Samarqand davlat universiteti psixologiya va ishtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi



Download 3,39 Mb.
bet114/159
Sana26.07.2021
Hajmi3,39 Mb.
#129712
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   159
Bog'liq
психогенетика

Modifikatsion o'zgaruvchanlik — tashqi muhit omillari ta'sirida genotipi o'zgarishsiz kechadigan organizmlar fenoti pining o'zgarishidir.

Irsiyat va irsiylanish tushunchalarini farqlay bilish lozim. Ma'lum bir

oqsil molekulasini tuzilishi, belgining rivojlanishi va organizmning tuzilishi rejasini genlar orqali belgilanish xususiyatiga irsiyat deyiladi. Organizmdagi ~ irsiy belgi va xususiyatlarning avloddan avlodga o'tish jarayoni irsiylanish deyiladi. Organizm irsiy omillar yig'indisi - genotipni tuxum hujayra urug'lanishi davrida ota-onasidan oladi.Genotipdagi hamma o'zgarishlar ham nuqsonga sabab bo'lmaydi.Organizmning genotipi uning moslanish imkoniyatlarini va tashqi omillarga javoban reaksiya normasini belgilab beradi.

Organizm barcha belgilarining yig'indisi genotipda kodlashtirilgan irsiy axborot tuzilishiga va uning ifodalanish (ekspressiya) darajasiga bog'liq bo'ladi. Genotipdagi mutatsiyalar yoki o'zgarishlar neytral bo'lib, aksariyat hollarda, organizmlar fenotipik o'zgarishiga olib kelmaydi. Biroq, genotipdagi "ma'noga ega" (ya'ni oqsil strukturasi o'zgarishi bilan aloqador) o'zgarishlar genotipni buzilishiga olib kelib, turli nuqsonlar keltirib chiqaradi.Genotipdagi "ma'noga ega" bo'lgan mutatsiyalar sonini neytral mutatsiyalar soniga nisbati'organizm genotipini o'zgaruvchanlik darajasini ko'rsatadi.

Irsiyatning moddiy asosi bo'lib bo'linish jarayonida qiz hujayralarga taqsimlanish xususiyatiga ega bo'lgan hujayra yadrosining maxsus tuzilmasi — xromosomalar hisoblanadi.

Xromosomalar asosiy genetik tuzilmalar bo'lib, avloddan-avlodga o'tish jarayonlarini ta'minlash uchun barcha zarur irsiy axborotga ega. Hujayra bo'linish davrida xromosomalar aynan o'ziga o'xshash xromosomalarni hosil qiladi. Xromosoma chiziqli tartibda joylashgan genlarning tuzilishi bo'lib, irsiy axborotni saqlash va o'tkazish funksiyasini bajaradi.

Organizmning umumiy holati, uning anatomik, morfologik tuzilishi, fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari genlarning bir-biri bilan hamda genotipning tashqi muhit omillari bilan o'zaro aloqasining natijasi hisoblanadi.

2.Genetikaning rivojlanish bosqichlari

Genetikaning fan sifatida shakllanishida sitologiya, embriologiya, bioximiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

Irsiyat va o'zgaruvchanlik haqidagi fanning rivojlanishiga Ch.Darvinning turlarning kelib chiqishi haqidagi ta'limoti katta hissa qo'shdi. Genetikaning fan sifatida vujudga kelishiga somatik va jinsiy hujayralarning xususiyatlarini o'rganishdagi yutuqlar yordam berdi.

Genetikani mustaqil fan sifatida rasmiy tan olinishida 1900-yil gollandiyalik Gugo de Friz, germaniyalik Karl Korrens va avstriyalik Erix Chermaklarning duragaylash bo'yicha olib borgan ishlari katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu uch botanik olimlar bibirr-idan bexabar holda turli obyektlar (G.de Friz enotera va lolaqizg'aldoq, K.Korrens makkajo'xori, 3.Chermak no'xat duragaylari) ustida tadqiqot o'tkazib, ota-ona irsiy belgilarining nasldan-naslga berilishi va kelgusi avlodlarda ajralishi haqidagi maqolalarini e'lon qildilar. Ammo bu olimlar chex ruhoniysi Gregor Mendel ochgan irsiyat qonunlarini qaytadan kashf etdilar xolos. Chunki, Mendelning irsiyat haqidagi qonunlari 1865 yilda nashr etilgan "O'simlik duragaylari ustida tajribalar" nomli asarida bayon etilgan edi. Shuning uchun G.Mendel o'rinli ravishda genetikaning asoschisi boiib hisoblanadi.



Genetikaning fan sifatida rivojlanishi uch bosqichdan iborat. Genetika rivojlanishining birinchi bosqichida irsiyat va o'zgaruvchanlik haqidagi fanga 1906-yilda angliyalik olim V.Betson genetika deb nom berdi.

Genetikaning keyingi taraqqiyotida gollandiyalik olim Gugo de Friz taklif etgan mutatsiya nazariyasi (1901-1903 y), daniyalik genetik olim V.logannsen tomonidan loviya o'simligida belgilarning irsiylanishi bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar muhirn ahamiyatga ega bo'ldi. 1909-yilda V.logannsen tomonidan genetika faniga gen, genotip, fenotip kabi tushunchalar kiritildi.

Genetika fani rivojlanishining birinchi o'n yilligida T.Boveri, U.Setton va 3.Vilson tomonidan irsiyatning xromosoma nazariyasi asoslab berildi. Hujayra bo'linishi (mitoz) va jinsiy hujayralarning hosil bo'lishi (meyoz) jarayonidagi xromosomalar tarqalishi bilan irsiy belgi-xossalar tarqalishi o'rtasida ma'lum bogiiqlik borligi aniqlandi.

Genetika fani rivojlanishining ikkinchi bosqichi irsiyatning moddiy asoslarini o'rganish bilan bog'liqdir. Bu vaqtda irsiyat hodisalarini o'rganishda sitologik metod qo'llanila boshlandi, shuning natijasida sitogenetik yo'nalish tarkib topdi.


Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish