Kommunikatorning «jamoaviy» xarakteri va uning ommaviy individualligi
|
Kommunikatorning «individual» xarakteri va uning "xususiy" individualligi
|
Ommaviy, stixiyali, anonim, tarqoq auditoriya
|
Retsipient – alohida olingan muayyan inson
|
Xabarlar ommaviyligi, sotsial dolzarbligi va davriyligi
|
YAgonaligi, xususiyligi, universalligi, sotsial va individual dolzarbligi, davriyligi zaruriy emas
|
Xabarni ikki pog‘onali idrok etilishi ustuvorligi
|
Xabarning bevosita idrok etilishi ustuvorligi
|
Millatlararo kommunikatsiya – bu: 1.Turli milliy jamoatlar vaqillari orasida axborot, ma’lumotlar uzatish, ham ikki tomonlama ham bir tomonlama ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.2.Turli millat vakillarining bevosita hamkorligi va muloqoti davomida yuzaga keladigan sotsial-psixologik hodisalar va jarayonlar.
Millatlararo kommunikatsiyaning tarkibiy qismlari: Birinchisi –turli etnik jamoalar vakillari orasida axborot almashinuvi. U muloqot sub’ektlari faolligiga, ularning milliy qarashlariga, xalqlarning turmush tarziga bog‘liq. Millatlararo kommunikatsiyaning ikkinchi qismi – turli millat odamlarining bir-birini tushunishi va qabul qilishi, bu ko‘p jihatdan muloqot qonuniyatlariga va turli milliy-etnik guruh individlari o‘zaro hamkorligining sotsial-psixologik xususiyatlariga bog‘liq.
SHaxslararo kommunikatsiyaga quyidagilar xos.
1. Ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabatlar nisbatan teng huquqli (sevishganlar, oila, kompaniya).
2. Muloqot qilayotganlar soni zamon va makonda cheklab qo‘yilgan: 7-8 kishilik guruh birikishi, «boshini bir yoqadan chiqarishi» ham mumkin, ammo odamlar soni ko‘proq bo‘lsa, bu omma, kichik-kichik guruhchalarga bo‘linib ketadi.
3. Muloqot jarayonining kuchli hisoblash-xayajonli jihatlari mavjudligi. Hisoblash-tuyg‘ular almashinuvi ahamiyati shu qadar kattaki, u hatto semantika hisobiga yuz berishi hammumkin. Sevishganlardan biri: «Seni o‘ldiraman!», «YAramas mahluq!», - deganida, ikkinchi taraf uning so‘zlarini mehr-muhabbatning namoyon bo‘lishi, deb tushunadi va ko‘pincha xato qilmaydi.
4. His-tuyg‘ular, qadriyatlar adekvatligini muvofiqlashtirish, moslashtirish, kelishib olish. «Meni hurmat qilasanmi?» iborasi naqadar kulgili ekanligiga qaramay – munosabatlar ishonchliligining o‘ziga xos timsolidir.
5. SHaxsiy tavsiflarning (iroda, temperament, nufuz) va etakchi shaxsiyatining his-tuyg‘ular, fikrlar, baholarni kelishib olish jarayonidagi ahamiyatliligi; nufuz, mavqening shakllanishi («jamoa qalbi», «o‘zimizning yigit», «fikr etakchisi»).
6. Munosabatlar ishonarliligi va emotsionalligi, qadriyatli me’yorlarning o‘zaro mosligi (bu ma’noda shaxslararo kommunikatsiya mish-mish va g‘iybatlar tarqalishiga xizmat qiladigan qulay muhit bo‘lib xizmat qiladi: axborot tekshirilmay, unga so‘zsiz ishoniladi)159.
Qo‘llanadigan kommunikatsiya belgilar tizimlariga bog‘liq ravishda verbal va noverbal turlarga bo‘linadi.
Verbal kommunikatsiya (lot.verbalis – so‘zga doir) – so‘zli muloqot vositalari yoki suhbatdoshlar o‘rtasidagi nutqiy muloqot jarayoni.Imo-ishoralar (imo-ishoralar tili), mimika, gavda (tana) harakatlari va nutqiy vositalardan holi muloqot. Verbal kommunikatsiya vositalariga nutq (og‘zaki va yozma) kiradi. Muloqotning og‘zaki shakli tashkilotda majlislar, ko‘rsatma berish, yuzma-yuz muloqot, guruhdagi og‘zaki taqdimot orqali ifodalanishi mumkin. Samarali verbal kommunikatsiya uchun chiqishni yaxshilab rejalashtirish, zarur bo‘lsa, ko‘rgazmali materiallardan foydalanish, nutqning monoton va uzoqligidan qochish, suhbatni imkon qadar dialog tarzida olib borish, suhbatdosh fikri va mulohazalarini diqqat bilan tinglash, uni qiziqtirgan savollarga javob berish talab etiladi.
Til tafakkur va axloqqa juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Verbal kommunikatsiya birliklari bo‘lib bildirilgan fikr va diskurs keladi. Nutq akti qabul qilingan qoidalarga muvofiq muayyan maqsadga qaratilgan nutqiy axloq, harakat bo‘lib hisoblanadi. Fikrning verballashgan natijasi, nutq harakatining hosilasi bu mulohaza, bildirilgan fikr hisoblanadi.
Diskurs –nutqda modellashtirilgan, o‘zaro bog‘liq yaxlit matn bo‘lib, hodisalar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Diskursda ham til, ham noverbal vositalar mavjud. Til omillari so‘zlarning birikuvchanligini, iboralarning ko‘p variantliligini, intonatsion jihatlarni, nutqqa, savolga munosabat bildirish elementlari, hamsuhbatdan qaytib so‘rash va gapini bo‘lish kabilarni tarkibiga oladi. Diskursning noverbal omillari, xizmat etiketi vositalari nutqning hayotiy vaziyatlarni dolzarblashuvi, jonli ko‘rinish olishiga ko‘maklashadi160.
Noverbal kommunikatsiya – imo-ishoralar (imo-ishoralar tili), mimika (yuz ishoralari), tana harakatlari va nutq vositalaridan tashqari vositalar yordamidagi muloqot. Noverbal muloqot vositalari quyidagi turlarga ajraladilar:
vizual;
teri reaksiyalari;
masofani aks ettiradigan;
ko‘makchi muloqot vositalari, shu jumladan gavda tuzilishi xususiyatlari (jinsiy, yoshga oid) va ularni o‘zgatirish vositalari;
akustik yoki tovush;
ekstralingvistik – nutq bilan bog‘liq bo‘lmagan;
taktil-kinestezik – hamkorlarning tashqi ko‘rinishi (kiyimi, soch turmagi, aksessuarlari va h.k.). Noverbal signallar ko‘pincha axborot qabul qiluvchining hamsuhbatini asl hissiy holati, uning hamsuhbatiga hamda suhbat mavzusiga nisbatan munosabatidan xabardor qiladi.
olfaktor (hidlar). Hidlar (hamsuhbatlar ishlatadigan parfyumeriya; ongsiz darajada anglanadigan shaxsiy (individual) hidlar; inson his-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatadigan atrof-muhit hidlari);
Noverbalkommunikatsiya vositalariga quyidagilar oid:
dastxat;
paralingvistik (yunon. Para – yaqinida, qoshida, tashqari va lot. Lingua – til) vositalar – nutq atrofi: intonatsiya, tovush balandligi, nutq sur’ati, nutq ritmi, tovush tembri, diksiya, alohida tovushlar, nutq bilan birga keladigan tovushlar – «e-e-e», «hm-m», yo‘talib qo‘yish va b.;
harakat vositalari: yuz harakatlari (mimika), imo-ishoralar, tana holatlari, yurish xususiyatlari, hamsuhbatiga tegish va b. Tana holatlari va harakatlarini o‘rganadigan fan pantomimika deb nomlanadi. Ma’noli imo-ishoralar, mimik va pantomimik harakatlar jamlanmasi, o‘zgacha qilib aytganda – kinemalar,kinesika (yunon.Κύνησις - harakat) deb ataladi.
Makoniy muhitni tashkillashtirish (hamkorlar orasidagi masofa va ularning bir-biriga nisbatan joylashishi). Muloqotning makon jihatidan tashkillashtirilishini o‘rganadigan fan (bir-biriga yaqinlik va sh.k.) proksemika (yunon. Πρόξιμος - yaqin) deb ataladi.
Muloqot joyi (muloqot ro‘y berayotgan hudud);
Noverbal vositalar an’anaviy ravishda turli asoslarga ko‘ra guruhlarga birlashadilar. Misol uchun, muloqotga tayyorlik darajasidan odatda ochiq va yopiq noverbal vositalar dalolat beradilar.
Ochiqdeb shunday kommunikativ ko‘rinishlarga aytiladiki, ular hamsuhbat ochiq ko‘ngil, xushmuomala, ochiq-oydin so‘zlashga harakat qilayotganidan dalolat beradi. Ochiq kommunikativ ko‘rinishlar hamkorlar, hamsuhbatlar o‘rtasida na jismoniy na ruhiy to‘siq hosil qilmaydilar. Samimiy jilmayish, ko‘z-ko‘zga tushishi – bular ochiq mimika namunalari; kaftlari ochiq holda tepaga qaratilgan qo‘llar – ochiqlik ishorasi; boshni to‘g‘ri, ko‘targan holda tutish va pastga tushgan elkalar ham ochiqlikdan dalolat beradi.
YOpiq deb hamsuhbatlar orasida jismoniy, ruhiy to‘siq hosil qiladigan ko‘rinishlarga aytiladi, masalan: chalishtirilgan qo‘l yoki oyoqlar, qovog‘i soliqlik, chimirilgan qoshlar, ko‘zni qisib qarash yoki ko‘zni olib qochish. To‘siqni buyumlar yordamida ham yaratish mumkin: ko‘zoynak, barcha tugmalari taqilgan kiyim, galstuk, bo‘yinni yopib turgan sviter, shuningdek suhbatdoshlar o‘rtasidagi stol, stul, sumka yordamida. YOpiq imo-ishoralar kontakt izdan chiqqanligini anglatadi. Bu hamsuhbatlardan biri zerikib qolgani, shoshilayotgani yoki boshqasining fikriga qo‘shilmagani sababli ro‘y berishi mumkin. Boshqa, ya’ni quyidagi kabi sabablar ham bo‘lishi mumkin: hamkoriga nisbatan sovuq munosabat, unga bo‘lgan ishonchsizlik ruhi, qo‘rquv, o‘ziga ishonchsizlik, horg‘inlik, og‘riq, sovuq yoki boshqa noxush sezgilar, shuningdek «qobig‘iga qamalib olish» istagi, ya’ni barchadan chetlashib, suhbat mavzusi ustida mulohaza qilish yoki esdaliklar og‘ushiga cho‘mish. Ko‘rib turganingiz kabi, sabablar bir-biriga zid bo‘lib, tashqi axloq, o‘zini tutish esa o‘xshash bo‘lishi mumkin. SHu sababli, boshqalar axloqini izohlashda xato qilmaslik uchun noverbal vositalarning butun majmuini va ular bir-birining o‘rnini egallashini hisobga olish talab etiladi.
Yo‘naltirilganligiga ko‘rakommunikatsiya bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) yoki bilvosita bo‘lishi mumkin.
Bevosita kommunikatsiya deb hamkorlar harakatlarini aniq bir-biriga qaratib, axborot «birinchi shaxsdan» qabul qilib oladigan kommunikatsiyaga aytiladi.
Bevosita kommunikatsiya ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ham biror vosita orqali bo‘lishi mumkin.To‘g‘ridan-to‘g‘ri bevosita kommunikatsiya deganda verbal (nutqiy) va noverbal (nutqiy bo‘lmagan) vositalar yordamidagi tabiiy «yuzma-yuz» aloqa bog‘lash, so‘zlashish tushuniladi.To‘g‘ridan-to‘g‘ri bevosita kommunikatsiya shaxslararo muloqot uchun xos bo‘lib, xizmat axboroti bilan almashinuvidan to sof shaxsiy ma’lumot almashinuvga qadar turli dolzarblashuv sohalariga ega.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri vositali kommunikatsiya – bu «noto‘liq» kontakt bo‘lib, u muloqot ishtirokchilari orasidagi teskari aloqani og‘irlashtiradigan yoki uni olish vaqtini uzoqlashtiradigan yozuv yoki texnika vositalari (telefon, telegraf, Internet tarmog‘i vab.) yordamida amalga oshiriladi.
Bilvosita muloqot deb uning jarayonida axborot hamsuhbatga bevosita, to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki atrof-muhitdagi narsalar yoki boshqa odamlarga yo‘llangan harakatlar orqali etib boradi. Bu faoliyat izlari keyinchalik boshqalardan ular haqida eshitgan, bilgan, ko‘rgan odamlar uchun axborot tashuvchi bo‘lib xizmat qilishini anglatadi. Masalan, aholi o‘rtasida kompaniya to‘g‘risida tarqatilgan fikr faqat bevosita mijozlarning firma rahbariyati bilan muloqoti hisobiga shakllantirilmaydi (bu kamdan-kam hollarda yuz beradi). Tashkilot to‘g‘risidagi taassurot asosan bilvosita yo‘l bilan olingan axborot (boshqalarning hikoyasi, tovar va uning qadog‘ini tashqi ko‘rinishi, reklama mazmuni va samaradorligi va h.k.) hisobiga shakllantiriladi.
Xizmat kommunikatsiyasi shakllarigamunozara, suhbat, kengash, majlis, muzokara, brifing, matbuot-konferensiyalari, taqdimotlar, shaxsiy masalalar bo‘yicha qabul, telefonda so‘zlashuv, xizmat yozishuvlari kabilar kiradi.
Dialog – tor ma’noda odamlar o‘rtasidagi ham oshkora, ham matbuot vositalari yordamidagi ikki tomonlama axborot almashinish. Nisbatan kengroq ma’noda esa – axborotni gorizontal yo‘nalishda uzatish bo‘lib, buning jarayonida kommunikator va retsipient teng huquqli ishtirok etadilar.
Munozara – so‘z musobaqasi, mubohasa ko‘rinishidagi bahs. Munozara qilish –bahsli masalani oshkora tarzda muhokama etishni bildiradi. Munozarada qatnashish –biron-bir masalaga bag‘ishlangan bahsda, ommaviy muhokamada ishtirok etish. Bahs uyushtirish – biron-bir masala yuzasidan bahs, munozara uyushtirish. SHunday qilib, agar diskussiya – turli fikrlarni taqqoslash, qarama-qarshi qo‘yish yo‘li bilan haqiqatni aniqlash maqsadidagi oshkora bahslashuv bo‘lsa, u holda polemika (masala talashish) – o‘z nuqtai nazarini himoya qilish va opponent fikrini rad etishga qaratilgan oshkora bahsdir161.
Suhbat – turli muammolarni muayyan maqsadda muhokama qilishning savol-javob tarzidagi jamoaviy shakli.
Muzokaralar– tomonlarning nuqtai nazarini bilish va qaror qabul qilish maqsadidagi fikr almashinuvi.
Matbuot-konferensiya – axborotni uni nashr etish huquqi bilan, manbaini bildirib, yo bildirmagan holda eksklyuziv tarzda bayon etish (yopiq matbuot-konferensiyasi).
Brifing (briefing ot brief – qisqacha) – rahbar organlar (parlament, hukumat va b.) faoliyati, shuningdek hokimiyat organlari va aholi manfaatlariga oid tegishli hodisalar to‘g‘risida qisqacha xabar qilish uchun jurnalistlar bilan maxsus uyushtirilgan uchrashuv.
Taqdimot (lot. praesentatio – taqdim, namoyish etish) – yangi tashkil etilgan korxona, firma, loyiha, mahsulot, tovarni taklif etilgan shaxslarga rasman taqdim etish, tanishtirish.
Telefon orqali so‘zlashuvlar, faksimil apparatlari, elektron pochta, Internet va boshqa vositalarini qo‘llagan holdagi xizmat yozishuvlari– bularning bari xizmat kommunikatsiyalari vositalari.
Kommunikatsiya sotsiologiyasida, shaxslararo kommunikatsiya bilan birga ommaviy kommunikatsiya ham har tomonlama o‘rganilib, unda ommaviy kommunikatsiyaning jamoatchilik fikrini shakllantirishga ko‘rsatadigan ta’sirini keltirib chiqaradigan sotsial omillar tadqiq etiladi.
Sotsiologiyada ommaviy kommunikatsiya sotsial shartlar tufayli kelib chiqqan, asosiy funksiyasi uzatilayotgan axborot mazmuni orqali auditoriyaga ta’sir ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan hodisa deb tushuniladi. Kommunikatsiya sotsiologiyasi uchun bu ta’rifning o‘zi etarli emas. CHunki unda ommaviy kommunikatsiyaning jarayon sifatidagi jiddiy omillaridan biri – axborotni kommunikativ vositalar yordamidagi dolzarblashtirish mexanizmi hisobga olinmagan. Muloqot turlaridan biri deb qaralayotgan ommaviy kommunikatsiya, sotsial hodisalar sababli kelib chiqqan, asosiy vazifasi ma’noli va baholovchi axborot orqali ta’sir ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan hodisadir. Nutq faoliyatining bir turi deb ko‘rib chiqiladigan ommaviy kommunikatsiya sotsial shartlashilgan jarayon bo‘lib, bunda ushbu funksiya sababli kelib chiqib, turli kommunikativ vositalar va kanallar orqali dolzarblashadi.
Ommaviy kommunikatsiya – sotsial jihatdan ahamiyatli, maqsadga qaratilgan tarzda muvofiqtirishga moyil bo‘lgan va rahbar qatlamlar tomonidan mazkur jamiyatning muayyan ruhiy qadriyatlarini joriy qilish hamda odamlarning bahosi, qarashlari va axloqiga mafkuraviy, siyosiy yoki tashkiliy ta’sir ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan axborotni ochiq, tartiblashtirilgan uzatish jarayonlari yig‘indisi hisoblanadi.
Ommaviy kommunikatsiya ta’sir qilishi, ishlashi uchun talab etilgan shart-sharoitlarga quyidagilar kiradilar:
-ommaviy kommunikatsiya muntazamligi va keng ko‘lamliligini ta’minlaydigan texnik vositalar mavjudligi;
-ommaviy kommunikatsiya muayyan maqsadga qaratilganligini oshiradigan axborotning sotsial ahamiyatini oshirish;
-uning tarqoq joylashganligi va anonimligini hisobga olib, sinchiklab o‘ylab chiqilgan qadriyatlarga mo‘ljal olishni ko‘zda tutgan ommaviy auditoriya;
-kommunikativ vositalarning ko‘p kanalligi va ularni tanlash imkoniyati, bu ommaviy kommunikatsiyaning variativligi, shu bilan birga normativligini ta’minlab beradi.
1948 yili amerikalik olim G.Lassuell tomonidan quyidagi uch omil ajratib ko‘rsatildi:
Atrofdagi olam manzarasining obzori, buni axborot funksiyasi deb sharhlash mumkin.
Jamiyatning sotsial tuzilmalari bilan korrelyasiyalanganligi, ya’ni o‘zaro bog‘liqligi, buni jamiyatga ta’sir ko‘rsatish va teskari bog‘liqlik (aloqa) orqali uni bilish deb tushunish mumkin.
Madaniy merosni uzatish, bunga bilish-kulturologik funksiyasi, madaniyatlar izchilligi, uzviyligi funksiyasi sifatida qarash mumkin.
1960 yili amerikalik tadqiqotchi K.Rayt bular qatoriga yana bir omil – ko‘nchilocharlik funksiyasini qo‘shib qo‘ydi. XX asrning 80-yillar boshlarida Amsterdam universitetiningommaviy kommunikatsiya bo‘yicha mutaxassislardan biri Mak-Kveyl ana shu funksiyalarga izoh berib, ular safiga mobillovchi deb nom olgan yana bir funksiyani qo‘shishni taklif qildi. Bunda u ommaviy kommunikatsiya aksariyat siyosiy, ayrim holatlarda diniy kompaniyalar jarayonida bajaradigan o‘ziga xos vazifalarni nazarda tutgan edi162. Fikrimizcha, muvofiqlashtiruvchi yoki boshqaruvchi sifatida nomlash mumkin bo‘lgan bu funksiya bizning jamiyatimizda ham kuch yig‘ib bormoqda.
Psixolingvistikada radio va televizion muloqot uchun xos bo‘lgan to‘rt funksiya ajralib turadi:
jamoaviy (birgalikdagi) faoliyatni o‘zgartirish imkonini beradigan sotsial muloqotga yo‘naltirish hisobiga jamiyat faoliyatini optimallashtirish;
guruh ongini shakllantirishda o‘rin tutadigan kontakt funksiyasi;
sotsial me’yorlar, etik va estetik talablardan foydalanish orqali sotsial nazorat qilish funksiyasi;
shaxsni sotsiallashtirish funksiyasi – shaxsga jamiyat uchun maqbul fazilatlarni berib tarbiyalash funksiyasi163.
Axborot funksiyasi yalpi, ommaviy kitobxon, tinglovchi va tomoshabinga turli-tuman faoliyat sohalari – ishbilarmonlik, ilmiy-texnik, siyosiy, yuridik va tibbiyot sohalari bo‘yicha katta hajmdagi axborot olish, odamlar o‘z bilish imkoniyatlarini kengaytirish bilan cheklanmay, balki o‘z ijodiy salohiyatlarini ham kuchaytiradilar. Axborotni bilish o‘z harakatlarini prognozlash, belgilash imkonini berib, vaqtni tejaydi. Bunda birgalikdagi harakat qilishga bo‘lgan intilish (motivatsiya) sezilarli tarzda kuchayadi. Bu ma’noda ushbu funksiya jamiyat va individning foydali faoliyatini optimallashtirishga xizmat qiladi.
Muvofiqlashtiruvchi funksiyada ommaviy kommunikatsiya guruh va shaxs ijtimoiy shakllanishiga, jamoatchilik ongi va sotsial stereotip, ya’ni o‘ziga xos qoliplar yaratilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Muayyan sharoitlarda bu funksiya «miya (ong) ni tozalash» ga ham xizmat qiladi. Axborot oluvchi OAV tomonidan ijobiy yoki salbiy baho berib izohlanayotgan turli sotsial vaziyatlarni qiyoslash imkoniga ega bo‘ladi.
Odamlar, odatda, OAV tomonidan ijobiy turmush tarzi sifatida ishonch bilan tashviq etilayotgan axloq me’yorlari, etika talablari, estetik prinsiplar, kiyinish tarzini, muloqot qilish odobini qabul qiladilar. Individning jamiyat uchun ushbu tarixiy davrdagi ma’qul me’yorlarga muvofiq sotsiallashuvi ana shu tarzda ro‘y beradi.
Kulturologik funksiya madaniyat va san’at yutuqlari bilan tanishtirish kabi asosiy vazifasidan tashqari jamiyatning madaniyat izchilligi, madniyat an’analarni saqlab qolish zaruratini anglab etishiga xizmat qiladi. OAV yordamida odamlar turli xalq madaniyatlari bilan tanishib, bu ularning estetik didini o‘stiradi, o‘zaro bir-birini tushunishga, sotsial ziddiyatlar darajasini pasaytirishga, oxir-oqibatda jamiyatning o‘zaro jipslashuviga yordam beradi.Ushbu funksiya bilan ommaviy madaniyat tushunchasi bog‘liq bo‘lib, uning sotsial qadriyatlarga nisbatan munosabatini har xil qabul qilish mumkin. Bir tomondan, keng ommani jahon san’ati yutuqlari, yangi yo‘nalishlar va moyilliklar bilan tanishtirish, so‘zsiz, OAV yutuqlaridan biri bo‘lib keladi.
Boshqa tarafdan, tomoshabop dasturlar badiiy saviyasining pastligi, ularni cheksiz ko‘paytirish va tarqatish imkoniyatlari ommaviy madaniyat iste’molchilari didi, umumiy saviyasi pasayib ketishiga olib keladi.
Ommaviy kommunikatsiyaning yuqorida keltirilgan tavsiflari va asosiy funksiyalarini hisobga olgan holda uning sotsial mohiyati, jamiyat faoliyatini optimallashtirish, individ, shaxsni sotsiallashtirish va jamiyatga integratsiyalash maqsadida ta’sir ko‘rsatuvchi qudratli vosita ekanligidan kelib chiqadi.
Ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishda kommunikatsiyalarning bir necha modellarini, xususan bir pog‘onali va ko‘p pog‘onali turlarini ajratib ko‘rsatisht mumkin.
1948 yili amerikalik olim G. Lassuell o‘zining kommunikatsiya modelini taklif etdi. Ikkinchi jahon urushida qo‘shin bo‘linmalarida olib borilgan tashviqot tajribasi asosida ishlab chiqilgan bu modelni teng ravishda ommaviy kommunikatsiya va har qanday kommunikativ harakat tahlili maqsadida ham qo‘llash mumkin bo‘lib, u izchil ravishda quyidagi yuzaga keladigan savollarga javob berish jarayonida ochilib boradi:Kim? Nimani xabar qildi? Qaysi kanal orqali? Kimga? Samarasi qanday bo‘ladi?
«Lassuell formulasi»kommunikatsiya jarayonining tuzilmasini aks ettiradigan modelga, shu bilan birga ana shu jarayonni, uning tuzilmasi va ayrim elementlarini tadqiq etish modeliga aylanib qoldi164.
Do'stlaringiz bilan baham: |