huquqiy hujjatlarning ayrim qoidalari jamlangan. Masalan, elektron 
tijoratni amalga oshirish qoidalari, Shartnomalarni tuzishda elektron 
raqamli imzolarni qo‘llash va elektron hujjatlarni hamda elektron 
tijoratda qo‘llaniladigan elektron xabarlardagi mavjud axborotni 


57 
saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom, Dasturiy mahsulotlar va axborot 
mahsulotlaridan foydalanish huquqini amalga oshirish hamda 
rasmiylashtirishning bojxona rasmiylashtiruvi (deklaratsiyalash) va 
buxgalterlik hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom va boshqalarni 
tilga olish mumkin. 
Natijada qonun bilan tartibga solinadigan mexanizmlar qamrovi 
kengaygan. Hujjatning amaldagi va taqdim etilgan tahriri solishtirma 
tahlili quyidagilarni ko‘rsatdi: 
birinchidan, qonunga juda keng tushunchalar apparati kiritilmoqda. 
Bazaviy atamalar bilan bir qatorda, unga raqamli mahsulotlar, ularni 
import va eksport qilish, raqamli distributsiya, transchegaraviy 
elektron tijorat va hokazo. ta’riflari kiritilgan; 
ikkinchidan, elektron tijoratni amalga oshirishning qo‘shimcha 
prinsiplari qayd etilgan. Xususan, hujjatlarni, shu jumladan elektron 
hujjatlarni birxillashtirish, axborot xavfsizligini, tovarlar (ishlar va 
xizmatlar) sifati lozim darajada bo‘lishini ta’minlash, shuningdek 
tartib-taomillarning ochiq-oshkoraligi, shaffofligi va tushunarliligi 
haqida so‘z yuritilgan. Mazkur soha asoslangan har bir prinsipning 
mazmun-mohiyati alohida ochib berilgan; 
uchinchidan, sohani davlat tomonidan tartibga solish tartibi 
belgilangan: Vazirlar Mahkamasi, Axborot kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligi (vakolatli organ, tahr.), davlat organlari va 
mahalliy hokimiyatlarning vakolati cheklangan; 
to‘rtinchidan, elektron tijorat ishtirokchilarining (sotuvchi va 
xaridorlar, biznes- operatorlar, sh. j. bitimlarni tuzishda ishtirok 
etuvchi yoki bunda yordam beruvchi savdo platformalarining 
operatorlari, tahr.) tarkibi, shuningdek ularning o‘zaro munosabatlari 
xususiyati belgilangan; 
beshinchidan, bitimlarni tuzish tartibi, shu jumladan ularni 
hujjatlashtirish shakli va tartibi, elektron hujjatlar va xabarlarning 
yuridik kuchi, ularni saqlash shartlari va muddatlari, shuningdek 
bitim taraflari to‘g‘risidagi axborot tarkibi va hokazo batafsil qayd 
etilgan. Hisob-kitob qilish, tovarlarni yetkazib berish, ularni qaytarish 
va to‘lov summalarini qoplash tartibiga oid masalalar tartibga 
solingan; 
oltinchidan, raqamli mahsulotlar bilan bog‘liq bitimlarni tuzish 
qoidalari tilga olingan. Transchegaraviy elektron tijoratga alohida bob 
bag‘ishlangan. 
Bu qonun hujjatlar va ularga kiritilayotgan o’zgarishlarning 


58 
barchasi yurtimizda electron tijoratni rivojlantirish va amaldagi 
electron tijorat faoliyatlarini qonuniyligi va huquqlarini taminlashdir. 

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish