Samarqand davlat universiteti sh. Q. Yuldashev, D. Q. Usmanova, L. N. Xalikova


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/132
Sana20.07.2022
Hajmi4,19 Mb.
#828404
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   132
Bog'liq
ELEKTRON TIJORAT VA BIZNES ASOSLAR

 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV 
Toshkent sh., 2018-yil 3-iyul, PQ-3832-son 
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 07/18/3832/1452-son) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


225 
Ilova 4 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
QARORI 
RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH MAQSADIDA 
RAQAMLI INFRATUZILMANI YANADA MODERNIZATSIYA QILISH 
CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA 
Keyingi vaqtda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha izchil chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda elektron 
hujjat almashinuvi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun 
elektron tijorat tizimlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Shu bilan birga, sohadagi ishlar haqiqiy ahvolining tahlili markazlashgan 
ma’lumotlar tizimiga integratsiyani ta’minlaydigan yagona axborot-texnologik 
platformaning mavjud emasligi natijasida joriy etilayotgan dasturiy hujjatlar tarqoq 
ekanini ko‘rsatmoqda.
Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, 
davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, undan foydalanish 
imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy infratuzilmani qo‘llash maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy 
agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) raqamli iqtisodiyotni joriy etish va 
rivojlantirish sohasida vakolatli organ hisoblanadi;
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan, “blokcheyn” 
texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq loyihalarni davlat-xususiy sheriklik 
shartlarida amalga oshirish uchun investorlarning mablag‘larini jalb etish va 
birlashtirish asosiy vazifalaridan biri hisoblangan davlat muassasasi shaklidagi 
“Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash 
jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilgan.
2. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik), 
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat 
qo‘mitasi, Agentlik, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq 
qo‘mitasining “Universal Mobile Systems” MChJ (keyingi o‘rinlarda — operator) 
ustav kapitalidagi davlat ulushini 100 foiz miqdorda Jamg‘armaga beg‘araz asosda 
topshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Jamg‘arma tomonidan ushbu qarorga muvofiq olingan mol-mulk yuridik 
shaxslarning foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi;
operatorning ustav kapitalidagi ushbu qarorga muvofiq topshirilayotgan 
ulush yuridik shaxslarning foyda solig‘iga va qo‘shilgan qiymat solig‘iga 
tortilmaydi.
4. Agentlik va Jamg‘arma yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb 
etgan holda ikki oy muddatda samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) va 
mamlakatda raqamli iqtisodiyotni joriy etish uchun zarur texnik bazani yaratish 
bilan bir qatorda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019 —2021-yillarda “Universal 


226 
Mobile Systems” MChJni rivojlantirish Konsepsiyasini (keyingi o‘rinlarda — 
Konsepsiya) ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
operatorning boshqaruv tizimiga, shu jumladan, mobil xizmatlar ko‘rsatish 
sohasida yetarli tajribaga ega malakali mutaxassislarni jalb etish orqali innovatsion 
menejmentni joriy etish;
ichki kuch va mablag‘larni safarbar etish, telekommunikatsiya uskunalarini 
modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash;
O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida 
internet global tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to‘liq qoplashni 
bosqichma-bosqich ta’minlash;
barcha davlat xizmatlarining faqatgina operatorning ma’lumotlarga ishlov 
berish markazlari orqali ko‘rsatilishini ta’minlash.
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
operatorning ustav kapitalidagi topshirilayotgan davlat ulushini boshqarish 
Jamg‘arma tomonidan faqatgina Jamg‘arma Kengashi bilan kelishilgan holda 
amalga oshiriladi;
operatorning ustav kapitalidagi davlat ulushidan olinadigan daromadlar, 
shuningdek, maqsadli imtiyozlar berishdan bo‘shaydigan moliyaviy mablag‘lar 
Konsepsiyani amalga oshirish davrida texnologik uskunalarni modernizatsiya 
qilish va mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida Jamg‘arma 
hisobiga yo‘naltiriladi; 
Konsepsiyada nazarda tutiladigan tadbirlar operatorning o‘z mablag‘lari va 
Jamg‘arma mablag‘lari, jalb etiladigan qarz mablag‘lari, shuningdek, qonun 
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
6. Operator 2021-yil 1-dekabrga qadar muddatga telekommunikatsiya 
sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya berish uchun davlat boji, 
radiochastotalar spektridan foydalanish uchun to‘lov, shuningdek, radioelektron 
vositalardan foydalanish uchun ekspluatatsiya yig‘imi to‘lashdan ozod etilsin. 
7. Operatorga:
faqat o‘z tijorat ehtiyojlari uchun, boshqa operator va provayderlarga 
ovozli telefoniya va internet trafigi xalqaro kanallarini tashkil etish bo‘yicha 
xizmatlar ko‘rsatish huquqisiz xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga 
(ma’lumotlar va ovoz uzatish tarmoqlariga), shu jumladan, “IP-telefoniya” 
texnologiyasidan foydalangan holda to‘g‘ridan to‘g‘riulanish; 
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida Jamg‘arma 
bilan kelishilgan holda shartnoma asosida mustaqil xorijiy, milliy konsultant va 
ekspertlarni jalb etish huquqi berilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar 
kasblari klassifikatori ishga qabul qilishda xodimlar ma’lumotining eng past 
darajasi, ishchilar kasblari bo‘yicha malaka razryadlarini belgilash yuzasidan 
tegishli yo‘nalishda xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan mutaxassislarga 
nisbatan qo‘llanishi, istisno tariqasida, tavsiyaviy xarakterga ega.


227 
8. Vazirlikning Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 22-uy 
manzilida joylashgan binosi operatorni joylashtirish uchun xo‘jalik yurituvi huquqi 
asosida Agentlikka topshirilsin.
9. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy 
muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va 
qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining 
Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari D.R. Li 
zimmasiga yuklansin.

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish