Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Download 1,3 Mb.
bet61/187
Sana21.12.2022
Hajmi1,3 Mb.
#893137
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   187
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi umumiy psixo

6-MAVZU. GURUH VA JAMOA
REJA

  1. Katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasi.
  2. Etnik guruhlar psixologiyasi.

  3. Kichik guruhlar psixologiyasi.

  4. Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar.


  5. Konformizm va nonkonformizm xodisalarining mohiyati.



Mavzuning qisqacha mazmuni:
Guruh haqida tushuncha, uning ta’rifi. Guruh turlari: real, diffuz, shartli, tabiiy, katta va kichik. Katta guruhlar va ularga xos xususiyatlar. Katta guruhlarni tadqiq etish shartlari. Bu sohada qiyinchiliklarning kuzatilishi. Tadqiqot uslubi masalasi. Etnik guruhlar psixologiyasi. Bu sohada V.Vundt, A.Luriya, Yu.Bromley olib borgan ishlari. Etnik guruhlarni o’rganishdagi ikki asos: psixik va hissiy soxalar.
Etnopsixologik tadqiqotlarda qo’llaniladigan metodlar, ularning qo’llashda noqulaylik. Bu tadqiqotlarni o’tkazishdagi asosiy e’tiborga molik jihatlar. Etnopsixologik tadqiqotlarda sinaluvchilarning yoshi, kasbi, ma’lumoti va boshqa jihatlarini e’tiborga olish zarurligi haqida.
Kichik guruhlarning o’ziga xos belgilari va psixologiyasi. Kichik guruhlarga xos qonuniyatlar. Kichik guruhlarda kuzatiladigan ijtimoiy fassilitasiya va ingibisiya hodisalari va ularning mohiyati. Kichik guruhlarning R.Nemov bo’yicha klassifikasiyasi: shartli, real; tabiiy, laboratoriya tipli; rasmiy, norasmiy; kuchsiz rivojlangan, kuchli rivojlangan; korporasiya, jamoalar; referent, noreferent. Har bir kichik guruh turining o’ziga xos xususiyatlari va jixatlari. Ch.Kuli tasnifiga ko’ra birlamchi va ikkilamchi guruhlar psixologiyasi. Agregasiya va uning psixologik tabiati. Guruhlarning inson hayotidagi vazifalari: ijtimoiylashtiruvchi, instrumental, ekspressiv, qo’llab-quvvatlash.
Kichik guruhlarda kuzatiladigan dinamik jarayonlar: uning shakllanishi, liderlik, qarorlarni qabul qilish, konformizm, tashqi va ichki konformizm, negativizm, avtonomlik darajasi.
Katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasi
Har bir shaxs o’z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta’sirida amalga oshiradi. Chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo’shilmaydigan individning o’zi yo’q. Kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, o’zaro ta’sirda bo’ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro’y beradi. Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o’rganish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish ijtimoiy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
Psixologik ma’noda guruh bu umumiy belgilar umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir.
Umuman odamlar guruhi tashkil topishi uchun albatta, qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo’lishi shart. Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko’p (o’quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar (o’spirin, yoshlar, ma’lum o’quv yurtida ta’lim olish istagi va hokazo). Ko’chada biror tasodif ro’y berganligi uchun to’plangan kishilar uchun ham umumiy bo’lgan narsa bor — bu qiziquvchanlik bo’lib o’tgan hodisaga guvohlik, unga umumiy munosabatdir.
Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o’ziga xos qonuniyatlarga bo’ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir.
Guruhlarning turlari ko’p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikasiya qiladilar. V.M.Karimovaning ''Ijtimoiy psixologiya asoslari" o’quv qo’llanmasida guruhlarning asosiy turlari keltirilgan. Guruhlar avvalo shartli va real guruhlarga bo’linadi.
Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda to’plangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bo’linadi. Konkret faoliyat va odamlarning tabiiy ehtiyojlari asosida tashkil bo’ladigan bunday tabiiy guruhlarning o’zi kishilarning soniga qarab katta, kichik guruhlarga bo’linadi. Katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlarnga qarab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o’z navbatida, endi shakllanayotgan - diffuz hamda taraqqiyotning yuksak pog’onasiga ko’tarila olgan jamoa turlariga bo’linadi. Guruhlarning ijtimoiy psixologiya uchun ayniqsa, muhim hisoblangan turlariga ta’rif berish va ularning psixo­logik qonuniyatlarini o’rganishni maqsad qilib qo’ygan holda, bevosita katta guruhlarning ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarini o’rganishga o’tamiz.



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish