Ekstremal psixologiya - insonnning o’zgargan muhit shart-sharoitlarida psixik faoliyatning kechishi qonuniyatlarini o’rganadigan psixologiya sohasi.
Psixofiziologiya - odamlarning individual psixologik va psixofiziologik farqlarini tadqiq qiluvchi, psixologiya sohasi.
Siyosiy psixologiya - jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta'sirchanlik va ta'sir ko’rsatish jarayonlari kabi jabhalarni tekshiruvchi psixologiya so?asi.
Oila psixologiyasi - oila psixologiyasini o’rganuvchi, fanlararo tadqiqot qilishga yo’nalgan psixologiya sohasi.
Parapsixologiya - Hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqaridagi, tushuntirish qiyin bo’lgan psixik hodisalarni o’rganadi.
Fan rivojlanib, taraqqiy etib borishi jarayonida uning sohalari ham kengayib bormoqda.
Quyida psixologiya sohalarining tavsifiga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Umumiy psixologiya - umumiy psixologik qonuniyatlar, mexanizmlar, murakkab ichki bog’lanishlar, nazariy va metodologik printsiplar, ilmiy tadqiqot metodlar, psixikaning filo va ontogenetik o’zgarishlarini, ilmiy tushunchalar va kategoriyalar, bilish jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiqot qiladigan soha. Umumiy psixologiya boshqa sohalar kabi shartli ravishda qabul qilingan nomdan iboratdir. Psixologiya fanining ilmiy tushunchalarini, kategoriyalari (shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala, ong)ni, tadqiqot metodlarini umumiy psixologiyada umumlashtirish uchun uning boshqa sohalaridagi tekshirish natijalarini mavhumlashtirish maqsadga muvofiq. Shuning bilan birgalikda umumiy psixologiyaning tadqiqot natijalari psixologiyaning boshqa sohalari uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Umumiy psixologiya fani asosiy kategoriyalar, tushunchalar, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, individual-tipologik xususiyatlarni o’z ichiga oladi.
Eksperimental psixologiya- eksperimental metodlar yordamida psixik hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. Psixologiya fan sifatida falsafadan ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar o’tkazish asosiy rol o’ynagan. XIX asrning o’rtalarida psixologik hodisalar ustidan ilk bor amaliy eksperimental psixologik tadqiqotlar o’tkazilgan. Bu fiziologik laboratoriyalarda elementar funksiyalarni o’rganish orqali, ya'ni ilk bor sezgi va idrokni o’rganish bilan boshlangan. Bu tadqiqotlar eksperimental psixologiyaning falsafa va fiziologiyadan mustaqil, alohida fan sifatida vujudga kelishiga muhim asos va ob'ektiv hart-haroit yaratib bergan. Eksperimental psixologiya fan sifatida ajralib chiqishiga V. Vundt o’zining katta hissasini qo’shgan. Ilk eksperimental tadqiqotlar o’zini o’zi kuzatish metodi yordami bilan insonning ichki funksiyalarini o’rganishga qaratilgan edi. Keyinchalik eksperimental ishlar turlicha hayvonlarda o’tkazila boshlangan. Tadqiqotlarning ko’pchiligi T.L.Morgan, E.L.Torndayklar tomonidan olib borilgan. Eksperimental tadqiqotlar orqali faqat psixik funksiyalargina emas, balki hissiyotlarning individual variantlari ham tekshirilgan. Eksperimental psixologiyaning tadqiqotlari psixologiya sohalarining nazariyasiga asos bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |