O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASH
TEXNOLOGIYALARI YO’NALISHI
104 - guruh talabasi
MAJIDOVA E’ZOZA ning
Programmalash asoslari fanidan
LABORATORIYA ISHI
Tekshirdi: Urunbayev. J
SAMARQAND 2022
1-LABORATORIYA ISH
Qism dasturi funksialarini yaratib,funksialarga oid misollarning asturini tuzish
1.MASALANING QO’YILISHI.
Berilgan natural sonni raqamlarini teskari tartibda almashtiring (masalan 65112 ni 21156 ko’rinishida chop etsin)
2. ISHNING MAQSADI.
C++ tili alifbosi, ma’lumot tiplari, o’zgaruvchilar, konstantalar bilan tanishib chiqish. O’zgaruvchilar va konstantalarni e’lon qilishni o’rganish. Turli ma’lumot tiplariga oid masalalarni o’rganib chiqish.
3. NAZARIY QISM.
Dastur tuzish jarayonida ma'lum bir amallar majmuini dasturning turli qismlarida takrorlashga tóg'ri keladi. Dasturning mana shu amallar majmuini óz ichiga olgan qismi QISM DASTUR deb ataladi. Qism dasturglar ma'lum bir vazifani bajaradi, lekin alohida tizimni tashkil etmaydi.
Qism dasturga murojaat etilganda, unga murojaat etgan asosiy dastur tóxtaydi va boshqruv qism dasturga ótadi. Qism dastur bajarilishi tugaganidan sóng , boshqaruv yana asosiy dasturga qaytadi.
Asosiy dasturda qism dasturlarni chaqirish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
• Qism dastur zarurat tug'ilganda chaqiriladi. U ayni bir kodni bir necha Marta yozish zaruratini bartaraf qilib, butun dastur davomida kóp marta foydalanilishi mumkin. Bu kodning blokliligini oshiradi, tushunishini osonlashtiradi va xatolarni topishda yordam beradi.
• Xato bor yoki yóqligini bitta kod blokininig ózida tekshirsa bóladi. Agar xato qism dasturda bólsa, faqat qism dasturning ózini tuzatishga zarurat tug'iladi. Agar qism dasturdan foydalanmasdan , kod bir necha joyda takror - takror yozilsa , u holda butun dastur bóylab xatolarni qidirishga tóg'ri keladi.
Qism dasturning turlari:
• FUNKSIYA - ma'lum bir vazifani bajaruvchi , qandaydir nomga ega, bir yoki bir necha qiymatni qabul qiluvchi, ishni tugatganidan keyin esa asosiy dasturga bir yoki bir necha natija qiymatlarini qaytaruvchi qism dastur.
• PROTSEDURA - funksiyaga óxshash kóp marta foydalanilishi mumkin bólgan qism dastur bólib , yagona farqli jihati hech qanday qiymatni qaytarmaydi.
Funksiya nomi orqali chaqiriganda uning tarkibidagi buyruqlar ketma - ketligi bajariladi. Shundan sóng dastur funksiya chaqirilgan satrga qaytadi va shu satrdan keyingi buyruqlarga ótadi.
Funksiyaning ózini ózi chaqirishiga rekursiya deyiladi va bunday funksiyalar rekursiv funksiyalar deb ataladi.
Rekursiv funksiyalar dasturlashning kuchli mexanizmi hisoblanadi, lekin ular har doim ham samarali emas. Chunki aksariyat hollarda xatolarga yól qóyadi. Xatolar ichidan eng kóp tarqalgani - cheksiz rekursiya . Unda funksiyaning chaqiruv zanjiri cheksiz bólib , kompyuter bósh xotirasi tugamaguncha davom etaveradi.
Cheksiz rekursiya róy berishining sabablari :
rekursiyada shartni notóg'ri qóllash. Masalan, factorialni hisoblashda if n==0 ni unitib qóysak, factorial (0) funksiyasi factorial (-1) ni , factorial (-1) funksiyasi esa factorial (-2) va hokazolarni chaqiradi;
rekursiv funksiyani yaratishda notóg'ri parametr bilan chaqirish . Masalan, factorial (n) funksiya factorial (n) chaqirsa, yana cheksiz zanjir yuzaga keladi.
Shu boisdan , rekursiv funksiyani yaratishda rekursiyani yakunlash sharti hamda rekursiyani qachon, qanday tugatish haqida óylab kórish lozim .
Do'stlaringiz bilan baham: |