Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi


III. FAN OLIMPIADASINING BIRINChI



Download 2,57 Mb.
bet50/61
Sana12.07.2022
Hajmi2,57 Mb.
#779167
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61
Bog'liq
2 5339481197535828357

III. FAN OLIMPIADASINING BIRINChI
BOSQIChINI O’TKAZISh TARTIBI
17. Fan olimpiadasining birinchi bosqichini o’tkazish mas’uliyati akademik lisey, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari direktorlari zimmasiga yuklanadi.
18. Birinchi bosqichda umumta’lim maktablarining 9 - 11-sinf o’quvchilari va akademik liseylar, kasb-hunar kollejlarining 1 - 3-kurs o’quvchilari uchun topshiriqlar ta’lim muassasasi tashkiliy qo’mitasi tomonidan tayyorlanadi.
19. Olimpiadaning birinchi bosqichida umumta’lim maktablari va akademik liseylar, kasb-hunar kollejlarining barcha o’quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
20. Fan olimpiadalarining birinchi bosqichi natijalari ta’lim muassasasining pedagogik kengashlarida muhokama etiladi va olimpiada o’tkazilgan fanlardan I, II, III o’rinni egallagan g’oliblarning tuman olimpiadasida qatnashishi to’g’risida qaror qabul qilinadi.
IV.FAN OLIMPIADASINING IKKINChI
BOSQIChINI O’TKAZISh TARTIBI
21. Fan olimpiadasining ikkinchi bosqichini o’tkazish mas’uliyati O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hududiy boshqarmasi va tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi rahbarlarining zimmasiga yuklanadi.
22. Ikkinchi bosqich uchun test, yozma va amaliy ishlar viloyat tashkiliy qo’mitasi tomonidan tayyorlanib, mahfiyligi ta’minlangan holda o’tkaziladigan kuni maxsus vakillar tomonidan yetkaziladi.
23. Fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi yakunlari hududiy o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari va Qoraqalpog’iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari kengashlarida ko’rib chiqiladi, III bosqichda ishtirok etuvchi o’quvchilar ro’yxati tasdiqlanadi.
V. FAN OLIMPIADASINING UChINChI
BOSQIChINI O’TKAZISh TARTIBI
24. Fan olimpiadalarining uchinchi bosqichini tashkil etish O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligining hududiy bo’linmalari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
25. Fanlardan yozma ish variantlari, testlar hamda amaliy ishlar O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan malakali mutaxassislar jalb qilingan holda ko’p variantlilik asosida hamda mahfiyligi ta’minlangan holda tayyorlanadi.
26. Tayyorlangan topshiriqlar O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan tavsiya qilingan ekspert guruhlari tomonidan birgalikda ekspertiza qilinadi.
Tanlab olingan topshiriqlar tashkiliy qo’mitaning ikki mutaxassis bo’lmagan vakili tomonidan konvertlarga solinib, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi va O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining muhri qo’yiladi. Muhrlangan konvertlar viloyatlarga O’rta maxsus kasb-hunar ta’lim markazi va Xalq ta’limi vazirligining mas’ul xodimlari tomonidan yetkaziladi.
27. Fan olimpiadasining uchinchi bosqichi yozma ish, test va amaliy ishlar respublikaning barcha hududlarida hamda Toshkent shahrida bir kunda va bir vaqtda o’tkaziladi.
28. Uchinchi bosqichda qatnashgan o’quvchilar tomonidan bajarilgan ishlar viloyat tashkiliy qo’mitasi tomonidan tahlil etiladi. Fanlar bo’yicha g’olib bo’lgan o’quvchilarning bajargan test topshiriqlari, yozma ish va amaliy ishlari hamda tavsiya etilgan boshqa hujjatlar xatosiz rasmiylashtirilgan holda olimpiada tugagan kunning ertasiga viloyat tashkiliy qo’mitasi raisi yoki mas’ul kotibi tomonidan respublika tashkiliy qo’mitasining vakiliga shaxsan topshiriladi.
29. Uchinchi bosqichda avvalgi o’quv yilida fan olimpiadasining viloyat bosqichida birinchi o’rinni egallagan 10-sinf o’quvchilari va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining 2-kurs o’quvchilari ham to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etadilar.
30. Qoraqalpog’iston Respublikasida qoraqalpoq tili va adabiyoti fani bo’yicha o’tkaziladigan uchinchi bosqich olimpiadasida 76 va undan yuqori ball to’plab, I, II, III o’rinlarni egallagan g’oliblar yakunlovchi IV bosqich sinovlaridan ozod etiladi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi "O’zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag’batlantirish to’g’risida"gi 226-sonli qarorida belgilangan fan olimpiada g’oliblariga beriladigan imtiyozlardan to’liq foydalanadilar.
31. Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani bo’yicha 3-bosqich olimpiada topshiriqlarini tayyorlash mas’uliyati Qoraqalpog’iston Respublikasi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi zimmasiga yuklatiladi.

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish