O’quv faoliyati natijalari:
Pedagogik dasturiy vositalar
uning ahamiyati va turlarini haqida umumiy ma’lumot oladilar;
Pedagogik dasturiy vositalar
jamiyatda va kundalik hayotimizda tutgan o’rnini tushunadilar.
Pedagogik dasturiy vositalar-zamonaviy texnologiyalari bilan tanishadilar.
O’qitish uslubi va texnikasi
|
Suhbat
|
O’qitish shakli
|
Ommaviy, jamoaviy
|
O’qitish vositalari
|
O’quv qo’llanma, proyektor
|
O’qitish shart-sharoiti
|
O’TV bilan ishlashga moslashtirilgan
auditoriya
|
AMALIY mashg’ulotining texnologik xaritasi
Ish
bosqichlari
va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchilar
|
1-bosqich.
Kirish
(10 min.)
|
1.1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi.
|
1.1. Eshitadi, yozib oladi.
|
2-bosqich
Asosiy
min.)
|
1.Pedagogik dasturiy vositalar
uning ahamiyati va turlarini tushuntirish.
2.Pedagogik dasturiy vositalar jamiyatda va kundalik hayotimizda tutgan o’rnini tushuntirish.
3.Pedagogik dasturiy vositalar-zamonaviy texnologiyalari bilan tanishtirish .
4. Talabalar bilimlarini faollashtirish va mustahkamlash maqsadida quyidagi savollarni beradi:
1. Pedagogik dasturiy vositalar qanday?
2. . Pedagogik dasturiy vositalar qanday turlarini bilasiz?
3. Maqsadga erishish usullari qanday?
4. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qanday talablar qo’yilgan?
5. Xulosa chiqarish.
|
Tinglaydilar,
yozadilar
Talabalar berilgan
savollarga javob
beradilar.
|
3- bosqich
Yakuniy
(10 min.)
|
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalalarga qaratadi.
Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. Mustaqil ish uchun vazifa: klaster tuzishni vazifa qilib beradi, baholaydi.
|
3.1. Eshitadi,
aniqlashtiradi.
3.2. Topshiriqni yozib oladi.
|
Vizual materiallar
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o’quv jarayonini qisman yoki to’liq avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o’qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalari dinamik illyustrasiyalar, ovozli jarayonlar, animasiyalar kabi effektlarni amalga oshiruvchi dasturlardan foydalanib yaratiladi.
Pedagogik dasturiy vositalar quyidagi turlarga ajraladi:
— o’rgatuvchi dasturlar, test dasturlari, mashq qildirgichlar, o’qituvchi ishtirokidagi virtual o’quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.
Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o’quv fani bo’yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta’minot, qo’shimcha yordamchi vositalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |