MB administratori deyilganda birorta shaxs yoki bir necha shaxslardan iborat
Bo‘lgan va MB sini loyihalash, uzatish va samarador ishlashini ta’minlovchidir.
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi bilan ma’lumotlar banki tushunchasi ham mavjud (ishlatiladi). Ma’lumotlar banki (MBn) tushunchasi ikki xil talqin etiladi.
1. Hozirgi kunda ma’lumotlar markazlashmagan holda (ishchi o‘rinlarda) SHK yordamida qayta ishlanadi. Il gari ular alohida xonalarda joylashgan EHM larda (hisoblash markazlarida (HM)) markazlashgan holda qayta ishlangan. XM lariga axborotlar tashqi qurilmalar orqali kelib to„plangan. Ma’lumotlar bazasi markazlashgani hisobiga ularni ma’lumotlar banki deb atashgan va shuning uchun ma’lumotlar banki bilan ma‟lumotlar bazasi tushunchalari o‘rtasida farq qilinmaydi.
Fizik tasvirlashda ma’lumotlar mashinani tashqi xotirasida saqlashi bilan
farqlanadi. Mantiqiy tasvirlashda esa amaliy dasturchi yoki foydalanuchi tomonidan ma’lumotlarni tasvirlash ko‘rinishi tushuniladi.
1. Tashqi modellar – eng yuqori bosqich, bunda har bir model o‘zini ma’lumotlar tasvir qabul qiladi. Har bir ilova, o‘ziga kerakli zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘radi va qayta
ishlaydi. Masalan, ishchilarni malakasi bo‘yicha taqsimlash tizimi, xizmatchi malakasi haqidagi
ma’lumotlarni ishlatadi, uni oklad, manzili, telefoni haqidagi axborotlar qiziqtirmaydi va aksincha, oxirgi ma’lumotlar xodimlar bo‘limi qism tizimida ishlatiladi.
2. Konseptual bosqich – markaziy boshqarish zvenosi bo‘lib, bunda MB eng umumiy holda tasvirlanib, u shu MB bilan ishlaydigan barcha ilovalar ishlatiladigan ma’lumotlarni qamrab oladi. Umuman konseptual bosqich MB yaratilgan predmet sohani umumlashgan modelini akslantiradi. Bu model ob’yektlarning muhim xossalarini akslantiradi.
3. Fizik bosqich – fayllarda joylashgan ma’lumotlarni tashqi axborot
saqlovchilaridajoylashishini belgilaydi. Bu arxitektura ma’lumotlar bilanishlaganda mantiqiy va fizik mustaqillikni taminlab beradi.
Mantiqiy mustaqillik bitta ilovani o‘zgartirishni, shu baza bilan ishlaydigan boshqa ilovani o‘zgartirmasdan amalga oshirishni bildiradi.
Fizik mustaqiliylik, saqlanuvchi ma’lumotlarni bir qattiq diskdan boshqasiga ko‘chirganda uni ishlash qobiliyatini saqlab qolgan holda o‘tkazishni bildiradi.
Relyasion modelda o‘ziga xos atamalar ishlatiladi, biroq bu model moxiyatini
o‘zgartirmaydi. Masalan, mantiqiy darajada element atribut deb ataladi. Bundan tashqari u uchun “ kolonka”, “ ustun” va “ maydon” atamalari ham ishlatiladi. Atributlar to‘plami kortejni (qator, yozuv , satr) xosil qiladi. Kortejlar to‘plami munosabatni (MB jadvali yoki faylini) xosil qiladi.
Relyasion modelda fayllar o‘rtasidagi bog‘lanishlar yaqqol tarzda tavsiflanmasligi ham mumkin. Bu bog‘lanishlar ma’lumotlarni qayta ishlash vaqtida dinamik ravishda mos maydonlarning qiymatlari bo‘yicha o‘rnatiladi. Relyasion MB da yozuvlar chiziqli strukturaga ega.
Har bir munosabat kalitga, ya’ni kortejni bir qiymatli identifikatsiyalovchi atributga (oddiy kalit) yoki atributlar to‘plamiga (tarkibiy kalit) ega.
Qaralayotgan munosabatda kalit bo‘lmagan atribut yoki atributlar guruxi boshqa
munosabatda kalit bo‘lsa, bu atribut yoki atributlar guruxi tashqi kalit deb ataladi.
Agar biror jadval tashqi kalitga ega bo‘lsau xolda u: a) mos birlamchi kalitga ega bo‘lgan jadval bilan mantiqan bog‘langan ; b) bu bog‘lanish birga ko‘p xarakterga bo‘ladi.
Xodimlar obyekti xaqidagi jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |