141. Biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o’zida mujassamlashtirgan tarmoq qanday nomlanadi?
A) Lokal tarmoq
*B) Mintaqaviy tarmoq
C) Global tarmoq
D) Korporativ tarmoq
142. Dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o’zida birlashtirish imkoniga ega bo’lgan tarmoq nima deb ataladi?
A) Lokal tarmoq
B) Mintaqaviy tarmoq
*C) Global tarmoq
D) To’g’ri javob yo’q
143. Internet texnologiyasi, dastur ta’minoti va bayonnomalari (protokollari) asosida tashkil etilgan, ma’lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo’lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot mikyosidagi yangi axborot muxitini tashkil etuvchi kompyuter tarmog’i qanday nomlanadi?.
A) Lokal tarmoq
B) Mintaqaviy tarmoq
C) Global tarmoq
D) Intranet
144. Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlar dasturlar yordamida kichik bloklarga bo’linadi va bir kompyuterdan ikkinchisiga uzatiladi. Bunday bloklar nima deb ataladi?
*A) Paket
B) Ma’lumot
C) Axborot
D) Tizim
Do'stlaringiz bilan baham: |