Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti



Download 0,89 Mb.
bet3/4
Sana31.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#256351
1   2   3   4
Bog'liq
Laboratoriya ishi

Mavzuning amaliy qisimi.

Hozirgi kunda Word, Excel, PowerPoint dasturlari fan o`qituvchilarining kundalik qurollariga aylanib ulgurdi. Ta’lim sohasiga kirib kelgan yangiliklardan yana biri bu — PowerPoint dasturida iSpring ilovalarining paydo bo`lishidir. Ushbu ilovalar PowerPoint dasturidagi animatsiyalar yaratishga, interfaol testlar tuzishga imkon beradi.


iSpring dasturi.

iSpring ilovalari tarkibiga iSpring Free, iSpring Pro, iSpring SUITE, iSpring QuizMaker kabi komponentlar kiradi. Xususan, iSpring QuizMaker ilovasi interfaol testlar tuzish uchun mo`ljallangan bo`lib, testologiya fanining deyarli barcha yutuqlari ushbu mo`’jazgina dasturda jamlangan. iSpring QuizMaker ilovasini PowerPoint dasturiga o`rnatish iSpring Suite dasturidan boshlanadi. iSpring Suite dasturlar paketiga iSpring Pro, iSpring QuizMaker, iSpring Kinetics ilovalari jamlangan bo`lib, iSpring QuizMaker dasturi audio, video fayllar, tasvir va formulalar yordamida interaktiv testlar va anketalar yaratish imkonini beradi. iSpring QuizMaker dasturida pedagogik interfaol testlarning 11 xil shakli keltirilgan. Testlar uchun sozlamalarda bitta testga qayta-qayta bir necha marta javob berish va o`zgartirish imkoniyati mavjud. Har bir testga muayyan ball belgilash mumkin. Shungdek, qisman to`g`ri javoblarni berish, savol va javoblarni aralashtirish, vaqt belgilash, har bir javobning natijasini ko`rsatib borish yoki bir yo`la test yakunlanganda natijani ko`rsatish, xatolarni tahlil qilish ham mumkin. Bu imkoniyatlardan foydalanib nazorat testlarini o`rgatuvchi testlarga aylantirish mumkin. Bu esa tezkor va samarali o`qitish usullaridan biri hisoblanadi. Testlarning savollari va javoblariga turli rasm, sxema va formulalarni biriktirish mumkin. Har bir shakl muayyan didaktik jihatlarga ega. Quyida ular QuizMaker dasturidagi ketma-ketlik bo`yicha keltirilgan.



1-shakl. «To`g`ri/noto`g`ri» shaklidagi yopiq test — bunda berilgan savolga 2 xil javob qaytarish mumkin («to`g`ri/noto`g`ri», «ha/yo`q» va h.k.). Bu testda talabaning axborotni bilishi sinaladi.

2-shakl. Bitta to`g`ri javobli yopiq test — bir necha variatdan kerakli javobni tanlash. Bu testga an’anaviy 4 javobli testlar misol bo`ladi. Bu testda talabadan to`g`ri javobni noto`g`ri javoblardan farqlash talab etiladi.

3-shakl. Bir necha to`g`ri javobli yopiq test. Bu test oldingisidan sal murakkabroq bo`lib, talabadan to`g`ri javoblarni va ularning sonini aniq bilish talab etiladi.

4-shakl. Matn kiritiladigan ochiq test. Javobni satrga kiritish yo`li bilan javob beriladi. Bu test oldingilaridan murakkabroq bo`lib, talabadan aniq javobni bilishi va uni to`g`ri kiritishi talab etiladi.

5-shakl. Moslikni aniqlash testi. Talabadan javoblar yozilgan tugmachalarni harakatlantirib bir-biriga biriktirish talab etiladi. Bu testda navigatsiya elementlari ishlatilganligi uchun boshqalaridan ancha qiziqarli. Bu testda bitta savol ichida bir nechta muammo beriladi. Biroq, talaba oson javoblarni topsa, murakkab javoblar o`z-o`zidan ma’lum bo`ladi. Bu vaziyat talabani mantiqiy fikrlashga o`rgatadi.

6-shakl. Tartibga keltirish testi. Bu testda javoblar

berilgan bo`lib, ularni muayyan ketma-ketlikda joylashtirish talab etiladi. Bu testda ham navigatsiya elementi qo`llanilganligi sababli u boshqalariga qaraganda qiziqarliroqdir. Bu testda ham mantiqiy fikrlash talab etiladi, biroq moslik testidagi kabi javoblar o`z-o`zidan ma’lum bo`lib qolmaydi. Shu sababli bu test boshqalaridan ancha murakkab va qiziqarli hisoblanadi.

7-shakl. Son kiritiladigan ochiq test. Ochiq testning (4-turdagi testning) xususiy shakli bo`lib, talabadan aniq javobni bilishi va satrga sonni yozish talab etiladi. Biroq, bu testning o`ziga xosligi shundaki, unga javobni aniq, taxminiy yoki, ma’lum bir oraliqda berish mumkin. Bu test tuzuvchiga savolni to`g`ri shakllantirishni, talabadan esa savoldagi ikkinchi yashirin ma’noni anglagan holda to`g`ri javob berishni talab etadi.

8-shakl. Bo`sh joylarga matn kiritiladigan ochiq test. Bu testni tuzuvchi javoblarni savol ichiga mohirlik bilan yashirishi zarur. Talaba esa gapni o`qib, uning ma’nosidan kelib chiqib, undagi tushirib qoldirilgan bir nechta javoblarni bilishi va yozishi talab etiladi. Bu test talabaning yozma nutqini (leksika, grammatika, orfografiya) to`g`ri shakllantiradi.

9-shakl. Bo`sh joylarga matn kiritiladigan yopiq test. Ushbu test 8-turdagi testga nisbatan osonroq, chunki, unda javoblar mavjud bo`ladi, talabadan faqat mantiqiy fikrlash va javoblarni bir-biriga qiyoslab ro`yxatdan to`g`risini tanlash talab etiladi.

10-shakl. Javoblarni bankdan tanlash testi. Bu test so`zlar omboridan to`g`ri javoblarni tanlab, harakatlantirib o`zining joyiga qo`yish talab etiladi. Bu test tuzuvchidan aniq javobni rejalashtirishni, boshqa to`g`ri javoblar bo`lmasligini talab etiladi.

11-shakl. Faol sohani belgilash testi. Bu testda javoblar soni faol sohalar soniga mos bo`lishi talab etiladi. Ushbu testning o`ziga xosligi shundaki, talabaning grafik tasavvurlarini shakllantiradi.



Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish