Bosh oyna. Asosiy oyna bo’lib unda menyu, tezkor o’tish paneli (lavhasi, SpeedBar), komponentlar majmui (palitra) joylashtirilgan. Menyu satri muhitning oynalarini tekshirish uchun ishlatiladi. Panel umumiy operatsiyalar (amallar) ga tezkor murojaat qilishni ta’minlaydi. Komponentalar palitrasida bir nechta guruh mavjud bo’lib ularning har birida piktogrammalar saqlanadi.
Palitradan kerakli komponentni topib “sichqoncha” yordamida forma oynasiga ko’chirish mumkin. Shu asosda aktiv ob’ekt hosil qilinadi va uning xossalari, holatlari belgilanadi. Bosh oyna quyidagi oynalarni boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |